Kerak bo‘lsa jon fido shu xalqim uchun, O‘zbekiston uchun, o‘zbegim uchun…
Jizzax davlat pedagogika universitetida bo‘lib o‘tgan tadbir ana shunday nomlandi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi hamda 3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan “Kerak bo‘lsa jon fido shu xalqim uchun, O‘zbekiston uchun, o‘zbegim uchun” loyihasi asosida tadbir o‘tkazildi. Tadbirni Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani Z. Yaxshieva ochib berdi.
JDPU Jismoniy madaniyat fakultetida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
JDPU Jismoniy madaniyat fakultetida «TALABALARDA SOGʻLOM TURMUSH TARZINI JISMONIY MADANIYAT ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH MUAMMO VA YECHIMLARI» mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Konferensiyaga Respublikamizning taniqli olimlari p.f.d prof:T.S.USMONXODJAYEV, p.f.n.prof: X.T.RAFIEVlar tashrif buyurdi va maʼruza qildi. Bundan tashqari Respublikaning turli viloyatlaridan soha mutaxassislari onlayn tarzda ishtirok etdi. Shuningdek Muxtar Avezov nomidagi Qozogʻiston Universitetidan p.f.d.prof: J.A.Abdurazzskovich onlayn tarzda maʼruza qildi.
“Faol mahallada inson qadri ulugʼ”mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o’tkazildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvardagi PQ-92-son “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” qaror ijrosini taʼminash maqsadida Baxmal tumani “Muzbuloq” mahallasida “Faol mahallada inson qadri ulugʼ”mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o’tkazildi. Unda Jizzax davlat pedagogika universiteti Rus tili va adabiyoti fakulteti dekani E.R.Hasanov, yoshlar ishlari boʼyicha dekan oʼrinbosari N.M.Karimov, fakulьtet professor-oʼqituvchilari N.I.Sharipova va Z.O.Karimovalar, fakultet talabalari, “Muzbuloq” mahalla fuqarolar yigʼini raisi S.Nurmanov, mahalla yoshlar yetakchisi M.Аvvalov, maktab direktorlari, maktab oʼquvchilari, uyushmagan yoshlari qatnashdi. Tadbir ushbu maktabning o’quvchilari hamda fakultet talabari tayyorlagan sahna ko’rinishlari hamda turli raqslari bilan ko’tarinki ruhda o’tdi.
JDPUda tyutorlar uchun joriy yilning 24-25 noyabr kunlari tashkil etilgan o’quv-seminardan lavhalar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va markazning 2022-yil 19-oktabrdagi 1/03-153 son xati ijrosi ta’minlash maqsadida Jizzax davlat pedagogika universiteti rektorining 2022-yil 22-noyabrda “Universitetda faoliyat olib borayotgan tyutorlarga (ta’lim tarbiya maslahatchilar) o‘quv seminar tashkil etrish to‘g‘risida” gi 447-U sinli buyrug‘i qabulqilindi. Unga ko‘ra joriy yilning 24-25-noyabr kunlari tyutorlar o‘quv seminari o‘tkazildi.
09.09.2022 Lev Tolstoy tavalludiga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi
Buyuk rus yozuvchisi Lev Tolstoy 1928 yil 9 sentabrda tug‘ilgan. Jizzax davlat pedagogika universiteti Rus tili va adabiyoti fakulteti “Rus adabiyoti va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Jizzax viloyati axborot resurslari markazi bilan hamkorlikda buyuk rus yozuvchisi Lev Tolstoyning tavallud kuni va ijodiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazishdi.
Yangi o‘quv yili boshlandi: Talabalar xush keldingiz!
Bugun, 5-sentabrdan Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi 2022/2023 o‘quv yili boshlandi.
Shu munosabat bilan barcha oliy ta’lim muassasalari kabi Jizzax davlat pedagogika universitetida ham 2022/2023 o‘quv yili boshlanishi oldidan «Yangi O‘zbekistonda, el aziz, inson aziz » shiori ostida tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.Tadbirda oliygoh professor-o‘qituvchilari va talabalik safiga qabul qilingan yoshlar ishtirok etishdi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan tyutorlar jamoasi tabriklaydi.
25.08.2022 Innoweek 2022
26.08.2022 Innoweek 2022
O‘zbekiston mustaqilligining 31 yilligi “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz