Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

O‘ZBEKISTONDA YANGI YERLARNI O‘ZLASHTIRISH: YUTUQLAR VA MUAMMOLAR

J. Jumayev, JDPU Tarix fakulteti o‘qituvchisi  Annotatsiya. Mazkur maqolada Sovet hokimiyatining O‘zbekistonda qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish uchun olib borgan aholini ko‘chirish siyosati haqida fikr yuritiladi. Unda shuningdek yangi yerlar (Mirzacho‘l)ga aholini ko‘chirish uchun o‘tkazilgan targ‘ibot ishlari, mehnat migrasiyasining maishiy hayotga ta’siri, paxta yakkahokimligini yanada kuchaytirish, majburiy ravishda ko‘chirilgan aholining iqtisodiy-ijtimoiy ahvoli kabi masalalar o‘rin olgan. Аннотация. В данной статье рассматривается политика Советского правительства по переселению в Узбекистан для освоения целинных земель. Также освещаются такие вопросы, как пропаганда переселения людей на новые земли (Мирзачул), влияние трудовой миграции на средства к существованию, дальнейшее укрепление хлопковой монополии, социально-экономическое положение вынужденно переселенного населения. Annotation. This article discusses the policy of the Soviet government for resettlement in Uzbekistan for the development of virgin lands. It also highlights issues such as promoting the resettlement of people to new lands (Mirzachul), the impact of labor migration on livelihoods, the further strengthening of the cotton monopoly, the socio-economic situation of the internally displaced population. Kalit so‘zlar: sug‘orma dehqonchilik, Turkiston, Mirzacho‘l, plenum, KPSS, Xrushchev, Brejnev, paxtachilik, Rashidov, migrasiya Ключевые слова: орошаемое земледелие, Туркестан, Мирзачул, пленум, КПСС, Хрущев, Брежнев, хлопок, Рашидов, миграция Keywords: irrigated agriculture, Turkestan, Mirzachul, plenum, CPSU, Khrushchev, Brezhnev, cotton, Rashidov, migration Kirish. O‘rta Osiyo o‘zining qadimdan rivojlangan sug‘orma dehqonchilik madaniyati bilan dunyoga mashhur bo‘lgan. Biroq, hududning asosiy qismi o‘zlashtirilmagan ulkan dasht va cho‘l hududlaridan iborat bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasining tabiiy-ekologik sharoiti bu hududning 10% maydonida sug‘orma dehqonchilik olib borish imkoni borligini ko‘rsatadi. Qolgan hududlarining asosiy qismini cho‘l, dasht va tog‘ oldi adir mintaqalari tashkil etadi. Shuning uchun bu joylarni o‘zlashtirish uchun zamonaviy sun’iy sug‘orish tizimi va irrigasiya inshoatlarini barpo etish lozim edi. Rossiya imperiyasining Turkistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tobora ko‘proq yetishtirishga bo‘lgan intilishi bu borada keng qamrovli ishlarni boshlanishiga sabab bo‘lgan. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review) O‘rta Osiyoning boy xom ashyo resurslarig akatta ehtiyoj sezgan Rossiya imperiyasi ko‘plab dasht va cho‘l hududlarni o‘zlashtirishga kirishgach, bu yerlarga aholini majburiy ravishda ko‘chirish siyosatini ham amalga  amalga oshirgan. Aholini ko‘chirish uchun maxsus “Ko‘chirish boshqarmasi” tuzilib, uning oldiga Rossiyaning markaziy rayonlaridan “ortiqcha” aholini ko‘chirish, yangi o‘zlashtirilgan yerlarning sug‘orish tizimini yo‘lga qo‘yish vazifasi topshirilgan. Shu maqsadda 1899 yili Davlat kengashi Mirzacho‘lda 65 km.lik kanal qazish uchun 2025 ming rubl ajratgan. Biroq 1908 yilgacha kanalning bor-yo‘g‘i 11 km.dan ko‘prog‘i qazilgan, xolos [1:107].  Turkistonda taftish ishlarini olib borgan senator K.K.Palen imperiya manfaatlarini ko‘zlab bu haqda shunday degan edi “Bu o‘lka Rossiyaga qo‘shilgan kunidan boshlab, rus hukumatini  ikki tomonlama: birinchidan, moliyaviy siyosat nuqtai nazaridan davlatning daromad manbai va tovarlar uchun yangi bozor sifatida, ikkinchidan, ortiqcha aholini joylashtirish uchun yangi viloyat sifatida qiziqtiradi” [1:12]. Cho‘l va dasht yerlarini o‘zlashtirishga qaratilgan bu siyosat sobiq sovetlar ittifoqi davrida ham faol amalga oshirilgan. SSSR MIK Prezidiuminig 1925 yil 10 aprelda qabul qilgan “SSSR MIK qoshida Butunittifoq ko‘chirish komitetini tashkil etish haqida”gi Qarorining      3-moddasi [3:354] hamda O‘zSSR MIK va XKSning 1927 yil 21- fevralda qabul qilgan “ O‘z SSR ichkarisida yangi yerlarni o‘zlashtirish uchun aholini rejali ko‘chirishlarni amalga oshirish haqida”gi 33-sonli Qarorining 270- moddasi asos qilib olindi. Mazkur qarorlarda Butunittifoq ko‘chirish komiteti zimmasiga aholini ko‘chirish bo‘yicha boshqaruv ishlarini tashkil etish yuklatilgan [4:212-214]. Unga ko‘ra butunittifoq ko‘chirish fondini tuzish, uni moliyalashtirish rejalashtirilgan. Bu kabi masalalar doimiy ravishda tadqiqotchilar e’tiborida bo‘lib, bu siyosat tarixini yorituvchi qator ishlar amalga oshirilgan [5]. Ularda yoritilishicha, ko‘chirilgan aholining ahvoli achinarli holatda bo‘lgan. Shunga bog‘liq tarzda Respublikaning ayrim rahbarlari (F.Xo‘jayev, A.Ikromovlar) agrar sohani bu tarzda volyuntaristik usullar bilan rivojlantirishga qarshi bo‘lishgan [6:42]. Ammo ularning masalaga ob’yektiv yondashuvga doir bunday fikrlari inobatga olinmagan va yangi yerlarni o‘zlashtirish jadal davom ettirilgan. Sovet hukumatining ikkinchi jahon urushidan keyingi yangi yerlarni o‘zlashtirishga qaratilgan siyosati ayniqsa, Mirzacho‘l misolida yaqqol namoyon bo‘ladi. Urushdan keyingi yillarda 1946 yil 2 fevralda SSSR XKSning “O‘zbekiston SSRda paxtachilikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi maxsus qarorida O‘zbekiston SSRda to‘rtinchi-besh yillikda paxta yetishtirishni 2,5 baravar ko‘paytirish vazifasi yuklatildi. Ushbu qaror asosida yangi o‘zlashtirilgan yerlarga, shu jumladan Mirzacho‘lga aholini ko‘chirish harakati yanada jadallashtirildi [7]. O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti va O‘zbekiston KP(b) Markaziy Komitetining 1949 yil 15 aprelda qabul qilgan “Mirzacho‘l yerlarini yanada ishga solish tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroridan so‘ng yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda paxta va boshqa ekinlardan mo‘l hosil olish belgilab olindi. Ushbu tadbirlarni respublikada amalga oshirilishida yangi tashkil qilinayotgan xo‘jaliklarni ishchi kuchi va malakali mutaxassislar bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. XX asrning elliginchi yillaridan avj olgan qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish siyosati XX asrning 20-30 yillarda amalga oshirilgan yangi yerlarni o‘zlashtirish jarayonining mantiqiy davomi edi. Mazkur bosqichda qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish asosan, qishloq va suv xo‘jaliklari zimmasiga yuklatilib, rejalashtirilgan vazifalarni aksariyat hollarda amalga oshirish imkoni bo‘lmasdi. 1953 yilga kelib, O‘zbekistonda yangi yerlarni o‘zlashtirishning birinchi bosqichi o‘z poyoniga yetdi. KPSS Markaziy komiteti birinchi kotibi N.S.Xrushchev davrida qo‘riq va bo‘z yerlarni o‘zlashtirishni amalga oshirish masalalari bo‘yicha shunday yo‘riqlarini bayon etgan:qo‘riq yerlarni o‘zlashtirila borishi katta iqtisodiy foyda keltiradi. Lekin yerni haydab ekin ekish eng qiyini emas, bu yerda aholi sonini ko‘paytirish kerak, shundagina qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish mumkin [8:37]. N.S.Xrushchevning bu ta’kidi aholini yangi yerlarga ommaviy jalb etish hamda ko‘chirishga da’vat etardi. 1954 yil 17-20 noyabr kunlari Toshkentda “Paxtachilikni rivojlantirish istiqbollari”ga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Hukumat tashabbusi bilan Markaziy Farg‘ona, Jizzax, Surxondaryo oblastlari va Amu havzasida yangi yerlarni o‘zlashtirish hisobidan ekin maydonlari yanada kengayib bordi. Ammo qishloq xo‘jaligi sohasini mexanizasiyalash talab darajasida bo‘lmay, bir gektar yerga ishlov berish uchun 200 nafar paxtakorni jalb etishga to‘g‘ri kelar edi [9:18]. O‘sha paytda dunyoning qudratli saltanati bo‘lgan SSSR yangi o‘zlashtirilayotgan hudularga safarbarlik va ommaviy ko‘chirish borasida boy tajribaga ega bo‘lib, yangi yerlarda mehnat resurslarini shakllantirishga qaratilgan o‘zining yagona tizimini ishlab chiqdi. Yagona tizimni besh yo‘nalishda amalga oshirish rejalashtirilib qo‘yildi: 1) dehqon xo‘jaliklarini qat’i reja asosida yangi yerlarga ko‘chirish; 2) jamoatchilik chaqirig‘i bilan ko‘chib o‘tishning ixtiyoriylik prinsipiga o‘tish; 3) xalq xo‘jaligi tarmog‘idagi korxona-tashkilot va muassasalar o‘z jamoasi tarkibidan malakali, katta tajribaga ega vakillarini maxsus yo‘llanma asosida ko‘chirib ishga yuborish; 4) respublika shaharlarida yashayotgan aholining ishsiz qatlami hisobidan tanlov asosida yangi yerlarga ko‘chirishni tashkillashtirish; 5) uyushmagan holda yakka-yakka ko‘chishni o‘tkazish [5]. Bu chora tadbirlar natijasida, 1956-58 yillarda O‘zbekiston SSR bo‘yicha 160 ming gektardan ko‘proq yer o‘zlashtirildi. Mirzacho‘l, Qarshi, Yozyovon, Surxon-Sherobod cho‘llarida asrlar mobaynida qaqshab yotgan dashtu biyobonlarda millionlab gektar paxtazorlar va bog‘-rog‘lar bunyod etildi. Qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish va buning uchun bu joylarga aholini ko‘chirish uchun o‘tkazilgan targ‘ibot ishlari, mehnat migrasiyasi bilan bog‘liq edi. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan bu siyosat zamirida paxta yakkahokimligini yanada kuchaytirish yotar edi. Qo‘riq va bo‘z yerlarni ommaviy o‘zlashtirish kampaniyasidagi moliyaviy, moddiy-texnik hamda boshqaruv tizimi bilan bog‘liq muammolar bosqichma-bosqich bartaraf etilib borildi. Ammo ishchi kuchi va malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj, ijtimoiy ob’yektlar bilan ta’minlanganlik holatining pastligi butun qo‘riq kompaniyasi davrida saqlanib qolaverdi. Buni yaxshi bilgan va hisobga olgan olgan sovet hukumati yangi yerlarda ishchi kuchini shakllantirishning kompleks tizimini yaratish choralarini ko‘rdi. Natijada minglab oilalar o‘zlari yashab turgan joylardan yangi yerlarga ko‘chirib keltirildi. Ma’lumki, ryespublikamizda 1973 yili yangi viloyat-Jizzax viloyati tashkil etildi. Mirzacho‘lning katta qisminingendigina tashkil etilgan viloyat hududiga o‘tishi hisobiga Sirdaryo viloyatining hududi va aholisi kamaydi. 1979 yilgi aholi ro‘yxatiga ko‘ra, Jizzax viloyatida istiqomat qiluvchi aholi 510,7 ming kishi (shundan shahar aholisi 139,8 ming kishi, qishloq aholisi 370,9 ming kishi) ni tashkil etgan [10:216-218]. Mavzuning dolzarbligi (ingl. Ma’lumki, o‘zbek xalqi asosan qishloqda, sug‘oriladigan joylarda yashar edi. Biroq,  aholi sonining tezkorlik bilan o‘sishi va sug‘oriladigan yerlarning nihoyatda kamligi, uning sifatining pasayib borishi, xalqimizning asosiy qismini qishloq joylarda yashashi, yaqin o‘rtada yer tanqisligi eng jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy muammolar mavjud edi. Yangi yerlarni o‘zlashtirishning ikki yo‘li bor edi. Eng avvalo, mavjud bo‘lgan suv manbalaridan mustaqil foydalanish, irrigasiya va meliorativ ishlarni jadallashtirish lozim edi. Shu maqsadda Amu-Buxoro, Qarshi, Shimoliy Farg‘ona, Sarkisov nomidagi Mirzacho‘l, Lenin, Kirov nomidagi kanallari qurildi. Toshkent, Karkidon, Chimqo‘rg‘on, Paxtakor, Andijon, Tuyamo‘yin va Janubiy Surxon suv omborlari qurilib ishga tushirildi. Respublikada 20 ta yirik suv omborlarida 6 mlrd kubometrga yaqin suv saqlanadi. Lekin bularning hammasi yerlarni kerakli miqdorda o‘zlashtirishga ojizlik qilar edi [11:289]. Shuning uchun ham mavjud yerlarni kengaytirishning asosiy manbai Sibir daryolarining bir qismini O‘rta Osiyo shu jumladan O‘zbekistonga keltirishdan iborat edi. Bu buyuk ishlarni amalga oshirish uchun Sharof Rashidov suv keltirishning yangi rejasini tuzdi. U ichki suv rezervlarini yo‘lga solish bilan birga bu masalani mamlakat yagona kompleksi asosida hal qilishga ahd qilgan. Bu ham bo‘lsa asrimizning eng ulkan loyihasini ishga solish, ya’ni Sibir daryolarining bir qismini O‘rta Osiyoga va birinchi navbatda, O‘zbekistonga keltirish birtalay ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishi mumkinligini hisobga olib, Markaziy Qo‘mitaning bir necha s’yezdida ushbu muammoni ko‘tardi. Natijada kanalning ilmiy loyihasi va izlanish ishlari nihoyasiga yetkazilgan bo‘lsada kanalni qurish to‘satdan to‘xtatildi. Agarda loyihadagi ko‘rsatkichlar amalga oshirilsa, respublikamizda sug‘oriladigan yerlar 8 mln gektarga yetar edi. O‘sha vaqtda esa faqat 4 mln gektar. Binobarin, mo‘ljallangai suv kanali bilan u yerdan 8 mln tonna paxta, 12 mln tonna g‘alla, uzum, sabzavotlar olish mo‘ljallangan va chorvachilikni jadallashtirish rejalashtirilgan edi. Bu buyuk loyihaning amalga oshirilishi O‘rta Osiyo va O‘zbekiston yerlarini sug‘orishda yangi davr ochib berishini va Orol inqirozining hal qilinajagini ko‘rsatib o‘tgan edi. Sibir daryolarining suvini keltirish juda katta ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilib berishi ravshan edi. Bu yerda qo‘shimcha 8 mln gektar yangi yer o‘zlashtirilib, bulardan ko‘p miqdorda paxta va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari olinib turilardi. O‘sha davrda 4 mln gektar yer 20 mlndan ziyod aholining rizqini ta’minlayotgan ekan, bu qo‘shimcha yer esa 40 mln dan ortiq aholini boqishi mumkin edi. Bu siyosat tezkorlik bilan o‘sib borayotgan aholini ish bilan oqilona ta’minlashga qaratilgan ham desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ular, eng avvalo, sug‘oriladigan yerlarga va Orolni to‘ldirish uchun sarflanishi kerak edi [11:290]. Biroq, turli xil sabalar bilan bu loyiha amalga oshmagan. Agarda ushbu loyiha amalga oshganida bugun global muammoga aylangan Orol muammosi bartaraf etilgan bo‘larmidi. O‘zbekistonda 1960 yilda jami 3 mln. gektar yer mavjud bo‘lsa, 1980 yillarga kelib bu ko‘rsatkich  4 mln. gektardan oshdi (qariyb 1 mln. gektarga ko‘paydi). Demak, har yili salkam 80 ming gektardan yer o‘zlashtirilgan, oxirgi yillari esa 500 ming gektarga yaqin yerlar o‘zlashtirilgan va ko‘proq paxtachilikni rivojlantirishga katta ahamiyat berilgan. Bu o‘zlashtirilgan yerlar asosan Mirzacho‘l, Qarshi va Jizzax cho‘llarida bo‘lib, millionlab odamlar shu yerlarga ko‘chib kelib bu joylarni o‘zlashtirganlar. Yangi o‘zlashtirilgan yerlarda asosan paxta ekilgan. Sababi mamlakat iqtisodiyotini o‘stirishning asosiy manbai paxta xisoblangan. Paxtaning salmog‘i agar 1960 yilda 2823 mln tonnani tashkil etgan bo‘lsa, uning rahbarlik faoliyatining oxirida qariyb 6 mln tonnaga yetkazildi. Yangidan yangi yerlarnig o‘zlashtirilishi va paxta yakkahokimligining o‘rnatilishi ko‘plab ekologik muammolarga ham sabab bo‘ldi. Bular ichida eng og‘iri Orol muammosi bilan bog‘liq edi.  Biroq, o‘tgan asrning 1960 yillardan boshlab Orol dengizi sathining muntazam qisqarib borishi ekologik muammolarni kyeltirib chiqardi.  Bu kabi jiddiy muammolarning oldini olish uchun respublikaning o‘sha paytdagi rahbari Sh.R.Rashidov Sibir daryolari suvlarining bir qismini Orol dengiziga burish masalalarini yana qayta ko‘tarib chiqdi. Chunki, ushbu masala N.S.Xrushchev davrida, 1961 yil oktyabr oyida KPSS XXII s’yezdida ham ko‘rilgan edi. Forumda qabul qilingan KPSS Dasturida quyidagi g‘oya ilgari surilgan edi: “Sovet xalqi ba’zi shimoliy daryolar oqimini o‘zgartirish uchun kuchli gidro-resurslardan foydalanib, ularning suvlarini tartibga solishi va qo‘riq yerlarni sug‘orish uchun jur’atli rejalar tuzishi mumkin,” [12:77]. Ammo, N.S.Xrushchevning lavozimidan etilishi ishdan olinishi mazkur loyihani ham bir chetga surib tashladi. 1966 yil 27 aprelda Sh.Rashidov hamrohligida KPSS MK Bosh sekretari L.I.Brejnev va SSSR Ministrlar Sovetining Raisi A.N.Kosiginlar Mirzacho‘lga tashrif buyurib, bu yerdagi o‘zlashtirilgan hududlar va ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayot va vujudga kelayotgan ekologik muammolar bilan tanishdilar [13:20]. Davlat raxbarlarinig doimiy nazoratida bo‘lishiga qaramay o‘zlashtirilayotgan hudularda demografik vaziyat barqaror bo‘lmagan. Ko‘chirib keltirilgan ba’zi xo‘jaliklarda ijtimoiy-iqtisodiy ahvol talab darajasida emasdi. Ko‘chirilgan aholi oziq-ovqat, kiyim-kechak bilan barqaror ta’minlanib borilmadi, shu tufayli bu yerlarga ko‘chib  kelgan 2700 oila yana o‘z yurtlariga qaytib ketishga majbur bo‘ldi. Kundalik mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojlari o‘z vaqtida qondirilmasligi, ta’minot tizimida bo‘lib turgan surunkali uzilishlar aholining kelajakka umidsizligini kuchaytirib yubordi. Ta’kidlash joiz, 1956-1969 yillarda Mirzacho‘l mintaqasiga doimiy yashash uchun 42 ming oila ko‘chib kelgan edi. Biroq 1969 yilga kelib, ularning atigi 25 mingtasigina shu yerda muqim yashab qoldi, xolos. 17 ming oila yoki barcha ko‘chib kelganlarning 40,5 % o‘zlarining azaldan istiqomat qilgan joylariga qaytib ketishga majbur bo‘ldilar. Ya’ni, aholining Mirzacho‘lda muqim qolish koyeffisenti 0,59 %ni tashkil etgan, xolos [14:199]. Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations) Xulosa qilib aytganda, XX asrning 50-yillarda boshlangan qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish jarayoni O‘zbekiston SSRda o‘ziga xos ravishda kechgan. Ko‘chirilgan aholi mehnati evaziga cho‘l, daha, tashlandiq va qo‘riq yerlar, botqoqlik va yaylovlar obod ekin yerlariga aylantirilib borildiki,bu jarayon respublika iqtisodiy yuksalishida muhim rol o‘ynay boshladi. Respublika hukumati tomonidan Mirzacho‘lda tashkil topayotgan yangi xo‘jaliklarni ishchi kuchi va mutaxassislar bilan ta’minlashga doir targ‘ibot ishlari muntazam kuchaytirildi. Natijada Sirdaryo va Jizzax  viloyati aholisining o‘sishi darajasi qariyib ikki baravardan ziyodga ko‘paydi. Bu esa Mirzacho‘l bag‘rida obod posyolkalar, shaharchalar, va qishloqlarning shiddat bilan ko‘payib borganligini ko‘rstadi.   Foydalanilgan adabiyotlar:
  1. Шахназаров А.И. Сельское хозяйство в Туркестанском крае. СПб., 1908.
2.Пален К.К. Материалы к характеристике народного хозяйства в Туркестане. Ч. I.СПб., 1911.
  1. 3. Собрание законов Союза СССР. 1925. №; 30.
  4.Собрание узаконений и распоряжений Правительства УзССР.Т.1927.№1-45.
  1. 5. Rizayev B.N. O‘zbekistonda 1950-1970 yillari yangi yerlarni o‘zlashtirish jarayonida aholini ko‘chirish siyosati (Buxoro oblasti misolida) 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) yozgan avtoreferati. Buxoro-202
  2. 6. Ikromov A. Paxta mustaqilligi uchun kurash yili. T: O‘zdavnashr, 1932.
  3. 7. O‘z RMA. 314- fond,1- ro‘yxat, 415- yig‘ma jild, 10- varaq.
  4. 8. Xrushchev N.S. Qishloq xo‘jaligini yanada yuksaltirish uchun rezervlardan to‘laroq foydalanaylik // KPSS MK 1959 yil dyekabr plenumida so‘zlagan nutqi. T.: 1960.
  5. 9. Совещания по вопросом дальнейшего развития хлопководства //Социалистечское сельского хозйяство Узбекистана. Ташкент, 1954. №7.
  6. 10. Ата-Мирзаев О., Гентшке В., Муртазаева Р. Узбекистан многонациональный: историко-демографический аспект. Т:Янги аср авлоди, 2011.
  7. 11. Toshboyev A.K. Sharof Rashidov faoliyati haqida ba’zi mulohazalar // “Jizzax vohasi – Markaziy Osiyo sivilizasiyasi tizimida (qadimgi davrdan hozirgi kungacha)” //Respublika miqyosidagiilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Jizzax, 2020.
  8. 12. Alimardonov T. Sharof Rashidov hayoti va faoliyati tarix ko‘zgusida. T: Dono nashriyoti, 2017.
  9. 13. Sirdaryo oblast Oqoltin tumani Andijon sovxozining Toshkent, 1972.
  10. 14. Egamberdiyev A. Vosproizvodstvo trudovыx resursov selskoy mestnosti Uzbekistana. T.: