Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

FIN TA’LIMINING QANDAY O‘ZIGA XOSLIGI MAVJUD?

Sanobar Ibragimovna Kenjayeva – Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi, Jizzax davlat pedagogika universiteti  (+998974356979) Annotatsiya: Usbu maqolada men Finlandiya ta’lim tizimi, maktabgacha ta’lim, maktab ta’limi, inkluziv ta’lim, litsey(Hi school), kutubxonalar, oliy ta’lim, open university, o’qituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlov kurslari, magistratura, fan dasturlari, maktab darsliklari, IT sohasi, ishlab chiqarish, biznes maktabi va boshqa yo’nalishlardagi mavzular yuzasidan bilimlar va real fakt asosida erishilgan tajribalar haqida yozganman. Аннатация: В этой статье я расскажу о финской системе образования, дошкольном образовании, школьном образовании, инклюзивном образовании, старшей школе (Hi school), библиотеках, высшем образовании, открытом университете, подготовке учителей, курсах переподготовки, магистратуре, я писала о знаниях и опыт, полученный на основе реальных фактов по темам научных программ, школьных учебников, информационных технологий, производства, бизнес-школы и других областей. Abstract: In this article I will talk about the Finnish education system, preschool education, school education, inclusive education, high school (Hi school), libraries, higher education, open university, teacher training, retraining courses, master’s degree, I wrote about the knowledge and experience gained based on real facts on the topics of scientific programs, school textbooks, information technology, manufacturing, business school and other areas Kalit so‘zlar: Finlandiya, ta’lim, tizimi, maktabgacha ta’lim, maktab ta’limi, inkluziv ta’lim, litsey(Hi school), kutubxonalar, oliy ta’lim, open university, o’qituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlov kurslari, magistratura, fan dasturlari, maktab darsliklari, IT sohasi, ishlab chiqarish, biznes maktabi. Ключевые слова: Финляндия, образование, система, дошкольное образование, школьное образование, инклюзивное образование, лицей (Hi school), библиотеки, высшее образование, открытый университет, подготовка учителей, курсы переподготовки, магистратура, научные программы, школьные учебники, IT-сфера, производство, бизнес школа. Keywords: Finland, education, system, preschool education, school education, inclusive education, lyceum (Hi school), libraries, higher education, open university, teacher training, retraining courses, master’s degree, science programs, school textbooks, IT field, production, business school. Bugungi kunda jamiyatimiz barcha sohalarda  shiddat bilan yuksalib bormoqda. Yangi  O’zbekistonni rivojlantirishning eng muhim omillaridan biri ta’lim sifati samaradorligini oshirish hisoblanadi. Shu o’rinda, prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Ta’lim-tarbiya-bu bizning kelajagimiz, hayot-momot masalasi. Shu bois, bu sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo’q”  degan asosli jumlalariga ahamiyat qaratishimiz zarur. Bu borada yurtimizda yetarlicha islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan bir muncha ishlar bajarilmoqda. Jmladan, Xalqaro Nordik universiteti prorektori  Odil Qo’ysinov boshchiligidagi  O’zbekistonning 10 ta pedagogik  oliy ta’lim muassasalarining 25 nafar deligatsiya a’zolari joriy yilning 24-aprelidan 8-mayga qadar Finlandiyada malaka oshirish jarayonlarini o’tab qaytishdi. Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori       SH.S. Sharipov ning tashabbuslariga ko’ra  “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining  2022-yil 21-iyundagi  PQ-289-sonli qarori 2,e-bandi ijrosini ta’minlash to’g’risida” gi № 506-U-sonli buyrug’iga asosan Finlandiya davlatiga ta’lim sohasidagi tajribasini o’rganish uchun men ham stajirovkaga yuborildim. Ushbu maqolani yozishimdan maqsad o’rgangan bilim, ko’nikma va malakalarimni yurtimizdagi barcha pedagog xodimlar bilan bo’lishish niyatidaman. Shunday ekan, avvalo, Finlandiyadagi  malaka oshirish o’quv jarayonlari qanday amalga oshirilganligiga ozroq to’xtalib o’tmoqchiman.  Malaka oshirish kurslari davomida ta’lim ekspertlari hamrohligida Fin ta’lim tizimiga asos qo’yilgan Jvyaskyla universitetida ma’ruzalar va o’quv amaliyoti tashkillashtirildi. So’ngra  Joensuudagi  Kareliya Amaliy fanlar universitetida va so’ngi kunlarda Helsinki  universitetida  bilim va ko’nikmalar oldik. U yerda professorlar Mertala Pekka , Juhani Rautopuro, Petri Palve, Elisa Heimovaara, Artur Nicolen, Petri Lounaskorpi, Asikainen Ulla va boshqa ko’plab professor-o’qituvchilar, shuningdek, maktabgacha ta’lim, maktab, litsey, kutubxona va oliy ta’lim muassasalari rahbarlari tomonidan nazariy va amaliy darslar tashkil etildi. Bu darslar davomida biz maktabgacha ta’lim, maktab ta’limi, inkluziv ta’lim, litsey(Hi school), kutubxonalar, oliy ta’lim, open university, o’qituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlov kurslari, magistratura, fan dasturlari, maktab darsliklari, IT sohasi, ishlab chiqarish, biznes maktabi va boshqa yo’nalishlardagi mavzular yuzasidan juda katta bilimlar zaxirasiga ega bo’ldik.  Hozirda sizlarga ma’limot sifatida quyidagi faktlarni keltiraman. Finlandiyaga borgandan keyin ilk ikki kun davomida tog’risini aytsam, men deyarli hech qanday yangi bilim olmagan hisob edim. Sababi ilmiy rahbarim, ustozim pedagogika fanlari doktori, professor Shavkat Safarovich Sharipov domla bundan  bir yil avval qo’limga bir kitob tutqazdilar va bu kitobdan juda ko’p bilimlarni o’zlashtirishim mumkinligini, hattoki uni o’z amaliyotimda foydalanib, o’quvchilarga va talaba yoshlarga bilim va tarbiya berishda qo’llab korishimni bu orqali ularning bilim darajalari va hayotga tayyorgarliklarini yuksak darajalarga ko’tarish mumkinligini, qolaversa ilmiy ishni olib borishimda ham alohida ahamiyatga ega ekanligi haqida uqtirgandilar. Men esa bu kitobni qo’limga olgan kundan boshlab, qunt bilan o’qishga kirishib ketdim. Va o’qiganim sayin hayotim davomida hali bunday vaziyatlarga duch kelmaganimni, asar esa haqiqiy hayotiy ta’limotga ya’ni samaradorli ta’lim tizimini to’liq o’rganishga bag’ishlangan ekanligini angladim. Va bu kitobni  aynan har bir pedagog-o’qituvchi  o’qib, tanishib chiqishi kerakligiga amin bo’ldim.  Shu tufayli ustozimdan juda minatdor bo’ldim. Endi esa, nega ikki kunlik ma’ruzalar menga yangilik emasligini aytsam, chunki bu ma’ruzalar bilan men allaqachon tanish edim, albatta o’sha kitob yordamida. Bu kitobni 20 yildan ziyod vaqt davomida o’zining ilmiy izlanishlari va mehnati natijasida yozgan olim,  nemis millatiga mansub, ingliz zabonli, Fransiyada istiqomat qiluvchi,  Iqtisodiy hamkorlik va tarraqiyot tashkilotining ta’lim va ko’nikmalar bo’limi boshlig’i (ОЕСР), PISA dasturi kuratori Andreas Shlyayxer yozgan edi. Kitobning rus tilidagi nomi “Образование мирового уровня.  Как выстроить школьную систему XXI века?”  deb nomlangan edi. Men yana bir bor  hayotda har bir o’rgangan ilim vaqti kelganda o’z samarasini berishini, kerak bo’lsa bunday amaliyotlar haqiqiy hayotda ro’y berishi ham mumkinligiga to’liq amin bo’ldim. Shu bilan birga “Ming marta eshitgandan bir marta ko’rgan afzal” degan maqolni mag’zini chaqdim desam to’g’ri bo’ladi. Endi esa sizlarni o’z ko’zim bilan ko’rib, guvohi bo’lgan  Finlandiyada olgan yangi bilimlarim va tajribalarim bilan tanishtiraman. Maktabgacha ta’lim muassasasining nomi erta ta’lim deb yuritiladi va o’zining belgilangan fan dasturi asosida mashg’ulotlar olib boriladi. Maktabgacha ta’lim pullik. Har yettita bola bir guruh hisoblanadi va ularga bir nafar tarbiyachi biriktirilgan. Erta ta’limga 9 oy yoki  1 yoshdan 6 yoshgacha bolalar qabul qilinadi, 6 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan davrda maktabga tayyorlov guruhlarida o’qitiladi va bu ta’lim bepul amalga oshiriladi. Erta ta’limda bolalarni hayotining ilk 3 va 4 yoshligidanoq hayotiy vaziyatlarga tayyorlov jarayoni mashg’ulot davomida bajarib boriladi. Masalan, aniq guvohi bo’lganim shuki, 3 va 4 yoshli bolalar o’zlari ovqatlanishlari uchun taom, choy va nonlarini  navbatda turib har biri o’z stolga olib borishadi va ovqatlanib bo’lgandan so’ng  bo’sh idishlarini yana olib borib topshiradilar. Bu orqali finlar bolani ya’ni o’g’ilmi yoki qiz bolami yoshligidanoq uy-ro’zgor ishlarini mustaqil bajara olish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Yotoq xonalardagi kravotlarni birinchi marta xonaga  kirgan odamning ko’zlari ilg’amasligi mumkin, chunki kravotlar devorga ilib qo’yilgan va uni shkaf yoki jismoniy tarbiya anjomi(turnik) sifatida ham foydalanishar ekan bu bilan ular xonani bir necha maqsadda foydalanishga erishgan, bir so’z bilan aytganda, finlar bir xovuch yerdan ham unumli foydalanishar ekan. Erta ta’lim muassasasining xovlisi judayam xashamatli bo’lmasada, bolalar o’yingohida mayda qum va har xil oyin uchun mo’ljallangan kerakli sharoitlar yaratilgan. Albatta, bunda o’zimizning maktabgacha ta’lim muassasalarining tashqi ko’rinishlari ham taqsinga loyiqligini aytish mumkin.  E’tiborga loyiq tomonlarining yana bir jihati, qariyalar uylari aynan erta ta’lim muassasalari bilan yonma-yon joylashgan, bu ikki dargoh bir-birlari bilan ayrim vaqtlarda hamkorlikda ishlar ekan. Albatta, buning o’ziga xos psixologik ahamiyatga ega bo’lgan  taraflarini inobatga olish mumkin. Shu o’rinda  o’zimizning qari bilganni, pari bilmas maqoli bejiz emasligini aytishni joiz  deb bildim. Finlandiya maktablarining strukturasi quidagicha:
  • Quyi umumta’lim maktablari (1-6 sinfgacha)
  • O’rta umumta’lim maktablari (7-9 sinflar)
  • O’rta maktab (gimnaziya) – 3 yillik
Finlandiya maktablarida o’quvchilar maktab darsliklari va oziq-ovqat maxsulotlar bilan davlat byudjeti hisobidan ta’minlanadi. Finlandiya maktab o’quvchilari PISA xalqaro baholash tizimida 2000 yildan beri yuqori darajadagi ko’rsatkichlarga ega bo’lib kelmoqdalar.  Xususan, matematika va tabiiy fanlar bo’yicha 2006 yilda eng yuqori darajaga erishilgan. Bu haqda Yuvaskulya Universiteti professori Mertala Pekka  o’quvchilarni xalqaro baholash tizimi va Finlandiya o’quvchilarining  ko’rsatkichlari  haqidagi  ma’ruzasida ta’kidladilar. Fin maktablarida quyi, o’rta va yuqori sinflar alohida binolarda o’qitiladi, har bir bino o’rtacha 5 km uzoqlikda joylashgan. Finlandiya maktablarida  boshlang’ich sinf o’quvchilari  1- sinfdan 6-sinfgacha o’qitiladi. O’quvchilar asosan 7 yoshdan umumta’lim maktablariga qabul qilinadilar, maktabga qabul qilishda ota-onalar, o’qituvchilar, mahalliy hukumat vakillari, psixologlar hamda boshqa mutaxassislar ishtirok etadilar. Ularning xulosasi asosida bolalar 6 yoshdan yoki 8 yoshdan ham qabul qilinishi mumkin.  Kichik sinflar (1-6 sinfgacha) da bolalar soni 20-25 tani tashkil qiladi. Bu maktab binolari yagona boshqaruv tizimiga ega bo’lib, har birida o’rtacha 120 ta o’quvchi ta’lim oladi.  Maktablarni tashkil etishda davlat va ishlab chiqarish kompaniyalari, shuningdek ota-onalar ham faol ishtirok etadilar. Delegatsiya a’zolari Muurame maktabiga tashrif buyurganimizda  maktab direktori Anti Ikonen Finlandiya maktablari tizimi haqida qiziqarli ma’lumotlar berdi, uning so’zlariga ko’ra  maktab 4 qismga bo’lingan holda turli aholi punktlarida joylashgan. Uning markazi Muurame shaharchasida bo’lib,  bu binoda 1-6 sinfgacha bo’lgan 120 ta o’quvchi ta’lim oladi. Fin maktablari boshlang’ich sinf o’quvchilarining ta’lim izchilligi quidagicha: Majburiy predmetlar: -Boshlang’ich matematika;
  • Ona tili (fin tili) – 1-sinfdan boshlab;
  • Xorijiy til (asosan ingliz tili), ijtimoiy va tabiiy fanlar, texnologik ta’lim, jismoniy tarbiya -3 sinfdan boshlab;
Shuningdek, 6-sinfdan va undan keyingi yillarda ikkinchi xorijiy til (asosan shved tili), va mahalliy tillardan birini tanlagan holda o’qishlari mumkin. Finlandiya maktablarida o’qitish tamoyillari bilan birgalikda maktablar moddiy-texnika ta’minoti va umumiy qoidalari nuqtai nazardan bir xil huquq va imtiyozlarga egadirlar. Barcha maktablarda sinflarni jihozlash darsning qiziqzrli va mazmunli o’tishiga hamda o’quvchilarning qulaylikni his qilishlariga qaratilgan. Finlandiya ta’lim tizimining asosiy tamoyillari – bolalarda hayotga qiziqish, kelajakka ishonch, o’zi va atrofdagilarga yaxshi munosabatda bo’lish, hayotiy vaziyatlarga tayyor bo’lishni o’rgatishga asoslangan. Boshlang’ich sinflardan boshlab o’quvchilarda hayotiy ko’nikmalarni shakllantirishga katta e’tibor qaratiladi, shuning uchun amaliy va san’at darslarini unumli tashkil etishga katta e’tibor qaratilgan. Bunday darslarda o’g’il va qiz bolalar barchasi birday qatnashadi. Fin boshlang’ich maktablarida nazariy bilimlar amaliy ko’nikmalarni shakllantirish bilan birga bog’langan holda olib boriladi. Bunday darslar, uy – ro’zg’orda amalga oshiriladigan ishlar hamda kasbga yo’naltirishga qaratilgandir. Bu yozganlarim hali hammasi emas kelgusida bu mavzuni yanada ochiqroq yoritib ommoga e’lon qilish niyatidaman. Shunimgdek, Finlandiya tajribasidan o’zimizning ta’lim tizimimizga ham ko’plab yangiliklarni kiritisak bo’ladi degan taklif bildirib qolaman. Aynan qaysi tomonlariga e’tibor qaratishimiz kerakligiga keying maqolalarimda to’xtalib o’taman. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
  1. Hargreaves, A. and Shirley, D. (2012). The Global Fourth Way. The quest for educational excellence. Thousand Oaks: Corwin.
  2. © 2017 Timothy D. Walker
  3. © Издание на русском языке, перевод, оформление. ООО «Альпина Паблишер», 2018
  4. © Электронное издание. ООО «Альпина Диджитал», 2018
  5. “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
  6. Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
  7. Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtai nazarini ifoda etmasligi mumkin.
  8. Ⓣ – maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.