Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

MUSTAQILLIK YILLARIDA JIZZAX SHAHRINI QAYTA QURISH REJASI VA BUNYODKORLIK ISHLARI

Dilbar To’raevna Abdurasulova J DPU o’qituvchisi Umumiy tarix kafedrasi o’qituvchisi. Annotatsiya:Ushbu maqolada mustaqillik yillarida Jizzax shaharida shaharni qayta qurish ishlari olib borilayotganligi, eski shaharni zamon talablariga moslashtirish zaruriyati paydo bo’lganligi va Jizzax shahari qurilishida aholi uchun qulaylik yaratish bosh mezon ekanligi,  viloyat markazida keng miq’yosda qayta qurilish ishlari olib borilayotganligi, eski shaharni qaytadan qurish hamda uni o‘zgaruvchi talablarga moslashtirish zaruriyati paydo bolayotganligi, shaharni qayta qurish jamiyatini yangilash shaharsozlikni rivojlantirishning muhim ajralmas qismi bo‘lgan holda shaharlarni birin-ketin yangilash yo‘li bilan aholini normal ishlab chiqarish faoliyati uchun sharoit yaratishni, insonning doimiy o‘sib boruvchi ma’naviy va moddiy talablarini qondirishni, aholini mehnat, turmush va dam olish sharoitlarini tubdan yaxshilash o‘zining maqsadi qilib belgilanganligi aytilgan.            Kalit so’zlar:Shahar,qayta qurish, zamonaviy xiyobon, bunyodkorlik ishlari, musiqali favvora, bozorlar, Xotira bog‘i, landshaft.   ПЛАН РЕКОНСТРУКЦИИ И СТРОИТЕЛЬНЫХ РАБОТ ГОРОДА ДЖИЗАK В ГОДЫ НЕЗАВИСИМОСТИ Дилбар Тураевна Абдурасулова,                                                                              преподователь кафедры Общая история Джизакского государственного педагогического университета Аннотация: В данной статье за ​​годы независимости в городе Джизак была проведена реконструкция города, возникла необходимость приспособления старого города к требованиям времени, а в строительстве города Джизак, создание комфорта для населения было главным критерием, в центре района были проведены масштабные работы по реконструкции, в старом городе возникла необходимость его строительства и приспособления к изменяющимся требованиям, обновление общества реконструкции города важной составной частью развития градостроительства, создания условий для нормального производства населения путем обновления городов одного за другим, постоянно растущего человека констатировалось, что его целью является удовлетворение духовных и материальных потребностей, коренное улучшение условий труда, быта и отдыха населения. Ключевые слова: Город, реконструкция, современный проспект, творчество, музыкальный фонтан, рынки, Мемориальный парк, ландшафт.   RECONSTRUCTION PLAN AND CONSTRUCTION WORKS OF THE CITY OF JIZZAH DURING THE YEARS OF INDEPENDENCE Dilbar Toraevna Abdurasulova                                                                                      department teacher the world history Jizzakh State Pedagogical university   Abstract: In this article, during the years of independence, the reconstruction of the city was carried out in the city of Jizzakh, there was a need to adapt the old city to the requirements of the times, and in the construction of the city of Jizzakh, creating comfort for the population was the main criterion, large-scale reconstruction works were carried out in the center of the region, the old city that the need to build and adapt it to changing requirements is emerging, the renewal of the city reconstruction society is an important integral part of the development of urban planning, creating conditions for the normal production of the population by renewing the cities one after the other, the constantly growing human it is stated that its goal is to satisfy the spiritual and material requirements, to fundamentally improve the working, living and recreational conditions of the population. Index terms: City, reconstruction, modern avenue, creativity, musical fountain, markets, Memorial Park, landscape. 1.Долзарблиги: Мавзунинг долзарблиги мустақиллик йилларида Жиззах шаҳри иқтисодий инфрaтузилмалар ва шахар иқтисодининг ривожланиши хусусида илмий мулохазаларни бойитишга хизмат қилади. Унда MUSTAQILLIK YILLARIDA JIZZAX SHAHRINI QAYTA QURISH REJASI VA BUNYODKORLIK ISHLARI ҳақида кенг қамровли маълумотлар берилган.   2.Методлар ва ўрганилганлик даражаси Мақола умум қабул қилинган тарихий методлар: тарихийлик, манбавий, қиёсий-мантиқий таҳлил, кетма-кетлик, холислик, тизимлаштириш ҳамда фанлараро ёндашувлар асосида ёритилган. 3.Тадқиқот натижалари Mustaqillik sharofati bilan Jizzax shahrining bosh rejasi qaytadan ishlanib, zamonaviy inshootlar qurilishi, savdo majmualarining barpo etilishi ko‘zda tutilgan. Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 4 dekabridagi “Shahar va shaharchalarning bosh rejalarini hamda qishloq fuqarolar yig‘inlari hududlarini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalarini ishlab chiqish va amalga oishirsh tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 286-sonli qarori[1]ga binoan viloyat shaharlari, tuman markazlari, ayniqsa, Jizzax shahrining qiyofasini tubdan o‘zgartirish bo‘yicha bosh reja asosida ishlar olib borilayotganligi e’tiborga molikdir.Markaziy ko‘chalar kengaytirilib, turar joy binolari qad ko‘tarmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2013 yilning 19 iyunida viloyatga tashrifi chog‘ida bosh reja asosida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan atroflicha tanishdi. Shuningdek, Jizzax shahrining bosh rejasida, albatta, aylanma xalqa yo‘lining qurilishi ko‘zda tutilishi lozimligi xususida qimmatli maslahatlarini berdi.           Keyingi yillarO‘zbekistonning qator shaharlari, viloyat markazlarini keng miq’yosda qayta qurilish ishlari olib borilmoqda. Eski shaharni qaytadan qurish hamda uni o‘zgaruvchi talablarga moslashtirish zaruriyati paydo bolmoqda Shaharni qayta qurish jamiyatini yangilash shaharsozlikni rivojlantirishning muhim ajralmas qismi bo‘lgan holda shaharlarni birin-ketin yangilash yo‘li bilan aholini normal ishlab chiqarish faoliyati uchun sharoit yaratishni, insonning doimiy o‘sib boruvchi ma’naviy va moddiy talablarini qondirishni, aholini mehnat, turmush va dam olish sharoitlarini tubdan yaxshilash o‘zining maqsadi qilib belgilagan. Shaharni qayta qurish- deganda mavjud shaharlarni rejalashtirish va qurishni takomillashtirish hamda rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar majmuasi tushuniladi. Bundan ko‘rinadiki, qayta qurish shahar hududini rivojlantirishga imkon beradi. Yuqorida aytib o‘tilgan tadbirlarni amalgaoshirishvaqtbo‘yichauzluksizoquvchiShaharlarnikenglik – rejalashtirishnitashkiletishni, qurilishlarvaobodonlashtirishnitakomillashtiribborishniko‘zdatutadi[2]. Jizzax viloyatidagi shaharlarning xam qayta qurish, qiyofasini o‘zgartirish, tabiiy iqlim sharoitiga mos va o‘ziga xos landshaft ko‘rinishga ega bo‘lgan binolarni barpo etish shaharsozlik madaniyati rivojida muhim ahamiyatga ega. Jizzax viloyati iqlimi, tabiati, aholi joylashuvi xususiyatlari shaharlardagi qurilish ishlarini olib borishda asosiy omil bo‘ldi. Eng muhimi, shaharlar qurilishida aholi uchun qulaylik yaratish bosh mezonga aylandi. Mustaqillik arafasida kapital qurilishda, ayniqsa, og‘ir ahvol vujudga keldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Birinchi Islom Karimov asarida ta’kidlaganlaridek, “1990-yilda respublikadachalaqurilishlarningqiymati 5,7 milliard so‘mgaetdi. Bu kapitalmablag‘ningyillikrejasidan ham ko‘proqdir. Faqat1989-yilningo‘zidagina 73 ta yirikob’ektvaishlabchiqarishquvvatlaribitkazilmayqoldi, buesa 200 million so‘mlikmilliydaromadyo‘qotildi, demakdir. Qariyb 200 ta eng muhim ishlab chiqarish qurilishlari bitmay chala qoldi, bir million kvadrat metrdan ko‘proq uy-joy, 9 ming o‘ringa mo‘ljallangan maktabgacha tarbiya muassasasi foydalanishga topshirilmadi” Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab respublika rahabariyati qurilish ishlariga ham alohida e’tibor qarata boshladi. 1991-yil viloyatda qurilishga 249,2 million so‘m davlat mablag‘i ajratilib, bu esa qurilishda ajratilgan mablag‘ning 59,0 foizini tashkil etgan. 1994-yilda qurilishda ishlatilgan 82,1 million so‘mdan atigi 20,2 million so‘m davlat mablag‘i hisobiga bajarilgan, bu umumiy qurilishda ishlatilgan mablag‘ning 24,6%ini tashkil etgan[3]. ya’ni, yildan-yilga qurilishda davlat tomonidan ajratilgan mablag‘ kamayib, korxona va xo‘jaliklar, xususiy mablag‘ga hamda bank krediti hisobiga qurilishni amalga oshirish ortib borgan. Jizzax shahrida 1993 yilda 10 dan ortiq yakka tartibdagi uy-joy massivlari qurilgan. Alisher Navoiy, Uchariq, Hamid Olimjon, Nazir Safarov, Oqqo‘rg‘onlik massivlari shular jumlasidandir. Masalan, Paypoq to‘quv fabrikasi yonida qurilgan Alisher Navoiy massivining umumiy maydoni 102 gektar bo‘lib, u to‘rt guruhga bo‘lingan. Shaxsiy uy-joylar, sport inshootlari maydoni, 2 ta maktab va 2 ta bolalar bog‘chasi uchun ajratilgan maydon hamda ijtimoiy va madaniy markazlar maydonlariga bo‘lingan[4]. Bu uylar asosan 1-2 qavatli bo‘lib, qurilishda ko‘proq mahalliy materiallar ishlatilgan. Ammo, uy-joylarni qurib foydalanishga topshirish ancha achinarli ahvolda edi. 1992 yilda bu sohadagi yillik reja bor yo‘g‘i 64 foizga bajarildi. Viloyat bo‘yicha topshirilmay qolgan uy-joylar 117 ming kv.metrni, maktablar 1192 o‘rinni, bolalar bog‘chalari 510 o‘rinni tashkil etdi[5]. Avariya holatidagi maktablar o‘rniga yangi bino qurish ishlari juda sust olib borilgan. 1993 yilda Jizzax shahridagi 11 mingdanziyod turar joy xonadonlarning barchasi aholiga xususiy mulk qilib berildi[6]. Mustaqillikning dastlabki yillarida ba’zi qurilish ob’ektlari tegishli tashkilotlar nazoratisiz qurila boshlagan. Jumladan, “Olmazor” bozori bosh rejasi tasdiqlanmasdan tartibsiz ravishda qurilish ishlari olib borilgan[7]. Aslida esa 1992 yil 15 dekabrda viloyat hokimligi qarori bilan arxitektura qurilishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashkil etilgan, lekin keyinchalik u tarqatib yuborilgan. Ushbu bozordagi savdo do‘konlari ularning egalari tomonidan qurilgan hamda qurilish qoidalariga amal qilmasdan (zilzilaga chidamliligi, fundamentlar armaturasiz) qurilgan.Xuddi shunday holatni “Ko‘kat bozor” qurilishida ham ko‘rish mumkin edi. Mazkur bozorlar bosh rejasi ishlab chiqilmaganligi sababli Toshkent va Hamroqul Nosirov ko‘chalari, bir tomonlamalik yo‘l, piyodalar uchun trotuar, avtobekatlar, ko‘kalamzorlashtirish ishlari loyihalashtirilmagan. Mustaqillik sharofati bilan Jizzax shahrining bosh rejasi qaytadan ishlanib, zamonaviy inshootlar qurilishi, savdo majmualarining barpo etilishi ko‘zda tutilgan. Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 4 dekabridagi “Shahar va shaharchalarning bosh rejalarini hamda qishloq fuqarolar yig‘inlari hududlarini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalarini ishlab chiqish va amalga oishirsh tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 286-sonli qarori[8]ga binoan viloyat shaharlari, tuman markazlari, ayniqsa, Jizzax shahrining qiyofasini tubdan o‘zgartirish bo‘yicha bosh reja asosida ishlar olib borilayotganligi e’tiborga molikdir.Markaziy ko‘chalar kengaytirilib, turar joy binolari qad ko‘tarmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2013 yilning 19 iyunida viloyatga tashrifi chog‘ida bosh reja asosida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan atroflicha tanishdi. Shuningdek, Jizzax shahrining bosh rejasida, albatta, aylanma xalqa yo‘lining qurilishi ko‘zda tutilishi lozimligi xususida qimmatli maslahatlarini berdi. Bugungi kunda viloyat markazida bunyodkorlik ishlari qizg‘in davom etmoqda. Bosqichma-bosqich amalga oishirilayotgan qurilish ishlari samarasi o‘laroq viloyat markazi chet elning go‘zal shaharlaridan qolishmaydigan qiyofa kashf etishi shubhasizdir. Xususan, so‘nggi yillarda Jizzax shahrining Mustaqillik (sobiq Rasul Isayev), Buyuk Turon (eski nomlanishi Ubaydulla To‘raqulov), Sharof Rashidov, Alisher Navoiy va Shifokorlar ko‘chalarida katta bunyodkorlik ishlari bajarilmoqda. Ko‘chalarning ikki tomonidagi pastqam uy va inshootlar o‘rnida bugungi kunda 2-3 qavatli go‘zal imoratlar qad rostlamoqda. “Ko‘k bozor”ga kelib birlashadigan Toshkent ko‘chasi, Bog‘don, Alisher Navoiy ko‘chalari 50 metrga kengaytirilib, ikki tomonlama qatnovni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar bajarilmoqda[9]. Mustaqillik ko‘chasiningbir tomonida biri-birini takrorlamaydigan ko‘p qavatli binolar, savdo shoxobchalari qad ko‘targan. “Eski shahar dehqon bozori” va “Eski shahar buyum bozori” ham zamonaviy me’moriy echimga ega ekanligi, xaridor hamda sotuvchi uchun qulay sharoit yaratib berilganligi bilan ajralib turadi. Ana shu ko‘chadagi “Oybek” klinikasi, “Zilol” mahalla fuqarolar yig‘ini idorasi va boshqa ko‘rkam binolar ham bugungi kunda shahar ko‘rkiga yarashib turibdi. Mustaqillik ko‘chasidagi yo‘lning kengligi 50 metrni tashkil qilib, aynan shu ko‘chada yo‘l osti yo‘li qurilgan[10], mustaqillikning 23 yilligi bayrami arafasida foydalanishga topshirilgan. 2015 yil avgustida Jizzax shahrining Alisher Navoiy ko‘chasida tijorat banklari mablag‘lari hisobidan qad rostlagan 5 ta ko‘p qavatli turar joy binolari foydalanishga topshirildi[11]. Loyiha-smeta hujjatlariga ko‘ra, Jizzax shahrining markaziy qismidagi “Sug‘diyona” stadioni o‘rnida 11.650 tomoshabinga mo‘ljallangan sport majmuasi qurilishining qiymati 56 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bugungi kunda sport majmuasida qurilish-montaj ishlari to‘liq bajarilib, ob’ekt foydalanishga topshirildi. Sport majmuasi asosan mebel va inventarlar bilan jihozlangan sport arenasi, ma’muriy bino, sport zal va yopiq suzish havzasi, nazorat o‘tkazish punktlari, tashqi to‘siq, tashqi muxandislik tarmoqlari, suv qudug‘i, yo‘lakchalar, sug‘orish tarmoqlari, yoritish minoralari va favvoralar, minifutbol maydoni, tashqi yoritish chiroqlari, 2 sport sport zali va yopiq suzish havzasidan iboratdir. “Mustaqillik” ko‘chasidagi 38 ta hamda “Navoiy” ko‘chasida 6 ta ko‘p qavatli uylarda qurilish ishlari olib borilib, bugungi kunda 65,1 mlrd so‘mdan ortiqroq qurilish ishlari amalga oshirildi. Yo‘l mintaqasiga (qizil chiziqga) tushgan “Mustaqillik” ko‘chasidagi 25 ta va “Navoiy” ko‘chasidagi 146 ta turar joy hamda shahar hududida 210 ta noturar joy binolari buzildi. Ularning o‘rniga yangi zamonaviy ko‘rinishdagi ko‘p qavatli uy-joylar qurilmoqda. Buzilishga tushgan jami 249 nafar fuqarolarga uy-joylar uchun 18,5 mlrd so‘mlik kompensatsiya pullari to‘langan. YAngi uylar qurish uchun viloyatdagi nufuzli 8 ta tijorat banki tomonidan 15 yil muddatga kreditlar ajratilmoqda. 3 qavatli uylarning birinchi qavatida asosan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini joylashtirish rejalashtirilgan. 2014 yilda Jizzax shahrida 1991 yilgacha qurilgan 15 ta uy mukammal, 120 ta uy joriy ta’mirlandi[12]. 2015 yil mustaqillik bayrami arafasida Jizzax shahrida 10 gektar maydonni egallagan zamonaviy xiyobon to‘liq foydalanishga topshiriladi. Unda musiqali favvora, salqin ichimliklar, muzqaymoq sotadigan xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, bolalar uchun turli attarksionlar dam oluvchilarning ixtiyoridadir. Bu hiyobon qurilishi 2015 yil 14 martida boshlanib, shu yilning 15 iyuniga kelib ishga tushirildi. Yangi xiyobon qurilishisha 3 milliard so‘mlik byudjet mablag‘i sarflangan. Xiyobondagi musiqali favvoraning bo‘yi 30, eni 15 metrni tashkil etib, 25 metr yuqoriga suv purkash qudratiga ega. Oqshomlari bu erda 2-2,5 ming aholi dam olib, hordiq chiqarmoqda[13].Hozirga qadar Jizzax shahrida ana shunday 21 ta istirohat bog‘lari shahar aholisi hamda uning mehmonlari ixtiyoriga topshirilgan[14]. 2015 yilda Investitsiya dasturi asosida viloyatda sog‘liqni saqlash tizimidagi 8 ta shifo maskanida, xalq ta’limi tizimidagi 14 ta va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimidagi 9 ta o‘quv muassasalarida jami 33,9 milliard so‘mlik kapital rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari olib borildi[15]. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 2 martdagi farmoniga asosan 9-may Xotira va qadrlash kuni deb e’lon kilinib, respublika poytaxtida va barcha viloyatlar markazida Xotira maydonlari tashkil etildi. Jizzax shahrida barpo etilgan xotira bog‘i va undagi motamsaro ona haykali 2016 yilda qayta qurildi va yangidan ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Jizzax shahridagi Xotira bog‘idagi qurilish ishlari 2016 yilning 25 yanvarida “Jizzax tadqiqot” mas’uliyati cheklangan jamiyati loyiha smeta hujjatlari asosida boshlanib, mazkur jamiyat quruvchilari tomonidan amalga oshirildi. Bu erda 2 ta ayvon qurilib, unga Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlarning ismlari yozilgan “Xotira kitobi” o‘rnatildi. Bundan tashqari kirish darvozalari ta’mirlandi. 800 metr 2 joyga bruschatka beton qoplamalari, 1200 metr2 joyga granit tabiiy toshi bilan pardozlash ishlari bajarildi.660 metr joy temir panjaralar bilan uraldi. Bu ishlar uchun esa 6 milliard so‘mga yaqin pul mablag‘i ajratildi. 4,5 gektarlik er maydonida esa obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bajarilib, 2 ming tupga yaqin kashtan, qrim qarag‘ayi, oq qayin, lola kabi manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tkazildi[16]. Hududlarda adliya tizimidagi davlat notarial idoralari uchun zamonaviy binolar qurilib, foydalanishga topshirilishi viloyat fuqarolariga malakali yuridik xizmat ko‘rsatish sifati ham rivojlanib borishiga yordam bermoqda. Xususan, 2015 dekabrida Jizzax shahar 1-son davlat notarial idorasi binosi bunyod etilib, bino qurilishiga 1 milliard so‘mga yaqin davlat mablag‘lari sarflandi[17]. Mustaqillikka erishgan har kanday davlat tarixiy nomlarga hurmat bilan qarash, bu boradagi yo‘qolgan nomlarni tiklash va tartibga solish ishini o‘z qo‘liga olishi kerak. Bunda yirik shaharlarning nomlarinigina emas, balki o‘rta va kichik shaharlar, shaharchalar, qishloklar nomlarini ham qayta tiklash zarurligi o‘z-o‘zidan ayon, chunki mustaqillik yo‘liga kirgan davlat uchun toponimika masalasi madaniy va ilmiy masalagina emas, balki siyosiy masala hamdir.                                               Фойдаланилган адабиётлар рўйхати
  1. Ш.М.Мирзиёев. “Буюк келажагимизни мард ва олийжаноб халқимиз билан бирга курашамиз”. Тошкент “Ўзбекистон” НМИУ 2017 йил. 345.
  2. Эркин иқтисодий зоналар тўғрисидаги қонун. 1996 йил 25 апрель.
  3. А.Абдусаматов “Янада юксак марралар сари”. Жиззах хақиқати. 2015 й. №70 (5590)
  4. Бекназаров Т. Введено в строй новое предприятие. Джиззакская провда 2016. 9 январь №4.
  5. Latipov D.V, Mirzaev M.K. O‘zbekiston Respublikasi shaharsozligi asoslari . 2000.
  6. 30.Tursunov H.K.,.Mirzaev M.K. “Shaharsozlik iqtisodiyoti asoslari” T.2002y.
  7. Аҳмедов А., Адилов У. Бугуни обод, эртаси нурафшон// Жиззах ҳақиқати. – 2014. – №1-2 (5414- 5415).
  8. Камолов Т. Жиззах гўзал шаҳарга айланади // Жиззах ҳақиқати. – 2014. – №16 (5429).
  9. Мусиқали рангли фаввора шаҳримиз аҳолиси ва меҳмонларига хуш кайфият бағишлаяпти // Жиззах ҳақиқати. – 2015. – №71 (5591).
  10. Исмоилов М. Обод манзилга айланаётган шаҳар // Жиззах ҳақиқати. – 2015. – №70 (5590).
  11. Жиззах вилоят ҳокимининг вилоят аҳлига Янги йил байрам табриги // Жиззах ҳақиқати. – 2016. – 1 январь (№1-2).
  12. Жиззахшаҳридаги «Хотирахиёбони» қайта реконструкция қилинди // http://jizzaxtv.uz/2016/05/
    List of used literature 1. Sh.M. Mirziyoev. «We will fight for our great future together with our brave and noble people.» Tashkent «Uzbekistan» NMIU 2017. 345.2. Law on Free Economic Zones. April 25, 1996.3. A. Abdusamatov «Towards higher goals». The truth of Jizzakh. 2015 #70 (5590)4. Beknazarov T. Vvedeno v stroy novoe predpriyatie. Djizzakskaya provda 2016. January 9 #4.5. Latipov D.V, Mirzaev M.K. The basics of urban planning of the Republic of Uzbekistan. T.2000.6. 3.30 Tursunov H.K., Mirzaev M.K. «Fundamentals of urban planning economy» T. 2002y.7. Ahmedov A., Adilov U. Today is prosperous, tomorrow is bright// The truth of Jizzakh. – 2014. – #1-2 (5414-5415).8. Kamolov T. Jizzakh will become a beautiful city // The truth of Jizzakh. – 2014. – No. 16 (5429).9. The colored fountain with music brings a good mood to the residents and visitors of our city // The truth of Jizzakh. – 2015. – No. 71 (5591).10. Ismailov M. A city that is becoming a prosperous destination // The reality of Jizzakh. – 2015. – #70 (5590).11. New Year’s greetings of the governor of Jizzakh region to the people of the region // The reality of Jizzakh. – 2016. – January 1 (#1-2).12. «Khotirahiyoboni» in Jizzakhshahri was reconstructed // http://jizzaxtv.uz/2016/05/ [1]Қаранг.Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 4 dekabridagi “SHahar va shaharchalarning bosh rejalarini hamda qishloq fuqarolar yig‘inlari hududlarini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalarini ishlab chiqish va amalga oishirsh tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 286-sonli qarori [2]Babajanov A.R., Muqumov A.M., Sharipov S.R. Hududlarni rivojlantirish(o‘quv qo‘llanma). Т: 2019.340-б.   [3]Жиззах вилояти давлат архиви, 448-фонд, 3-рўйхат, 88-иш, 8- варақлар. [4]Жиззах вилояти давлат архиви, 448-фонд, 3-рўйхат, 88-иш, 9- варақ. [5]Жиззах вилояти давлат архиви, 448-фонд, 3-рўйхат, 40-иш, 19- варақ. [6]Жиззах вилояти давлат архиви, 448-фонд, 6-рўйхат, 70-иш, 2- варақ. [7]Жиззах вилояти давлат архиви, 448-фонд, 3-рўйхат, 88-иш, 24- варақ. [8]Қаранг.Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 4 dekabridagi “SHahar va shaharchalarning bosh rejalarini hamda qishloq fuqarolar yig‘inlari hududlarini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalarini ishlab chiqish va amalga oishirsh tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 286-sonli qarori [9]Аҳмедов А., Адилов У. Бугуни обод, эртаси нурафшон// Жиззах ҳақиқати. – 2014. – №1-2 (5414- 5415). [10]Камолов Т. Жиззах гўзал шаҳарга айланади // Жиззах ҳақиқати. – 2014. – №16 (5429). [11]Камолов Т. Янги уйлар қувончи // Жиззах ҳақиқати. – 2015. – №65 (5585). [12]Камолов Т. Вилоят фаолларининг йиғилиши // Жиззах ҳақиқати. – 2014. – №92 (5505). [13]Мусиқали рангли фаввора шаҳримиз аҳолиси ва меҳмонларига хуш кайфият бағишлаяпти // Жиззах ҳақиқати. – 2015. – №71 (5591). [14]Исмоилов М. Обод манзилга айланаётган шаҳар // Жиззах ҳақиқати. – 2015. – №70 (5590). [15]Жиззах вилоят ҳокимининг вилоят аҳлига Янги йил байрам табриги // Жиззах ҳақиқати. – 2016. – 1 январь (№1-2). [16]Жиззахшаҳридаги «Хотирахиёбони» қайта реконструкция қилинди // http://jizzaxtv.uz/2016/05/ [17]Маликов М. Бунёдкорлик – даврталаби// http://jizzax.adliya.uz/jizzax/uz/news/detail.php?ID=21389