Xudoyorov O‘ktam Boyzaqovich
Jizzax davlat pedagogika universiteti
Tarix fakulteti umumiy tarix o’qituvchisi
Mustaqillik yillarida Oʼzbekistonda tarix fani rivojlanishning yangi bosqichiga koʼtarildi va ijtimoiy tarix bilan bogʼliq tadqiqotlar koʼlamining kengayishiga olib keldi. “Hаr qаndаy svilizаtsiyа ko‘plаb millаtlаr, хаlqlаr, elаtlаr hаrаkаtining vа sezilаrli tа’sirining mаhsulidir. Qisqа qilib аytgаndа, bosqinchilаr, ko‘chmаnchilаr kelib ketаverаdi, аmmo хаlq boqiy bo‘lib qolаverаdi, uning mаdаniyаti аbаdiy yаshаydi” (I.А.Kаrimov. “Tаriхiy хotirаsiz kelаjаk yo’q”. N. “Shаrq” 1998, 4-bet.)
[1]Oʼzbekiston davlatchiligi va xalqi tarixini oʼrganishning dolzarbligi Oʼzbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoevning bir qator maʼruzalaridan oʼrin olgan boʼlib, bu haqda “Barchamizga ayonki, el-yurtimiz asrlar davomida ozod va erkin hayotni, adolatli jamiyatni orzu qilib yashadi. Bu muqaddas maqsad yo‘lida jon olib, jon berib kurashdi, mashaqqatli sinovlarni mardona yengib o‘tdi
. Mustaqillik davrida O‘zbekistoning ko‘plab vohalari kabi Gallaorol tumani o‘zining tarixi va iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishning o’ziga xos yo’lini bosib o‘tgan.
G‘allaorol tumani 90 dan ortiq umumiy ta’lim, bolalar musiqa maktablari, kasb-hunar kollej-lari, tuman markaziy kutubxonasi va uning tarmoqlari, 11 madaniyat uyi, 15 klub muassasasi mavjud. Xotira bog‘i barpo etilgan. Stadion, sport zallari va boshqa sport inshootlari bor. Tuman markaziy kasalxonasi, 4 polikli-nika, tukruqxona, 55 feldsher-akusherlik punkti, 10 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, dorixonalar aholiga xizmat ko‘rsatadi. Tuman hududidan Katta O‘zbekiston trakti o‘ttan. Oydinsoy (mil. av. I asr), Qo‘ng‘irtepa, Shahidtepa (I asr), Almantepa, Jalmantepa, Lapaktepa, Nushkent kabi tarixiy arxeologik yodgorliklar bor.
Mil. IV -V asrlarda hozirgi G’allaorol vohasi hududi Ustrushona mahalliy davlat tarkibida bo’lgan. IV – V asrlarda Ustrushona mustaqil mahalliy davlat sifatida faoliyat ko’rsata boshagan.
G’allaorol tumani sanoati. Dastlabki maʼlumotlarga asosan joriy yilning yanvar-dekabr oylarida Gʼallaorol tumanida faoliyat koʼrsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 133,1 mlrd.soʼmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va oʼtgan yilning mos davriga nisbatan oʼsish surʼati 111,8 % ni tashkil etdi.
Hisobot yilida 100,8 mlrd. soʼmlik isteʼmol tovarlari ishlab chiqarilib, 2018 yil yanvar-dekabrga nisbatan 106,2 foizni tashkil etdi. Jumladan, 40,3 mlrd. soʼmlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilib umumiy hajmga nisbatan 40 % ni tashkil qilib, 60,4 mlrd. soʼmlik nooziq-ovqat mollari (2018 yil yanvar-dekabrga nisbatan mos ravishda 102,2 foiz tashkil qildi (G’allaorol tumani statistika bo’limi. 2019).
Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz ichki bozorini tovar va xizmatlar bilan taʼminlashda, aholi bandligi va real daromadlarini oshirishda, resurslarni oqilona taqsimlash va ulardan samarali foydalanishda, ijtimoiy guruhlar daromadlarining nomutanosibligini kamaytirishda, iqtisodiyotning turli tarmoqlari oʼrtasidagi oʼzaro aloqalarni yaxshilashda katta ahamiyatga ega boʼlib, islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy katalizatori hisoblanadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼektlari bozor konʼyunkturasi oʼzgarishlariga ham, isteʼmolchi talabi oʼzgarishlariga ham tez moslashishga qodir boʼlib, isteʼmol bozoridagi muvozanatni ushlab turishda muhim rolь oʼynaydi, shuningdek, raqobat muhitining shakllanishiga xizmat qiladi. Joriy yilning yanvar-dekabr oylarida tumanda 133,1 mlrd.soʼmlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishi amalga oshirilgan boʼlib, shundan 133,1 mlrd.soʼm kichik biznes subʼektlari tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti tashkil qilganligini koʼrishimiz mumkin.
Davlat va xususiy sektorning oʼzaro munosabati mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy barqaror vaziyatni taʼminlashda xususiy biznesning manfaatdorligini oshirishda katta xizmat qiladi. Oʼz navbatida, mamlakatimizda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish borasida olib borilayotgan islohotlar natijasi oʼlaroq Gʼallaorol tumanida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida nodavlat sektorning ulushi salmoqli ekanligini koʼrish mumkin. Tarmoq korxonalari tomonidan joriy yilning yanvar-dekabr oylarida 6,3 mlrd. soʼmlik mahsulotlar ishlab chiqarildi, shuning bilan birga davlat sektorida 0,48 mlrd. soʼmlik mahsulot ishlab chiqarilib nodavlat sektorida 132,7 mlrd. soʼmlik mahsulot ishlab chiqarish, tashkil etdi (G’allaorol tumani statistika bo’limi materiallari).
Rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi shuni koʼrsatadiki, sanoat mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim oʼrin tutadi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib Jizzax viloyati va tumanlarda ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti hajmini tumanlararo hamda tumanlarni shahar koʼrsatkichlari bilan taqqoslash orqali tahlil qilish, sanoat mahsulotini aholi jon boshiga toʼgʼri keladigan miqdori dinamikasini ko’zatib borish, hududlardagi ustuvor vazifalarni va oʼsish nuqtalarini belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. Oʼz navbatida joriy yilning yanvar-dekabr oylarida Gʼallaorol tumanida sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishi 133,1 mlrd.soʼmni tashkil etib, mazkur koʼrsatkich Jizzax viloyatining jami sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishida 111,8 % tashkil etdi. Tumanda ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti hajmi aholi jon boshiga 785,5 ming.soʼmni yoki oʼtgan yilning mos davriga nisbatan oʼsish surʼati 109,6 % ga yetkazilganligini kuzatishimiz mumkin. Shuningdek, tumanda isteʼmol tovarlari ishlab chiqarilishi 100,8 mlrd.soʼmni tashkil qilib, Jizzax viloyatining jami isteʼmol tovarlari ishlab chiqarilishida 4,4% tashkil etdi. Tumanda ishlab chiqarilgan isteʼmol tovarlari aholi jon boshiga 594,4 ming.soʼmni yoki oʼtgan yilning mos davriga nisbatan oʼsish surʼati 104,1% ga yetkazilganligini kuzatishimiz mumkin.
Gʼallaorol tumanida xizmatlar sohasining oʼsish suratlari. Xizmatlar sohasini rivojlantirish ijtimoiy yoʼnaltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatda olib borilayotgan bozor islohotlari jamiyatni rivojlantirishning eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini hal qilishda xizmat koʼrsatish sohasining rolini oshirishga katta taʼsir koʼrsatadi. Xizmatlarning xilma-xilligi aholining katta qismini hayot sifatini va farovonligini yaxshilash imkonini beradi. Natijada, 2019 yil yanvar-dekabr oylarida xizmatlar ishlab chiqarish hajmi 250,6 mlrd. soʼmni tashkil etdi. Oʼsish surʼati oʼtgan yilning mos davriga nisbatan 111,7 % ni tashkil etdi.
Gʼallaorol tumanida eng katta xizmat hajmi savdo xizmatlari (103,5 mlrd. soʼm) va transport xizmatlari (80,0 mlrd. soʼm)ga toʼgʼri keladi. Eng kichik xizmat hajmi esa moliyaviy xizmatlar (0,2 mlrd. soʼm) va aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (0,2 mlrd. soʼm)ga toʼgʼri keladi. Gʼallaorol tumani boʼyicha yuqori ulush savdo xizmatlari (41,3 %) va transport xizmatlari (31,9 %)da qayd etildi.
Uncha yuqori boʼlmagan ulush boshqa xizmatlar (1,8 %), sogʼliqni saqlash sohasidagi xizmatlar (1,2%), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (0,1 %) va moliyaviy xizmatlar (0,1 %)da qayd etildi Gʼallaorol tumanida oʼtgan yilning mos davriga nisbatan yuqori oʼsish surʼatlari aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (166,3 %), sogʼliqni saqlash sohasidagi xizmatlar (133,8 %) va taʼlim sohasidagi xizmatlar (117,8 %) da qayd etildi.
Uncha yuqori boʼlmagan oʼsish surʼatlari boshqa xizmatlar (94,7 %) va moliyaviy xizmatlari (97,8 %)da qayd etildi. Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri maʼlumotlariga koʼra, Gʼallaorol tumanida 2020 yil 1 yanvar holatiga roʼyxatga olingan yuridik shaxslar soni 1 394 tani tashkil qilib, shundan 1 370 tasi yoki 98,3 foizi faoliyat koʼrsatmoqda.
Iqtisodiy faoliyat turlari boʼyicha roʼyxatga olingan korxona va tashkilotlarning asosiy qismi savdo 307 ta (22,0 foizi), sanoat 259 ta (18,6 foizi), qishloq, oʼrmon va baliq xoʼjaligi 178 ta (12,8 foizi) va qurilish 106 ta (7,6 foizi) va sohalariga toʼgʼri keladi. Roʼyxatga olingan korxonalar umumiy sonining – 12,8 foyzi davlat mulkini tashkil etib, qolgan – 87,2 foizi nodavlat mulki shaklidagi korxonalar, shundan 42,0 foizi xususiy korxonalar, – 1,0 foizi chet el sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar, – 44,2 foizi boshqa korxonalar ulushiga toʼgʼri keldi.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, Gʼallaorolning qadimiyati haqidagi maʼlumotlar XX asr tarixchilaridan biri Ibroxim Ibn Muhammad al-Istaxriyniig «Mamlakatlarning masofalari» kitobida, Ibn Xavqal, Muqaddasiylar asarlarida, Zaxiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» asarida, akademik Ya. G’ulomov, tarixchi arxeolog olim M. Masson, boshqa qator tarixchi olimlarning asarlarida bayon qilingan. Istaxriy, Ibn Xavqal, Muqaddasiylarning yozishicha, Sugʼddan Shosh (Toshkent) ga olib boradigan yo’l yoqasida Xarakana shahri joylashgan. U Ustrushona davlati tar kibiga kiruvchi Xarakana viloyatining bosh shahri edi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
- I.А.Kаrimov. “Tаriхiy хotirаsiz kelаjаk yo’q”. N. “Shаrq” 1998, 4-bet.
- G’allaorol tumani statistika bo’limi materiallari
[1] I.А.Kаrimov. “Tаriхiy хotirаsiz kelаjаk yo’q”. N. “Shаrq” 1998, 4-bet.