QALIYATEPANING QADRI YO‘QMI?
(Halq tilida Astan tepa, Komil bobo tepa va Rasul Bayqul tepa yodgorliklari to‘g‘risida)
Har tong tepalik oldidan o‘tar ekanman, necha asrlardan buyon ota-bobolarimiz asrab kelgan, bu arxeologik yodgorlik bizning davrimizga kelib yo‘q bo‘lib borayotganini ko‘rib uning taqdiriga achinib qarayman va yo‘q bo‘lib ketayotgan bu tepalik tilsiz nigoxlari bilan tepalik yonidan o‘tayotgan har-bir shaxsga bir nechta savollar bilan termulganday unsiz (Necha yillik umrim qolgan ekan? Kimlar meni bu axvolga solishga ruxsat berdi? Balkim uddaburon shaxslarning o‘zboshimchalik bilan qilgan ishlarimi? Balkim mening o‘rnim shaxsiy uy joy qurish va tadbirkorlarga bo‘lib berilganmi?, Balkim ayrim ma’sul bo‘lgan shaxslarning mas’uliyatsizligimi?) degan savollarga javob topa olmay turganday bo‘ladi.
Kasbim o‘qituvchi, lekin mutaxassisligim tarixchi bo‘lmasa ham bu yodgorlik to‘g‘risida ayrim bilgan ma’lumotlarimni keltirib o‘tsam.
Jizzax shaxri qachon paydo bo‘lgan, xudud aholisining turmush tarzi qanday kechganligini haqidagi savollarga javob beruvchi bu tepaliklar. Jizzax vahosining qadimiy o‘tmishdan guvohlik beruvchi va ona vatanimiz tarixi haqida ma’lum miqdorda tassavur uyg‘otishga turtki beradi, qolaversa bunday maskanlar hududlar yoshini aniqlash hamda qadimgi davrda yashagan ajdodlarimizning turmish tarziga oid qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishimizda muhim ro‘l o‘ynaydi. Qaliya tepa va uning robotlari Jizzax viloyati tarixi uchun birlamchi ilmiy jihatdan nixoyotda judda katta qadimiy shaxar yorgorligi. Biz maqolamizda keltirib o‘tgan yadgorliklar eramizning III-IV asrlardan xayot bo‘lganligini isbotlovchi madaniy xayot qatlamlari mavjud bo‘lgan Qaliya tepa yorgorliklari tarkibiga kiruvchi, halq tilida Astan tepa, Komil bobo tepa va Rasul Bayqul tepa yodgorliklari atrofida axoli tomonidan shaxsiy uy joy va qurilish ishlari uchun qazilgan joylaridan ba’zi qatlamlarni ko‘rishimiz mumkin.
Madaniy merosni asrab avaylash to‘g‘risida birorta vazirlik yoki viloyat hokimligi qarori chiqarilganmi, hujjatlarni aniqlashtirganimda ushbu narsa aniq bo‘liki Jizzax viloyati hokimligining 2004 yil 27-yanvardagi “Viloyat hududidagi tarixiy, madaniy va me’moriy yodgorliklarning Davlat muhofazasini ta’minlash to‘g‘risida”gi 27-sonli qarori bilan madaniy meros ob’ektlari muhofaza hududi 50 metr etib belgilanganligi va shaharsozlik normalari va qoidalarining 12-bo‘limida Madaniy meros ob’ektlaridan transport va muhandislik kommunikatsiyalarigacha masofalar kamida tekis relefda 50 metr bo‘lishi lozimligi belgilab qo‘yilganligi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti faoliyatini tashkil etish hamda moddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 265-sonli qarorining 9-ilovasi 2-bob 4-bandida Respublika ahamiyatidagi ob’ekt arxeologiya yodgorliklarining rejalashtirilgan chegarasidan 100 metrgacha bo‘lgan hududda yerdan foydalanish belgilab qo‘yilganligi aniqlandi.
Yuqoridagi savollarga ushbu qonunlar, qarorlar va normalar javob bera oladima? Umuman yodgorlikning aslida bugun egasi kim? Ularning muhofazasi, buguni va ertangi taqdiriga javob beradigan mas’ullar bormi?
Husniddin Dushaboev