JDPU da talabalar kuni munosabati bilan “Talabalikka qaytish” loyihasi o‘tkazildi.
«Universitetimizga yoshlar havas bilan intiladi» deydi JDPU rektori Sh.Sharipov
JDPU da talabalar kuni munosabati bilan “Talabalikka qaytish” loyihasi o‘tkazildi. Talabalik davri eng go’zal, qiziqarli va unutilmas yillardir. U yoshlarga behisob quvonch keltiradi.Butun dunyo bo‘ylab 17 noyabr kuni «Xalqaro talabalar kuni» sifatida nishonlanadi. Kuni kecha ana shu sana munosabati bilan JDPUda viloyat tashkilot rahbarlari ishtirokida «Talabalikka qaytish» loyihasi o‘tkazildi.Tadbir davomida loyiha mehmonlari o‘zlarining talabalik yillari, unda kechgan qiziqarli voqealarni eslashib, talabalarga ulashishdi. Loyihada Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari A.Savurbayev, Jizzax shahri hokimi K.Xolmurodov, Jizzax viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i A. Ergashev, Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi boshlig‘i O.Musurmonov, Prezident ta’lim muassasalari agentligi Jizzax viloyat hududiy bo‘limi boshlig‘i Sh. Damanova, 1-ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori S. Suyarovalar mehmon bo‘lishdi.