Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Munosabat

16 dekabr kuni   https://t.me/TalabaUz  ijtimoiy tarmog‘ida joylashtirilgan murojaatga Jizzax davlat pedagogika isntitutining Munosabati “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining dunyoviy ta’lim olish huquqi, ularning dinga bo‘lgan munosabatidan qat’i nazar, ta’minlanadi” degan band belgilab qo‘yilgan. Qolaversa, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning eng asosiy tamoyillaridan biri bo‘lgan ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi haqidagi qoidani aslo yoddan chiqarmaslik lozim. Har bir ta’lim muassasasi o‘zining yuqori turuvchi organi orqali (oliy o‘quv yurtlarida Institut Kengashi) kiyinish tartibi va tamoyillarini o‘zi mustaqil belgilaydi. Shu bois Jizzax davlat pedagogika institutining 2021 yil 1 dekabrdagi institut Kengashining qarori bilan “ODOB-AXLOQ KODEKSI” tasdiqlangan. Mazkur “Odob ahloq kodeksi” ning 11-moddasi   2-bandida qo‘yidagi jumla kiritilgan: “Institut xodimi, talabasi va doktoranti bo‘lgan xotin-qizlari diqqatni tortadigan, xususan, tanani shaffof ko‘rsatib turadigan, yelka, ko‘krak va qorin, tizzadan yuqori qismlari ochiq qoladigan hamda haddan ziyod tor kiyimda, shuningdek, quloqchinlar, quloq va barmoqlardan tashqari tananing turli qismlariga turli zirak yoki metall buyumlar bilan, tanasining ko‘rinib turadigan qismida pirsing yoki tatuirovkada oliy ta’lim muassasasiga kelishlari mumkin emas. Shuningdek, talabalarning universitetga kelishi ruxsat etilgan formasiga turli din va konfessiyalar hamda submadaniyatlarga mansublikni aks ettiruvchi elementlarni (kipa, hijob, kashaya, xoch va boshqalar) qo‘shishga yo‘l qo‘yilmaydi. Mazkur kodeksning tegishli bandi bilan nafaqat xijob balki kipa, kashaya va xoch taqib kelish kabi holatlari ham rad qilingan. Sababi, oliy ta’lim muassasasi diniy muassasa (ibodatxona, masjid yoki diniy libos kiyishga ruxsat etilgan diniy ta’lim muassasasa) emas. 2021 yil 16 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan audio yozuvda ma’sullar (S.Soipov, Z.Abduvalieva, L.Ibragimovalar) tomonidan talaba-qizga odob-ahloq kodeksining tegishli bandi bo‘yicha tushuntirish ishlari amalga oshirilayotgani qayd etilgan. O‘sha kuni professor-o‘qituvchilar nafaqat diniy marosim kiyimi (xijob) balki boshqa yo‘sinda kiyim, zargarlik buyumlari (taqinchoq va bezaklar) kelgan talablarga ham tanqidiy munosabatlarini bildirishgan. Audioyozuvga murojaatchi bir tomonlama yondashgan, mazkur holatda umumiy kiyinish madaniyati xususidagi fikrlar inobatga olinmagan. Vaziyatga baho berishda xolis yondashuv bo‘lsa maqsadga muvofiq bo‘lardi. Yuqoridagi holat bo‘yicha institut ma’muriyati tomonidan qo‘shimcha o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish natijalari bo‘yicha institut veb sahifasida axborot beriladi.