Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

TA’LIM JARAYONLARIDA INNOVATSION G’OYALARNING AHAMIYATI VA DOLZARBLIGI

Usmonov Sodiq – Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti dotsenti. Boqiyev Ramazon – JDPU  2 – kurs magistranti.   Annotatsiya: Ma’lumki, innovatsion g’oyalar, texnologik jihatdan ilg’or davlatlar va jahon miqyosidagi rivojlangan davlatlar ro’yhatida yetakchi o’rinni egallaydi. Shunday ekan, innovatsiyalar va bu boradagi ishlar, o’zimizning ilmiy mahoratimizni oshirish, yoshlarimiz, tadqiqotchilarimizni va olimlarimizning maqsadi, kundalik hayotimizning ajralmas qismi bo’lishi kerak.   Annotatsion: It is well known that innovative ideas, a technologically advanced state, is a leader in the world wide list of developed countries.Thus, innovation and work on this area, increasing our own scientific skills should be the goal of our youth, researchers and an integral part of our everyday lives.   Аннотатция: Хорошо известно, что инновационные идеи, технологически развитые государства, являются лидерами во всемирном списке развитых стран. Таким образом, инновации и работа в этой области, увеличивая наши собственные научные навыки, исследователи и неотъемлемая часть нашей повседневной жизни.   Kalit so’z: professional ta’lim, fan va texnalogiya, tizimli fikrlash, konstruktorlik, innovatsion g’oyalar va texnika Ключевые слова: профессиональная обучения , наука и техника, системное мышление, дизайн, инновационные идеи и методики Key words: science and technology, systematic thinking, design, innovative ideas and techniques Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini takomillashtirish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash ta’limga texnologik yondashuvni talab etadi. Bunda bevosita ta’lim jarayonini, oliy ta’limning o‘quv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini keng joriy etish, ilmiy-ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish muhim ahamiyatga ega.  So`nggi yillarda O`zbekistonda milliy ta‟lim sohasida yangi islohotlar boshlandi. Ta‟limni boshqarish hukumat boshlig`i tomonidan qattiq tanqidlarga uchradi. Respublika milliy ta‟lim tizimini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish muammosiga tizimli innovatsion yondoshishga qaratilgan normativ – huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi. Lug‘aviy jihatdan “innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda (“innovation”) “yangilik kiritish” degan ma’noni anglatadi. “Innovatsiya” tushunchasi mazmunan aniq holatni ifodalaydi. Mohiyatiga ko‘ra innovatsion faoliyat ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba-sinov ishlari olib borish, fan-texnika yutuqlaridan foydalanish asosida yangi takomillashtirilgan mahsulotni yaratishdan iborat. Pedagogning innovatsion faoliyati quyidagilar bilan belgilanadi: – yangilikni qo‘llashga tayyorgarligi; – pedagogik yangiliklarni qabul qilishi; – novatorlik darajasi; – kommunikativ qobiliyatning rivojlanganligi; Innovatsion faoliyat pedagogning ruhiy, aqliy, jismoniy kuchini ma’lum maqsadga yo‘naltirish asosida, amaliy faoliyatni nazariy bilimlar bilan to‘ldirib borish, bilish, loyihalash, kommunikativ nutq va tashkilotchilik mahoratini rivojlantirishni talab etadi. Demak, ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiyaning rivojlanishi ta’lim tizimida ham tub o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib keladi. [1] Innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarning ishlab chiqilishini tashkil etish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini targ‘ib qilish va amaliy foydalanish mexanizmlarini shakllantirishda ta’lim texnologiyalarining o‘rni va salmog‘i yuqoriligini ta’kidlash joiz. Mamlakatimizda 2019 yilning oktabrida O`zbekiston Respublikasi oliy ta‟lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi qabul qilindi. Unda oliy taʼlim muassasalarida o`quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o`tkazish ahamiyatli yangilik bo`ldi. Pandemiya sharoitida 2030 yilgacha Rivojlanish kontsepsiyasida ko`zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish kutilmagan va ko`p jihatdan majburiy tezlashuvni qamrab oldi. “Ta’lim jarayonini, oliy ta’limning o‘quv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini keng joriy etish zarurligi ta’kidlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan vazifalarning samarali echimini to‘liq ta’minlash maqsadida oliy ta’lim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy o‘quv-ilmiy laboratoriyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash maqsadida Oliy ta’lim tizimini 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Dasturga muvofiq, 2017-2021-yillarda 48 ta oliy ta’lim muassasasida jami 180 ta o‘quv, ilmiy-laboratoriya binosi, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmalari ob’ektlarida qurilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shuningdek, 53 ta oliy ta’lim muassasasida 400 ta o‘quv laboratoriyasi bosqichma-bosqich eng zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlanadi, 7 ta oliy ta’lim muassasasida barcha oliy ta’lim muassasalari o‘zaro hamkorlikda foydalanadigan ilmiy laboratoriyalar tashkil etiladi. [2] Ta’lim tizimining modernizatsiyasi davlat va jamiyat malakali kadrlarga, shaxsning esa sifatli ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ro‘y beradi. Ta’lim amaliyotida pedagogik texnologiyalarning qo‘llanilishi ta’lim tizimi modernizatsiyasining tarkibiy elementi hisoblanadi. Zamonaviy sharoitda ta’lim-tarbiya jarayonlarini texnologiyalashtirish kam kuch va vaqt sarflagan holda kutilayotgan natijani qo‘lga kiritishga imkon beradi, o‘qitish sifatini yaxshilab, samaradorligini oshiradi. Pedagogik innovatsiyalar pedagogik faoliyatga yangiliklarning izchil olib kirilishini tavsiflaydi. Pedagogik innovatsiyalarning didaktik imkoniyatlariga ko‘ra ta’lim tizimi va jarayoni rivojlanib boradi. O‘qituvchining innovatsion faoliyati pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olg‘a undovchi, bunyodkorlikka rag‘batlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo‘lib, ta’lim jarayonining sifatini kafolatlaydi. Shu sababli har bir o‘qituvchi innovatsiyalarning mohiyatini to‘la tushungan holda o‘z faoliyatiga izchil tatbiq eta olishi zarur. Jahon xalqlari tajribasida mashhur pedagoglar tarbiya sohasida erishgan yutuqlarining muhim omillaridan biri – ular tarbiyalanuvchilarning faolligi va mustaqilligini oshirib, yoshlarning o‘zo‘zini tarbiyalashi masalasini oqilona uyushtira bilganligidadir. Ular amalga oshirgan tarbiya tizimi ta’sirchanligining boisi tarbiya jarayonini o‘z-o‘zini larbiyalashga rahbarlik qilish jarayoniga aylantira bilganliklaridadir. Tarbiyaning maqsadini tarbiyalanuvchilar oldiga qiyinchiliklarni yengish va kelgusidagi yutuqlarga erishish vazifasi qilib qo‘ya bilishdadir. Darhaqiqat, barkamol shaxsni tarbiyalash jarayoni faqat, kishi o‘z-o‘zini tarbiyalashga faol kirishgan va bu ishni muntazam davom ettirgan taqdirdagina samara berishi mumkin. O‘zbekiston maktab, maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining bo‘lajak o‘qituvchisi milliy-ma’naviy qadriyatlarni va milliy axloqni egallagan bo‘lishi zarur. O‘qituvchining kuchi va tarbiyaviy ta’siri, avvalo mustaqillik mafkurasi, milliy istiqlol g‘oyasi uning e’tiqodiga aylanganligidadir. Oliy o‘quv yurtlarida yangi o‘quv rejalari va dasturlari joriy etilishi, milliy madaniy qadriyatlarga doir adabiyotlaming ko‘plab nashr etilayotganligi, yuqori malakali professor-o‘qituvchilarning mavjudligi talaba yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash ishini yuksak darajaga ko‘tarishga imkon beradi. Bo‘lajak mutaxassislarga berilayotgan bilimlar doirasini tobora kengaytira borish, ixtisoslik fanlariga doir bilimlarni puxta o‘zlashtirishga erishish oliy maktabning asosiy vazifasidir. Shu bilan birga yosh mutaxassislar mustaqil o‘qib, o‘z bilimlarini muntazam oshira borish ko‘nikmasini hosil qilishlari zarur. Bo‘lajak mutaxassislar chuqur psixologik-pedagogik tayyorgarlikka ega bo‘lishlari zarurligini hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Bo‘lajak o‘qituvchi pedagogika fanining nazariyasi va tarixini, didaktikani, tarbiya nazariyasi va metodologiyasini, xususiy metodikalarni, psixologiya va yoshlar fiziologiyasini yaxshi bilishi lozim. [3] O‘qituvchilar jamiyatimizda ilg‘or va faol kishilardir. O‘zbekiston davlati ijtimoiy-iqtisodiy, mafkura, madaniyat, ta’lim sohalarini tabdan isloh qilish vazifasini hal etishda o‘qituvchilarga tayanadi. Bo‘lajak mutaxassisga xos shaxsiy, kasbiy, axloqiy sifatlarni egallash uchun talaba, avvalo, tanlagan kasbining shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatini anglab olishi, unda pedagoglik kasbiga qiziqish va ishtiyoq bo‘lishi zarur. Bu fazilat shaxsning pedagogik yo‘nalishini tavsiflaydi. O‘qituvchi shaxsini tavsiflaydigan muhim sifatlardan yana biri pedagogik ishga qobiliyatning mavjudligidir. Pedagogik kuzatuvchanlik, mushohada, muloqot madaniyati, pedagogik takt, tashkilotchilik, kasbiy mahorat, iqtidor kabilar pedagogik ishga qobiliyatning mavjudligini ko‘rsatadi. Demokratik huquqiy davlat va uning zaminida shakllanayotgan fuqarolik jamiyat va pedagogik faoliyatning xarakteridan kelib chiqadigan bu talablar bo‘lajak mutaxassis qanday fazilatlarni egallab olishi zarurligini talabalarga yaqqol ko‘rsatib beradi. Bo‘lajak muallim egallab olishi lozim bo‘lgan bu shaxsiy sifatlar ularning intilishi uchun istiqbol marra, ideal bo‘lib xizmat qiladi. Shu asosda har yili guruhda bajariladigan ishlarning rejasi tuzib chiqiladi. Guruhning har bir talabasi ham o‘zining qobiliyati va imkoniyatiga qarab bir yillik va semestrga mo‘ljallab individual reja tuzib chiqadi. Dastur eng yaxshi guruh uchun tashkil etiladigan musobaqa-konkurs shartlarini tuzib chiqish uchun ham asos bo‘lib xizmat qiladi.  Bunday dastur talabalar egallab olishi lozim bo‘lgan ijtimoiygumanitar, ixtisoslik, professional-pedagogik bilim va ko‘nikmalar, ma’naviy-axloqiy sifatlarni yaxlit holda talabalar ko‘z o‘ngida gavdalantirishga imkon beradi. Shu bilan birga u o‘z-o‘zini tarbiyalash vazifalarini bir qadar oydinlashtirib, talabani bu vazifalarni, faoliyat turlarini bajarish uchun safarbar etishga xizmat qiladi. Xulosa qilib aytganda o‘z-o‘zini tarbiyalashning muhim omillaridan biri bo‘lajak – mutaxassisning shaxsiy qobiliyat va imkoniyatlari bilan kasbiy faoliyatning talablari o‘rtasidagi uzilishni bartaraf etish zarurligini anglab, tushunib olishdan iborat. Bunday tushunchaning hosil bo‘lishi har bir yigit, qizda o‘z bilimlarini oshirish ustida mustaqil ishlashga, o‘z-o‘zini tarbiyalashga intilish hissini uyg‘otadi. Ushbu dastur ana shu maqsadlarni amalga oshirishda yordam beradi.                                                                                       Foydalanilgan adabiyotlar:
  1. Z.F.SHAROPOVA “Ta’lim texnologiyalari” darslik. – T.:”Novro’z” nashiryot. 2019. 7-13 betlar [1]
 
  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida»gi. 2017-yil 20-aprel, PQ-2909-son qarori [2]
 
  1. Azizxo‘jaeva N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. O‘quv qo‘llanma.-T.: 2006. 55-59 betlar [3]