Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

KOMPYUTERDA MASALALARNI YECHISHDA MODELLASHTIRISHNING O`RNI VA ROLI

Isayev Nurbek Faxriddin o`g`li JDPU o`qituvchisi Annotatsiya: Ushbu maqolada kompyuter yordamida loyihalashtirish va modellashtirishning imkoniyatlari va samaradorligi bo`yicha ko`rsatmalar berilgan.          Kalit so`zlar: Model, modellashtirish, imitatsion modellashtirish, obyekt, tajriba modellari, verbal modellar, disk, fayl. Аннотация: В этой статье приведены инструкции о возможностях и эффективности автоматизированного проектирования и моделирования.  Ключевые слова: Модель, моделирование, имитационное моделирование, объект, экспериментальные модели, словесные модели, диск, файл.         Annotation: This article provides instructions on the possibilities and effectiveness of computer-aided design and modeling.         Keywords: Model, modeling, simulation modeling, object, experimental models, verbal models, disk, file. Kirish. Bizning atrofimizni qurshab turgan olam bu – obyektlar va hodisalar olami hisoblanadi. Insonning e’tiborini tortadigan, uni qiziqtiradigan va o‘rganilayotgan barcha narsa yoki jarayonga obyekt deyishimiz mumkin. Ularning barchasi: o‘simlik, hayvon, daryo, tog‘, mamlakat, qushlar parvozi va uy qurilishi inson uchun bilish obyektiga aylanadi. Biror narsa yoki hodisa haqida bilish deganda, o‘sha narsa yoki hodisa haqidagi ba’zi ma’lumotlarni anglab olish tushuniladi. Odatda, obyektlar insonning e’tiborini tortadigan jihatlari bilan nomlanadi. Obyekt – bu inson tomonidan idrok etiladigan atrofdagi voqelik (narsa (predmet), jarayon, hodisa)ning biror bir qismidir[1]. Inson har doim ham real obyekt bilan amalga oshirib bо‘lmaydigan narsa yoki hodisalarni o‘rganish orqali dunyoni bilishga harakat qiladi. Shuning uchun ham bu obyekt yoki hodisalarni tasvirlaydigan modellar yaratiladi va o‘rganiladi. Model haqiqiy obyektning soddalashtirilgan kо‘rinishi hisoblanadi. Aksariyat hollarda ma’lum bir sohaga oid izlanishlar olib borilayotganda haqiqiy obyekt emas, balki uning qandaydir ma’nodagi nusxasi o‘rganiladi. Bunga, bir tomondan, ma’lum bir sabablarga ko‘ra (chaqmoqning turg‘un emasligi, quyoshning uzoqligi, obyekt bilan ishlash katta mablag‘ talab etishi yoki inson hayotiga xavf solishi va hokazo) haqiqiy obyektni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘rganishning imkoni bo‘lmasa, ikkinchi tomondan, izlanishlar uchun obyektning qandaydir ma’nodagi nusxasini o‘rganishning o‘zi ham yetarli bo‘ladi. Albatta, bunday hollarda obyektning nusxasi izlanish olib borilayotgan sohaning talablariga to‘liq javob berishi kerak bo‘ladi. Model (lot. modulus – o‘lchov, me’yor) – biror haqiqiy obyekt yoki obyektlar tizimining obrazi yoki nusxasi bo’lib, u izlanish olib borilayotgan sohaning ma’lum talablariga javob berishi zarur. Modellashtirish – bilish obyektlari (fizik hodisa va jarayonlar)ni ularning modellari yordamida tadqiq qilish, mavjud predmet va hodisalar modellarini yasash va o‘rganishdan iborat jarayon. Hayotda obyektlarning modellariga juda ko‘p misollar keltirish mumkin. Masalan, yerning modeli – globus yoki xarita. Insoniyatni farovon hayot shart-sharoitlarini yaratish, tabiiy ofatlarni oldindan aniqlash muammolari qadimdan qiziqtirib kelgan. Shuning uchun ham u tashqi dunyoning turli hodisalarini o‘rganishi tabiiy holdir. Aniq fan sohasi mutaxassislari u yoki bu jarayonning faqat ularni qiziqtirgan xossalarinigina o‘rganadi. Masalan, geologlar yerning rivojlanish tarixini, ya’ni qachon, qayerda va qanday hayvonlar yashaganligi, o‘simliklar o‘sganligi, iqlim qanday o‘zgarganligini o‘rganadi. Bu ularga foydali qazilma konlarini topishlarida yordam beradi[2]. Atrofimizdagi dunyoni o‘rganish natijasida noaniq va to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar olinishi mumkin. Lekin koinotga uchish, atom yadrosining sirini aniqlash, jamiyatning rivojlanish qonunlarini egallash boshqalarga xalaqit bermaydi. Ular asosida o‘rganilayotgan hodisa va jarayonning modeli yaratilishi va bu model ularning xususiyatlarini mumkin qadar to‘laroq aks ettirishi zarur. Haqiqiy obyekt va uning modeli o‘tkazilayotgan tajribalarda bir xil natija bersagina, izlanish olib borilayotgan soha talablariga javob beradi. Masalan, samolyot va uning kichik nusxasi bo‘lgan model bir xil aerodinamik qonunlarga bo‘ysunadi. Model uchun topilgan natijalar haqiqiy samolyot uchun ham o‘rinlidir. Loyihalashtirilgan haqiqiy samolyot qurilgach, uni laboratoriyadagi maxsus qurilmalar – samolyotga havo oqimini yuboruvchi stendlarda sinab ko‘riladi. Bu holda laboratoriyadagi stendlar atmosferaning modeli bo‘lib xizmat qiladi. Modellarni foydalanish sohalari bo`yicha bir necha turlarga ajratish mumkin: о‘quv, tajriba, о‘yin, imitatsion, ilmiy-tadqiqot modellari. О‘quv modellari о‘qitish jarayonida ishlatiladi. Bularga kо‘rgazmali qо‘llanmalar, trenajyorlar, о‘qitish dasturlari kiradi. Tajriba modellari obyektni tadqiq qilish hamda uning bо‘lajak tavsiflarini prognozlashtirish (bashorat qilish) uchun qо‘llaniladi. Misol uchun, samolyot qanotining modeli uning havo oqimlariga qarshiligini о‘rganish uchun aerodinamik quvurda “puflanadi”. Ilmiy-texnik modellar jarayon va hodisalarni tadqiq qilish uchun yaratiladi. Bunday modellarga momaqaldiroq elektr razryadini olish uchun qurilma, Quyosh tizimi sayyoralarining harakatlanish modeli, ichki yonish dvigatelining modellarini kiritish mumkin. О‘yin modellari – bu har xil о‘yinlar: rivojlantiruvchi, iqtisodiy, harbiy. Bunday modellar yordamida ziddiyatli vaziyatlarni hal qilish, turli vaziyatlarda obyektning harakat qilishini bashorat qilish mumkin. Imitatsion modellar nafaqat turli darajadagi aniqlikda voqelikni aks ettiradi, balki uni imitatsiya (taqlid) qiladi. Model bilan tajriba turli boshlang‘ich holatlarda kо‘p marotaba takrorlanadi yoki turli sharoitlarga qo‘yilgan shunga о‘xshash obyektlar bilan bir vaqtda о‘tkaziladi, ushbu tajriba-sinov ishlar mobaynida real holatda biror-bir harakatlarning oqibatlari о‘rganiladi va baholanadi. Tadqiqot natijalari bо‘yicha xulosa qilinadi. Hisoblash yordamida imitatsion modellashtirish texnologiya tizimlarini o’rganish uchun juda muhim vositadir, ammo undan foydalanish hamma hollarda ham samarali bo’lavermaydi. Imitatsion modelni maxsus deb hisoblash mumkin, unday holda matematik modelning shakli quyidagicha bo’ladi:
  • tizimni tarkibiy qismlarga ajratish loyihalanayotgan yoki o’rganilayotgan obyektning tuzilishini hisobga olgan holda amalga oshiriladi;
  • xulq-atvor qonunlari sifatida foydalanish mumkin bo’lgan eksperimental ma’lumotlar, tabiiy tajribalar o’tkaziladi;
  • tizimning vaqtdagi xatti-harakati bilan tasvirlangan dinamik tasvirlar yaratiladi[3].
Kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda imitatsion modellashtirish haqiqiy obyektda sodir bo’ladigan hodisalar mexanizmini o’rganishga imkon beradi. Agar to’liq miqyosli eksperimentda qisqa vaqt ichida sodir bo’lgan o’zgarishlarni kuzatish qiyin yoki imkonsiz bo’lsa imitatsion modellashtirish orqali ishonchli natijalarga erishiladi[4]. Tizimni kompyuterda imitatsiya qilishning mohiyati kompyuterda model bilan tajriba o’tkazishdan iborat bo’lib, u ma’lum bir dasturiy ta’minot to’plami bo’lib, uning ishlashi davomida tizim elementlarining xatti-harakatlarini rasmiy yoki algoritmik tarzda tavsiflaydi. Imitatsion modellashtirish samaradorligini imitatsiya natijalarining aniqligi va ishonchliligi, modelni qurish va u bilan ishlash vaqti, mashina resurslari narxi, modelni ishlab chiqish va ishlatish xarajatlari kabi bir qator mezonlar bo’yicha baholash mumkin. Samaradorlikning eng yaxshi o’lchovi, shubhasiz, olingan natijalarni haqiqiy tadqiqot bilan taqqoslashdir. Xulosa qilib aytganda shaxsiy kompyuterlarning paydo bo’lishi modellashtirish uslubiyotiga yangi sifat o’zgarishlari kiritdi. Shaxsiy kompyuterlar yordamida tuzilgan model va algoritmlar asosida hisob-kitob ishlarini bajarish vositasi sifatidagina qolmadi, balki modellarni qurish va model yordamida tajribalarni o`tkazishda muhim o`rin egalladi.   Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
  1. Informatika va axborot texnologiyalari: umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik: M. R. Fayziyeva, D. M. Sayfurov, N. S. Xaytullayeva Тoshkent: Тasvir, 2020. – 17 b.
  2. Boltayev B., Azamatov A., Asqarov A., Sodiqov M., Azamatova G. Informatika va hisoblash texnikasi asoslari. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik. Toshkent: “Cho‘lpon” nomidagi NMIU, 2015. – 160 b.
  3. В.Ф.Кабанов. “Информационные технологиии митационного моделирования в профессиональной деятельности”. Учебное пособие для студентов Саратовского государственного университета. Саратов 2015.
  4. Ablazov Lazizbek Abdiqosimovich. Imitatsion modellashtirishning asosiy konsepsiya va vositalari. “Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari” elektron ilmiy jurnali. 131-bet.
  5. Имитационное моделирование экономических процессов [Электронный ресурс]: Учебное пособие / Наталья Николаевна Лычкина. – Москва : Издательский Дом «ИНФРА-М», 2012. – 254 с.
  6. Summers R.L. Computer simulation studies and the scientific method // (https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/16363976/)
  [1] Informatika va axborot texnologiyalari: umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik: M. R. Fayziyeva, D. M. Sayfurov, N. S. Xaytullayeva – Тoshkent: Тasvir, 2020. – 17 b. [2] Boltayev B., Azamatov A., Asqarov A., Sodiqov M., Azamatova G. Informatika va hisoblash texnikasi asoslari. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik. Toshkent: “Cho‘lpon” nomidagi NMIU, 2015. – 160 b. [3] В.Ф.Кабанов. “Информационные технологиии митационного моделирования в профессиональной деятельности”. Учебное пособие для студентов Саратовского государственного университета. Саратов 2015. [4] Ablazov Lazizbek Abdiqosimovich. Imitatsion modellashtirishning asosiy konsepsiya va vositalari. “Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari” elektron ilmiy jurnali. 131-bet.