Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA FAOLIYAT YURITAYOTGAN MAXSUS INDUSTRIAL ZONALAR VA ULARNING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI

O‘zbekiston Respublikasida erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish g‘oyasi XX asrning 80- yillariga to‘g‘ri keladi.Ayni vaqtda ushbu holat iqtisodiyotni qayta isloh qilish mexanizmi sifatida qaralgan edi.Shu jihatdan bunday hududlarni tashkil etish orqali milliy va chet el investitsiyalarini keng k o‘lamda iqtisodiyotga jalb etish eksport va import salohiyatini rivojlantirish,jahon bozorida raqobatbardosh mahsulotlarni va yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalariga e`tibor qaratildi. Bugungi kunga kelib respublikamiz hududida erkin iqtisodiy hudud(EIH)larni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 25- apreldagi “Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonunga asoslanib amalga oshirilmoqda. Tashkil etilgan EIH lar davlatimiz tomonidan chiqaril gan Qonun va me`yoriy hujjatlar asosida faoliyat ko‘rsatadilar.Ushbu EIH lar faoliyat ko‘rsatish muddati 30 yilni tashkil etib, ushbu muddat keyinchalik hududlarning iqtisodiy jihatdan rivojlanishiga bog‘liq ravishda uzaytirilishi mumkin. ASOSIY QISM Yurtimizda dastlabki o‘z faoliyatini boshlagan “Navoiy”EIH hisoblanadi.Ushbu hudud 2008-yilda Karmana tumanidagi 50 gektarli yer maydonida tashkil qilingan. Bu hududlarni rivojlantirish nuqtai nazardan,jahon talablariga mos ravishda noqulay ob-havo sharoitida ham 1000 tonnadan ortiq yuklarni saqlash,qayta ishlash,import va eksport,tranzit yuklarga xizmat k o‘rsata oladigan logistika markazini tashkil etildi. Bu logistika markazini rivojlantirish 3 bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan, bo‘lib u 1-bosqich(2009-2010- yy.) qulay infratuzilmani joriy etish, 2-bosqichda (2011-2013-yy.) faoliyat yo‘nalishini kengaytirish, 3-bosqichda (2014-2019-yy.) ushbu logistika markazinining to‘laqonli faoliyatini ta`minlashdan iboratdir. 2010 -yilda logistika markazi tomonidan 11 ta yo‘nalish bo‘yicha, 2011-yildan esa 7 ta yo‘nalish bo‘yicha doimiy qatnovlar yo‘lga qo‘yildi. Hozirgi kunda “Navoiy” EIH ning samarali faoliyati quyidagi omillar ta`sirida deya e`tirof etilmoqda: – turli xomashyo resurslarining mavjudligi va ularni 30%dan kam bo‘lmagan mahalliylashtirish darajasida chuqur qayta ishlash imkoniyati; – ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish bilan bo g‘liq yirik bozorlarning mavjudligi; -transport infratuzilmasining rivojlanganligi; – katta inson salohiyatining mavjudligi; Navoiy EIH ning samarali faoliyati natijasida respublikamizning asosiy sanoat hududi hisoblangan Angren va Olmaliq shaharlariga ushbu modelni tatbiq etish bo‘yicha olib borilgan izlanishlar natijasida, bu hududda ham EIH ni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. EIH ning yana bir afzalligi shundaki, u mamlakatimizning shimolisharqiy qismidagi Angren va Ohangaron shaharlari hamda ular atrofidagi hududlarda barpo qilindi. Bu hududda “Angren” logistika markazi ham joylashganligi esa, yangi industrial zona salohiyatining oshishiga qo‘shimcha yordam bo‘ldi. O‘zbekistonni Qirg‘iziston orqali Xitoy bilan bog‘lovchi bo‘lajak avtomagistralning Angren shahridan o‘tishi, qolaversa, ushbu shahar mamlakat poytaxtini Farg‘ona vodiysi bilan bog‘lovchi asosiy nuqtalardan biri ekanligini inobatga olsak, “Angren” EIH ham milliy, ham mintaqaviy, ham xalqaro miqyosda ahamiyatga molikligi yanada ortadi. Shu tariqa b ugungi kunda mamlakatimizning markaziy qismida joylashgan va ishlab chiqarish bilan bir qatorda, havo transporti vositasida xalqaro miqyosda xizmat k o‘rsatishga asoslangan “Navoiy” EIH safiga shimolda joylashgan va ishlab chiqarishdan tashqari milliy hamda xalqaro miqyosda avtomobil yo‘llari yordamida yuk tashishga asoslangan “Angren” maxsus industrial zonasi ham qo‘shildi. Hozir mazkur zonada qiymati 186,5 million dollarlik sakkizta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Xususan, shakar zavodi qurish, ishlatilgan avtomobil moylarini qayta ishlash, keramik plitalar tayyorlash, terini qayta ishlash va undan tayyor mahsulot ishlab chiqarish, har xil o‘lchamdagi mis quvurlar, ko‘mir briket va sanitar-keramikalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish choratadbirlari ko‘rilmoqda. Ushbu yirik loyihalar «O‘zbekneftgaz» milliy xolding va O‘zqurilishmateriallari aksiyadorlik kompaniyalari, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, «O‘zbekcharmpoyabzali» va Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmalari hamkorligida Buyuk Britan iya, Janubiy Koreya, Singapur, Avstriya, Hindiston hamda Bolgariyaning yetakchi kompaniyalari orasidan tanlab olingan investorlar k o‘magida hayotga tatbiq etilmoqda. Yurtimizning shakar ishlab chiqaruvchi ikkinchi korxonasi b o‘lgan Angren zavodi bunyod etildi. Jahon tajribasiga ko‘ra, bunday qurilishni yakunlashga kamida 3 yil ketadi. “Angren shakar” esa 20 oydan ortiqroq muddatda nafaqat tiklandi, balki uning hududi ajoyib maskanga aylantirildi. “Jizzax” EIH viloyat sanoatini rivojlantirishda muhim aha miyat kasb etmoqda. Ushbu hudud soliq va bojxona to‘lovlari uchun belgilangan imtiyozlar hamda xomashyo va butlovchi qismlar boj t o‘lovlaridan ozod etilishi “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida ham sanoat ishlab chiqarishini yanada rivojlantirishda muhim omil bo‘lmoqda. “Jizzax” EIH tashkil etiishi natijasida o‘tgan qisqa muddatda 19 zamonaviy korxona ishga tushirildi. Iqtisodiy hududning Jizzax shahridagi hududida 363,7 gektar maydonda 14 ta, Sirdaryo viloyatidagi filialining 150 gektar maydonida 5 ta loyihani amalga oshirish uchun 91,3 million dollar miqdorida investitsiya sarflandi. Zamonaviy texnologiya asosida barpo etilgan korxonalarda mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi. Doimiy ish o‘rniga ega bo‘lganlarning 60 foizi kasb-hunar kollejlarini bitirgan yosh mutaxassislardir.Bundan tashqari bu hududda faoli yat olib borayotgan Jizzax davlat politexnika instituti ham kadrlar tayyorlash masalasida o‘rinli ahamiyatga ega. 2017-yilda “Jizzax” EIHda mahsulot ishlab chiqarish hajmi 255,2 milliard so‘mni, eksport hajmi 11,9 million dollarni tashkil etdi . Hozirgi ku nda hududda avtomobillar va yuk mashinalari uchun tormoz kolodkalari, televizor, konditsioner, muzlatkich, kir yuvish mashinasi, mikrot o‘lqinli pech, svetodiodli lampalar, polipropilen iplar, video va IP telefonlar, telekommunikatsiya uskunalari, internet tezligini oshiruvchi butlovchi qismlar kabi turli sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Bu mahsulotlarning aksariyati nafaqat Jizzax va Sirdaryo viloyatlari, balki mamlakatimizdagi boshqa ichki bozorlar uchun ham yangilikdir. Ayni paytda erkin iqtisodi y zona ma`muriy kengashi xorijiy va mahalliy investorlar bilan dastlabki qiymati 213,3 million dollar b o‘lgan 25 loyihani amalga oshirish ustida ish olib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 -yil 26-oktabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir q o‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4853-sonli Farmoni qabul qilinishi asosida “Navoiy” erkin industrial iqtisodiy zonasi, “Angren” va “Jizzax” maxsus industrial zonalari nomini bir xillashtirish maqsad ida ularni “Navoiy”, Angren” va “Jizzax” erkin iqtisodiy zonalar deb nomlanadigan b o‘ldi. O‘z navbatida, respublikamizda ko‘p yillar davomida yaratilgan qulayliklar asosida aytish mumkinki, O‘zbekistonda xorijiy investorlarni jalb etish uchun quyidagi shart-sharoitlar mavjud: – siyosiy barqarorlik; –xususiy mulk va raqobatni himoyalaydigan qonunchilik bazasining shakllangani; – investitsiya jarayonini qo‘llab-quvvatlaydigan infratuzilmaning barpo etilgani; – mamlakatning qulay geografik joylashuvi; – agrosanoat sektorini rivojlantirish salohiyatining yuqoriligi va mamlakatning mineral-xomashyo resurslariga boyligi; – yuqori malakaga ega mehnat resurslarining mavjudligi; – savdo uchun ichki bozor hajmining yetarli darajada kengligi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvardagi “Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-4931-sonli Farmoni qabul qilindi. Ushu Farmon asosida Samarqand viloyati Urgut tumanida – “Urgut”, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida – “G‘ijduvon”, Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida – “Qo‘qon”, Xorazm viloyati Hazorasp tumanida – “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etildi. Farmonga ko‘ra, quyidagilar “Urgut” EIZ, “G‘ijduvon” EIZ, “Qo‘qon” EIZ va “Hazorasp” EIZning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilandi: – tashqi bozorlarda talab katta bo‘lgan va importning o‘rnini bosuvchi, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish b o‘yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investorlarning to‘g‘ridanto‘g‘ri investitsiyalarini jalb etish; – Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatlaridan kompleks hamda samarali foydalanish ni ta`minlash; – meva-sabzavot va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa yo‘nalishlarda yangi zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish; – mahalliy xomashyo va materiallar negizida mustahkam kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish hamda erkin iqtisodiy zonalar korxonalari o‘rtasida va umuman respublikada sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish; – ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni standa rtlashtirish, sertifikatlashtirish va markirovka qilish bo‘yicha xalqaro standartlarga muvofiq ilmiy-ishlab chiqarish markazlari tashkil etish va ularning qarorlari xalqaro darajada e`tirof etilishini ta`minlash chora-tadbirlarini ko‘rish Mazkur “Urgut” EIZ, “G‘ijduvon” EIZ, “Qo‘qon” EIZ va “Hazorasp” EIZning faoliyat ko‘rsatish muddati, keyinchalik uni uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni tashkil qiladi hamda faoliyat ko‘rsatish muddati mobaynida “Urgut” EIZ, “Gijduvon” EIZ, “Qo‘qon” EIZ va “Hazorasp” EIZ hududlarida alohida soliq, bojxona va valyuta rejimi amal qiladi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Toshkent viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanis h asosida yangi ish o‘rinlarini yaratish va respublikamiz aholisi daromadlarini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-maydagi “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish t o‘g‘risida”gi PF-5032- sonli Farmoni qabul qilindi. Farmon asosida Qoraqalpo g‘iston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Toshkent viloyatlarida “Nukus – farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm” va “Parkentfarm” erkin iqtisodiy zonalari tashkil etildi hamda ushbu EIZlarning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilab berildi. Mazkur EIHlarning faoliyat ko‘rsatish muddati, keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni tashkil qiladi hamda faoliyat ko„rsatish muddati mobaynida “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm” va “Parkent-farm” EIZ hududlarida alohida soliq, bojxona va valyuta rejimlari amal qiladi. Shuningdek, Toshkent viloyatining turistik salohiyatini yanada rivojlantirish hamda undan foydalanish samaradorligini oshirish, hududga xorijiy va mahalliy turistlarni keng jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, zamonaviy infratuzilmani jadal rivojlantirishni ta‟minlash, k o‘rsatilayotgan turistik, mehmonxona va transport xizmatlarini kengaytirish va sifatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 -yil 5-dekabrdagi “Chorvoq” erkin turistik zonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Poytaxt viloyatida dunyoning ilg‘or ishlab chiqaruvchilari jalb etilgan holda sport kiyimlari, inventar va uskunalarni ishlab chiqarish b o‘yicha zamonaviy korxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun “Sport” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etishni nazarda tutgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 -yil 5-martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5368-sonli Farmoni va ushbu Farmon ijrosini ta`minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018- yil 5-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish t o‘g‘risida”gi PQ-3583-sonli Qarori asosida bu borada yangi sanoat zonalari tarkib topdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-apreldagi “Baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3657-sonli Qarori asosida Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani hokimligiga sud qarori bilan berilgan mol -mulk va yer uchastkalari, shu jumladan, suv havzalari negizida “Baliq ishlab chiqaruvchi” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etildi. Sirdaryo viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda oqilona foydalanishini ta`minlash, shu asnoda yangi ish o‘rinlari tashkil etish va mahalliy aholining daromadlarini oshirish maqsadida “Jizzax” EIZ Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumanidagi filiali va Sirdaryo viloyatining Yangier shahridagi kichik sanoat zonasi negizida “Sirdaryo” EIZni tashkil etish b o‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 -yil 12-apreldagi “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora -tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5412-sonli Farmoni, tashqi bozorlarda talab katta bo‘lgan, yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar yetishtirishni ta`minlaydigan zamonaviy issiqxona xo‘jaliklarini tashkil etishga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoitlarni shakllantirish amalga oshirildi. XULOSA Shuningdek, Buxoro viloyatining ishlab chiqarish hamda resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanish, shu asosda yangi ish o‘rinlari tashkil etish hamda aholi daromadlarini oshirish maqsadida: O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-iyuldagi “Buxoro-Agro” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3843-sonli Qarori, Namangan viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatini kompleks rivojlantirish, mineral-xomashyo va qishloq xo‘jaligi resurslarini chuqur qayta ishlash bo‘yicha yuqori texnologik va eksportbop mahsulot ishlab chiqarishlarni tashkil etishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart – sharoitlar yaratish xamda shu asosda viloyatning, birinchi navbatda , Markaziy Osiyo mamlakatlarining chegaradosh hududlari bilan eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish xamda hudud aholisi farovonligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 -yil 20- avgustdagi “Namangan” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF- 5517-sonli Farmoni qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 -yil 14-yanvardagi “Andijonfarm” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish t o‘g‘risida”gi Farmoni asosida Andijon viloyatining Andijon tumanida “Andijon-farm” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etildi. Ushbu EIH faoliyati 30 yilga tuzilgan b o‘lib, unga alohida soliq vabojxona tartiblari amal qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
  1. О.Н. Артемьева “Совершенствование экономического механизма функционирования свободных экономических зон” автореферат диссертации. г.Москва, Российская Федерации.
  2. Муминов Н.Г. Свободные экономические зоны. Учебное пособие, Национальный Университет Узбекистана. Ташкент-2005,- 8 с.
  3. Ortiqova Sh.Z. O‘zbekistonda maxsus industrial zonalarni tashkil etish va ularning huquqiy asoslari FRANCE international scientific-online conference: Scientific Aprouch to the Modern Education System part 5 ,28th June 23-25-B
  4. Soliyev A., Nazarov M., Qurbonov Sh. O‘zbekiston hududlari ijtimoiyiqtisodiyrivojlanishi. – Т.: Mumtoz so‘z, 2010.- B.189-211
  5. O‘zbekiston Respublikasining “Maxsus iqtisdoiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonuni. Toshkent 17.02.2020.
  6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 31 dekabrdagi “Kichik sanoat zonalarini barpo etish va ularning faoliyatini tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomi
  7. P. Musayev, J Musayev O‘zbekistonning ijtimoiy va iqtisodiy geografiyasi. – T.: Sharq, 2019.
  8. Prof.by. Новости. Экономика и бизнес. Свободные экономические зоны: от упадкак процветанию.