Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

MOOC kurslariNING BUGUNGI DUNYO TA’LIM XIZMatlari bozoridagi o’rni

Hamdam Toshpo’latov Bekmuhammadovich O’qituvchi Jizzax Davlat pedagogika instituti  Rezyume MOOClar – bu axborotlashgan jamiyat mahsuloti bo’lib, u to’plangan bilimlarning ochiqligini va dunyoning turli mamlakatlaridagi odamlarning o’zaro aloqasini tashkil etish imkoniyatini ta’minlashga qaratilgan. MOOClar yaratilish hodisasi jamoatchilik va oliy o’quv yurtlarida katta qiziqish uyg’otdi. Ushbu maqoladagi materialda masofaviy o’qitishning MOOClar yo’nalishi tushunchasi, uning paydo bo’lish bosqichlari, MOOClar larni omma e’tiboriga taqdim etuvchi provayderlar va MOOClarning bugungi kundagi foydalanuvchilar auditoriyasi xolati xaqida fikrlar yuritiladi.   Aннотация Массовые открытые онлайн курсы — продукт информационного общества, получившийся в стремлении обеспечить открытость накопленных знаний и возможности организации взаимодействия людей из разных стран мира. Феномен МООК привлекает значительный интерес со стороны общественности и высших учебных заведений. В этой статье обсуждается концепция MOOC в дистанционном обучении, этапы его появления, поставщики MOOC для общественности и текущее состояние пользовательской аудитории MOOC.   Abstract MOOCs are a product of an informed society that aims to ensure the openness of accumulated knowledge and the ability to organize interactions between people in different countries around the world. The phenomenon of creating MOOCs has aroused great interest in the public and in higher education institutions. This article discusses the concept of MOOC in distance learning, the stages of its appearance, MOOC providers for the public and the current state of the MOOC user audience.   Tayanch so’zlar: Ommaviy ochiq onlayn kurslar, MOOClar provayderlari, Coursera, edX, Udacity, FutureLearn, Class Central, MOOCReport. Ключевые слова: Массовые открытые онлайн курсы, провайдеры МООК, Coursera, edX, Udacity, FutureLearn, Class Central, MOOCReport. Keywords: Massive Open Online Courses, MOOCs providers, Coursera, edX, Udacity, FutureLearn, Class Central, MOOCReport.   “Agar mendan sizni nima qiynaydi?” deb so‘rasangiz, farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman. Shavkat Mirziyoyev   Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi bo’lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo’lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, unga ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish va ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2909-son qarori ta’lim tizimini tubdan yaxshilashga, xalqaro standartlar darajasida kadrlarni tayyorlash mazmun-mohiyatini tubdan qayta ko‘rib chiqishga yangi turtki bo‘ldi. Ma’lumki, uzluksiz ta’lim tizimi jamiyatning ma’naviy va intellektual salohiyatini kengaytiradi, davlatning ijtimoiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyotini takomillashtirish omili sifatida ishlab chiqarishning barqaror rivojlanishini ta’minlaydi; har bir inson uchun axborot texnologiyalarining tez almashinuvi jarayonida o’z kasbiy tayyorgarligini, mahoratini kuchaytiradi. Uzluksiz ta’lim – chuqur, har taraflama asosli ta’lim-tarbiya berish, mutaxassis kadrlar tayyorlashning turli-tuman shakl, usul, vosita, uslub va yo’nalishlarining mukammal uyg’unligidan iboratdir. Uning turli komponentlari orasidagi o’zaro aloqadorlik, muayyan usul va uslublarning ta’lim sharoitiga oqilona tadbiq etilishi uzluksiz ta’lim sifatini ta’minlaydi. Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanish xolati, birinchi navbatda, jamiyatning intellektual salohiyatiga, jumladan, ta’lim sohasining rivojlanishiga bog’liq. Ta’lim mazmuni va sifati masalalari jamiyatda ustuvor yo’nalish sifatida ko’rilmoqda. Dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida ta’limni axborotlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, ta’limni rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish yo’llari izlanmoqda, ta’limda yangi axborot texnologiyalarini joriy etish masalasi ommalashmoqda. Yaxshi tayyorlangan masofali o’qitish kursi talabalrga nafaqat ma’ruza matnini va boshqa o’quv materiallarini taqdim qiladi, balki o’quv jarayonini talabalar uchun qulay va qiziqarli tarzda tashkil qiladi. Shuni ta’kidlash kerakki faqat va faqat fanlarga bo’lgan kuchli qiziqish ularni o’rganishga bo’lgan kuchli hoxishni paydo qiladi va mana shu hoxish orqali talabalarning fanni o’zlashtirish darajalarini oshirish mumkin. Shuning uchun elektron ta’lim shakllaridan biri MOOClar haqida to‘xtalmoqchimiz. Dunyo bo’ylab talabalar jamoatchiligini qamrab olgan MOOCning tez o’sib borayotgan tendentsiyasini muhokama qilishdan oldin, MOOC- abbreviaturasi nimani anglatishini tushunishimiz muhim. MOOC bu –Massiv Open Online Courses(Ochiq Ommaviy Online Kurslar) jumlasining bosh harflaridan olingan. MOOC- bu juda ko’p sonli odamlarga internet global tarmog’i orqali bepul taqdim etiladigan o’quv kurslaridir. Ushbu kurslarni dunyodagi eng nufuzli masalan MIT, Garvard, Kembrij va boshqa ko’plab universitetlar tomonidan ham taklif qilinayotganligi muhim axamiyatga ega. MOOC ning yaratilishining eng oddiy sabablaridan biri undan dunyoning istalgan burchagidagi istalgan kishi foydalana olishidadir. Siz MOOC yordamida dunyoning eng yaxshi universitetlari va professorlarining o’quv kursi materiallari va o’quv qo’llanmalaridan bilimlaringizni boyitish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Bu kurslarning aksariyat qismi bepul va  qulay vaqtda va joyda o’rganish imkoniyatiga egaLIGIDIR. Onlayn o’rganishning eng yaxshi tomoni shundaki, har qanday mavzu yoki kursda bilim olish, kurslarda qatnashish hech qanday test yoki imtixonlar topshirish talab etilmaydi. Tanlagan sohalar bo’yicha turli darajadagi kurslar mavjud, masalan yangi boshlovchilar uchun- boshlang’ich daraja kurslari, soha bo’yicha boshlang’ich bilimlarga ega bo’lgan o’quvchilar uchun esa- yuqori darajadagi kurslar. MOOC kursida qatnashish orqali dunyodagi talabalar bilan o’zaro muloqot va suhbatlar o’tkazish imkoniyati mavjud. Forumlar, taqrizlash va real vaqtda muhokamalar bugungi kunda mavjud bo’lgan Mooc kurslarining asosiy xususiyatlaridan biridir. Shuningdek, kurs o’qituvchilari talabalarni kursga qabul qilingan boshqa talabalarning ishlariga konstruktiv fikrlar bildirishga undaydilar. Bu maqsadga erishish hissini rivojlantirishga va jamoaviy o’rganish kontseptsiyasiga hissa qo’shishga yordam beradi. MOOClarning bugungi kundagi xolati raqamlarda qanday aks etayotganligini tahlil qilib ko’raylik. Buning uchun Class Central kompaniyasining (https://www.classcentral.com/) jamlagan statistik ma’lumotlaridan foydalanamiz. Class Central- bu online kurslar jadvalini shakllantirib borish faoliyati bilan shug’ullanadigan kompaniyadir. Ular foydalanuvchilarga o’zlariga kerakli kurslarni topishlari oson bo’lishi uchun deyarli barcha mavzular bo’yicha kurslarni provaderlardan yig’ib o’zlarida jamlashadi va taqdim etishadi. Class Central kurslar ro’yxatidan tashqari, MOOC va onlayn ta’limning umumiy holatini ham kuzatib boradi. Ularning MOOCReport nashri onlayn kurslar haqidagi statistik hisobotlarni yig’ib, tahlil qilib va yakunda foydalanuvchilarga yillik xisobotlarni taqdim qilib boradi. 2019 yil oxirida MOOC kurslari foydalanuvchilari soni 110 million o’quvchiga yetdi. 2019 yildning o’zida  provayderlar 2500 dan ortiq kurslarni, 11 onlayn darajalarni va 170 mikrokredit(sertifikat)larni foydalanuvchilarga taqdim etdi. 2019 yil oxiriga qadar 13500 ta online kurslar dunyoning 900 dan ortiq universitetlari tomonidan e’lon qilinib, ishga tushirildi. Birgina 2019 yilning o’zida 450 ta universitet tomonidan 2500 ga yakin kurslar ochildi. Hozirda MOOC-ga asoslangan ilmiy darajalarning umumiy soni 50 taga yetdi. Ushbu raqamga Udacity-da taqdim etiladigan va 9000 dan ortiq talabalarni qamrab oladigan Georgia Techning informatika bo’yicha onlayn  (OMSCS) magistrlik darajasi ham kiradi. Hozirda MOOC asosidagi mikrokreditlarning umumiy soni 800 dan oshdi. 2019 yilda 10 xil turdagi 170 dan ortiq yangi mikrokreditlar ishga tushirildi. 2018 yilda bu ko’rsatkich 120 ta edi. 2019 yilda kurslarni fanlar bo’yicha taqsimoti o’tgan yilga nisbatan deyarli o’zgarmadi. Kurslarning qirq foizi pul ishlash uchun nisbatan osonroq bo’lgan – biznes va texnologiya sohalariga tegishli.     Yuqorida keltirilgan statistik ma’lumotlarga tayanib ko’pchilik OOOKni oliy ta’limning kelajagi deb hisoblashayapti, ammo bu fikrda haqiqatning ulushi  qanchalik ko’p ekanligi munozarali masala. Shu bilan birga, ba’zi universitetlar OOOK kurslarini muvaffaqiyatli tugatgandan so’ng sertifikatlar va ilmiy darajalar berish masalasini ko’rib chiqishni boshlaganliklarini hisobga olib, OOOKlar oliy ta’limning kelajagi degan fikr haqiqatga ancha yaqin degan xulosaga kelishimiz mumkin.     Foydalanilgan adabiyotlar
  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida O’zbekiston Respublikasi qonun ҳujjatlari to’plami, 2017 y., 6-son, 70-modda.
  2. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. – Тошкент : O’збекистон, 2017.
  3. E-learning: concepts, trends, applications. Corporation Trust Center by Epignosis LLC 2013.
  4. Ainoutdinova, I.N., Blagoveshchenskaya, A.A. (2017). The potential of Massive Open Online Courses (MOOCs) for revival of distance education in Russia [The Open-Air Courses (MOOCs) for the revival of distance education in Russia] // ICERI2017 Proceedings, Seville, Spain, Pp. 8335–8344. (In Russian)
  Internet saytlar
  1. http://uz.infocom.uz/2018/07/27/ozbekistonda-masofadan-oqitishning-innovatsion-texnologiyalari/
  2. https://www.xabar.uz/uz/talim/bu-qanday-amalga-oshiriladi
  3. https://www.classcentral.com/report/mooc-stats-2019/
  4. https://www.jagranjosh.com/articles/mooc-courses-reasons-for-their-gaining-popularity-and-importance-1514456933-1