- O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi, I-tom. O‘simliklar, -T- 2009.
- O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi.Toshkent – 2019
- Флора Узбекистана. Т. IV. Издательства АН УзССР. –Ташкент.
- Красная книга Узбекской ССР. Растения. -Ташкент. ФАН. Т. 2. 2009.
- Internet ma’lumotlari.
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan Qo‘ytosh tog‘larida o‘suvchi (Pildiroq qo‘shshox, toshbuzar parriyasi, yashil anura) o‘simliklar haqida
O‘qituvchi Abdunazarova Gavhar Asliddin qizi,
II bosqich magistranti Abdunazarova Sohiba
Jizzax davlat pedagogika universiteti
E-mail@gavharabdunazarova16
Annotatsiya: Ushbu maqolada Qo‘ytosh tog‘larida o‘suvchi O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan (Pildiroq qo‘shshox, toshbuzar parriyasi, yashil anura) o‘simliklar haqida umumiy ma’lumotlar va ularning kamayib borish sabablari yoritib berilgan.Abstract: In this article, general information about the plants growing in the Koytash Mountains and included in the Red Book of the Republic of Uzbekistan (Pildirok koshkhok, tashbuzar parria, green anura) and the reasons for their decline are explained.Аннотация: В данной ст атье изложены общие сведения о растениях, произрастающих в Койташских горах и занесенных в Красную книгу Республики Узбекистан (пилдирок кошхок, ташбузар паррия, анура зеленая) и причинах их вымирания.
Kalit so‘zi:Qizil kitobPildiroq qo‘shshox, toshbuzar parriyasi, yashil anura, ….
Atrof – muhitni, o‘simliklar dunyosini muhofaza qilish insoniyat uchun juda katta hayotiy ahamiyatga ega. Insoniyat tabiatdan foydalanar ekan, uning asrlar davomida shakllangan tabiiy manzarasini o‘zgartirmoqda, unga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Sanoat tarmoqlari va qishloq xo‘jaligining rivojlanib borishi, tabiiy maydonlarni keng miqyosda o‘zlashtirilishi ekologik muvozanat buzilishiga sabab bo‘lmoqda. Natijada o‘simliklarning kamayib ketish xavfi tug‘ilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi hududida hozirgi kunda 4500 ga yaqin yovvoyi o‘simlik va 2000 dan ziyod zamburug‘ turlari mavjud. Ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj ko‘plab kamyob endem va relikt turlar ham mavjud. Bunday turlarning soni 300 dan ortiq bo’lib, ular O‘zbekiston florasining 10-12 foizini tashkil etadi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda o‘simliklarning holati bir muncha yaxshi bo‘lishiga qaramay, ko‘plab yovvoyi turlarning tabiiy zahiralari keskin kamayib bormoqda.
Pildiroqqo‘shshox– Toshli yonbag‘irlar va qoyalarning o‘rkachlarida, bodomzor va archazorlar orasida o‘sivchi, urug‘dan ko‘payuvchi o‘simlik bo‘lib u Jizzax viloyatining Nurota tizmasi Qo‘ytosh tog‘i, ustixon soyida o‘suvchi juda kamyob ziradoshlar oilasiga mansub endemic o‘simlikdir. Bo‘yi 1 m gacha yetadigan ko‘p yillik o‘t. Poyasi jo‘yakli, tuksiz, shoxlangan. Barglari uchkarra patsimon qirqilgan,bandli. Bo‘laklari nashtarsimon, uchli, uzunligi10–12 mm. Poyaning yuqoriqismidagi barglari qalaminashtarsimon novli. Soyabonlari 4–5 nurli, soyabonchalari tig‘iz, 20 ta gulli, o‘ramabargchalari 9–11 ta, nashtarsimon. Tojbarglari cho‘ziqovalsimon, yuqori qismiichiga bukilgan. Mevasicho‘ziq-ovalsimon, tukli, uzunligi 5 mm ga yetadi. Iyul oyida gullab, mevasi avgustda yetiladi.
Tarqalishi. Jizzax viloyat Nurota tizmasi (Qo‘ytosh tog‘i, Ustixon soy)da tarqalgan. Toshkent viloyati, Qurama tizmasi. O‘zbekistondan tashqari Qozog‘istonda uchraydi.
Qo‘ytosh tog‘ida o‘suvchi yana bir o‘simliklardan biri Toshbuzar parriyasi – ushbu o‘simlikkaramdoshlaroilasiga mansub bo‘lib tog‘larda 2600-2900 m balandlikdagi shag‘alli yonbag‘irlarda o‘sadi.U urug‘dan ko‘payuvchi o‘simlik bo‘lib,tabiatda yakka-yakka holda yoki kichiktuplar hosil qilib uchraydi. Bu tur tog‘larning chiqish qiyin bo‘lgan joylarida saqlanib qolgan. Toshbuzar parriyasi urug‘ining unib chiqish darajasi past bo‘lganligi tufayli bugungi kunda kamayib bormoqda.
Bo‘yi 10 sm ga yetadigan, deyarli poyasiz ko‘p yillik o‘t. Qisqa poyasi quruq barg qoldiqlari bilan qoplangan. Ildizi ko‘pboshchali. Yopirma barglari cho‘ziq tuxumsimon, qattiq, chetlari tishli. Gulpoyalari bargsiz, oddiy, uzunligi 3–7 sm. Gullari binafsha rangli. Mevasi qo‘zoq, yuqoriga qarab qayrilgan. Urug‘i yassi,yumaloq, eni 2,5–5 mm, o‘rta qismidan uchiga va asosiga qarab ingichkalashib boradi. Iyun oyida gullab, mevasi avgustda yetiladi.
Qo‘ytosh tog‘ida o‘suvchi yana bir o‘simliklardan biri Yashil annura – ushbu o‘simlik tog‘larning pastki va o‘rta qismida, tosh shag‘alli, ba’zan mayda jins tuproqli yonbag‘irlarda o‘sadi. U urug‘dan ko‘payuvchi o‘simlik bo‘lib, tabiatda yakka-yakka holda ba’zan kichik to‘plar hosil qilib uchraydi. Chorva mollari uchun yaxshi ozuqa bo‘lganligi sababli urug‘idan ko‘payishi ancha chegaralanib, bugungi kunda kamayib bormoqda.
Tarqalishi. Jizzax, Samarqand va Navoiy viloyatlari: Nurota, Qo‘ytosh, Oqtog‘ va Molguzar tizmalari (Temur darvozasi atrofi)da tarqalgan.
Bo‘yi 40–50 sm ga yetadigan ko‘p yillik o‘t. Poyasi chalkash tuklar bilan qoplangan, jo‘yakli, asosidan shoxlangan. Barglari charmsimon, ustki tomoni tuksiz, pastki tomoni qalin oq tuklar bilan qoplangan. Ildizoldi barglari bandli, tuxumsimon, chetlari tekis yoki mayda tikan tishli. Poyadagi barglari pastdan yuqoriga qarab maydalashib boradi, bandsiz yoki poyani qamrab turadi,pastki qismining ikki tomoni yirik tikan tishli yoki tekis. Savatchasi ko‘p, qisqa bandli, mayda. Gullari ko‘p, oq. Urug‘i mayda, cho‘ziqoval shaklda. Iyun–iyul oyida gullab, mevasi iyul–avgustda yetiladi.
Adabiyotlar ro‘yxat