Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
21/02/2020
Chop etish
Xalq hofizlari  Jizzax davlat pedagogika institutida “Mahorat darslari” o‘tishdi.

Asrlar davomida ulug‘ shoir va olimlar, mohir bastakorlar, hofiz va sozandalarning mashaqqatli mehnati va fidoyiligi, ijodiy tafakkuri bilan sayqal topib kelayotgan maqom  san’ati nafaqat yurtimiz va sharq mamlakatlarida, balki dunyo miqyosida katta shuhrat va e’tibor qozongan. Bugun ana shunday  betakror an’analarni targ‘ib qiluvchi O‘zbek milliy maqom sa’nati markazi tarkibidagi  Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansambli xonandalari xalq hofizlari Ahmadjon Dadaev, Ismoiljon Vahobov  shoir Nuriddin Aminjonovlar  Jizzax davlat pedagogika institutida tashkil etilgan “Mahorat darslari”da ishtirok etishdi.

Milliy maqom san’ati xalqimiz madaniy merosining ajralmas qismi hisoblanadi, – deydi  Jizzax davlat pedagogika instituti Yoshlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha prorektor Sarvar Nazarqosimov . – Bu san’at o‘zining boy qadimiy tarixi, teran falsafiy ildizlari, betakror badiiy uslubi va ijodiy an’analari bilan milliy musiqa madaniyatimizning asosini tashkil etadi. Afsuski, biz ana shu madaniy merosni o‘rganib, keng targ‘ib etish o‘rniga uni unutish darajasiga kelib qolgan edik. Prezidentimizning 2017 yil 17 noyabrdagi  “O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida O‘zbek milliy maqom san’ati markazi tashkil etildi. Shu bois milliy maqom san’atimizni o‘rganish, uni tadqiq etish imkoniyati  yana paydo bo‘ldi.

Institutning Sa’natshunoslik fakulteti talabalari uchun “ mahorat darsi”  sifatida tashkil etilgan tadbirda so‘zga chiqqan  O‘zbekistonda  xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir  Nuriddin Aminjonov  Jizzax davlat pedagogika instituti tomonidan  tashkil etilgan  mahorat darsidan maqsad o‘zaro  tajriba almashish ekanligini ta’kidladi. Maqomni yuragi, joni g‘azal bo‘lsa  uning qanoti ohang, tinglovchiga huzur beradigani esa so‘zdagi ma’nodir ,- deydi shoir Nuriddin Aminjonov.

         Maqom musiqa ijodiyotining boshqa turlaridan badiiy mukammalligi, kuy hamda shakl tuzilishlari, lad va usul tizimlari hamda ilmiy va amaliy asoslari puxta ishlangani bilan farq qiladi. Maqom musiqa, she’riyat hamda raqs san’atlarini mujassamlashtiruvchi mushtarak badiiy durdonadir. Bo‘lib o‘tgan mahorat darslarida xalq hofizlari Ahmadjon Dadaev, Ismoiljon Vahobovlar O‘zbekistonda maqom asarlari va turkumlari — Buxoro “Shashmaqom”i, “Xorazm maqomlari” hamda “Farg‘ona — Toshkent maqom yo‘llari” turkumlaridan yig‘ilganlarga  ijro etib berishdi. O‘z navbatida Jizzaxlik sa’natga oshufta va badiiy durdonamiz hisoblanmish maqomga mehr qo‘ygan talaba yoshlar ham xalq suygan , yillar davomida o‘z qadrini yo‘qotmagan maqomlardan  parchalar kuylab berib ustozlar olqishiga sazovar bo‘lishdi.  O‘ziga xos bellashuv tarzida bo‘lib o‘tgan tadbir yig‘ilganlar qalbiga  o‘zgacha  zavq bag‘ishladi desak xato qilmagan bo‘lamiz.

          

                                                                                                                                                                                                Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati


Ulashish:
1 113
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.