Ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari:
Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi
Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (ma’naviyat asoslari)
Kafedra mutaxassislik fanlari:
Davlat va huquq nazariyasi, Milliy g’oya nazariyasi va amaliyoti, Madaniyatshunoslik, Tarbiya, Milliy G’oya,
Manaviyat asoslari va huquq fanlarini o’qitish metodikasi, Ma’naviyatshunoslik, Huquq sohalari, Ma’naviy
marifiy ishlarni tashkil etish metodikasi, Geosiyosat asoslari, Huquqiy madaniyat va huquq tarbiya, Falsafa,
Ma’naviyatshunoslik, Kasbiy ma’naviyat.
Falsafa, tarbiya va huquq ta’limi kafedrasi tarixi:
«Falsafa, tarbiya va huquq ta’limi» kafedrasi Jizzax Davlat pedagogika universiteti tarix fakultetidagi
yirik ilmiy- pedagogik salohiyatga ega bo’lgan jamoalardan biri hisoblanadi. «Falsafa, tarbiya va huquq
ta’limi» kafedrasi universitet tashkil topgandan boshlab turli nomlarda – «Marksizm-leninizm filosofiyasi»
(1974-1984 yillarda, kafedra mudiri Z.Nizomiddinov), «Ilmiy kommunizm» (1984-1987 yillarda, kafedra mudiri
T.Javlonov), «Falsafa» (1987-1991 yillarda, kafedra mudiri Z.Nizomiddinov), «Falsafa va huquq» (1991-1997
yillarda, kafedra mudiri A.Botirov), «Falsafa va odobnoma» (1997-1999 yillarda, kafedra mudiri E.Xolbutayev,
Sh.Ikromov), «Falsafa va ma’naviyat asoslari» (2000-2005 yillarda, kafedra mudiri B.Ochilova), «Ijtimoiy
fanlar» (2006-2022 yillarda, kafedra mudiri B.Ochilova) faoliyat yuritgan.
O’tgan yillar davomida kafedrada Z.Nizomiddinov (f.f.n, dos), T.Javlonov (f.f.n,dos), A.L.Attexovich
(f.f.n,dos), E.Xolbutayev (f.f.n.), A.Botirov (f.f.n,dos), Sh.Ashurov, M.Egamqulov, M.Turonov,P.Qulmatov
(f.f.n, dos), Sh.Ikromov (f.f.n, dos), N.Nazarov (s.f.d, dos), J.Norbekov (f.f.n,dos), S.Nazarqosimov (PhD),
T.Axmedov (PhD), I.Ahmedov (PhD), I.Abdusaidova, M.Kubayeva, A.Meliboyev, D.Asqarova, N.Ergashev, K.Saidov,
Z.Xidirova, S.Karimov, F.Abdusamadov, S.Muzaffarov, Sh.Mo’minova, B.Botirov (i.f.n.), A.Usmonov,
B.Xonto’rayev, J.Toshboyev, O.Bobomurodovlar kafedrada ilmiy-pedagogik faoliyat ko’rsatishgan.
Kafedra 2020 yilda «Ijtimoiy fanlar» va «Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq taʼlimi» kafedralarining
qo’shilishi negizida tashkil qilindi. Kafedrani bugungi kunda falsafa fanlari nomzodi,dotsent Amonlaev
Abdurasul Xakimovich boshqarib kelmoqda. Kafedrada 5111600 – Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq
ta’limi yo’nalishida bakalavr, 5A111601 – Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (ma’naviyat
asoslari) mutaxassisligidan magistrlar tayyorlanadi. Hozirgi kunda kafedrada jami 27 nafar
professor-o’qituvchi faoliyat yuritadi. Shundan 12 nafar professor-o’qituvchilar ilmiy darajaga ega. Ilmiy
salohiyat ko’rsatkichi 47,4 % ni tashkil etadi. Jumladan, 3 nafari fan doktori (B.Ochilova, M.Xoshimxonov,
A.Saidqosimov), 10 nafari fan nomzodi va falsafa doktorlari (PhD) F.Mamatqulov,A.Amonlayev, M.Sayidov,
B.Toshboev, S.Kistauboyev, M.Ergasheva, X.Ashirmatov, N.Tangirov,Bozorboeva Z,Turaev Abror), 7 nafar katta
o’qituvchi (Yo.Turopov, Z.Mirkomilova, A.Aripov, A.Turayev, Z.Gaziyev, J.Suvonqulov,Bozorboeva Z ) va 8
nafar o’qituvchilar (K.Yusupov J.Shodiyev, U.Norbekov, Z.Kasimova, N.Musinov M.Nabiyev, Aslanova S, Vahobov
U) faoliyat yuritishmoqda.
Falsafa, tarbiya va huquq ta’limi kafedrasi hamkorlik faoliyati:
Samara davlat madaniyat instituti, Samara davlat Universiteti, Qozon Federal Universiteti, O’sh
O’zbek-Qirg’iz instituti kabi xorijiy OTMlar bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yilgan. Xususan, ayni
paytda Samara davlat madaniyat instituti (2021-yil fevral) hamda Qozon federal instituti (2021-yil sentabr)
bilan shartnomalar imzolangan bo’lib o’quv va ilmiy-uslubiy yo’nalishlarda hamkorlik chora-tadbirlari
ishlab chiqilgan.
2021-yil mart-iyun oylarida Onlayn ma’ruzalar tashkil qilingan (Samara davlat madaniyat instituti: Ionesov
Vladimir Ivanovich, madaniyatshunoslik f.doktori, tarix fanlari nomzodi, Svetlana Solovyova, falsafa fanlari
doktori, dotsent, Qozon Federal Universiteti: Mingazova Nailiya, pedagogika fanlari doktori, professor)
2022-yil fevral-mart oylari Qozon Federal Universiteti o’qituvchilari: Hamidov Yevgeniy Nafisovich (20 soat)
va Smirnova Yuliya Dmitrievna (20 soat) lar bilan onlayn ma’ruza tashkil etilgan.