Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/02/2020
Chop etish
Qonunning mukammalligi-uning barqarorligini asosidir.  

“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasini xalq muhokamasida. Ayni kunlarda   mutaxassislari va ekspertlaridan iborat ishchi guruhi tomonidan ishlab chiqilgan “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining yangi tahrirdagi loyihasi jamoatchilik tomonidan keng muhokama qilinmoqda.

Jumladan bugun Jizzax davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi  qonun loyihasi yuzasidan taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Seminar ishini institut rektori, professor Sh.Saharipov ochib, bugungi kunda ta’lim sohasidagi islohatlarning yangi bir bosqichga ko‘tarilgani, har bir islohotning huquqiy mexanizmi yaratib berilayotganini shu bois “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonunni yangi tahrirda qabul qilish vaqti kelganligini aytib o‘tdi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, O‘zMTDP Markaziy Kengashi raisi A.Qodirov, Oliy Majlis deputati A.Akromov hamda Jizzax davlat pedagogika instituti professor o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

— Rivojlangan davlatlar tajribasiga e’tibor qaratsak, taraqqiyotga erishish uchun islohotlar, avvalo, ta’lim sohasidan boshlanganiga guvoh bo‘lamiz, — dedi A.Qodirov  — Chunki yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga ustuvor vazifa sifatida qaragan har qanday mamlakat, shubhasiz, kelajak poydevori mustahkamligiga erishadi. Bugun shiddat bilan o‘zgarayotgan zamon, jahon bozoridagi keskin raqobat va yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan talabning ortib borayotgani ushbu sohani ham isloh qilib borishni taqozo etmoqda.O‘zbekiston yangilanib borayotgan ekan, u albatta uyg‘onishi kerak. Markaziy Osiyoning yuragi hisoblanmish O‘zbekiston bugun hattoki qo‘shni davlatlardan ham ba’zi sohalarda orqada ekanligi afsuslanarli holat deb o‘ylayman, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tubdan yaxshilash, eng ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish, har jihatdan zamonaviy tizim yaratish maqsadida Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etilib, tizimni malakali kadrlar bilan ta’minlash, davlat va xususiy sheriklik asosida yaqin istiqbolda mamlakatimizda bog‘cha yoshidagi bolalarni to‘liq maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Keng jamoatchilik va ota-onalarning fikr-takliflari asosida yurtimizda 11 yillik majburiy maktab ta’limi qayta joriy etildi, kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi ham manzilli va maqsadli ravishda isloh qilinmoqda. Biz bu yerga  qonun loyihasini mukammal bo‘lishi va bunda joylarda faoliyat olib borayotgan pedagog xodimlarning fikri muhim ekanligini inobatga olish aynan siz ustozlarning takliflarini eshitish uchun kelganmiz , -deya o‘z so‘zini yakunladi  A.Qodirov

         12 bob 74 moddadan iborat yangi tahrirdagi qonun loyihasi bugungi kunda ta’lim sohasida bo‘lib o‘tayotgan o‘zgarishlarni o‘z ichiga olgan.
Seminarda qonun loyihasini maromiga yetkazish yuzasidan prof, A.Mamatov, prof U.Jumanazarov, dos A.Tangirov, dos T.Ismoilov, prof, A.Meliev, dos F.Toshboev va boshqalar aniq takliflar berishdi.

Tadbir yakunida qonun loyihasini hududlarda ham muhokamadan o‘tkazish  borasida, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish hamda qabul qilinishiga qadar hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.

                                                                                                                                                                           Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati

 


Ulashish:
959
Boshqa rubrikalarda mashhur

Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.
Kitobxonlik Tanlovining Ikkinchi Bosqichi: Zakovat Intellektual Bellashuvi O‘tkazildi.
Universitet rektori tashabbusi bilan tashkil etilgan kitobxon talaba tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqich — test sinovi bo‘lib, unda talabalar o‘qigan kitoblari bo‘yicha bilimlarini...