Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

O‘quvchilarni  badiiy-estetik  tarbiyasida musiqiy  to‘garaklar faoliyatning  o‘rni.                                          

            Annotatsiya: Maqolada umumta’lim maktablari o‘quvchilarining badiiy-estetik tarbiyasidagi  sinfdan tashqari musiqiy faoliyatda musiqa to‘garaklarini tashkil etishning   metodik asoslari va uni yanada samarali tashkil etish imkoniyatlari haqida fikr yuritiladi. Аннотация: В статье рассматриваются методические основы организации музыкальных кружков во внеурочной музыкальной деятельности в художественно-эстетическом воспитании учащихся общеобразовательных школ и возможности ее более эффективной организации. Kalit sozlar: Ta’lim-tarbiya, badiiy-estetik, to‘garak, ommaviy, musiqiy, umumta‘lim maktablari, raqs,  madaniy-ommaviy faoliyat. Ключевые слова: Образование, искусство и эстетика, клубы, общественность, музыка, общеобразовательные школы, танцы, культурно-массовая работа.   Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitiladigan o‘quv fanlarning, shu jumladan musiqa madaniyati fani bo‘yicha  o‘quv dasturi va dasturiga kiritilgan  yil va chorak mavzulari uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash, ularni dars va darsdan  tashqari  musiqiy to‘garaklar faoliyatda olib boriladigan o‘quv-tarbiyaviy ishlarni bir-biriga moslashtirish o‘quvchilarni umummusiqiy bilim darajalarini oshishi hamda musqiy madaniyatni shakllanishiga samarali ta’sir o‘tkazadi. Umumta’lim  maktablarida musiqa madaniyati faniga haftalik bir soat ajratilishi ham o‘quvchilarga Davlat ta’lim standarti   va  o‘quv  dasturi  talablari  darajasida  zarur  bilim  va tushunchalar  berish  imkonini cheklab quyadi. Bu esa musiqa o‘qituvchilari oldiga  musiqiy to‘garaklar faoliyatlarni tizimli va musiqa madaniyati fanidan o‘quvchilar bilim va malakalariga qo‘yiladigan mezonlarga mos tarzda tashkil etish, ushbu faoliyatda o‘quvchilarni musiqiy mashg‘ulotlar  jarayonida  o‘zlashtirishga ulgurolmagan va o‘zlashtirishi zarur bo‘lgan musiqiy bilimlarni puxta egallashlariga erishish vazifalarini ro‘yobga chiqarish maqsadidan kelib  chiqqan  holda  yondashishlarini  taqozo  etadi. Bizga ma’lumki musiqa ta’limi va tarbiyasi  bo‘yicha musiqiy to’garaklar faoliyati  asosan  ikki yo‘nalishda  olib  boriladi.
  1. 1. Musiqiy badiiy to‘garaklar shakli.
  2. Musiqiy ommaviy shakl.
Musiqiy badiiy to‘garaklar har bir maktabda musiqa san’atining turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quvchilarning qiziqish va  musiqiy-estetik ehtiyojlarini qondirish maqsadida tashkil etiladi. Musiqa san’ati yo‘nalishidagi to‘garaklarni tashkil qilishda eng avvalo musiqa o‘qituvchisining imkoniyatlari hisobga olinadi, shundan so‘ng to‘garaklarga rahbarlar chetdan taklif qilinishi  mumkin. Lekin, barcha to‘garaklarda olib boriladigan  mashg‘ulotlar musiqa o‘qituvchisining nazorotida bo‘lishi va mashg‘ulotlar mazmunida ta’limiy maqsad va vazifalar, shu jumladan turli ko‘rik-tanlovlar, madaniy-ommaviy tadbirlarga, konsertlarga tayyorgarliklar e’tiborda tutilishi  lozim. Bu o‘z navbatida o‘quvchilarni musiqa san’atining turli yo‘nalishlarida cholg‘uchilik, xonandalik, raqs, zamonaviy  estrada,  drama aktyorligi  bo‘yicha  o‘z  qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirib borishlariga zarur imkoniyat yaratadi, ikkinchi tomondan musiqiy-estetik ta’lim va tarbiya mazmunini takomillashtirishga  samarali ta’sir ko‘rsatadi. Musiqa darslari jarayoni uchun belgilangan vaqt hajmi har doim ham o‘tilayotgan  dars  mavzusiga  oid  nazariy  va amaliy ijrochilik bilan bog‘liq  bilim,  ko‘nikma va malakalarni puxta va to‘liq egallash imkoniyatini bermasligi, musiqa o‘qituvchisidan to‘garak va madaniy-ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish (repitisiya) jarayonida darsda ulgurmagan materiallarni o‘zlashtirish va mustahkamlash uchun qulay imkoniyat  yaratiladi.  Bu ayniqsa jamoa bo‘lib kuylash, musiqa savodxonligi, musiqa tinglash va tahlil qilish faoliyatlarida olib boriladigan  ta’lim  mazmuniga  ko‘proq  ta’lluqlidir. Shuning uchun har bir o‘qituvchi iloji boricha to‘garaklar turlarini, ularning faoliyatini kengaytirishga  va  ularning mashg‘ulotlari mazmunida musiqa madaniyat fani o‘quv materiallarini o‘quvchilar tomonidan puxta o‘zlashtirish va olingan bilim, ko‘nikmalarni mustahkamlab borishlarida ijodiy foydalanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Musiqiy to‘garaklar faoliyatning ikkinchi yo‘nalishi maktabning madaniy-ma’rifiy hayoti bilan bevosita bog‘liq  bo‘lib, o‘tkaziladigan har qanday madaniy-ommaviy tadbirlarning asosiy sub’yektlari  o‘quvchilar  va musiqa o‘qituvchisi hisoblanadi. O‘quvchi-yoshlarni turli  bayram madaniy-ommaviy  bayramlarga jalb qilish  ularni musiqiy qobiliyat va iqtidorlarini  ko‘pchilik oldida, sahnada namoyish qilishlari, o‘z ustida mustaqil ishlash, izlanish, repitisiya jarayonida o‘z mahorotini yanada takomillashtirishga keng imkoniyat yaratadi. Shu bilan birga bu jarayonda ularda o‘z ijodiy mehnatlaridan zavqlanish,  yanada  yuqoriroq  muvoffaqiyatlarga erishish, shu yo‘lda  chidam   va  sabot  bilan  mehnat  qilishga  intilish  mayllari  kuchayadi. Har qanday bayram musiqasiz o‘tmagandek, bayramlarning musiqiy badiiy qismi  bayramni bayram  sifatidagi mohiyati, mazmuni, maqsadini ifoda etuvchi  kuy-qo‘shiqlar, sahnaviy  ko‘rinishlar orqali bayram shukuhini  berishga  yo‘naltirilgan  bo‘ladi.   Bayram  tadbirlarida  ishtrok  etuvchi o‘quvchilar oddiy tinglovchi-tomoshabinga qaraganda kuchliroq badiiy-estetik ta’sir og‘ushida bo‘ladilar va bu ularni san’atni badiiy-emosional  his etishlariga hamda ma’naviy-estetik tarbiyasiga  samarali ta’sir etadi. Bunday tadbirlarga muntazam  qatnashuvchi  o‘quvchilar  o‘z navbatida  musiqa to‘garaklarining ham eng faol ishtrokchisi, musiqa o‘qituvchisining eng yaqin yordamchisi  va  maktab  jamoasining  faxriga  aylanadi. Respublikamiz  pedagogika oliy ta’lim  muassasalarining ayrim  “musiqiy ta’lim”  yo‘nalishlarida bo‘lg‘usi musiqa o‘qituvchilarini  ommaviy-madaniy tadbirlar faoliyatiga tayyorlash borasida “qo‘shimcha fanlar” hisobidan o‘quv mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa-da, bu boradagi ishlar keng ommalashtirilmaganligi,  bo‘lg‘usi musiqa  o‘qituvchilarini maktab o‘quvchilarini madaniy-ommaviy faoliyatga jalb etish orqali ularni badiiy-estetik tarbiyasini va musiqiy madaniyatini  takomillashtirishga tayyorlashning  ilmiy-metodik tizimi va texnologik asoslari ishlab chiqilmaganligi bois, umumta’lim maktablarida o‘quvchilarni musiqiy to‘garaklar faoliyatida musiqiy madaniyatini takomillashtirish  muammosi faqatgina uni o‘rganish bosqichi holatida ekanligini tasdiqlash joiz. Shunga ko‘ra umumta’lim  maktablarida musiqa to‘garaklari musiqiy-tarbiyaviy ishlarni aniq maqsadli asosda  yo‘lga qo‘yish, musiqiy-nazariy bilim, ko‘nikma va malakalarni to‘garak mashg‘ulotlari jarayondagi  musiqiy-madaniy va ommaviy bayram tadbirlari bilan uzviy holda tashkil etish bo‘yicha metodik,  pedagogik tavsiyalar, musiqiy to‘garaklar faoliyatida  o‘quvchilarni zarur umummusiqiy, musiqiy-nazariy  va ijrochilikka oid bilim va malakalarini egallashlari  maqsadida  aniq yo‘nalishlar, ushbu faoliyatni  amaliy  tashkil  qilish bo‘yicha  ko‘rsatmalar  ishlab  chiqilishi maqsadga  muvofiqdir. Musiqiy to‘garaklar ta’limning  o‘ziga xos uzviy qismi sifatida tashkiliy-uslubiy mezonlari,  shu jumladan,  shu jarayonning namunali texnologik modellari, mashg‘ulotlarni samarali usul va vositalari, interfaol metodlardan foydalanish  yo‘llari,  texnik-ko‘rgazmali jihozlar, cholg‘u asboblari, maxsus jihozlangan repitisiya xonasi, sahna bezaklari, xullas musiqiy to‘garaklar faoliyatni  samaradorligini  ta’minlovchi  yaxlit shart-sharoitlar musiqa ta’limi oldiga qo‘yilgan talablarni amalga oshirishda  muhim vazifalardir. Musiqa  o‘qituvchilari tomonidan musiqa ta’limi va tarbiyasini musiqa to‘garaklari bilan ishlash mujassamligida olib borish mazmuni, jarayoni, shakllari,  uslublari va vositalari va uni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilishi bo‘yicha shu yo‘sinda   izlanishlar  olib  borish  aynan  hozirgi   kun  talabiga  mos  keladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
  • Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 2008. -176 b.
  • Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz. – T., O‘zbekiston, – 488 b.
  1. Umumta’lim maktablarida musiqa ta’limi va tarbiyasi Konsepsiyasi. –Т.: -ХТB, 1995 y.
  2. Umumiy o’rta ta’limning Davlat Ta’lim Standarti va o’quv dasturi. Т.: Ta’lim taraqqiyoti, 6-7 maxsus sonlari, 1999 y.
  3. Abdukarimova E.I. Preparation of future music teachers for their professional activities through uzbek classical music// European Journal of Research and Reflection in Education Sciences. Research learning.- Volume: 7 Number: 6 Issue: 2056-5852 Publication Year: 2019. www. Scopus.com
  4. Abdukarimova E.I. Texnologik loyihalash- musiqa mashg‘ulotlarida samarali ta’lim //. “Ilim ham jamiyet” jurnal. -Nukus davlat pedagogika instituti, 2019, 1-son, -B 61-63.
  5. Abdukarimova E.I. Oliy Pedagogik ta’limda bo’lajak musiqa o’qituvchilarini mumtoz musiqa vositasida amaliy faoliyatga tayyorlash tizimini takomillashtirish. Xalq ta’limi. jurnal-T.: 2021. -№3, – B. 82-84.
  6. https://art.jspi.uz/index.php/art/article/view/3541/2454
  7. https://art.jspi.uz/index.php/art/article/view/288
  8. https://art.jspi.uz/index.php/art/article/view/1660