Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA AMALIY DARS JARAYONLARINI BOSHQA FANLAR BILAN MUVOFIQLASHTIRISH TEXNOLOGIYASI

Baymurzayeva Oykaram Shodiyevna- Baymurzayeva77@gmail.com “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” kafedrasi katta o’qituvchisi  Annotatsiya. Maqolada tasviriy san’at darsi jarayonini tashkil qilishda boshqa fanlar bilan muvofiqlashtirish texnologiyasi orqali ularning kompetensiyalarini oshirish haqidagi mulohazalar keltirilgan. Kalit so’zlar: Ijodkorlik, texnologiya, hodisa, muvofiqlashtirish, tasviriy san’at. Аннотация:. В статье представлены комментарии по повышению их компетентности за счет технологии координации с другими субъектами в организации процесса урока изобразительного искусства. Ключевые слова: Творчество, технология, явление, координация, изобразительное искусство. Annotation: The article presents comments on increasing their competence through the technology of coordination with other subjects in organizing the process of the fine arts lesson. Key words: Creativity, technology, phenomenon, coordination, visual arts.   San’at mаktablarida tasviriy san’at fani o‘qitishda o‘quvchilarning amaliy bilim, ko‘nikmalarini rivojlantirishni ulаrning bo‘lajak kasbiy ijodkorlik faoliyatiga bog‘lab olib boorish muhim pedagogik texnologiya hisoblanadi. Bu pedagogik zaruriy vazifa shundan kelib chiqadiki, o‘quvchilarning o‘tilayotgan fan bo‘yicha amaliy ishlari ulаrdan yuqori darajada onglilik, bilim, ko‘nikma va uquvni, faoliyat va mustaqil fikrlashni talab qiladi. Shu sifatlarga ko‘ra “Tasviriy san’at” fanidan chuqur va haqiqiy bilim, ko‘nikma va uquvlarni shaklantirish hamda rivojlantirish uchun tizimlashtirilgan amaliy ishlar teхnologik majmuasini yaratish zarur. Amaliy ishlarni bajarishda o‘quvchilar ijodkorlik faoliyatining yuqori darajada bo‘lishiga uning natijalarini ilmiy asoslash, aniq tushunish hamda tabiat hodisalari va hayot bilan bog‘lash uni tadbiq etish orqaligini erishish mumkn bo‘ladi. Amaliy ishni takomillashtirish muammolarni o‘qituvchi tomonidan ishlab chiqarishdan boshlanadi. Quyida aytilganlarga ba’zi misollar keltiramiz:
  1. Dengiz chig‘anoqlarining rasmini chizing. Dengiz chig‘anoqlarining sirtidagi buralish chiziqlari chapga spiralsimon holatda bo‘ladi.
  2. Janubiy va Shimoliy yarimshardagi dovul girdibodining suratini tasvirlang. Dovul girdibodi Janubiy yarim sharda soat mili yo‘nalishida SHimoliy yarim sharda uning teskarisiga qarab aylanadi.
  3. Namozda sujudga o‘tirgan ayolni tasvirlang. Ayollar chap oyog‘ining ustiga o‘tiradilar (erkaklar bundan mustasno).
  4. Chirmoviq, zarpechaklarni tasvirlang. Barchasi chapga buralib yuqoriga chirmashadi.
  5. Xivаda minoralar zinapoyasini tasvirlang. Chapga aylanadigan spiralsimon holatda qurilgan.
  6. Qo‘ylarning qo‘rada yotishini tasvirlang. Qo‘ylar hamisha o‘ng biqini bilan yotadi.
  7. Laylak, tovuqlarning bir oyoqda turishini tasvirlang. Chap oyog‘ini ko‘tarib o‘ng oyog‘ida turadi va hokazo…
Amaliy mashg‘ulotlarda o‘quvchiga beriladigan amaliy ishlar mavzusini to‘g‘ri tanlashni tashkil etishning zaruriy sharti – bu o‘qituvchi shunday mavzular (muammoli)ni tanlashi kerakki, ularga o‘quvchilarning kuchi etadigan, belgilangan vaqtda bajaraoladigan, shuningdek murakkablik darajasi jihatidan o‘quvchilarning nazariy tushunchlarini amalda tatbiq etadigan rivojlantiradigan bo‘lishi kerak. Bu esa nazariy bilimlarni murakkabroq muammoli vaziyatda qo‘llaydigan tavsifdagi amaliy ishlarni taqozo etadi. Agar amaliy ishlardagi mavzular va vazifalar bir xil ko‘rinishga yoki mazmunga ega bo‘lsa, u holda ular zerikarli, ijodkorlikdan mahrum, qiziqarsiz bo‘ladi va ko‘pincha o‘qituvchining yuklamasida berilgan soatini bajarishdagi oddiy rasmiyatchilik faoliyatidangina iborat bo‘lib qoladi. SHu ma’noda, turli didaktik vazifalarga va muammoli izlanishli masalalarni ham qilishga qaratilgan amaliy ishlarning turli mavzularda va ko‘rinishlarda bo‘lishi-o‘quvchilar amaliy ishlarining yuqori samaradorligini ta’minlashning zaruriy sharti hisoblanadi. Ammo shuni unutmaslik kerakki, har bir guruhdagi o‘quvchilarning amaliy ishlarni bajarishiga bilimi, ko‘nikmasi va uquvi darajalari bir xil emas. SHuning uchun amaliy ishlar mazmuni majburiy minimum (qoniqarli bahoga mo‘ljallangan) dan va maksimum (a’lo baho oluvchilarni nazarda tutgan) ga tomon yo‘naltirilgan bo‘lishi talab etiladi. SHunga ko‘ra amaliy ishlarning majburiy minimum eng kamida o‘quv darsliklari bilan ishlash, nazariy bilimlarini amalda mustahkamlash va qo‘llashga o‘rganishlarni o‘z ichiga oladi. Maksimumi esa hodisalarni kuzatish, tahlil qilish, ijodiy ishlash, tekshirib ko‘rish, bilimlarni umumlashtirish va tizimga tushirishlarni nazarda tutadi. Amaliy mashg‘ulotlarda o‘qituvchi ularni muntazam muhokama qilib, maslahatlar berib va baholab borsagina mashg‘ulotning pedagogik samarasi ortib boradi: bu esa fan o‘qituvchisidan katta tashkiliy—pedagogik va psixologik tayyorgarlikni talab qiladi. Yuqoridagi misol tariqasida keltirilgan ettita tabiat hodisalarining tegishli fanlarga integratsiyasi haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, ularning mohiyati zoologiya, geografiya, dinshunoslik, biologiya, arxitektura, chorvachilik fanlariga taaluqli ekani ayon bo‘ladi. Bunday muvofiqlashtirishda o‘quvchilar albatta qo‘yilgan muammoni ba’zan noto‘g‘ri tasavvur qilishi ham mumkin (bu tabiiy hol). Masalan, qo‘yni chap biqini bilan yotgan holatda, tovuq yoki laylakni o‘ng oyog‘ini ko‘tarib chap oyoqda turgan holatda tasvirlashlari mumkin. Shunda o‘qituvchi keksa otaxonlarning qassobdan “qo‘yning chap biqini go‘shtidan ber” deyishlari yoki Yaponiyada nima uchun tovuq go‘shtining chap oyog‘i defitsit degan iboralar aynan qo‘ylar o‘ng biqini bilan yotgani uchun muskullar qattiq bo‘lib, uni hazm qilish qiyin. Xuddi shu singari tovuq o‘ng oyog‘ida turgani uchun o‘ng oyoq muskullari qattiq va go‘shti ham mos ravishda dag‘al va qattiqroq bo‘lish va hazm qilish qiyinroq bo‘lish sababini ilmiy asoslab berish lozim. Amaliy ishlarning muvaffaqiyatli bo‘lishi, ayniqsa o‘quvchilarning ijodkorlik ishlarida bevosita ularga o‘qituvchilining samarali rahbarlik qilish qobiliyatiga bog‘liq. Bunda eng muhimi o‘qituvchining mahorati hisoblanadi. O‘qituvchining bu faoliyati muvaffaqiyatli bo‘lishi esa o‘ziga xos hamkorlik qoidalariga amal qilishni taqozo etadi. Aks holda amaliy ishlarning natijasi keskin pasayish ketishi va hatto barbod bo‘lishi ham mumkin. Bu qoidalar taxmiman quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
  1. So‘z yuritilayotgan fanni muvaffaqiyatli o‘rganish va ijodkorlik faoliyat o‘rtasida bevosita qolibga solingan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqlik yo‘q. shuning uchun bilim darajasi sayoz bo‘lganlarni amaliy ishni bajarishdan ta’qiqlash noo‘rin.
  2. O‘qituvchi o‘z fikrini ma’qullashni o‘quvchidan qat’iy talab qilmasligi kerak. Uning faqat maslahat berish, taklif kiritishi, yordam berishi maqsadga muvofiq.
  3. O‘quvchining ishi maqtovga noloyiq bo‘lsa o‘qituvchi undan yuz o‘girmasligi lozim.
  4. Agar o‘quvchi ishni yaxshi uddalay olmasa, uning kamchiliklarini qo‘pol tanqid qilmasdan, aksincha nuqsonni muhokama qilishi, uning yaxshi yutuqlarini hisobga olish orqali birgalikda bartaraf etishga erishishi muhim.
  5. Agar o‘quvchining fikri amaliy ishni bajarishga qodir bo‘lmasa uni umidsizlikka tushirish kerak emas, chunki hamma holatlarda ham uni aniqlash oddiy ish emas.
  6. O‘quvchi berilgan amaliy ishni bajarishda etarli bilim, ko‘nikma va uquvga ega bo‘lmasa, o‘qituvchi buni to‘g‘ri tushunishi kerak, chunki birinchi bor bunday murakkab ishga qo‘l urilganda shunday holat ko‘pchilikda ro‘y berishi mumkin.
  7. O‘z vaqtida ishlarni nazorat qilib, kerakli maslahatlarni berib bormaslik iashning samaradorligini keskin tushirib yuboradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
  1. J.Oster. Bu spiralsimon dunyo. «Fan va turmush». № 10, 1971-yil 16-17 betlar.
  2. A.Kozumin. Gap o‘ng‘aylikdami? «Fan va turmush». № 6, 1974-yil 15-17 betlar.
  3. T.Mahmudov. Asarni tushunish san’ati. «Fan va turmush». № 9, 1977-yil 14-16 betlar.