Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

O‘quv yili yakuni sarhisobi va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: sarhisob va rejalar.matbuot anjumani ana shunday nomlandi.

Matbuot anjumanida Jizzax shaxridagi OAV vkaillari, tashkilot va idoralar matbuot kotiblari ishtirok etishdi. Matbuot anjumanini Jizzax davlat pedagogika instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori G‘.Qodirov ochib berdi  u o‘z ma’ruzasida Jizzax davlat pedagogika isntituti  bugungi kunda xalqaro aloqalarga katta e’tibor qaratayotgani, institutga universitet maqomi berilgani, qabul jarayonlari, ota-onalar va abiturientlarga xizmat ko‘rsatayotgan maslahat markazi faoliyati haqida so‘z yuritdi.Shuningdek  bugungi kunda xorijiy oliy o‘quv yurtlarini oliygohga jalb etish borasida olib borilayotgan ishlar, rejalar va kutilayotgan natijalar  haqida ma’lumot berib o‘tdi. Matbuot anjumani so‘ngida OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga  javoblar olishdi.