- Массон В.М. Джейтунская культура. ЮТАКЭ, т.10, Ашхабад, Ылым, 1961; Поселение Джейтун (проблемы становления производящей экономики). МИА, № 180, 1971.
- Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы Среднеазиатского междуречье. М., 1981.
- Ранов В.А. Гиссарская культура: распространение, хронология, экономика. // Культура первобытной эпохи Таджикистана. – Душанбе, 1982; Гиссарская культура – неолит горных областей Средней Азии. // Каменной век Северной, Средней и Восточной Азии. – Новосибирск, 1985; Неолит (гиссарская культура). История Таджикского народа. Том 1. – Душанбе, 1998. С.105-123.
- Исламов У.И., Тимофеев В.И. Культура каменного века Центральной Ферганы. – Ташкент: Фан, 1986. С. 304.
- Бижанов Е.Б. Неолитические памятники юго-восточного Устюрта. // Древняя и средневековая культура юго-восточного Устюрта. – Ташкент: Фан, 1978. С.18-79; Каменный век Устюрта. Авт.реф. на соискание уч.степени д.и.н. – Нукус, 1996. С.3-42;Джуракулов М.Д., Холматов Н.У. Мезолит и неолит Среднего Зарафшана. – Ташкент: Фан, 1991. С.3-122.
- Виноградова Н.М., Ранов В,А.,Филимонова Т.Г. Изучение гиссарской культуры и неолитические слои поселения Кангуртут. М., 2008.41,42-бб.
- Массон В.М. Джейтунская культура. ЮТАКЭ, т.10, Ашхабад, Ылым, 1961; Поселение Джейтун (проблемы становления производящей экономики). МИА, № 180, 1971.
- Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы Среднеазиатского междуречья. М., Наука, 1981. 160-168-бетлар.
O’ZBEKISTON TOSH DAVRI JAMOALARINING MADANIY ALOQALARI XAQIDA
O.A. ABDIG’APPAROV, JDPU, Jizzax Annotasiya: Ushbu maqolada tosh qurollarning yasalishi texnikasi va ularga ishlov berilishi usullari, tosh industriyasining o’ziga xos xususiyatlari tahlili asosida, tosh davri jamoalarining madaniy aloqalari haqida ma’lumot berilgan.
Kalit so’zlar: Paleolit, mezolit, neolit, Sazog’on, UstYurt, Obishir, Vaxsh, Oydabal, Machay, Markansuy, Joyitun
Аннотация: В данной статье представлены сведения о культурных связях сообществ каменного века, основанные на анализе техники изготовления каменных орудий и способов их обработки, специфических особенностей каменного производства.
Ключевые слова: палеолит, мезолит, неолит, Сазогон, УстьЮрт, Обишир, Вахш, Ойдабал, Мачай, Маркансуй, Джойитун.
Annotation: This article presents information about the cultural ties of the Stone Age communities, based on the analysis of the technique of making stone tools and methods of their processing, the specific features of stone production.
Key words: Paleolithic, Mesolithic, Neolithic, Sazogon, Ust-Yurt, Obishir, Vakhsh, Oidabal, Machai, Markansuy, Joyitun.
Ibtidoiy odamzod turmushida ishlab chiqarish iqtisodiyotiga o’tish o’ziga xos tarixiy shart-sharoitlar negizida ro’y bergan. Bunda ibtidoiy jamoalar yashagan joy landshafti, tabiati, iqlim sharoiti muhim rol o’ynagan. Vatanimiz sarhadlari keyingi yillar maboyinida amalga oshirilgan arxeologik tadqiqotlar natijalariga ko’ra ilk paleolit davridanoq odamzod tomonidan o’zlashtirilganligi ma’lum bo’ldi. O’rta Osiyo xududida tosh asrining keyingi barcha taraqqiyot bosqichlarida (paleolit, mezolit, neolit) odamzod uzluksiz yashab, o’ziga xos madaniyat yaratilib kelingani arxeologik manbalarda o’z tasdig’ini topgan.
Paleolit davri jamoalarining turmush tarzi oddiy, ya’ni ular hali tabiatga to’la qaram bo’lgan. Ibtidoiy to’da, gala holatda kun kechirgan. Mehnat qurollari ham o’ta sodda, mashg’ulotlari terib, termichlab ovqat topish bo’lgan. Lekin, odamlar asta-sekinlik bilan o’zlarini o’rab turgan atrof-muhit, tabiat bilan yaqin aloqada bo’la boshlgan va mehnat jarayonida yangidan yangi kashfiyotlar qilgan. Mezolit, neolit davri ekologik sharoiti, iqlimiy muhiti nisbatan hozirgi zamonga yaqin bo’lgan. Shu sababli O’rta Osiyoning deyarli barcha sarhadlari odamzod tomonidan o’zlashtirilib, natijada o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan turli madaniyatlari shakllanadi.
Ma’lumki, tosh asrining dastlabki bosqichi hisoblanuvchi paleolit davri tarixini yoritishda antropogenez jarayoni o’z mazmuniga ko’ra o’ta dolzarb ahamiyat kasb etadi. Farg’ona vodiysida Sel-ungur g’or makoni “Farg’ona odami” antropologik topilmasining qo’lga kiritilishi antropogenez jarayoni masalalarini yanada oydinlashtirishga xizmat qildi.
Obirahmat g’or makonidan “Obirahmat odami” ning topilishi esa Vatanimiz sarhadlarida odamzod ajdodlari (neondertal, kramonon) masalasida muhim kashfiyot bo’lib, tosh davri jamoalari madaniyatining tarixiy ildizlarini aniqlashtirishda muhim yodgorlikdir. Shu bois, etnogenetik jarayonlarni tosh asri qaysi taraqqiyot bosqichi rivoji bilan bog’lash muammosi bugungi kunda ham dolzarb hisoblanadi. Bu masala echimini mutaxassislar arxeologik madaniyatlar mazmun mohiyatidan izlamoqdalar, ya’ni arxeologik madaniyatlar etnik farqlar demakdir. Farg’ona vodiysida o’tgan asr 50-yillari o’rtasida A.P.Okladnikov tomonidan Sel-ungur g’or makoni arxeologik xaritaga olingan bo’lib, undan ilk paleolit davri madaniyat izlari borligi aniqlangan. O’.Islomov 1985 yildan e’tiboran Sel-ungur g’or makonida qayta qazilma ishlarini amalga oshirib, muhim ma’lumotlarni qo’lga kiritdi. Xususan, «Farg’ona odami» topilmasini topdi[1]. Zarafshon vohasi paleolit davri yodgorliklari borasidagi dastlabki ma’lumotlar o’tgan asr 30-yillariga to’g’ri keladi. 1931 yili Samarqand shahri markazida sun’iy ko’l qirg’og’ida dastlab N.P.Xorlamov, keyinchalik M.V Voyevodskiy va V.V.Shumovlar tomonidan qidiruv shurfi qazilib qiziqarli tosh qurollari kolleksiyalari to’plandiki, bu materiallar keyingi yillarda D.N.Lev, M.Jo’raqulovlar tomonidan Samarqand makonining kashf etilishi va bu yerda tadqiqotlar olib borilishiga zamin yaratgan.
Bir guruh olimlar (G.P.Grigorev, V.P.LYubin, V.N.Gladilin) ilk paleolit davridanoq arxeologik madaniyatlar bo’lganligi haqida fikr Yuritsa, ko’pchilik mutaxassislar (A.Ya.BrYusov, A.N.Ragochev, S.N.Zamyatnin, A.A.Formozov) mahalliy xarakterdagi madaniy farqlarni so’nggi paleolit davridan e’tiboran bo’lgan degan xulosani bildirgan. Arxeologik madaniyat bir-biriga o’xshash tosh industriyasiga, moddiy madaniyatga ega bo’lgan yodgorliklar guruhini aniq, ravshan hududiy chegarada jamlanishidir.
A.A.Formozov so’nggi paleolit davrida arxeologik madaniyatlar to’la qonli ravishda shakllangan, keyingi taraqqiyot bosqichlarida – mezolit, neolitda tom ma’noda mustaqil etnik jamoa birlashmalaridir degan xulosani bildiradi. Shu bois etnik jarayon, «etnos» ning boshlanishini so’nggi paleolit davri bilan bog’lash maqsadga muvofiqdir. Mezolit, neolit davri etnik jamoalari «arxeologik madaniyatlar» ida yanada ravshanroq namoyon bo’lgan.
Bu jarayon mezolit (Obishir, Vaxsh, Oydabal, Machay, Markansuy) yodgorliklarda yaxshi namoyon bo’ladi. O’rta Osiyo miqyosida yaqin yillargacha mezolit davri jamoalariga tegishli yodgorliklar bir zaylda o’rganilmagan edi. Aniqrog’i, Ustyurt platosi, Quyi Amudaryo, Qizilqum hududi, Quyi va O’rta Zarafshon vohasi shunday sarhadlar jumlasiga kiradi. Lekin, E.Bijanov tomonidan Ustyurt platosida Aydabol, Oqtayloq kabi mezolit davri yodgorliklari guruhi tadqiq etilgan. A.V.Vinogradov tomonidan Quyi Zarafshonning yana bir, nisbatan qadimiyroq bo’lgan o’zan – Chorbaqti vohasi aniqlanib, undan bir qator mezolit davri yodgorliklari topildi.
Chorbaqti mezolit yodgorliklari materiallari N.U.Xolmatov tomonidan o’rganilib, ilmiy muamolaga kiritilgan. M.D.Djurakulov va N.U.Xolmatovlar O’rta Zarafshon vohasi Qoratepa tog’ tizmasi shimoliy yon bag’rida bir qator mezolit-neolit davriga oid yodgorliklarni kashf etib Jangal 1, Tepaqul 3,4,5, Lolab, Ochilg’or, Qorakamar) qo’lga kiritilgan materiallar asosida hamda undan oldingi materiallarga (Sazog’on 1 makoni) yangicha yondoshuvlar tahlili asosida vohaning mezolit davri jamoalari madaniy bo’g’inini yoritib berishga erishdi. Samarqand davlat universiteti olimlarining yuqorida keltirilgan tadqiqotlari O’rta Osiyo tosh davri madaniyatlari tarixiy ildizlari masalasini oydinlashtirishda muhim hisoblanadi.
Neolit davri bo’yicha O’rta Osiyoning janubiy-g’arbiy mintaqalarida Kopettog’ning quyoshga tushlov soy etaklarida ibtidoiy motiga dehqonchilikka asoslangan Joyitun madaniyati o’ziga xos o’ringa ega [1,b.180]. Amudaryo va Zarafshonning quyi havzalarida, Qizilqumda ovchi-baliqchi urug’ jamoalarining Kaltaminor madaniyati [2,b.56] va Hisor tog’ tizmalarining dara va yaylovlarida joylashgan Hisor madaniyati esa o’z xususiyatiga ko’ra Joytun madaniyati jamoalari bilan madaniy aloqada bo’lganligi kuzatiladi [3,b.105-123]. Undan keyingi davrda esa, Farg’ona vodiysida Markaziy Farg’ona madaniyati,[4,b.304] O’rta Zarafshon vohasida Sazog’on va Ustyurtda Ustyurt neolit jamoalari madaniyati tarkib topgan[5,b.3-122]. Ularning xo’jalik asosi, xronologik doirasi, etnomadaniy va etnografik qiyofasi,madaniy aloqalar, madaniyatlarning kelib chiqishi tarixiy ildizlari masalalari, Joyitun, Kaltaminor va Xisor madaniyatlarini hisobga olmaganda, O’rta Osiyo neolitining o’ta bahsli muammolari bo’lib qolmoqda.
O’rta Osiyo neolit davri jamoalari moddiy madaniyati tadqiqotida A.P.Okladnikov, Ya.G.Gulyamov, V.A.Ranov, V.M.Masson, A.V.Vinogradov, U.Islomov, V.I.Timofeyev, G.F.Korobkova, M.R.Qosimov, T.Mirsoatov, E.Bijanov, M.Jo’raqulov, N.U.Xolmatov kabi olimlarning izlanishlari muhim hisoblanadi. Keyingi yillar maboynida arxeologik tadqiqotlar jarayonida qo’lga kiritilgan manbalar paleolit, mezolit, neolit davri jamoalari moddiy madaniyatining yangi qirralarini yoritish imkonini bermoqda.
Bu etnik jarayonlar mezolit, neolit jamoalari moddiy madaniyatida o’z aksini topganki, buni O’rta Osiyo miqyosida amalga oshirilgan tadqiqotlar misolida ham kuzatish mumkin. Bu haqda V.M.Masson, S.P.Tolstov, A.V.Vinogradov, U.Islomov, V.A.Ranov, M.Jo’raqulov kabi mutaxassislar tadqiqotlarida ma’lumotlar mavjud. Xususan, V.A.Ranov «neolit davri etnik jamoalar shakllangan davr Joyitun, Kaltaminor, Hisor madaniyatlari nafaqat tarixiy- madaniy jamoalar, balki etnik birlashmalar hisoblanadi» degan fikrni beradi. [6.b.42].
Shu o’rinda V.M.Masson tomonidan Joyitun, Kaltaminor, Hisor madaniyatlari xususidagi turli tuman etnik tarkiblar borasida bildirgan xulosalari ham ahamiyatlidir. Bunda mazkur madaniyatlar ajratilishga ilmiy asos bergan sopol idishlar va ular naqshlari ahamiyatiga e’tibor qaratilgan [7.b.180] Neolit davri etnik jarayonlar etnomadaniyat hamda etnik guruhlar borasida A.V.Vinogradov tadqiqotlari ma’lumotlari alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu olimning tadqiqotlarida qon-qardosh qabilalarning ma’lum hududlarga tarqalib yashashi, vaqt o’tishi bilan mahalliy xarakterdagi madaniy variantlardan iborat Kaltaminor etnomadaniy jamoalari neolit madaniyati shakllanishiga olib kelgan (Oqchadaryo, Lavlakan, Quyi Zarafshon) yodgorliklar o’rganilgan [8.b.160-168].
V.A.Ranov tomonidan hisor madaniyatining Tutqovul, Sayyod – «klassik hisor»; Kangurttut, Bulyoni-Payon, Qulob, Yavan vohasi kabi mahalliy madaniy variantlarga ajratilganligi ham etnik birikmalarga misol bo’ladi [9.b.22-25]. Tadqiqotlarda neolit davriga kelib etnik jarayon jadal kechganligi va ular Joyitun, Kaltaminor, Hisor, Markaziy Farg’ona, Sazog’on kabi neolit jamoalari moddiy madaniyatida (madaniyatlarning mahalliy madaniy variantlarida) ham namoyon bo’lganligi aniqlangan va buni soha tadqiqotchilari e’tirof etishgan.
Xulosa qiladigan bo’lsak, tosh jamoalar ma’lum bir hudud bilan chegaralanib yashab qolmasdan oziq-ovqat, mehnat qurollari yasash uchun xom ashyo zohiralarini izlashib qo’shni hududlarga siljib borishganliklari va u hududlarda yashovchi jamoalar madaniyatining u yoki bu tomonlarini o’zlashtirganliklari yoxud o’z navbatida o’zlari ular madaniyatiga ta’sir etganliklari tadqiqotlarda aniqlangan. Bunday madaniy ta’sir so’zsiz ular tosh industriyasi xarakteri, tosh qurollari shakli, ishlov berilishi uslublari, turmushda bajargan funksiyalari, qurollar yasalish xom ashyolari, sopol idishlari, zeb-ziynatlari, turar-joylari, qabrlari tuzilishlari kabilardagi o’xshashliklarda namoyon bo’lgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati