Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Ilmiy ommaviy maqolalar
Ilmiy ommaviy maqolalar
|
21/02/2023
Chop etish
O’quvchilarga DC matorlar va shield L293D drayverini dastur yordamida boshqarishini o’rgatish

M.Q.Yo’ldoshev, 

Jizzax Davlat pedagogika instituti Texnologik talim kafedrasi o‘qituvchisi

H.A.Allamurodov,

Jizzax Davlat pedagogika instituti Fizika va texnologik ta’lim tyutori

Annotatsiya

Ushbu maqolada o’quvchilarga texnologiya darslarida Arduino platasi yordamida DC – motorni dastur yordamida  boshqarish haqida fikr yuritilib, o’quvchilarda kerakli bo’lgan bilimlar shakllantiriladi.

Kalit so’zlar: arduino, DC motor,  Shield L293D drayveri, kutubxona, FORWARD, BACKWARD, RELEASE.

Аннотация

Эта статья даст учащимся представление о том, как управлять двигателем постоянного тока с помощью программного обеспечения с помощью платы Arduino на уроках технологии, и поможет учащимся развить необходимые им знания.

Ключевые слова: arduino, двигатель постоянного тока, цитадиод, драйвер Shield L293D, библиотека, ВПЕРЕД, НАЗАД, ОТПУСК.

Annotation

This article will give students an idea of how to control a DC motor using software using an Arduino board in technology classes, and will help students develop the knowledge they need.

Keywords: arduino, DC motor, Shield L293D driver, library, FORWARD, BACKWARD, RELEASE.

 

Maqolamizdan ko’zlangan  natijalar:

— DC motorlar bo’yicha ko’nikma olish

— Shield L293D drayveri bilan tanishish va qo’llanilishi

— qurulma kutubxonasini  dasturda chaqirish

— DC motorlarni dastur yordamida boshqarish

DC mator- o’zgarmas tok asosida ishlovchi qurulmalar quydagi rasmda keltirilgan (1-rasm).

1-rasm. DC matorlarning ko’rinishi

DC motorning ichki tuzilishi quydagi rasmda keltirilgan (2-rasm).

2-rasm. DC- motorning ichki tuzilishi

Matorlar bilan birga qo’shimcha qurulmalardan  foydalaniladi. Sababi bu qurilmalar motorimizni kuyishdan, saqladi.

Drayver bu – arduino va motor o’rtasidagi signallarni stabil yetib borishini ta’minlash, kerakli tokni olish uchun xizmat qiladigan qurulma hisoblanadi.

Shield L293D drayveri aurdiona bilan birga bog’lanib, DC-matorni dastur yordamida harakatga keltirish uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari Shield L293D drayveri yana ko’plab imkoniyatlarga ega bunga kelasi maqolalarimizda batafsilroq to’xtalamiz.

Shield L293D drayverining ko’rinishi quydagi rasmda keltirilgan (3-rasm).

3-rasm. Shield L293D drayveri

  1. Bortda «1» raqami ostida qalqonni ta’minlovchi mikrosxemalar mavjud. Ikkita ekstremal mikrosxemalar L293D deb nomlanadi, ular har bir kanal uchun 600 mA gacha bo’lgan iste’mol oqimi bilan kam oqimli motorlarni boshqarishga imkon beradi. Markazda boshqarish pinlari sonini kamaytiradigan chip joylashgan.
  2. Ikkinchi raqam ostida servolarni ulash uchun javobgar pinlar joylashgan. Quvvat kontaktlari bortda ko’rsatilgan, shuning uchun servo drayverni ulash qiyin emas.
  3. 3 raqami siz motorlarni ulashni istagan terminalni bildiradi. Ismlar ostida 4 ta terminal mavjud: M1, M2, M3, M4. Shuning uchun, bortga faqat 4 ta elektr motori ulanishi mumkin.
  4. Terminal shu erda joylashganki, u orqali siz qalqonni quvvatlay olasiz, chunki motorlar ishlashi uchun Arduino kuchlanishiga qaraganda ko’proq kuchlanish kerak bo’ladi. LCD3D Motor Shield-ni boshqa manbadan yoqish uchun muhim bir narsani ta’kidlamoqchiman, 5 raqami ostida joylashgan o’tish moslamasini olib tashlash kerak.
  5. Besh raqam ostida, qalqonning elektr ta’minoti uchun javobgar bo’lgan o’tish joyi mavjud.

Endi e’tiboringizga DC – motorni Shield L293D drayveriga qanday bog’lashni ko’rib o’tamiz. Yuqorida aytilganidek drayverning 4 ta bog’lovchi qismlar M1, M2, M3, M4 mavjud va shu qismlarga motorning simlarini ulaymiz. U quydagi rasmda keltirilgan (4-rasm).

4-rasm. DC – motorni Shield L293D drayverini bog’lash

Bog’langan motorni dastur yordamida harakatlantirish talab etiladi. Buning uchun dastlab sodda ya’ni bitta motorni dastur yordamida harakatlantirish dasturini tuzishni o’rganib, so’ngra qolgan motorlarni harahatlantirish dasturini o’rgansak o’rganuvchiga qiyinchilik tug’dirmaydi. Quydagi rasmda bitta motorni ya’ni (motor1)ni uch sekunt oldinga karakatlantirib, so’ngra  to’xtab va dasturi tuzilgan (5-rasm).

Oltin qoida

Kutubxona chaqirish Cкетч      Подключить библиотеку     Adafruit motor shield library

FORWARD – motor oldinga harakatlanishni ta’minlaydi.

BACKWARD – motor   orqaga harakatlanishni ta’minlaydi

RELEASE – motor  to’xtab turishini ta’minlaydi

Xulosa o’rnida shuni takidlash mumkinki, o’quvchilarga kichik motorlarni dastur yordamida boshqarishni o’rgatib, kelajakda katta quvvatga ega bo’lgan motorlarni dastur yordamida boshqarishga zamin yaratadi. Bu esa yangidan yangi cho’qqilarga erishishga, insoniyat hayoti uchun o’ta muhim bo’lgan ixtiro  va kashfiyotlarning yaratilishiga olib keladi. Shu boisdan o’quvchilarga arduino platasidan hamda unda birgalikda foydalaniladigan qismlardan Shield L293D drayveri va DC – motolaridan foydalanishni o’rgatish muhim hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar royxati

  1. Yo’ldoshev M. TALABALARIDA ROBOTOTEXNIKAGA OID BILIMLARNI SHAKLLANTIRISH //Физико-технологического образование. – 2021. – Т. 4. – №. 4.
  2. Дэвид Кушнер «Как разрабатывали и продвигали Arduino» «РАДИОЛОЦМАН», ноябрь 2011 г.
  3. http://www.arduino.cc — официальная документация проекта Arduino.
  4. http://cxem.net — авторские материалы с сайта «Паяльник».
  5. 5. http://www.istedod.uz

Ulashish:
988
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.