Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

MAKTAB O‘QUVCHILARINING AUTOPLAY MEDIA STUDIO DASTURIDA ISHLASH KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH

Tangirov Xurram Ergashevich Jizzax davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi, (+998936502580, xurram_t@mail.ru)   Ibroximov Samariddin Ergash o‘g‘li, Jizzax davlat pedagogika universiteti talabasi (+998995676561, ibrokhimovsamar@gmail.com)   Annotatsiya: Ushbu maqola maktabda Informatika va axborot texnologiyalari faniga oid mavzularni samarali va tushunarli o‘qitishda, AutoPlay dasturidan foydalanib pedagogik dasturiy vosita yaratish texnologiyasi va qanday qilib dars jarayonlarini olib borish metodikasi batafsil tushuntirib berilgan. Kalit so‘zlar: informatika va axborot texnologiyalari, zamonaviy axborot-komunikatsiya texnologiyalari, noutbuk, monoblok, kompyuter, pedagogik dasturiy vositalar, AutoPlay Media Studio dasturi.   Biz yashab turgan zamon zamonaviy axborot texnologiyalari asri bo‘lganligidan vatanimizda ta’lim sohasidagi islohotlar jadal sur’atlar bilan rivojlanib amalga oshirilmoqda, ayniqsa, ta’lim tizimida joriy qilinayotgan zamoaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim jarayonlarini osonlashtirib, qulayliklar yaratib bermoqda. Shu jumladan, fanlarni o‘qitishda zamonaviy texnologiya va pedagogik dasturiy vositalar tayyorlash va shu o‘rinda yaratilgan zamonaviy texnologiya va dasturiy qo‘llanma taqdimotlarni dars jarayonlariga keng qo‘lamda tadbiq etish muhim rol o‘ynamoqda. Yuqorida aytilgan fikrlarni qo‘llagan holda o‘quvchilarni psixologik holatlari va qiziqish darajalarini hisobga olgan holda kitobdagi ma’lumotlarni yaxlit o‘zida jamlab va qo‘shimcha tarzda video ma’lumot va o‘quvchilarni mavzu yuzasidan bilimlarini avtomatik tarzda baholaydigan test loyihasi bularni o‘zida birlashtirgan bir pedagogik dastur yatishdir. Bunday dasturni yaratish uchun biz avvalo AutoPlay Media Studio 8 dasturini mukammal tarzda o‘zlashtirishimiz zarurdir. Keyingina bu dastur orqali biz zamonaviy barcha o‘quvchilarga xushnud kela oladigan elektron darslik maqomiga yetadigan pedagogik dasturiy vositalarni yaratishimiz mumkin bo‘ladi. Aytib o‘tganimizdek biz avvalo AutoPlay Media Studio 8 dasturini o‘rganishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘rganishning eng yaxshi usuli bu amaliyotdir, shu boisdan AutoPlay Media Studio 8 dasturini o‘rganishni  Informatika va axborot texnologiyalar 9-sinf darsligidan “Dasturlash asoslari” bobini tanlab pedagogik dasturiy vosita tayyorlaymiz. Eng avvolo – AutoPlay Media Studio 8 dasturni kompyuterga o‘rnatib olamiz. Biz AutoPlay Media Studio 8 dasturini kompyuterimizga o‘rnatib oldik, endilikda o‘z Loyihamizni boshlaymiz. Dastlab dasturni ishga tushiramiz: Create a New Project bo‘limida biz yangi o‘z loyihamizni yaratamiz. Open an Existing Project bo‘limida biz oldin yaratib saqlab qo‘ygan loyihalarimizdan birini ochib qayta ishlov berishimiz mumkin. Restore Last Open Project bo‘limida biz oxirgi bajargan loyihamizni chaqirishimiz va davom ettirishimiz mumkin bo‘ladi. Biz Create a New Project bo‘limini tanlab yangi loyiha yaratamiz: Bizga quyidagi oyna hosil bo‘ladi, bu oynada bir qancha tayyor loyiha namunalari bor, ammo biz o‘z loyihamizni o‘zimiz yaratamiz, buning uchun birinchi o‘rinda turgan Blank Project bo‘limini tanlaymiz. Name your project bo‘limida o‘z loyihamizga nom beramiz. Quyidagi rasmda biz amaliyotimiz davomida keng qo‘laniladigan bo‘limlarni vazifalari bayon qilingan. Keyingi taqdimotlardan boshlab o‘z loyihamizni yaratamiz. Qo‘shimcha yangi sahifalar qo‘shish uchun quyida bajarilgan amalni bajaramiz, ushbu menyuni chiqarish uchun Page1 yozuvini ustiga sichqonchani o‘ng tugmasini bosamiz. Sahifada joylashtirgan tugma va labellarni boshqa sahifaga yo‘naltirish uchun quyida ko‘rsatilgan amallarni bajaramiz. Ushbu menyuni chiqarish uchun button yoki labelni ustiga sichqonchani chap tugmasini ikki marta bosamiz. Avvalo birinchi sahifaga rasm qo‘shish bo‘limi orqali muqova rasmini va tugma qo‘shish bo‘limidan o‘zimizga yoqqan button ni va label qo‘shish bo‘limidan Chiqish va Kirish  yozuvlarini hosil qilib olamiz. Ikkinchi sahifamizni ya’ni mundarijani yaratib olamiz. Bu sahifaga ham kerakli tugma, rasm va labellarni joylashtiramiz. Mundarija sahifasidagi 1 – DARS tugmasiga keyingi sahifani ulab qo‘yamiz, keyingi sahifani ham yaratib olamiz. Bu sahifada asosan mavzuga aloqador taqdimot, video, test va masalalar joylashtiriladi. Yuqoridagi 1 – DARS sahifasidagi tugmalarni mos ravishda taqdimot, video, test va masalalar sahifasiga yo‘naltiramiz, quyida u sahifalarni ko‘rib chiqamiz. Amaliyotmizni shu tartibda bobdagi barcha mavzularga loyihalashtirib chiqamiz. Oxirida yaratgan elektron o‘quv qo‘llanmamizni saqlab, taqdim etamiz. Yaratgan loyihamiz yakuniga yetgach, uni alohida *.exe fayl shaklida saqlab olamiz. Ushbu fayl yordamida elektron o‘quv qo‘llanmadan dars jarayonida foydalanish va darslarni olib borishimiz mumkin bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda, Informatika va axborot texnologiyalari faniga oid mavzularni samarali va tushunarli o‘qitishda, AutoPlay dasturidan foydalanib pedagogik dasturiy vosita yaratish va undan dars jarayonlarida foydalanish mumkin.   Foydalanilgan adabiyotlar:
  1. Fayziyeva M.R., Sayfurov D.M., Xaytullayeva N.S. Informatika va axborot texnologiyalari: umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik. Тasvir, 2020. – 112 b.
  2. Tangirov X.E., Bekkelov T. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan pedagogik dasturiy vosita yaratish texnologiyasi // “О‘zbekistonda ilmiy-amaliy tadqiqotlar” mavzusidagi onlayn konferensiyasi. – T.: Tadqiqot, 2021. 179-181 b.
  3. rtm.uz – raqamli ta’lim resurslari.