Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

MAKTAB TA’LIMI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA MOBILLI O‘QITISHNING ROLI

 Begbo’tayev Azzam Eshpo’latovich Jizzax davlat pedagogika universiteti, (PhD)  Annotasiya Jahon ta’lim sohasidagi rivojlanish tendensiyalari axborotlashgan jamiyatda o‘qitishning zamonaviy didaktik vositalarini kengroq joriy etish va ularning samaradorligini yanada oshirishning dolzarbligini ko‘rsatmoqda. Shuningdek, maktab ta’limida o’quvchilarda fanga bo‘lgan motivatsiyani kuchaytirish uchun pedagogik, mobil va axborot texnologiyalari integratsiyasidan foydalanib darslarning yangicha usullarni tadbiq etishni taqozo etmoqda. Kalit so‘zlar: BYOD modeli, m-learning, mobil texnologiyalar, SAMR modeli, Mobile Blended learning.   РОЛЬ МОБИЛЬНОГО ОБУЧЕНИЯ В ПОВЫШЕНИИ ЭФФЕКТИВНОСТИ ШКОЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ   Аннотация Тенденции развития мирового образования демонстрируют актуальность более широкого внедрения современных дидактических средств обучения и их возрастающей эффективности в информационном обществе. Также требуется внедрение новых методов обучения с использованием интеграции педагогических, мобильных и информационных технологий для повышения мотивации учащихся к науке в школьном образовании. Ключевые слова: модель BYOD, мобильное обучение, мобильные технологии, модель SAMR, мобильное смешанное обучение.   THE ROLE OF MOBILE TEACHING IN INCREASING THE EFFICIENCY OF SCHOOL EDUCATION   Annotation The development trends in the field of education in the world show the urgency of the wider introduction of modern didactic tools of teaching in the information society and further increase their effectiveness. It also requires the introduction of new teaching methods using the integration of pedagogical, mobile and information technologies to increase students ’motivation for science in school education. Keywords: BYOD model, m-learning, mobile technology, SAMR model, Mobile Blended learning.   Bugungi kunda jahonda internet va mobil texnologiyalardan foydalanuvchilar soni tobora ortib bormoqda. Xalqaro elektroaloqa ittifoqi jahon axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bozori bo‘yicha yangi statistik ma’lumotlarni e’lon qildi, ya’ni jahonda mobil internet foydalanuvchilari soni tahminan 4,9 mlrdga (63%) yetdi[1]. Respublikamizda internet xizmatidan foydalanuvchilar soni 27,2 milliondan oshgan, shundan mobil internet foydalanuvchilari soni 25,3 million kishini tashkil etmoqda. Bugungi kunga kelib 95 % aholi maskanlari mobil internet bilan qamrab olingan, 54 % uy xo‘jaliklariga yuqori tezlikdagi internetga ulanish imkoni yaratilgan.[2] Mobil qurilmalar soni shubhasiz, dunyo aholisi sonidan tezroq o‘sib bormoqda. Cisco kompaniyasi o‘zining 2020 yil mart oyida chop etilgan yillik Internet hisobotida (2018–2023) 2023 yil oxiriga kelib smartfonlar ikkinchi eng tez o‘sishga ega bo‘lishini bashorat qilmoqda. Mobil obunalar yiliga o‘sish sur’ati 2 foizga oshadi. Bu shuni anglatadiki, 2023 yilda dunyo aholisining 70% dan ortig‘i mobil telefonga ega bo‘ladi[3]. Mobil texnologiyalardan samarali foydalanish ta’limning ayrim dolzarb muammolarini hal qilishga yordam berishi mumkin. Mobil qurilmalar imkoniyatlari doimiy ravishda o‘sib borar ekan, ulardan o‘qitish vositasi sifatida keng foydalanish o‘ziga xos ayrim muammolarni hal etishni taqozo etadi. Mobil texnologiyalar keng rivojlanib, ko‘pchilik insonlar hayotining ajralmas qismiga aylanganligi sababli, uzluksiz ta’lim tizimida integrativ yondashuv asosida chuqurlashtirilgan ta’limni mobilli o‘qitish yordamida tashkil etish mazmunini yanada yuksak samaralar berishi shubhasizdir. Mobil qurilmalar odatda o‘z egalarining kun bo‘yi ixtiyorida bo‘ladi va sozlash uchun ko‘plab xususiyatlarga ega. Shuning uchun mobil texnologiyalar statsionar va axborot almashish texnologiyalariga qaraganda shaxsiylashtirish uchun ko‘proq imkoniyatlar beradi. Mobil texnologiyalar o‘zining ajoyib portativligi va nisbatan arzonligi tufayli adaptiv hamda shaxsiylashtirilgan ta’lim imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi. Har qanday axborot – kommunikatsiya texnologiyalari singari, mobil texnologiyalar ham keraksiz resurslar va materiallarga kirish uchun ishlatilishi mumkin. Mobil qurilmalardan noto‘g‘ri foydalanish salbiy xatti-harakatlarga olib kelishi mumkin, ya’ni, qo‘rqitish, tajovuzkor yoki jinsiy xarakterdagi xabarlarni yuborish, ijtimoiy xavfli shaxslar bilan muloqot qilish. Bu holat gender va boshqa har qanday tengsizlikni kuchaytirishi mumkin. Biroq, ta’lim muassasalarida mobil texnologiyalarga yetarlicha e’tibor berilmagani yoki ular butunlay ta’qiqlanganligi sababli o‘qituvchilar o‘quvchilarga mobil qurilmalardan mas’uliyat bilan foydalanishni o‘rgatish imkoniyatiga ega emas. Maktablar eng mos va ko‘p hollarda o‘quvchilar mobil qurilmalardan to‘g‘ri va samarali foydalanish tamoyillarini o‘rganishlari mumkin bo‘lgan yagona joydir. YUNESKO tomonidan statistik ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, rasmiy ta’limda mobil texnologiyalardan foydalanishni taqiqlash hech qanday tarzda yoshlarning buni davom ettirishiga to‘sqinlik qilmaydi. Aksincha, maktablar o‘quvchilarning mobil qurilmalardan xavfsiz foydalanish tamoyillari haqida xabardorligini oshirishi aloqa va tegishli ma’lumotlarga ochiq kirish, shuningdek, uzoq muddatli foydalanish yoki Internetga qaramlik bilan bog‘liq xavflarni kamaytirishi kerak.[4] Shuni ta’kidlash ham joizki, mobil texnologiyalardan foydalanish bilan bog‘liq salomatlik uchun potentsial xavflar mavjud, masalan, kichik ekranlardan ko‘zning zo‘riqishi yoki elektromagnit nurlanish ta’siri. Ko‘pgina tadqiqotlar mobil texnologiyalar xavfsizligini ko‘rsatgan bo‘lsa-da, sog‘liq uchun qo‘shimcha xavflarni, ayniqsa mobil qurilmalardan uzoq vaqt foydalanish bilan bog‘liq xavflarni faol ravishda o‘rganish kerak. Mobil ta’lim o‘quv jarayonini joy va vaqtdan qat’iy nazar tashkil qilish uchun alohida va boshqa axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan birgalikda mobil texnologiyalardan foydalanishni nazarda tutadi. Ta’lim turli shakllarda bo‘lishi mumkin: mobil qurilmalar yordamida o‘quvchilar ta’lim resurslariga kirishlari, boshqa foydalanuvchilar bilan bog‘lanishlari, sinfda va sinfdan tashqari kontent yaratishlari mumkin. Mobil ta’lim o‘quv maqsadlariga erishish uchun zarur bo‘lgan tadbirlarni o‘z ichiga oladi, masalan, maktab tizimlarini samarali boshqarish, ta’lim muassasalari va o‘quvchilar oilalari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni o‘rnatib hamkorlikni amalga oshirish. Hozirgi vaqtda mobil ta’lim (m-learning) kabi ko‘chma raqamli qurilmalardan foydalangan holda o‘rganish bilim olish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha kundalik faoliyatni qamrab oladi. Ta’lim innovatsiyalarini o‘rganish ta’lim tadqiqotlarida tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda[5]. Mobil texnologiyalar ta’lim muassasalariga o‘rganishda moslashuvchanlik, hamma joyda bo‘lish va ko‘chma kabi xususiyatlardan foydalanish imkonini beradi, bu esa yangi raqamli davrda o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun katta foyda keltiradi[6]. Mobil ta’limni keng ma’noda «ta’lim va o‘rganishni osonlashtirish, qo‘llab-quvvatlash, kengaytirish uchun simsiz va mobil telefon tarmoqlari bilan birga hamma joyda qo‘lbola texnologiyalardan foydalanish» deb ta’riflash mumkin. Mobil ta’lim har qanday joyda, istalgan vaqtda, jumladan, sinflar kabi an’anaviy o‘quv muhitlarida, shuningdek, ish joylarida, uyda, jamoat joylarida va tranzitda amalga oshirilishi mumkin.[7] Hozirgi vaqtda mobil ta’limda o‘zlarining qurilmalaridan foydalanish, ya’ni, BYOD (Bring Your Own Device) modeli keng tarqalgan. BYOD modeli eng ommabop, arzon va qulay bo‘lgan texnologiya bo‘lib, qurilmani sotib olish, unga texnik xizmat ko‘rsatish va tarmoqqa kirish xarajatlarini foydalanuvchilarning o‘zlari to‘laydilar. Natijada, BYOD loyihalari ko‘pchilik mobil qurilmalarga ega bo‘lgan joylarda tezda amalga oshirilishi mumkin[8]. R.Ballagasning “BYOD – Bring Your Own Device” (“O‘z qurilmangizni o‘zingiz bilan olib keling”) asari nashr etilgandan so‘ng jahon pedagogik jamoatchiligi o‘quv mashg‘ulotlarida o‘quvchilar tomonidan gadjetlardan foydalanish masalasiga duch keldi[9]. BYOD konsepsiyasining g‘oyasi shundaki, o‘quv jarayonida mobil qurilmalardan foydalanishni taqiqlamaslik, aksincha, ruxsat berish kerak, bu esa talaba-o‘quvchilarni har tomonlama o‘z noutbuklari, planshetlari va smartfonlarini darslarga olib kelishga undaydi. Agar ta’lim muassasalarida ushbu qurilmalardan foydalanish ta’qiqlansa, ular o‘quvchilarni tobora ko‘proq jalb qiladi va ularni chalg‘itadi. So‘nggi yillarda ta’limda mobil va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga oid tadqiqotlar soni ortib bormoqda. Masalan, H.C.Chu va boshqalar mobil va simsiz aloqa texnologiyalaridan foydalanish tabiiy fanlarni o‘rganishda real va raqamli ta’lim resurslarini muvaffaqiyatli birlashtirishi mumkinligini ko‘rsatdi; biroq ular samarali mobil ta’lim faoliyatini loyihalash qiyinligini ham ko‘rsatdilar[10]. J.L.Shih va boshqalar shunga o‘xshash strategiyalarni qabul qildi va boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining tarixiy obidalarni o‘rganishini kuchaytirish uchun jismoniy muhit va raqamli resurslarni birlashtirgan so‘rovga asoslangan mobil o‘quv strategiyasini ishlab chiqdi, bu esa o‘quvchilarning o‘rganish samaradorligi va o‘qishdan qoniqishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi[11]. Texnologiya va ta’lim o‘rtasidagi vositachilik tendentsiyasi an’anaviy ta’lim modelini ko‘proq multimedia ta’lim resurslarini taqdim etish, shaxsiy yordam taklif qilish, qo‘shimcha shaxslararo o‘zaro ta’sirlarni yaratish va o‘quv faoliyatini sinfdan tashqariga kengaytirish yo‘lida tubdan o‘zgartirdi. Shu sababli, texnologiyaning sinfdagi o‘rni va ta’siri tadqiqotchilarning qiziqishini oshirib, ta’lim natijalariga ta’sir qiluvchi: sinfdagi o‘zaro ta’sir va o‘quvchilarning o‘rganish motivatsiyasi; o‘qituvchilarning texnologiyaga bo‘lgan ko‘nikmalari va munosabatlari kabi mavzularni qamrab oladi. Sinfda mobil qurilmalardan foydalanishning ta’sirini muhokama qilishda qurilmaning o‘zi emas, balki amalga oshirilgan harakatlar va ularda sodir bo‘lgan kontekst muhim omillardir. Potensial faoliyatning kengligini hisobga olgan holda, tadqiqotchilar faoliyatni tasniflash va taqqoslash uchun asos qidirdilar. Bunday modellardan biri Puentedura tomonidan ishlab chiqilgan SAMR modelidir (1-rasm). 1-rasm. Puenteduraning SAMR modeli SAMR modeli – kompyuter texnologiyalarining ta’limga ta’sirini tahlil qilishdir. U to’rt bosqichdan (Substitution, Augmentation, Modification, Redefinition) iborat bo’lib, bunda innovatsiyalar ta’limning bir qismiga aylanadi. SAMR modeli texnologiyalardan foydalangan holda bajariladigan faoliyatni ular almashtiriladigan kundalik faoliyat bilan taqqoslaydi (masalan, qog‘ozli kitob emas, elektron kitobni o‘qish) hamda texnologiyadan foydalanishni o‘rganish tajribasiga nima qo‘shganini so‘raydi[12]. R.R.Puentedura to‘rtta faoliyat darajasini taklif qiladi: Almashtirish (Substitution): texnologiya an’anaviy vositalar yoki sinfdagi mashg‘ulotlar o‘rniga qo‘llaniladi, masalan, darslikning qog‘oz nusxasini emas, balki onlayn elektron variantini o‘qish. Kengaytirish (Augmentation): texnologiya anʼanaviy vositalar o‘rnini bosadi, lekin ayni paytda topshiriq yozish uchun foydalaniladigan kompyuter matn protsessori kabi funksionallikni biroz yaxshilaydi, tasvirlar yoki diagrammalarni kiritish imkonini beradi. Ikkalasi ham ta’limni takomillashtirish hisoblanadi; O‘zgartirish (Modification): texnologiya sizga topshiriq uchun o‘z-o‘zini o‘rganish uchun Internetga kirish kabi faoliyatni sezilarli darajada boshqacha tarzda bajarishga imkon beradi. Qayta belgilash (Redefinition): texnologiya video, audio va boshqa ijodiy vositalardan foydalangan holda multimedia vositalarini yaratish kabi yangi, ilgari erishib bo‘lmaydigan harakatlarni amalga oshirish imkonini beradi. Ularning ikkalasi ta’limni o‘zgartiruvchi hisoblanadi. R.R.Puentedura amaliy nuqtai nazardan, modelni sinfdagi faoliyatlar spektri sifatida ko‘rish kerakligini ta’kidlaydi va o‘rganishni chinakam o‘zgartirish uchun texnologiyani qo‘llab-quvvatlaydigan faoliyat faqat bitta faoliyatni almashtirishdan ko‘ra ta’limni boshqasi bilan qayta belgilashga qaratilganligini taklif qiladi[13]. Sinfdagi har qanday yangilik barcha o‘quvchi-yoshlarga ko‘p yoki kamroq darajada ta’sir qilishi mumkin. Shuning uchun o‘qituvchilar o‘quvchilarning muvaffaqiyatini eng yaxshi tarzda qo‘llab-quvvatlashida yangi texnologiyalardan to‘g‘ri va samarali foydalanishga oid ko‘nikma hamda bilimlarga ega bo‘lishi juda muhimdir. Taklif etilayotgan tahlil bir qator sohalarda muhim ijtimoiy va amaliy ahamiyatga ega, jumladan: o‘quv rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish; maktablarni texnik ta’minlash; O‘qituvchilarning malakasini uzluksiz oshirish; Onlayn xavfsizlik. Ko‘rib chiqilgan tadqiqotlarga asoslanib mobil ta’lim faoliyatini amalga oshirishda Mobile Blended Learning – aralash mobil ta’lim strategiyasini ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish metodikasini tavsiya etamiz. Bunda dastlab quyidagi tayyorgarlik ishlari e’tiborga olinishi kerak bo‘ladi:
  1. Ta’lim mazmunini, jumladan o‘quv materiallarini, tarqatma va testlarni raqamlashtirish, ya’ni elektron variantga keltirish. O‘quv materiallarini kontent etkazib beruvchilari tomonidan taqdim etilishi tavsiya etiladi. Maktab o‘qituvchilari o‘quv varaqlarini ishlab chiqish va o‘quv faoliyatini loyihalashga e’tibor berishlari kerak.
  2. O‘quv muhitini, jumladan, simsiz tarmoq va serverni sozlash. Agar maktablar o‘quvchilarga Internetga kirish imkoniyatini bera olmasalar, ba’zi veb-ga asoslangan ma’lumotlarni qidirish vazifalari real ma’lumot qidirish vazifalari bilan almashtirilishi mumkin, masalan, kutubxonadan tegishli kitoblarni topish, kishilardan intervyu olish, so‘rovnomalar orqali ma’lumotlarni yig‘ish yoki muayyan hududlarda kuzatuvlar olib borish.
  3. Darslik mavzularini tekshirish va turkumlash. O‘qituvchilar o‘zlari o‘rgatadigan fanlarini o‘rganishlari va bo‘limlarni uchta o‘quv toifasiga, ya’ni an’anaviy o‘qitish, sinfda mobil o‘qitish va maydon ichidagi mobil ta’limga ajratish muhimdir. Buni 1-jadvalda keltirilgan mezonlarga rioya qilish orqali amalga oshirish mumkin.
1-jadval. Mobil ta’limda kurs birliklarining toifalari
Turkum Xususiyat yoki mezonlari
An’anaviy ko‘rsatma O‘quvchilarni qog‘oz va qalam bilan chizish yoki yozishga jalb qilish kerak. Darslik bo‘yicha bilimlarni o‘qituvchilarning ko‘rsatmasi orqali o‘quvchilarga o‘tkazish kerak. O‘quvchilar haqiqiy vosita yaratishlari kerak.
Sinfda mobil ta’lim O‘quvchilarga global jihatga ega bo‘lish, chuqur o‘ylash yoki darslikdagi mavzular haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun qo‘shimcha materiallar yoki kengaytirilgan ta’lim kerak. Darslardagi ba’zi masalalarni Internetda ma’lumot qidirish orqali qo‘shimcha tekshirishga arziydi. Agar darslik mavzularining mazmuni mavhum bo‘lsa, tarkibni simulyasiya dasturi bilan taqdim etish o‘quvchilarga uni tushunishga yordam beradi. Agar darslik mavzularining mazmuni zerikarli bo‘lsa, multimediya yordamida kontentni taqdim etish o‘quvchilarning o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirishi mumkin. O‘quv mazmunini o‘zlashtirish uchun operatsion amaliyotlar kerak.
Maydondagi mobil ta’lim O‘quvchilarni ba’zi real dunyo o‘rganish stsenariylarida joylashtirish ularga darslik mavzularining o‘quv mazmunini tushunishga yordam berishi mumkin. O‘quvchilarni ba’zi real dunyo o‘rganish stsenariylarida joylashtirish ularga darsliklardan olgan bilimlarini kundalik hayotlari bilan bog‘lashda yordam berishi mumkin. O‘quvchilar raqamli qo‘shimcha materiallar bilan haqiqiy dunyo o‘rganish maqsadlarini boshdan kechirishlari kerak. O‘quvchilarni o‘quv tizimidagi o‘quv qo‘llanmalari, qo‘shimcha materiallar yoki maslahatlar bilan haqiqiy dunyo muhitini o‘rganishga jalb qilish muhimdir. O‘quvchilar real dunyoda o‘rganish yoki real dunyo maqsadlarini kuzatishda Internetdan qo‘shimcha materiallarni izlashlari kerak. O‘quvchilar o‘quv tizimlari yoki Internetdan yordamlar bilan real maqsadlarni aniqlash yoki tasniflashni o‘rganishlari kerak.
  Mobil ta’limni maktabda joriy etish uchun aralash mobil ta’lim modeli, mobil ta’lim strategiyasi va maxsus veb-saytlarni yaratish lozim (2-rasm). O‘qituvchilarning o‘quv faoliyatini amalga oshirishlari uchun mobil ta’lim strategiyasi tasniflari quyidagilardir: boshqariladigan o‘rganish; kasbdoshlarni baholash; video almashish; sinxron almashish; muammoga asoslangan muhokama; xotira vositasi sifatida kompyuterlar; loyihaga asoslangan o‘rganish; raqamli hikoyalar; so‘rovga asoslangan o‘rganish va kontekstli mobil o‘rganish. 2-rasm. Maktablarda mobil ta’limni joriy etish tartibi Maxsus veb-sayt kontentida o‘qituvchilar boshqa o‘qituvchilar bilan tezkor muloqot va muhokama qilish, mobil ta’lim haqida ba’zi yangiliklarni o‘rganish uchun forumga ega bo‘lishi kerak. O‘qituvchilar o‘zlarining mobil o‘quv faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etishga harakat qilgan o‘quv jarayoni va ularga tegishli takliflar berishlari, samaradorligi va qiyinchiliklarini so‘rashlari mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, aralash mobil ta’lim modeli va mobil ta’lim strategiyasi ularga o‘z ta’lim faoliyatini ishlab chiqish va o‘tkazish uchun taqdim etiladi. Shu bilan birga, yuklash platformasi o‘qituvchilarga o‘zlarining o‘quv rejalarini boshqalar bilan ulashish va xulosa qilishlari mumkin bo‘ladi. Xulosa qilib aytsak, mobil ta’limning integratsiyalashuvini amalga oshirish uchun maktab o‘qituvchilarga muntazam o‘quv treninglarini o‘tkazish kerak. Bunda mobil o‘quv faoliyatini olib borgan o‘qituvchilarning mobil ta’lim tajribasiga asoslanib ushbu strategiyalarni o‘z ta’lim faoliyatiga qanday integratsiya qilishni chuqur tushunishiga yordam beruvchi maxsus mavzular ko‘rib chiqilishi kerak. Shunga ko‘ra, o‘qituvchilar o‘zlarining ta’lim kontekstida to‘g‘ri ta’lim strategiyalarini qanday qo‘llashni aniq tushunishlari va mobil ta’limni o‘tkazishga bo‘lgan ishonchlarini oshirishlari mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar:
  1. Ballantyne, R., Hughes, K. and Mylonas, A. (2002) ‘Developing procedures for implementing peer assessment in large classes using an action research process’, Assessment & Evaluation  in Higher Education, Vol. 27, No. 5, pp.427–441.
  2. Ballagas, R., Rohs, M., Sheridan, J. G., & Borchers, J. (2013). BYOD: Bring your own device. Retrieved from http://www.vs.inf.ethz.ch/publ/papers/rohs-byod-2004.pdf.
  3. Bleustein-Blanchet, M. Lead the Change. Train. Ind. Mag. 2016, 16–41
  4. Briz-Ponce, L.;Pereira, A.; Carvalho, L.; Juanes-Méndez, J.A.; García-Peñalvo, F.J. Learning with mobile technologies—Students’behavior. Comput. Hum. Behav. 2017, 72, 612–620. [CrossRef
  5. Brown, J.S., Collins, A. and Duguid, P. (1989) ‘Situated cognition and the cultural of learning’, Educational Researcher, Vol. 18, No. 1, pp.32–42.
  6. Chang, C-S., Chen, T-S. and Hsu,  W-H. (2011) ‘The study on integrating WebQuest with mobile learning for environmental education’, Computers & Education, Vol. 57,    1, pp.1228–1239.
  7. Chang, C.C., Liang, C.Y., Yan, C.F. and Tseng, J.S. (2013) ‘The impact of college students’ intrinsic and extrinsic motivation on continuance intention to use English mobile learning systems’, Asia-Pacific Education Researcher, Vol. 22, No. 2, pp.181–192.
  8. Chu, H.C., Hwang, G.J. and Tsai, C.C. (2010a) ‘A knowledge engineering approach to developing Mindtools for context-aware ubiquitous learning’, Computers & Education, Vol. 54, No. 1, pp.289–297.
  9. Hwang, G.J. and Chang, H.F. (2011) ‘A formative assessment-based mobile learning approach to improving the learning attitudes and achievements of students’, Computers & Education, Vol. 56, No. 4, pp.1023–1031.
  10. Konings, K.D., Seidel, T., Brand-Gruwel, S. and van Merrienboer, J.J.G. (2014) ‘Differences between students’ and teachers’ perceptions of education: profiles to describe congruence and friction’, Instructional Science, Vol. 42, No. 1, pp.11–30.
  11. Lai, C-L. and Hwang, G-J. (2015) ‘High school teachers’ perspectives on applying different mobile learning strategies to science courses: the national mobile learning program in Taiwan’, Int. J. Mobile Learning and Organisation, Vol. 9, 2,  pp.124–145., DOI: 10.1504/IJMLO.2015.070704
  12. Masoud Hashemi et al. / Procedia – Social and Behavioral Sciences 30 (2011) 2477 – 2481
  13. Shih, J.L., Chuang, C.W. and Hwang, G.J. (2010) ‘An Inquiry-based mobile learning approach to enhancing social science learning effectiveness’, Educational Technology & Society, Vol. 13, No. 4, pp.50–62.
  14. https://www.itu.int/en/ITU-D/Statistics/Pages/stat/default.aspx
  15. https://review.uz/oz/post/
  16. YillikInternet hisoboti (2018–2023). 2020. Onlaynda mavjud: https://www.cisco.com/c/en/us/ solutions/collateral/ executive-perspectives/annual-internet-report/white-paper-c11-741490.html (2021-yil 19-aprelda qabul qilingan)
  17. http://www.unesco.org/education/mlearning-resources/
    [1] https://www.itu.int/en/ITU-D/Statistics/Pages/stat/default.aspx [2] https://review.uz/oz/post/ [3] Cisco. Yillik Internet hisoboti (2018–2023). 2020. Onlaynda mavjud: https://www.cisco.com/c/en/us/ solutions/collateral/ executive-perspectives/annual-internet-report/white-paper-c11-741490.html [4] http://www.unesco.org/education/mlearning-resources/ [5] Bleustein-Blanchet, M. Lead the Change. Train. Ind. Mag. 2016, 16–41 [6] Briz-Ponce, L.; Pereira, A.; Carvalho, L.; Juanes-Méndez, J.A.; García-Peñalvo, F.J. Learning with mobile technologies—Students’behavior. Comput. Hum. Behav. 2017, 72, 612–620. [7] Masoud Hashemi et al. / Procedia – Social and Behavioral Sciences 30 (2011) 2477 – 2481 [8] http://www.unesco.org/education/mlearning-resources/ [9] Ballagas,  R.,  Rohs,  M.,  Sheridan,  J.  G.,  &  Borchers,  J.  (2013). BYOD:  Bring  your  own  device.  Retrieved  from  http://www.vs.inf.ethz.ch/publ/papers/rohs-byod-2004.pdf. [10] Chu, H.C., Hwang, G.J. and Tsai, C.C. (2010a) ‘A knowledge engineering approach to developing Mindtools for context-aware ubiquitous learning’, Computers & Education, Vol. 54, No. 1, pp.289–297. [11] Shih, J.L., Chuang, C.W. and Hwang, G.J. (2010) ‘An Inquiry-based mobile learning approach to enhancing social science learning effectiveness’, Educational Technology & Society, Vol. 13, No. 4, pp.50–62. [12] Puentedura, R. R. (2006, November 28). Transformation, technology, and education in the state of Maine [Web log post]. Retrieved from http://www.hippasus.com/rrpweblog/archives/2006_11.html [13] Puentedura, R. R. (2013, May 29). SAMR: Moving from enhancement to transformation [Web log post]. Retrieved from http://www.hippasus.com/rrpweblog/archives/000095.html