- Xasanov R.Tasviriy san’atdan sinfdan tashqari ishlar.Ishonch nashr savdo.MChJ.2017 asoslari.T.2009.
Tasviriy san’at fanini o‘qitishda integrativ yondashuv, o‘quvchilarda kreativlikni rivojlantirish
Nurnazarov Xudoyberdi Doniyorovich – JDPU Texnologik ta’lim va tasviriy san’at fanlari kafedrasi o’qituvchisi . +99894 348-48-69
Annotasya. Ushbu maqolada umumiy o’rta talim maktablari tasviriy san’at fanini o‘qitishda kompetensiyaviy yondashuv asosida ularni rivojlantirishga oid mulohazalar keltirilgan.
Kalit so’zlar: kasbiy kompetentlik sifatlari, pedagogik mahorat , kreativlik qobiliyat, integrativ yondashuv,
O‘quv dasturlari va darslikda berilgan materiallarning o‘zaro integratsiya qilib o‘qitilishi bugungi kun talabidir. Integrativ yondashuv ilmiylik, kasbiy yo‘nalganlik, politexnizm, uzviylik, muntazamlik, tizimlilik, ko‘rsatmalilik, tushunarlilik, tabaqalashtirish kabi didaktik prinsiplar bilan aloqadorlik hamda uyg‘unlikda amalga oshiriladi. O‘z navbatida integrativ yondashuv ham hech qachon boshqa didaktik prinsiplarga o‘xshab o‘qituvchiga biror tayyor retsept bermaydi, ammo undan foydalanilgan holda didaktik va metodik masalalar yechimini aniqlaydi. Integratsiyalash mobaynida bir-biriga bog‘liqlik hajmi oshadi va tartibga tushadi, shu tizim qismlarining ishlashi va o‘rganish b’ektining yaxlitligi tartibga solinadi. Zamonaviy didaktika va metodikada ta’kidlanishicha, o‘quvchilarni o‘qitish, rivojlanishi va tarbiyasining muvaffaqiyatlari ularda dunyo birligi haqida tushunchani shakllanganligini, o‘z faoliyatlarini umumiy tabiat qonunlari asosida yo‘lga solish zaruriyatini tushunishlari, tabiatshunoslik kursida fanlararo va fanlar ichidagi aloqalarni yecha olishlari bilan bog‘liq. Ta’limdagi integratsiya o‘quv fanlari mazmunini konstruksiyalashga tizimli yondashish orqali ko‘rib chiqiladi. Zamonaviy o‘qituvchi kasbiy kompetentlik sifatlariga ega bo‘lishi, o‘z ustida izchil ishlashi, kun sayin yangilanib borayotgan bilimlarni o‘zlashtirishga intilishi, o‘quv axborotlarini o‘quvchilarga qiziqarli tarzda yetkazib berish uchun mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rishga ijodiy yondasha olishi talab etilmoqda[1].
Binobarin, global axborotlashuv ijtimoiy sub’ektlar, xususan, o‘quvchilar tomonidan ham istalgan ma’lumotni ixtiyoriy ravishda o‘zi uchun qulay sharoit va turli joydan axborot-kommunikatsion texnologiyalar yordamida o‘zlashtirish imkoniyatini yuzaga keltirmoqda. Garchi shunday holatda ma’lumotlarni qabul qilish imkoniyati nihoyatda keng bo‘lsa-da, biroq, shaxs tomonidan bu tahlitda o‘zlashtirilgan axborotlarning barchasi ham bilim sifatida namoyon bo‘lmaydi. Chunki bilimning har qanday axborotdan asosiy farqi ma’lumotlarning uayyan sohalar bo‘yicha tizimli, izchil, uzluksiz hamda maqsadga muvofiqli o‘zlashtirilganligi bilan belgilanadi. Ta’lim tizimida tom ma’noda o‘quvchiga sifatli, foydali, muhim, zarur, kerakli va amaliy ahamiyatga ega ma’lumotlarni tizimli ravishda yetkazib bera olishi uchun bugungi kun o‘qituvchi axborotlarni tezkor qabul qilish, qayta ishlash va o‘quvchilarga samarali, qiziqarli tarzda yetkazib berishning uddasidan chiqa olishi zarur[2]. Bu esa o‘qituvchining kasbiy kompetentlik sifatlari, pedagogik mahorat asoslari hamda kreativlik qobiliyatiga ega bo‘lishi zaruriyat sifatida bugungi kunda dolzarbligi bilan alohida ahamiyatga ega. Buning sababi nimada? Balki darslarning avvaldan o‘ylab, rejalashtirilib qo‘yilishi o‘quvchilar uchun qiziq bo‘lmayotgandir, balki ta’lim mazmunining muayyan qolipga solinganligi o‘quvchilar uchun hech qanday stimul bermayotgandir, rag‘bat bildirmayotgandir. O‘quv mashg‘ulotlarining avvaldan rejalashtirilishidan voz kechish, o‘quvchilarda tanqidiy, kreativ tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish, ularni ijodiy fikrlash, yangi g‘oyalarni o‘ylab topishga majbur qilish ta’lim olishga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish, ularni yutuqlarga erishishga rag‘batlantirishda asosiy omil bo‘lar. O‘quv mashg‘lotlarida yetishmayotgan omil – kreativlik sanaladi. Bugungi kunda jahonda ta’limga kompetensiyaviy yondashuv asosida bitiruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish, pedagog kadrlarning kreativ kompetentligini rivojlantirish orqali ijodiy ta’lim jarayonini loyhalashtirishning zamonaviy metodik ta’minotini yaratish, o‘qituvchilarda kasbiy faoliyat sohalariga yo‘naltirilgan kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish asosiy vazifalardan hisoblanmloqda. Ana shu nuqtai-nazardan ilg‘or xorijiy tajribalar asosida zamonaviy kasbiy ta’lim mazmunini internatsionalizatsiyalash va modernizatsiyalash, kompetensiyalarga asoslangan innovatsion ta’lim muhitini shakllantirish, interfaol o‘qitish metodlari va texnologiyalarini amaliyotga keng tatbiq etish asosida o‘qituvchilarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini yanada takomillashtirish muhim o‘rin tutadi. Kreativlik (lot., ing. “create ” – yaratish, “creative ” yaratuvchi, ijodkor) – individning yangi g‘oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati ma’nosini ifodalaydi[3]. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, istuyg‘ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini, zehni o‘tkirlikni tavsiflaydi. Shuningdek, kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida aks etadi. Kreativlik – shaxsning yaratuvchanlik, ijodkorlik xislatlarlari bilan bog‘liq ko‘nikmalar majmui sifatida namoyon bo‘ladi. Kreativlik o‘z ichiga muammolarga nisbatan yuqori darajadagi sezgirlik, intiutsiya, natijalarni oldindan ko‘ra bilish, fantaziya, tadqiqotchilik va refleksiyani qamrab oladi. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg‘ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o‘tkirlikni belgilab beradi, “o‘quvchilar e’tiborini ta’lim jarayoniga faol jalb etishni ta’minlaydi[4]. Ko‘rinib turibdiki, kreativlik bevosita shaxsning individual-psixologik xususiyatlari bilan bog‘liq jarayon hisoblanadi. Uning rivojlanishi esa intellekt-intuitsiya-mantiqiy fikrlash jarayoni ta’sirida kechadi. Shaxsga yo‘naltirilgan kreativ yondashuv o‘quvchilarda:
– individual xususiyatlarini rivojlantiradi;
– mustaqil bilim oshirishga undaydi;
– ichki imkoniyat va qobiliyatini namoyon etishga undaydi;
– bilish faolligini oshiradi;
– o‘quv materiallarni o‘zlashtirishga ijodiy, tanqidiy yondashishiga o‘rgatadi;
– yangi g‘oyalarni ilgari suradi, ularni asoslaydi, o‘z fikrini erkin ifodalaydi va
himoya qiladi;
– muammoli vaziyatlarga samarali yechimini topish malakasini o‘zlashtiradi.
Kreativ yondashuv asosida tashkil etiladigan darslarda quyidagi o‘qitish
shakllaridan foydalaniladi:
– ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar (ma’lumotlar va texnologiyalarni anglab olish,
– aqliy qiziqishni rivojlantirish, nazariy bilimlarni mustahkamlash);
– davra suhbatlari (ko‘rilayotgan loyiha yechimlari bo‘yicha taklif berish qobiliyatini oshirish, eshitish, idrok qilish va mantiqiy xulosalar chiqarish); bahs va munozaralar (loyihalar yechimi bo‘yicha dalillar va asosli argumentlarni taqdim qilish, eshitish va muammolar yechimini topish qobiliyatini rivojlantirish).
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.Abdurasilov S.Tasviriy san’at o’qitish metodikasi.O’quv qo’llanma.T.Aloqachi.2007.
2.Xasanov R.Tasviriy san’at asoslari.T.2009.