Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

O‘quvchilarni pedagogik-psixologik o‘rganishda sinf rahbari faoliyatini tizimli takomillashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari

Esonqulova Dilbar  Saitovna, Jizzax davlat pedagogika universiteti, biologiya o‘qitish metodikasi kafedrasi  o‘qituvchilari Annotatsiya:  Maqola bugungi kun dolzarb muammolaridn bo‘lib, unda ta’lim tarbiya jarayonini sinf rahbarining o‘quvchilar bilan olib boradigan tarbiyaviy ishlar tizimi, sinf rahbari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishga qanchalik chuqurroq va jiddiyroq yondoshishi, sinf jamoasining hayoti rivojlanishi  kabi masalalariga qaratilgan. Sinf rahbari o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat hamda  o‘quvchilarni pedagogik-psixologik o‘rganishda sinf rahbari faoliyatini tizimli takomillashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari atroflicha yoritilgan. Kalit so‘zlar:Ta’lim, tarbiya, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, psixologik, pedagogik, iqtisodiy, tibbiy va ekologik, oila, mahalla, maktab,o‘qituvchi, o‘quvchi. Annotatsiya: Dannaya statya yavlyaetsya odnoy iz aktualnыx problem sovremennosti. V ney osnovnoe vnimanie udelyaetsya takim voprosam, kak sistema vospitatelnoy rabotы, provodimoy klassnыm rukovoditelem s uchaщimisya, bolee glubokiy i sereznыy podxod klassnogo rukovoditelya k planirovaniyu vospitatelnoy rabotы, razvitie jizni klassnogo kollektiva.Podrobno osveщenы osobennosti sistematicheskogo sovershenstvovaniya deyatelnosti klassnogo rukovoditelya po pedagogiko-psixologicheskomu izucheniyu uchaщixsya i vzaimodeystviya klassnogo rukovoditelya so studentami.            Klyuchevыe slova: obrazovanie, vospitanie, sotsialnoe, politicheskoe, pravovoe, psixologicheskoe, pedagogicheskoe, ekonomicheskoe, mediko-ekologicheskoe, semya, mikrorayon, shkola, uchitel, uchenik.             Annotation: This article is one of the topical problems of our time. It focuses on such issues as the system of educational work carried out by the class teacher with students, a deeper and more serious approach of the class teacher to the planning of educational work, and the development of the life of the class team. The features of the systematic improvement of the activities of the class teacher in the pedagogical and psychological study of students and the interaction of the class teacher with students are highlighted in detail.            Key words: education, upbringing, social, political, legal, psychological, pedagogical, economic, medical and environmental, family, neighborhood, school, teacher, student. Hozirgi kunda pedagog kadrlar salohiyatini oshirish chora tadbirlariga muvofiq hamda bugungi tub islohatlar amalga oshayotgan tezkor va globallashuv davrida o‘quvchilar faoliyatini ham psixologik ham pedagogik jihatdan o‘rgana oladigan sinf rahbari faoliyatini tizimli takomillashtirish  bugungi kuning dolzarb  vazifalaridandir. Ush bu vazifani egasini ko‘pchilik asosan tarbiyaviy jarayonga ma’sul nazoratchi -pedagog sifatida tasavvur qiladi. Vaholanki, tarbiyani ta’limdan, ta’limni tarbiyadan ajratgan holda pedagogik maqsadga erishib bo‘lmaydi. O‘quvchi shaxsini o‘rganish har doim ham pedagog va psixolog olimlarimiz diqqat markazida bo‘lgan.  Qomusiy olimlardan Kamoliddin Husayn Voiz ali-Koshifiyning ”Axloqi Muhsiniy” asarida bolalar tarbiyasida maktab va muallimning alohida o‘rni borligini ta’kidlab shunday yozadi: ”Murabbiy nasihat va ta’lim berishda lutf va odob qoidalariga rioya qilishi zarur, jamoatchilik joylarida unga pand berish yaramaydi balki xilvat joyda bolaga gapirish zarur. Agar nasihat berish fursati kelsa unga muloyimlik bilan murojaat qilish lozim, chunki bizning zamonamizda muloyim va xushfel boʻlish maqsadga muvofiqdir”[1] Mashhur pedagog Abdulla Avloniy ham o‘z asarlarida o‘qituvchi shaxsi va uning faoliyati borasidagi qarashlarni ifodalashga alohida o‘rin beradi. Allomaning qayd etishicha, bolaning sog‘lom bo‘lib o‘sishida ota-onalar o‘ziga xos rol o‘ynasalar, uning fikriy jihatdan taraqqiy etishida o‘qituvchining o‘rni beqiyos ekanligini ta’kidlaydi. Xususan, bolalarning aqliy qobiliyatlarini shakllantirish muallimlarning «diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifa» ekanligini ta’kidlab, «fikrning quvvati, ziynati, kengligi, muallimning tarbiyasiga bogʻliqdur»,[2] – deydi. Yuqorida keltirilgan ushbu fikrlardan shuni bilishimiz mumkinki qomusiy olimlarimiz ham o‘quvchilarga ta’lim, tarbiya berishda avvolo bola shaxsiga hurmat bilan yondashish zarurligini takidlaydilar. Respublikamizda ham sinf rahbari faoliyatini o‘rganishga doir bir qancha pedagog olimlar faoliyat olib borgan. S. Temurova, A.Xayitov,S.Muhammadieva Z.Qo‘ziev, G.Mo‘minova, N.Saidaxmedov, G.A.Sultonova, O‘.Tolipov, M.Qurbonov, X.Ibragimov, M.S.Zaxarina, H. Sonaqulov, A.Mirqosimov, O.Musurmonova, A.K.Munavvarov, Q.Mahmudovlar va boshqalar ta’lim tarbiya jarayonini sinf rahbarining o‘quvchilar bilan olib boradigan tarbiyaviy ishlar tizimi borasida  tadqiqot ishlari  olib borishganlar. Hususan K.Hoshimov va S.Nishonovalar “Pedagogika tarixi” darsligida  o‘quvchilarga ta’lim tarbiya berish barcha davrlarda qanday amalga oshirilganligi haqida ma’lumot berilgan.[3] M.O‘.Asqarova va M.Xayitboevlarning “Pedagogika” darsligida o‘quvchilarni o‘rganishda “Oila, mahalla, maktab hamkorligi” konsepsiyasi asosida amalga oshirishning samaradorligi to‘g‘risida fikr yuritgan bo‘lib, unda oila, mahalla, maktabningxamkorligi  va vazifalari ajratib ko‘rsatilgan.  Olimlarniing fikriga asosan, oila, mahalla, maktab hamkorligi quyidagi tamoillarga  amal qilganda samaradorlik yuqori bo‘l ishi xaqida fikr yuritilgan. -Ta’lim va tarbiya sohasida hamkorlik jarayoni ishtirokchilari harakatlarinig ish birligi; – o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligida tomonlarning huquqi va burchlari; -ta’lim-tarbiya jarayonida davlat va millat manfaatlari doim birlamchiligi;[4] kabi  tamoillariga asosan ijtimoiy funksiyani amalga oshirish, mavjud ijtimoiy iqtisodiy sharoitda bolaning munosib rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadi. Sinf rahbari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishga qanchalik chuqurroq va jiddiyroq yondoshilsa, sinf jamoasining hayoti rivojlanishi ham shunchalik oson bo‘ladi. Tarbiyada bola qiziqish va mayllarini hisobga esaolish muhim ro‘l o‘ynaydi. Sinf rahbari o‘quvchining ta’limiy va tarbiyaviy darajasini oshirish bilan bir qatorda, uni tashqi ta’sirlardan himoya qilish vazifasida hamkatta o‘rni bo‘lib, bunda o‘quvchini atrof-muhitning salbiy ta’siridan ijtimoiy himoya qilish vazifasi ustuvor ahamiyatga ega. Ijtimoiy himoya -bu jismoniy, aqliy va ma’naviy- axloqiy shakllanish, rivojlanish, normal sharoit, ongli ravishda tartibga solingan amaliy ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, psixologik, pedagogik, iqtisodiy, tibbiy va ekologik chora –tadbirlar tizimi, bolalar huquqlari va insoniy qadr-qimmatining buzilishining oldini olishdir.   Ta’lim sifatini oshirishda sinf rahbarlarining o‘rni ish rejasida ham o‘z aksini topishi lozim. Sinf rahbarlari faoliyatida quyidagi tamoyillarni muhim deb hisoblandi: -ma’lum bir vaziyatni, imkoniyatlarini hisobga olgan holda maqsadlarni belgilash; -uzluksizlik tamoyiliga rioya qilish; -izchillik-maqsadga erishish jarayoniga barcha ishtirokchilarni kiritish; aniqlik-mumkin bo‘lgan natijaga erishish yo‘nalishi; -diagnostika –pedagogik jarayonning barcha ishtirokchilarining ehtiyojlari va imkoniyatlarini doimiy o‘rganish asosida maqsadlarni amalga oshirish va asoslash; Bu qarashlardan ko‘rinib turibdiki o‘quvchilar dastlab zimmasidagi mas’uliyatni to‘liq his etmasligi, ilm olishning ahamiyati o‘zining qanday qobiliyatga egaligini bilmasligi mumkin. Shu bois o‘g‘il-qizlarimiz mustaqil hayot yo‘lini tanlaguncha kattalar ko‘magiga, g‘amxo‘rligiga muhtoj. Ularning asosiy vaqti maktabda o‘tishni e’tiborga olsak, bu borada sinf rahbari zimmasidagi vazifalar ko‘lami naqadar kengligi oydinlashadi. Ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarish, sinfda ahil jamoani shakllantirish, qobilyatini to‘liq namoyon etishi uchun o‘quvchilarga zarur sharoit yaratishda sinf rahbarining o‘rni katta. Chunki u yoshlar taqdiriga daxldor xalqlar, ota-onalar, fan o‘qituvchilari, maktab psixologi, umuman, har bir mas’ul odamning ta’lim-tarbiya maqsadlarini birlashtiruvchi asosiy vositachi xisoblanadi. Yoshlarda borliqni anglash, fan sirlarini egallash, kelajakda yetuk shaxs bo‘lish ishtiyoqi kuchli. Ammo maqsadga qay yo‘l bilan erishish lozimligi xususida yetarli tajribaga ega bo‘lmaganlari bois ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlash lozim. Buning uchun, avvalo, sinf rahbari o‘quvchilarga shaxsiy namuna bo‘lsin. Chunki bola muallimning xatti-harakatlarini doimo kuzatib yuradi, shaxsiy hayotiga qiziqadi. Kiyinish va muomala mada­niyati bilan, mahalla-ko‘yda, oilada, o‘quvchilarga o‘rnak bo‘ladigan, shaxsiy fazilatlari bilan ajralib turgan pedagog o‘quvchilar ishonchi va hurmatini qozonadi.Ushbu mulohazalardan kelib chiqib biz sinf rahbariga quyidagicha ta’riflar beramiz: Sinf rahbari nazoratchi o‘quv-tarbiyaviy jarayonda o‘quvchilarning ishtirokini ta’minlaydi (davomatni nazorat qiladi, o‘quvchilar uchun kcrakli sharoitni yaratishga ko‘maklashadi, o‘quvchilarning ota-onalarga bo‘lgan munosabatlarini aniqlaydi, o‘quv-tarbiya jarayoniga e’tiborsizlik, mas’uliyatsizlik, sinfdoshlari va o‘qituvchilarga esa hurmatsizlik, manmanlik qilayotgan o‘quvchilar bilan yakka holda ish olib boradi). Sinf rahbari ilm mamlakatiga boshlovchi -sinf o‘quvchilari orasida o‘qishga bo‘lgan qiziqishni va istakni shakllantiradi (ota-onalarni o‘quvchilarga qo‘yilgan talablar bilan tanishtirib, tarbiyaviy tadbirlarni amalga oshiradi.O‘quvchilarga mustaqil ishlashga yordamlashadi.). Sinf rahbari axloqli, namunali, ma’naviy ustoz o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatda hamda o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasida vujudga keladigan ziddiyatlarni hal etishda, o‘quv-tarbiya jarayonida ichki tartib-qoidalarga rioya qilishlikda, axloqiy normalarni va ichki tartib-qoidalarni buzgan yoki buzayotgan o‘quvchilar bilan ularning haq-huquqlari va vazifalari to‘g‘risida yakka, jamoaviy suhbatlar o‘tkazadi, ularning tartib-intizomiga baho beradi, axloqiy, ijtimoiy, huquqiy mavzularda turli tadbirlar tashkil etadi va boshqalar). Sinf rahbari madaniyat sohibi  umuminsoniy va madaniy qadriyatlar bilan o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkillashtiradi o‘quvchilar bilan ekskursiyalar o‘tkazadi,madaniyat mavzusida suhbatlar olib boradi,maktabda madaniy tadbirlar tashkil etadi. Sinf rahbari ijtimoiy pedagog o‘quvchilar bilan jamiyat hayotida yuz berayotga o‘zgarishlar yuzasidan suhbatlar olib borish,ularning ijtimoiy munosabatlarga kirishishiga yordamlashadi. Sinf rahbari o‘quvchilarning yaqin do‘sti o‘quvchilarni turli xil faoliyatlarga kirishishlariga ko‘maklashadi, o‘quvchilarga bo‘lgan g‘amxo‘rlikning bir qismini o‘ziga oladi (guruhda ja ­moaviy ijodiy faoliyatni tashkil qilishni shakilantiradi, o‘quvchilarga o‘zini-o‘zi tushunishida, o‘ziga-o‘zi baho berishida, biror-bir faoliyarga o‘z imkoniyati va e’tiborini qaratishiga yordamlashadi (suhbal, trening, o‘yinlar o‘tkazib, o‘quvchiiar bi­lan yakka ishlaydi).  Bugungi kunda   umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan  sinf rahbarlarining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: -ta’lim muassasasining tarbiyaviy tizimidagi tayanch pedagoglardan biri sifatida o‘ziga biriktirilgan sinf o‘quvchilarining (keyingi o‘rinlarda sinf o‘quvchilari deb yuritiladi) amalda belgilangan ta’lim va tarbiya olishlarini tashkil etish; -odob-axloq va ichki tartib qoidalariga muvofiq muomala va kiyinish madaniyatiga qat’iyan amal qilish, jamoada namunali bo‘lish; -yordamga muhtoj o‘quvchilarga yakka holda yondashish asosida ular qalbida milliy g‘urur, vatanparvarlik, mehr-muruvvat, mas’uliyat, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik kabi xislatlami uyg‘otish; -sinf o‘quvchilarining ma’naviy va ma’rifiy tarbiyasini tashkil etishda o‘qituvchilar, yoshlar yetakchisi, psixolog, ota-onalar va ularning o‘mini bosuvchi shaxslar (keyingi o‘rinlarda ota-onalar deb yuritiladi), ta’lim muassasasi rahbariyati orqali voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar, mahalla, huquq-tartiboti doralari, tegishli davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlash; -voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosi borasida voyaga yetmaganlarning nazoratsiz va qarovsiz qolishlari, o‘quvchilar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha o‘tkaziladigan    ishlarda  hamkorlik qilish. Sinf rahbarlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin. Sinf rahbarlari o‘zlariga yuklatilgan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: -har tomonlama yetuk, barkamol – ma’naviy, aqliy, jismoniy rivojlangan shaxs tarbiyasini amalga oshirish, sinf o‘quvchilarining qobiliyatlarini to‘liq namoyon etishlari uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish; -pedagogik va o‘quvchilar jamoa hamkorligida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda har bir o‘quvchining o‘ziga xos xususiyatlariga qarab yondashishni yo‘lga qo‘yish; -ertalabki saflanishlarda sinf o‘quvchilarining belgilangan tartibda to‘liq ishtirok etishlarini ta’minlash; -biriktirilgan sinf xonasidagi mavjud jihozlarning saqlanishini va ulardan samarali foydalanishni ta’minlash; -sinf rahbarlari o‘z faoliyatini o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, umumiy rivojlanish darajasi va qobiliyatlarini hisobga olgan holda, keng qamrovli tarbiyaviy ishlar va aniq mezonlar asosida tashkil etadi.[5] Sinf rahbari o‘quvchining ta’limiy va tarbiyaviy darajasini oshirishbilan bir qatorda, uni tashqi ta’sirlardan himoya qilish vazifasida hamkatta o‘rni bo‘lib, bunda o‘quvchini atrof-muhitning salbiy ta’siridan ijtimoiy himoya qilish vazifasi ustuvor ahamiyatga ega. Ijtimoiy himoya -bu jismoniy, aqliy va ma’naviy- axloqiy shakllanish, rivojlanish, normal sharoit, ongli ravishda tartibga solingan amaliy ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, psixologik, pedagogik, iqtisodiy, tibbiy va ekologik chora –tadbirlar tizimi, bolalar huquqlari va insoniy qadr-qimmatining buzilishining oldini olishdir. Ijtimoiy funksiyani amalga oshirish, mavjud ijtimoiy iqtisodiy sharoitda bolaning munosib rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadi. Diagnostik funksiya esa, sinf rahbari tomonidan o‘quvchilar holati (ruhiy, aqliy, axloqiy)dagi boshlang‘ich bosqichni aniqlash va o‘quvchilar tarbiyasidagi o‘zgarishlarni doimiy aniqlashni nazarda tutadi. Bu bolaning shaxsiyati va individualligini o‘rganishga, ularni tahlil qilishga, olingan natijalarning samarasizligi sabablarini izlashga va yaxlit pedagogik jarayonni tavsiflashga qaratilgan. Sinf rahbarilarining diagnostik vazifasi quyidagi yo‘nalishlarida olib boriladi: -o‘quvchi, uning oilasi va ota-onasi, sinf jamoasi bo‘yicha ma’lumot to‘plash; -dastlabki tashxis ma’lumotlarini keyingisi bilansolishtirish; o‘zlashtish darajasi, individual rivojlanishining salbiy vaijobiy jihatlarini aniqlash boʻyicha tahlil qilib borish; -yuz berayotgan o‘zgarishlarni tushunish orqali mazmunini anglash; diagnostik jarayonnatijalari bo‘yicha o‘quvchilarning ota-onalari va boshqa o‘qituvchilarnixabardor qilish; -turli diagnostika usullari orqali sub’ektning ob’ektgata’sirini tekshirish va hokazo.Sinf o‘quvchilarini har tomonlama o‘rganishda sinf rahbarining faoliyat mazmunini quyidagilar tashkil etadi: 1.Sinf rahbarinig o‘quvchilarni jamoasi bilan olib boradigan ishlari 2.Sinf rahbarining ota-onalar bilan olib boriladigan ishlar 3.Sinfdan va maktabdan tashqari ishlardagi faoliyati Ushbu muammolarni xal qilishda interfaol  metodlardan foydalanish “Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi, … ) ortiqcha     maqsadga muvofiq bo‘ladi.O‘quvchilarning mantiqiy tafakkur yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlarida ushbu metod alohida ahamiyatga ega. Uni qo‘llashda quyidagi harakatlarni amalga oshirish yaxshi natijalarni beradi. O‘quvchilarga mavzuni tushuntirishda  mavzuning  mazmunini ochib berishga xizmat qiladi. -O‘quvchilarga mavzuga taalluqli bo‘lmagan tushunchani aniqlash va uni tizimdan chiqarish vazifasini topshirish; -O‘quvchilarni o‘z harakatlari mohiyatini sharhlashga undash (mavzuni mustahkamlash maqsadida o‘quvchilardan tizimda saqlanib qolgan tushunchalarga ham izoh berib o‘tishlari hamda ular o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liklikni asoslashlarini talab etish lozim). Mavzu mohiyatini yorituvchi  tushunchalar o‘rtasidasigi mantiqiy bog‘liknik o‘rtasi dasataval asoslash olish o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, shaxsiy yondashuvlarini asoslay, shuningdek, tengdoshlarining fikrlari bilan shaxsiy mulohazalarini o‘zaro taqqoslash ko‘nikmalarini ham shakllantiradi. Sinf rahbarining asosiy funksiyasi o‘ziga biriktirilgan sinfda barcha tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish, yo‘naltirish va muvofiqlashtirib borishdan iborat. Sinf rahbari o‘z faoliyatida o‘z sinfini va alohida-alohida har qaysi o‘quvchini o‘rganishdan boshlaydi. Sinf rahbari ko‘rgazmali qurollardan samarali foydalanish, o‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtlaridan foydalanish va bolalar ijodiy qobiliyatini o‘stirishda, ularni har tomonlama kamol toptirishda yordam beradi. U bu funksiyani bajarishda o‘quvchilar bilan individual va jamoaviy munosabatga kirishadi. Tarbiyaviy ishlar jarayonidagi sinf rahbari burchining mazmuni ma’naviy tarbiya ishlarini tashkil qilish bilan bog‘liq . Unga ko‘ra, umumta’lim maktabi o‘quvchilari “kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli yashash”lari  uchun layoqatli bo‘lib voyaga yetishlari kerak. Buning uchun sinf rahbarining hushyorlik, sezgirlik, qatiyatlik va ma’suliyatlik tamoyillariga asosan tarbiyaviy ishlarni yo‘lga qo‘yilishi taqozo etiladi. Qachonki tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbari o‘z burchini bajarsa, kutilgan natijaga erishish mumkin. Shu ma’noda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘z sinfi uchun o‘qituvchi va ustoz, yuqori sinf rahbarlari o‘quvchilar uchun ustoz va o‘qituvchi hisoblanadi. Sinf rahbari tarbiyaviy ishlarda o‘z burchini bajarmasa, sinfda ma’naviy muhit buziladi, ta’lim samaradorligi susayadi va o‘quvchilarning ahloqiy rivojlanishiga darz ketadi. O‘quvchilarni pedagogik-psixologik o‘rganishda sinf rahbari faoliyatini takomillashtirishning mavjud shart sharoitlari atroflicha o‘rganildi. Umumta’lim maktablarida o‘quvchilarni o‘rganishda ota-onalar, maktab pedagogik jamoasi, bilan birgalikda ish olib borib o‘zoro hamkorlikni yo‘lga qo‘yilsa sinf rahbarlari faoliyati tizimli rivojlanishi aniqlandi. Tarbiyaviy darslarni tashkil qilishda turli metodik tavsiyalar, interfaol metodlardan foydalanish, tarbiyaviy darslarning va tadbirlarning namunaviy dars ishlanmalaridan foydalanish sinf jamoasi bilan ishlashda samarali natijalar berdi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tarbiyaviy darslarni olib borishda ma’naviy axloqiy tarbiya tushunchalarini shakllantirish orqali ularda vatanparvarlik, mehnatsevarlik, insonparvarlik, ahillik xislarlarini tarkib toptirish sinf rahbari ishini yanada takomillashtiradi. Ushbu muammo bo‘yicha  quyidagicha xulosa qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.Sinf rahbari vazifasiga tayinlash xolatida ularning individual xususiyatlari: jamoani boshqara olishi, ma’naviy tarbiyalanganlik holati mas’uliyatliligi asosiy mezon sifatida e’tiborga olinishi  muhim axamiyat kasb etadi. Yuqori malakali, ijobiy natijaga va tajribaga ega sinf rahbarlari faoliyatini   xamda xorij tajribasining samarador usullarini o‘zlashtirish maqsadga muvofiq. Sinf raxbarlarining faoliyatini tuman, shaxar, viloyat va respublika miqiyosida ommalashtirilishi maqsadga muvofiq bo‘lib bunday faoliyat olib borilishi yoshlarni Vatanga muxabbat  tuyg‘ularini shakllantirish uchum mustahkam asos bo‘ladi. Adabiyotlar ro‘yhati 1.Xoshimov K. Pedagogika tarixi Oliy o‘quv yurtlari va universitetlar talabalari uchun o‘quv qo‘llanma. – Toshkent, O‘qituvchi, 1996, – 191-bet. 2.A.Avloniy. Odob bo‘stoni va axloq gulistoni. – Toshkent, O‘qituvchi, 1994, -10-bet. 3.Hoshimpov K “Pedagogika tarixi-Toshkent A.Navoiy 2015-y 35-b
  1. Asqarova M. O‘. ” ”T.: Talqin 2008-y 242-b
5.Xalq ta’limi vazirining 2021-yil , 30 -iyuldagi 180-son buyrug‘iga 2-ilova Kamolova, S. (2022). Psixologiya fanlarini o‘qitishda interfaol o‘qitish usullaridan foydalanish samaradorligi. Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii2(2).                   [1]Хошимов К. Педагогика тарихи Олий ўқув юртлари ва университетлар талабалари учун ўқув қўлланма. – Тошкент, Ўқитувчи, 1996, – 191-бет   [2] А.Авлоний. Одоб бўстони ва ахлоқ гулистони. – Тошкент, Ўқитувчи, 1994, -10-бет   [3] Ҳошимпов К “Педагогика тарихи-Тошкент А,Навоий 2015-й 35-б [4] М. Ў.Асқарова   ” ”Т.: Талқин 2008-й 242-б [5]Xalq ta’limi vazirining 2021-yil ,’’30’’-iyuldagi 180-son buyrug’iga 2-ilova