Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

  Jomiy:  Nega  «Bahoriston» ?

Tangirov  A.J.dotsent Jizzad DPU, O‘zbeksiton Annotatsiya Sharq  adabiyotining  yirik vakili   Abdurahmon Jomiyning  “Bahoriston”  asari   sharq  adabiyotida  keng tarqalgan didaktik  tipdagi    asarlardan  biri   bo‘lib,   unda  yosh avlodga  pand-nasihat berishning rang-barang usullaridan foydalanilgan.  Asarning  kimmati shundaki, unda quruq  nasihatdan   tashqari  ajoyib shakliy o‘ziga xoslik  hamda rang-barang kompozitsiya  ham ko‘llanilgan. Kalit so‘zlar:  “Bahoriston”,  Didaktik  asarlar.,   Kompozitsiya,  Masnaviy, Hikoyat, Qit’a, Ruboiy,  Fard,  Masal,  Tazkira, Rivoyat. Annotatsiya Proizvedenie AbduraxmonaDjami «Baxoriston» yavlyaetsya odnim iz samыx populyarnыx didakticheskix proizvedeniy vostochnoy literaturы, v kotorom ispolzuyutsya raznoobraznыe metodы vospitaniya podrastayuщego pokoleniya. Sennost proizvedeniya v tom, chto, pomimo suxogo uveщevaniya, v nem ispolzovana yeщe i zamechatelnaya formoobrazuyuщaya originalnost i krasochnaya kompozitsiya. Klyuchevыe slova: «Baxoriston», Didakticheskie proizvedeniya, Kompozitsiya, Masnavi, Rasskaz, Kontinent, Rubayyat, Fard, Masal, Tazkira, Povestvovanie. Annotation Abdurahmon Jami’s work «Bahoriston» is one of the most popular didactic works in Oriental literature, which uses a variety of methods of educating the younger generation. The value of the work is that, in addition to dry exhortation, it also uses a wonderful formative originality and colorful composition. Keywords: «Bahoriston», Didactic works, Composition, Masnavi, Story, Continent, Rubaiyat, Fard, Masal, Tazkira, Narration. Buyuk alloma   va donishmand  Abdurahmon  Jomiyning “Bahoriston” asari  ilk ko‘rinishdanoq,  bir necha ma’noni o‘zida   mujassam  etgan noyob  xazina ekanlining   guvohi  bo‘lish  mukmin. Shu o‘rinda  mazkur  asarning  nega   aynan  shu nom bilan atalishi hamda uning   mumtoz adabiyotning qaysi janriga mansub ekanligi  kishi e’tiborini o‘ziga  jalb qilishi tabiiy. Nega u aynan “Bahoriston” deb ataladi. Ko‘rinadiki,  ushbu  asarda  kitobxon bahor fasliga xos  tabiat go‘zalligiga, uyg‘onish fasliga xos  rang-barangliklarga duch kelmaydi. Bahor fasliga xos bo‘lgan  jihatlarni ilg‘ay olmaydi. Aslida asarning  “Bahoriston”  deya nomlanishining  o‘ziyoq  ,  ko‘chma ma’noli bo‘lib,   e’tibor berib  qaralsa, unda asosan  ikki  jihatni ilg‘ash  mumkin: Birinchidan, asar  janr nuqtai nazaridan  bir qarashda  bir necha janrdagi kichik – kichik turli janrdagi asarlarni o‘zida jamlagan bo‘lib, shoir ularni bahor gullariga qiyos etgan holda asarni shu nom bilan nomlashga qaror qilgan. Ikkinchidan,  asarda  bahor faslini inson umrining   bolaligini  bahor  fasliga  qiyos etib,  asarni aynan  kichik yoshdagi  o‘quvchilar hamda bolalarning  mustaqil o‘qib  o‘rganishlariga mo‘ljallaydi. Shu sababdan ham  u o‘z  asarini “Bahoriston” deb nomlashga  ahd  qiladi.   Bu haqda asarning muqaddima qismida  adib   quyidagilarni ta’kidlaydi:   Uning  ta’kidlashicha,  o‘g‘li  Ziyovuddin Yusuf  arab tili  boshlang‘ich qoidalarini   va arab  ilmi qoidalarini  to‘plash  bilan shug‘ullanadi, lekin   u biroz qiyinchiliklarga duch keladi.  Shuningdek,  “…kichik bolalar va tajribasiz  yoshlarning  qulog‘iga  notanish atamalar   va  tabiatidan uzoq xotimalarni o‘ragnishdan  ularning qalbi  cho‘chiydi, xotiraga  dahshat  g‘ubori o‘tiradi…” [1].    Yosh  Ziyovuddin  Yusuf   ko‘pincha mustaqil o‘qib, o‘rganish uchun  Sa’diy  Sheroziyning “Guliston”  asaridan foydalangan  hamda  o‘qigan. Bu jarayondan  ilhomlangan   Abdurahmon Jomiy  ham   mazkur asarni, ya’ni “Bahoriston”ni  yaratishga kirishadi: “Shu asnoda xotiramga  uning ( Sa’diy Sheroziy –A.T.) sharif  so‘zlaridansharaflanib  va latif she’rlaridan  ilhomlanib, shu turda va  shu uslubda  bir necha varaq ijod qilib, hozirga doston  va g‘oyiblarga  armug‘on etish fikri keldi. Va bu  ma’no anjomini topib bu surat oxiriga yetdi…”[2] “Bahoriston”  janr nuktai nazaridan ham o‘ziga xos asar hisoblanadi. Avvalo, asar adibning o‘zi ta’kidlagidek,   Sa’diy Sherziyning “ Guliston” hamda keyinchalik   dunyo yuzini  ko‘rgan Sayfi Saroiyning “Guliston bit turkiy”  asarlariga  monand tarzda  yaratilgan pandnoma tipidagi asar hisoblanadi. Hatto ayrim adabiyotshunoslar  “Bahoriston”ni Sa’diy She’roziyning  “Guliston”  asariga    o‘ta kuchli  ta’sir  etganini ta’kidlaydi. Jumladan,  tojik munaqqidi A’loxon Afzahzod   o‘zining  “Bahoriston” ga yozgan so‘zboshisida  ”Bahoriston” “Guliston” ga naziradir”,[3]– degan   fikrni ham bayon etgan. Adib  o‘zining   pand-nasihat, ibrat hamda o‘gitga qaratilgan  qarashlarini ifodalashdabadiiy tasvirning  jami  7  xil janriga murojaat qilgan.  Ular:  Masnaviy, Qit’a, Ruboiy,  Hikoyat, Mutoyibot, Tazkira  hamda   Masal janrlaridan foydalangan. Shuningdek,  asarning  mudarijasidan o‘rin olgan  7 ravzasidagi  Tazkira  janrida to‘xtalganda   o‘zi qalamga olayotgan    turli ijodkorlarning      G‘azal, Ruboiy  hamda Fardlaridan ham   o‘z fikrlarini  dalillashda    foydalangan. Xarakterli jihati shundaki,  asar   kompozitsiyasini yaratishda adib,  yagona   qurilish  tizimidan foydanalishga harakat qilgan.  Bunda  ham adib o‘z oldiga quygan maqsadidan  kelib chiqqan. Jumladan,   asarda har bir mavzuni ochishda, xususan,  pand-nasihat  xarakterdagi  nasriy Hikoyat, Mutoyiba, Masal  hamda  Tazkiralarning avvalo, nasriy bayoni berilgan. Shundan    so‘ng fikrning isboti uchun  biron bir she’riy   parcha: xususan,   masnaviy,  qit’a, ruboiy kabi  janridagi asarlardan foydalangan.   Masalan: Bir  tulki bolasi onasiga qarab: -Menga  it bilan yuzma-yuz kelib qolganda qutilib keptsh hiylsini o‘rgat,-degan  ekan,  unga onasi: -Buning xiylasi juda ko‘p, ammo eng yaxshisi shuki,  uydan chiqmay o‘tir, na u  seni ko‘rsin, na sen uni,-deb javob beribdi. Qit’a Nokas senga dushman bo‘lib qolsa gar, Ming xiyla nayrang aylama pardoz. Ming xil hiyla nayrang  vahmidan ko‘ra Sulhi-yu, jangidan  saqlanganing soz. Mazkur  qurilish,  xususan, avval nasriy bayon etish, so‘ngra uni   dalillash uchun she’riy  parchalardan foydalanish  butun asar  qurilishida saqlanib qolingan. Abdurahmon Jomiyning  “Bahoriston” asari   mavzu jihatidan har rang-barangdir.  Unda  adib tomonidan   komil inson tarbiyasi uchun muhim bo‘lgan quyidagi   mavzular ustidan  bosh qotiriladi. Ular: Darveshlik haqida, Donolar hmkmati haqida,  Shohlik va adalat hkaqida,  Sahovat va  karam haqida,  Do‘stlik va muhabbat haqida,  She’r va shoirlik haqida,  shuningdek, Masallar,  Mutoibotlar  kabilardir. Yuqorida  ta’kidlaganlardan ko‘rinadiki, asarning qurilishi hamda kompozitsiyasida  adib deyarlik   yaqinlikni, uxshashlikni saqlab qolgan.   Lekin mavzularni  yoritishda esa adib  boshqacha yo‘l tutgan. Bunda shoir har bir mavzuni yoritishda alohida alohida yondoshishga harakat  qilgan.  Jumladan, asarning  mavjud 8 ta  ravzasi (qismi –A.T)  alohida alohida mavzularga bag‘ishlangan.   Jumladan, asarning   Birinchi ravzasida  Darveshlar  hamda  do‘stlik haqidagi  masalalar jamlangan bo‘lib, ularning har biri bugungi kunda ham   yosh avlod, xususan, inson  tarbiyasi uchun ham muhim ahamiyat kasb  etishi uluglangan  mavzularga duch kelish mumkin. Masalan: Hikoyat Abulhasan  Qushanji  aytgan edi: -Dunyoda bir narsa   evaziga   yoki biror narsa   g‘araziga   do‘stlik qilgan  kishidan ko‘ra xunukroq  narsa  yo‘q. Qit’a Do‘st hajridan  oshiq kutar adolat, Yo  vasl   eshigida  turar bir holat.[4] Do‘stlikdan  o‘zga bir maqsadi bo‘lsa, Olamda bormi hech bunday  razolat Adib  bu kabi pand-nasihat borasidagi fikrlarini bayon etishda rang-barang  badiiy talqinlardan  foydalanadi.  Jumladan,  asarning Sakkizchi  ravzasida  pand-nasihat berishda   Masal  janridagi asarlarga  murojaat qilgan.  Masal  janrining tabatiga, uning tag zamirida yashiringan  pand nasihat hamda o‘gitlardan  ustalik bilan foydalishga harakat  qiladi. Shuningdek, asarda  pand-nasihat berishning yana bir usuli,  ibrat   tushunchasidan, yosh avlodga ibrat qilib  ko‘rsatish  usulidan ham  unumli foydalanishga  harakat  qilganligini ham ko‘rish mumkin.  Asarning   7 –ravzasi  “She’r va shoirlik bobida”-  deb nomlanadi.  Bob  yuzaki qaraganda  Tazkira  janriga yaqin turadi.  Adib bobda o‘zi va o‘zidan  oldin yashab o‘tganjami  22  adib  haqida hikoya qilinadi.  Qalamga olingan adiblar orasida  fors –tojik adabiyotining yirik vakilaridan Abu  Hasan  Ro‘dakiydan  boshlab, Shayx Sa’diy,  Hofiz Sherziy,  Abulqosim Firdavsiy,  Nosir Xisrav,Xisrav Dehlaviy, Nizomiy Ganjaviy   kabi mashhur   adiblardan tashqari, mazkur tilda ijod qilgan  Alisher Navoiy, nomlari unchalik  mashhur  bo‘lmagan  Orif Harafiy, Salmon Savajiy,  Adib Sobir Termiziy,  Farruxiy,  Anvariy,  Unsuriy  kabilar haqida ham atroflicha ma’lumotlar berilgan. Shu o‘rinda adibning safdoshi va shogirdi  Alisher Navoiy haqidagi qarashlari ayniqsa ahamiyatlidir.Jumladan,  Jomiy Alisher Navoiyning  forsiy tilda ham barakali ijod qilganligini e’tirof etgan holda asosiy “…  Tabiati  taqozasi va qobiliyatiga ko‘ra  u turkiyga …  ko‘prok   mayllik ko‘rsatdi…. bu tilda (turkiy tilda-A.T)  hech kim  bunchalik   ko‘p va  xo‘b she’r yozmagan.”- edi,  deya   ta’kidlaydi.[5]  Albatta  bu borada  keyinchalik Muhammad  Haydar Mirzo   “Tarixi   Rashidiy”  , Zaxiriddin Muhammad  Bobur esa  o‘zining “Boburnoma” asarlarida  ham Jomiyning  bu kabi   qarashlarini  yana bir bor tasdiqlab  yoxud rivojlantirib  o‘tgan. Xulosa  qilib aytganda,  sharq  adabiyotining  yirik vakili   Abdurahmon Jomiyning  “Bahoriston”  asari   sharq  adabiyotida  keng tarqalgan   didaktik  tipdagi    asarlardan  biri   bo‘lib,   unda  yosh avlodga  pand-nasihat berishning rang-barang usullaridan foydalanilgan.  Asarning  kimmati shundaki, unda quruq  nasihatdan   tashqari  ajoyib shakliy o‘ziga xoslik  hamda rang-barang kompozitsiya  ham qo‘llanilgan. Foydalanilgan  adabiyotlar ro‘yxati 1.Abdurahmon  Jomiy. “Bahoriston”,  “Yangi avlod”, 2007 yil. 114-bet 2.Abdurahmon  Chomy. Bahoriston. Tahiyagari matn,… A’loxon  Afzohzod, Dushanbe, 2008.
  1. N.Hotamov, B.Sarimsaqov. Adabiyotshunoslik  terminlarining  ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘uti. Toshkent, “O‘qituvchi”, 1979 yil.364 –bet.
[1] Абдураҳмон  Жомий. “Баҳористон”,  “Янги авлод”, 2007 йил. 3-бет [2] Ўша  манба.  3-бет   [3]   Абдураҳмон  Чомй.Баҳористон. Таҳиягари матн,… Аълохон Афзоҳзод, Душанбе, 2008, саҳ. 10.   [4] . Абдураҳмон  Жомий. “Баҳористон”,  “Янги авлод”, 2007 йил. 100-бет.        [5] Ўша манба.  89-бет