Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/03/2020
Chop etish
Raqamli iqtisodiyot bu aqliy mehnat,-deydi akademik S.G‘ulomov

Raqamli iqtisodiyot – bu siyosiy-iqtisodiy, ilmiy-ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy munosabatlardagi aloqalarni raqamli texnologiyalarni qo‘llash yordamida amalga oshiruvchi yangi tizim hisoblanadi.

Raqamli iqtisodiyotning asosiy belgilari yuqori darajada avtomatlashtirilganlik, elektron hujjat almashinuvini sifatli amalga oshirishning mavjudligi, buxgalterlik, auditorlik va boshqaruv tizimlarining o‘zaro elektron integratsiyalashuvi, ma’lumotlarning elektron bazalari, CRM (mijozlar bilan o‘zaro munosabat tizimi) mavjudligi, turli xildagi korporativ tarmoqlardan iborat. Jizzax davlat pedagogika isntituti kichik majlislar zalida bo‘lib o‘tgan ilmiy –amaliy seminarga Informatika texnologik ta’lim fakulteti magistrlari va yosh o‘qituvchilar taklif etildi . Seminarni akademik Saidahror G‘ulomov olib bordi .

 

Raqamli iqtisodiyot va tijorat asoslari mavzusida bo‘lib o‘tgan seminarda ma’ruzachi akademik S. G‘ulomov  Raqamli iqtisodiyotning an’anaviy iqtisodiyotdan farqi nimadaligini tushuntirib berish bilan bir qatorda  Aslida, hammamiz allaqachon raqamli iqtisodiyot ichida ekanligimizni, uning qulayliklaridan foydalanib kelayotganimizni misollar bilan tushuntirib berdi. Masalan, oyliklarimiz plastik kartalarga tushadi, elektron to‘lovlar yordamida kommunal xizmatlar, telefon, internet va boshqa mahsulot va xizmatlarga to‘lov qilamiz, elektron tarzda soliq deklaratsiyasi hamda hisobotini topshiramiz, kartadan – kartaga pul o‘tkazamiz, uyimizga yoki ishxonamizga taom buyurtma qilamiz va hokazo.

 

 

Raqamli texnologiyalarga asoslangan platformalarning rivojlanish borasida xorijiy tajriba sifatida “Alibaba” elektron savdo tizimiga ega bo‘lgan Xitoy kompaniyasini keltirib o‘tish mumkin. Undan foydalanish amaliyoti shuni ko‘rsatmoqdaki, ma’lumotlar to‘plash jarayonida iqtisodiyotning turli sektorlariga ekspansiya uchun o‘ta raqobatli ustunliklar yaratiladi. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish kelajakda bizga nima beradi ? seminar so‘ngida ishtirokchilar shu savol atrofida o‘z fikr mulohazalaini bildirib o‘tishdi.

 

Jizzax davlat pedagogika institut axborot xizmati


Ulashish:
1 134
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.