Kadrlar bo’limi
Salimov Maxsud Ilxomovich
Telefon: +(99872) 226 59 94
Elektron manzil:
Ish vaqti: 8.30 – 17.00
Xodimlar bo‘yicha muhandis
Telefon: +(99894) 345 71 55
Inspektor
Telefon: +(99893) 300 7979Jizzax davlat pedagogika universitetining kadrlar bo‘limi universitetning tarkibiy bo‘limlaridan biri hisoblanadi. Bo’lim O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarorlari, Farmon va Farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari, farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi, universitet rektori buyruqlari, farmoyishlari hamda universitet Nizomi, yo’riqnomalari va tegishli ko’rsatmalari asosida faoliyat olib boradi. Xodimlar bo’limi universitetda mehnat qilayotgan professor-o‘qituvchi, o‘quv-yordamchi va xo‘jalik xodimlarining universitet ichki-tartib qoidalari, mehnat intizomi, lavozim yo’riqnomalari va o‘rnatilgan qoidalarga muvofiq faoliyat yuritishini tashkil qiladi.
Xodimlar bo’limida bo‘lim boshlig’i va 2 nafar xodimlar bo’yicha muhandis hamda 2 nafar inspektor faoliyat olib boradi. Bo‘limning professor-o’qituvchi, o‘quv-yordamchi hamda xo’jalik xodimlari bilan ishlash inspektorlari bevosita kadrlar bo’limi boshlig’i topshirig’i va ko‘rsatmalariga muvofiq ishni tashkillashtiradi. Belgilangan tartibda yo‘riqnoma asosida ish olib boradi.
Xodimlar bo‘limining vazifalari:
- professor-o‘qituvchi, o’quv-yordamchi hamda xo’jalik xodimlarini ishga qabul qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish, lavozim va shtat birliklarini o’zgartirish, mehnat ta’tili berish hamda muddatidan avval ishga chaqirib olish, o’z hisobidan ta’til, tanlov asosida ishga qabul qilish, attestatsiyadan o‘tish muddatlarini aniqlash, belgilashni nazorat etish;
- ishga qabul qilingan har bir xodim o’rtasidagi mehnat shartnomalari tuzishni nazorat qilish hamda faoliyatga oid buyruqlarni tayyorlash;
- rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish va va undan foydalanish borasida takliflar berish;
- universitet rektoriga professor-o‘qituvchilar tarkibi, ularning mehnat intizomi, ta’lim berish sifatini yaxshilash hamda ularning qo‘nimsizligining oldini olish yuzasidan takliflar tayyorlash va taqdim etish;
- kadrlar masalasi bo‘yicha yuqori tashkilotlar bilan aloqada bo’lish;
- vazirlik va tegishli tashkilotlarga universitet professor-o‘qituvchi va xodimlarini davlat mukofotiga tavsiya qilish ishlarini tashkil qilish;
- professor-o‘qituvchi, o’quv-yordamchi hamda xo’jalik xodimlariga guvohnomalar tayyorlab berish va guvohnomalar muddatini uzaytirilishini nazorat qilish;
- professor-o‘qituvchilar imzolarini tasdiqlash, ma’lumotnomalar berish;
- mehnat daftarchalarini yuritish, ularni hisobini to’g’ri olib borish va mehnat shartnomasi bekor qilingan yoki tugagan xodimga o’z vaqtida topshirish;
- professor-o’qituvchi, o’quv-yordamchi hamda xo’jalik xodimlarning belgilangan shaklda statistik hisobotini olib borish;
- professor-o‘qituvchi, o’quv-yordamchi hamda xo’jalik xodimlarning shahsiy yig’ma jildini, shahsiy varaqasini (T-2 shakl), shaxsiy ma’lumotnomasini (ob’ektivka) shakllantirish, belgilangan tartibda yuritilishini tashkil etish;
- universitet shtat jadvalini reja moliya bo’limi bilan birgalikda muvofiqlashtirish va shtat jadvaliga asosan ish olib borish;
- nafaqa yoshidagi professor-o’qituvchi hamda xodimlarni aniqlash, hujjatlarini rasmiylashtirish hamda ro’yxatga olish;
- har oyning boshida viloyat bandlikka ko’maklashish markaziga bo‘sh ish o’rinlari to’g’risida ma’lumot taqdim etish;
- bo‘limda saqlanayotgan xodimlarga oid barcha me’yoriy va shaxsiy hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda dalolatnoma tuzish orqali universitet arxivga topshirish;
- bo‘lim va xodimlar bilan ishlashda odob-ahloq va ichki-tartib qoidalariga, mehnat intizomi va muomala madaniyatiga rioya qilish.