Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Tarbiyachilar mediakompetentligini rivojlantirish mazmuni

JDPU maktabgacha talim  metodikasi kafedrasi dos. G.Kushakova Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari muhitiga asoslangan axborotlashtirilgan jamiyatning tarkibiy qismlari  – bu media, til hamda madaniyatdir. Aynan, biz yashayotgan dunyoning tili va madaniyatini insondagi mediakompetentlik tashkil etadi. Dunyoda mediakompetentlikning ahamiyati turli xalqaro tashkilotlar, jumladan, YuNESKO tashkilotining tavsiyalarida alohida ta’kidlanib, pedagoglarni mediakompetentligini rivojlanishini qo‘llab-quvvatlangan. Mediakompetentlik umumiy ko‘rinishda shaxsning turli ko‘rinishi, janr va shakllardagi mediamatnni tanlash, foydalanish, tanqidiy tahlil qilish, baholash, yaratish va uzatish, sotsiumda medianing faoliyati murakkab jarayonlarini tahlil qilishga tayyorlikda namoyon bo‘ladigan integrativ sifati tarzida qaraladi. Shuning uchun, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining mediakompetentligini rivojlantirish masalasi ilm oldida turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bunda zamonaviy ilmiy-texnikaviy taraqqiyot talablariga mos holda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining media borasidagi bilimlarini takomillashtirish orqali mediakompetentlikni rivojlantirish texnologiyasini yaratish pedagogik yo‘nalishdagi tadqiqotlar ichida muhim ahamiyatga ega. Respublikamizda ta’lim tizimi tubdan isloh qilinib, uzluksiz ta’lim, jumladan,  maktabgacha ta’lim tizimida katta o‘zgarishlar amalga oshirildi. Xususan, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimi yanada takomillashtirildi, maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi, maktab va kollejlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlash yo‘lida 11 yillik ta’lim tizimiga o‘tildi, ta’lim mazmunini yangilash hamda ta’lim jarayonlari samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilgan islohotlar bugun o‘z samarasini bermoqda. Mazkur jarayonlarni amalga oshirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari muhitidan samarali foydalanib, milliy kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni barkamol va yetuk etib voyaga yetkazish tarbiyachi-pedagoglarning asosiy vazifalari sirasiga kiradi. O‘zbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlantirish  bo‘yicha  Harakatlar  strategiyasida sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash  kabi yo‘nalishlar belgilanib, bu borada maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining mediakompetentligini rivojlantirish samaradorligiga erishish katta ahamiyat kasb etadi. Tarbiyachilarning mediakompetentligini rivojlantirish va amalga oshirish uchun modellashtirish nazariyasiga murojaat qilishni va «model» tushunchasining mohiyatini bevosita aniqlashni lozim deb topdik. Tadqiqot usuli sifatida modellashtirish, ichki aloqalari o‘rganilayotgan ob’ektning eng muhim xususiyatlarini aks ettiradigan konseptual, belgili yoki protsessual tuzilishni yaratishni ta’minlaydi. «Model» tushunchasiga odatda adabiyotda namuna sifatida qaraladi. Ya’ni, ilmiy, ishlab chiqarish va boshqa maqsadlar uchun har qanday boshqa modellashtiriladigan qurilma tuzilishiga va faoliyatiga taqlid qiladigan qayta ishlab chiqaradigan qurilma. Keng ma’noda model deganda, o‘zining o‘rnini bosuvchi sifatida ishlatiladigan har qanday ob’ektning, jarayon yoki hodisaning (ushbu modelning asl nusxasi) har qanday tasviri (aqliy yoki shartli: tavsif, tavsif, sxema, chizma, grafik, reja, xarita) tushuniladi . Pedagogik adabiyotda modellar haqida turli xil fikrlar mavjud: – model – ta’lim muassasasi faoliyatini tashkil etish usuli sifatida; – model – pedagogik faoliyat va o‘quv tajribasi qayta ko‘rib chiqiladigan tajriba namunasi sifatida (aniqrog‘i, tasvir); – model – muqobil ta’lim va uning konstruksiyasi hamda yangi shakllari arxitekturasi (ya’ni o‘ziga xos xususiyati) sifatida; – model – innovatsion eksperimentning tizimlashtirilgan shakli sifatida; – model – ta’lim muassasasini rivojlantirishning loyihaviy uslubini ishga tushirish uchun konseptual asos sifatida; – model – madaniy me’yorlarni translyatsiya qiladigan va rivojlantiradigan tashkiliy tizim sifatida. Ushbu ishda model ma’lum bir qiyofani yoki tarbiyachining mediakompetentligini rivojlantirish jarayonining variantini anglatadi. Tarbiyachilarning mediakompetentligini rivojlantirishning ilmiy asoslangan jarayoni uchun ushbu jarayonni uni tashkil etish va amalga oshirish uchun ma’lumot manbai sifatida yaxlit tavsiflash zarur. Bunday tavsif bashoratli bo‘lishi kerak va teskari aloqa vositasi sifatida xizmat qilishi kerak. Pedagogik jarayonlarning tadqiqotchilari, ularning maqsadi va mavzusiga qarab ob’ektni namoyish qilish uchun turli xil sxemalardan foydalanadilar. Xususan, jarayonlar an’anaviy ravishda faoliyat predmeti (manba materiallari), tamoyillar, faoliyat shartlari, maqsadlar va natijalar kabi tarkibiy qismlar orqali tahlil qilinadi. Jarayonni modellashtirish maqsadlaridan kelib chiqib, unga bo‘lg‘usi tarbiyachilarning baholash qobiliyatlarini rivojlantirishda tarbiyachi amalga oshiradigan asosiy tarkibiy qism va elementlarni ajratib ko‘rsatadigan sxemani kiritishimiz kerak. Pedagogik tizimning ta’rifiga asoslanib, uning ishlash belgilarini inobatga olgan holda, malaka oshirish sharoitida tarbiyachilarning mediakompetentligini rivojlantirish modelini ishlab chiqdik, uning sxematik tasviri, shuningdek turli xil elementlarning o‘zaro aloqalari va o‘zaro ta’sirini biz 2.1-rasmdagidek ifodaladik. Har qanday modelni yaratishning eng muhim vazifasi o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarning tub mohiyatini aniqlash, ya’ni tizim yondashuvi nuqtai nazaridan qarashdir. Modellar, odatda, voqelikka deduktiv yondashishga, abstraktdan konkretga ko‘tarilish tamoyili va usullariga asoslanadi. Bunday yo‘l o‘rganilayotgan hodisalar va jarayonlarning tub mohiyatini va sifat jihatdan aniqligini aks ettiradigan, ideallashtirilgan, abstrakt-nazariy bilish ob’ektini shakllantirishni talab qiladi. Tarbiyachi mediakompetentligining rivojlantirish muammosini ishlab chiqishda tizimli yondashuvdan foydalanish quyidagi talablarni bajarishni nazarda tutadi: – o‘rganilayotgan jarayonni tizimli deb belgilash; – tizimning har bir tarkibiy qismini uning tarkibini aniqlash va to‘liqligini ta’minlash uchun tekshirish; – agar kerak bo‘lsa o‘zgartirish tarkibiy aloqalarning butun to‘plamini aniqlash; strukturani yanada mukammalroq qilish; – yaxlit tashkilot tizimining individual aloqalarining ishlash tizimini tushunish, ushbu mexanizmni ilmiy asosda boshqarish; – tendensiyalarni aniqlash va tizimning rivojlanish darajasini tarbiyachining mediakompetentligini rivojlantirishning eng muhim sharti sifatida oldindan ko‘rish. Umuman kompetentli yondashuvning amalga oshirilishi mehnat bozorida raqobatbardosh, aralash bilim sohalariga yo‘naltirilgan, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha jahon standartlari darajasida samarali ishlashga qodir, uzluksiz kasbiy o‘sishga tayyor, ijtimoiy va kasbiy harakatchanligi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga yordam beradi. Adabiyotlar ro‘yxati 1.Mo‘minova N.S. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilarini medyakompetentdigini rivojlantirishning nazariy-metodik asoslari Xalq ta’limi ilmiy metodik jurnal 2020 yil 4 son          99-102 bet 2.Turdiev N.Sh.. Kompetentlik va mediata’lim. Globallashuv sharoitida yoshlarning mediasavodxonligini oshirish. Respublika ilmiy-amaliy seminari materiallari. Namangan, 2015, 88-92 b. 3.Kushakova. Bo‘lajak tarbiyachilarda tolerantlik tafakkurini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari. Mug‘allim hәm uzliksiz bilimlendirio‘.  № 5. 2020 yil 90-92 betlar