Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi

Kafedra mudiri:

Jo’rayev Murodulla

Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori, (PhD)
Telefon raqami:
+998 90 516 45 42
Elektron pochta:
murodmuzbel@gmail.com
Qabul kunlari:
dushanba-shanba, 14:00-18:00

O’zbek adabiyotini o’qitish metodikasi kafedrasi professor-o’qituvchilar tarkibi:

Jami o’qituvchilar – 29 ta

Katta o’qituvchilar – 1 ta

Fan nomzodi – 3 ta

O’qituvchilar – 2 ta

Falsafa doktori – 4 ta

Stajyor-o’qituvchilar – 3 ta

Karimova Yulduz

filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Soatova Nodira

filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Mamadaliyeva Zuhra

filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Tursunqulov Abbos

filologiya fanlari nomzodi

Salimova Dilnavoz

falsafa doktori (PhD).

Qosimov Usmonjon

falsafa doktori (PhD).

Turopova Parizod

falsafa doktori (PhD).

Xidirova Munavara

falsafa doktori (PhD).

Jumayeva Zybayda

falsafa doktori (PhD)

Xidirov Otabek

falsafa doktori (PhD)

Fayzullayeva Dilnoza

katta o’qituvchi

Boysinov Sohib

katta o’qituvchi

Qurbonova Gulbahor

katta o’qituvchi

Abdujalilova Feruza

o’qituvchi

Sobirova Mohira

o’qituvchi

To’lisheva Gulzina

o’qituvchi

Hakimova Dildora

o’qituvchi

Israilov G’ayrat

o’qituvchi

Bo’ronov Ikrom

o’qituvchi

Ne’matova Hulkar

o’qituvchi

Ne’matova Sapura

stajyor o’qituvchi

Jo’rayev Shukrullo

stajyor o’qituvchi

Kiryigitova Nigora

stajyor o’qituvchi

Sultonova Vazira

stajyor o’qituvchi

Saidova Rizvon

stajyor o’qituvchi

Tirkasheva Sobira

stajyor o’qituvchi

Xamroyeva Soxiba

stajyor o’qituvchi

Xamrayeva Gulmira

stajyor o’qituvchi

Jumanov Akbar

stajyor o’qituvchi

Ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari: O’zbek tili va adabiyoti
Kafedra mutaxassislik fanlari: O’zbek folklori, O’zbek adabiyoti tarixi, Navoiyshunoslik, XX asr o’zbek adabiyoti, O’zbek bolalar adabiyoti, O’zbek adabiyoti o’qitish metodikasi,Mutolaa madaniyati va ifodali o’qish, Jahon adabiyoti, MDH davlatlari adabiyoti, O’rta Osiyo xalqlari adabiyoti, Badiiy tahlil asoslari, Folklorshunoslik, Adabiyot fani o’qitishning tadqiqot metodi va metodologiyasi, Milliy uyg’onish davri adabiyoti.
O’zbek adabiyotini o’qitish metodikasi kafedrasi tarixi: Kafedra 1974-yil 1-sentabrdan, institut tashkil topganining ilk kunlaridanoq faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Kafedra uch a’zo va bir laborant bilan ish boshlagan. Bular filologiya fanlari nomzodi, kafedra mudiri A.Soliyev, dotsentlar V.Mirzayev, O.Jo’rayev va katta laborant S.Bobonazarov. Keyinroq kafedraga dotsentlar Z.Xo’jayeva, O’.Nosirovlar kelishdi. O’qituvchilardan f.f.n.M.Karimov, U.Qosimov, F.Boynazarov, D.Akbarova, A.Pardayev, Yu.Botirova va A.Oqmurodovlar faoliyat ko’rsatdilar. Shu yillar davomida dotsent A.Soliyev, O’.Nosirov, Z.Xo’jayeva, M.Karimov, F.Boynazarovlar kafedrada mudirlik qildilar. O’zbek adabiyoti kafedrasiga so’nggi yillarda dotsent I.Ikromov, o’qituvchilardan A.Tangirov, S.Yunusov, A.Hasanov, Yu.Karimova va N.Soatovalar kelib qo’shilishdi. 1995-2005-yillarda f.f.n. dotsent U.Qosimov, 2005- 2011-yillarda dots. I. Ikromov, 2012-2017-yillarda f.f.n. Y. Karimova, 2017-2019-yillarda f.f.f.d(PhD) T.Qo’chqorov, 2019-2022-yillarda f.f.d. Sh.Doniyariva, hozirgi kunda esa f.f.f.d (PhD) M.Jo’rayev boshqarib kelmoqda. Kafedrada 5111200 – O’zbek tili va adabiyoti ta’limi yo’nalishida bakalavr, 5A111201 – O’zbek tili va adabiyoti mutaxassiligidan magistrlar tayyorlanadi. Hozirgi kunda kafedrada jami 13 nafar professor-o’qituvchi faoliyat yuritadi. Shundan 7 nafar professor-o’qituvchilar ilmiy darajaga ega. Ilmiy salohiyat ko’rsatkichi 57% ni tashkil etadi. Jumladan, 7 nafari fan nomzodi va falsafa doktorlari (PhD) (Yu.Karimova, N.Soatova, Z.Mamadaliyeva, A.Tursunqulov, D.Salimova, M.Jo’rayev, P.Turopova), 1 nafar katta o’qituvchi (S.Boysinov ) va 5 nafar o’qituvchilar (G.Qurbonova, I.Bo’ronov, D.Hakimova, G’.Israilov, R.Saidova) faoliyat yuritishmoqda. Shuningdek, kafedrada 2 nafar tayanch doktorant (Sh.Axmedova- I bosqich), (M.Xidirova-III bosqich) ITI bilan shug’ullanmoqda. Doktorant M.Xidirova ilmiy ishlarini muddatidan oldin yakuniga yetkazib, 10.00.02-o’zbek adabiyoti mutaxassisligi bo’yicha “Tog’ay Murod asarlari poetikasi (Milliy xarakter va uslub masalalari)” mavzuidagi filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasini tayyor holga keltirgan.
O’zbek adabiyotini o’qitish metodikasi kafedrasi hamkorlik faoliyati: Kafedramizning Ozarbayjon Fanlar Akademiyasi adabiyot instituti “Ozarbayjon-O’zbekiston-Turkmaniston adabiy aloqalari”bo’limi hamda Janubiy Koreyaning Donguk xotin-qizlar universiteti qoshidagi Yevrosiyo turkshunoslik instituti bilan xalqaro hamkorlik shartnomalari mavjud. Shartnoma asosida ilmiy-pedagogik va ta’lim sohasida tegishli ishlar amalga oshirib borilmoqda. Jumladan Ozarbayjon fanlar akademiyasi huzuridagi Nizomiy Ganjaviy nomidagi milliy adabiyot instituti professori Almaz Ulvi Binnatova tomonidan 2021-2022-o’quv yilida “Sharq adabiyotida Alisher Navoiy ijodining o’rganilishi” mavzusida Navoiyshunoslik fanidan master klass binar maruza darslari olib borilgan.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi, 2019-yil 6-sentyabrdagi PF-5812-son Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Oliy va о’rtа maxsus ta’lim vazirining 202O-yil 3O-iyundagi «Oliy ta`lim muassasalari huzuridagi texnikumlar faoliyatini tashkil etish to’g`risida”gi З55-sопli buyrug’i hamda institutning 2020-yiI 29-avgustda «Мirzаchо’l agrosanoat texnikumi, G’allaorol xizmat ko’rsatish va servis texnikumlarida tа’lim sifatini oshirish va o’quv-uslubiy yordam ko’rsatish to’g’risida”gi 467-U sonli buyrug’i ijrosi hamda institut rektorining 2022 yil 10 maydagi 194-U sonli buyrug`i ijrosini ta`minlash maqsadida O`zbek tili va adabiyoti fakulteti professor-o`qituvchilari 2022 yil 18 may kuni Мirzаchо’l agrosanoat texnikumi hamda G’allaorol xizmat ko’rsatish va servis texnikumlarida O`zbek adabiyotini o`qitish metodikasi kafedrasining filialini tashkil etishga kelishib olishdi. Filialning ish rejasi hamda amalga oshirilishi lozim bo`lgan o`quv-uslubiy, ma`naviy-marifiy tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Hamkorlik shartnomalari imzolandi. Shu bilan birga JDPI akademik litseyi, Jizzax shahridagi 7-o’rta maktab, 26-o’rta maktab, H.Olimjon va Zulfiya ijod maktabi hamda “Mening baxt uyim”nomli 29-mehribonlik uyi bilan o’zaro hamkorlik shartnomalari imzolangan va unga ko’ra o’quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.