Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Dialektal iboralarning tasnifi

JDPU Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi katta oʻqituvchisi  F.Abdujalilova Annotatsiya: Ushbu  maqolada  shevaga  xos iboralarning  moddiy-maʼnaviy tamaddunida aks etgan milliy ong, tarixiy tajriba, dunyoqarash, tafakkur, milliy mental xoslanishni namoyon etuvchi frazeologik birliklarning shevada aks etishi tahlil etilgan. Kalit so’zlar: dialektologiya, ibora, tafakkur, dunyoqarash, umrboqiy, millat. Аннотация: В данной статье анализируется диалектное отражение фразеологизмов, выражающих национальное сознание, исторический опыт, мировоззрение, мышление, национальную ментальную идентичность, отражающееся в материально-духовном насыщении диалектных выражений. Ключевые слова: диалектология, идиома, мышление, мировоззрение, жизнь, нация. Annotation: this article analyzes the reflection in the dialect of phraseological units that manifest national consciousness, historical experience, worldview, thinking, National mental characteristic, reflected in the material and spiritual food of dialect-specific phrases. Keywords: dialectology, phrase, thinking, worldview, lifelong, nation.   Dunyo tilshunosligida har bir xalqning oʼz milliy anʼanalari, hayot tarzi bilan bogʼliq qadriyat va urf-odatlarini saqlab qolish, yoyish, milliy til umrboqiyligini taʼminlashga qaratilgan lingvistik tadqiqotlarga alohida ahamiyat berilmoqda. Ushbu tadqiqotlar har bir millatning etnogenezisi, moddiy va maʼnaviy madaniyati til bilan bogʼliq tarzda oʼzining ilmiy-nazariy asosini topishini isbotlamoqda. Oʼzbek tilshunosligida ham tilning milliy madaniyat bilan aloqasini oʼrganuvchi dialektologiya sohasida samarali ishlar olib borilmoqda. Biroq etnosning moddiy-maʼnaviy tamaddunida aks etgan milliy ong, tarixiy tajriba, dunyoqarash, tafakkur, milliy mental xoslanishni namoyon etuvchi frazeologik birliklarning shevada o’ziga xos jihati borligi barchamizga sir emas. Iboralar hayotdagi voqea-hodisalarni kuzatish, jamiyatdagi maqbul va nomaqbul harakat-holatlarni baholash, turmush tajribalarini umumlashtirish asosida xalq chiqargan xulosalarning oʼziga xos obrazli ifodalaridir. Frazeologik maʼnoning hajmi leksik maʼnoning hajmiga nisbatan keng va murakkabligi bilan ajralib turadi. Soʼz maʼnosida boʼlmagan, uchramagan komponentlar frazeologizmlar maʼnosida mavjud boʼladi. Frazeologizmlar tilni, uning mazmunini yanada boyituvchi maʼnaviy xazina boʼlib, ular lingvomadaniy obyekt sifatida millat madaniyatini oʼzida jamlovchi til birligi hisoblanadi. Frazeologizmlar tuzilishiga koʼra soʼz birikmasi yoki gapga teng, semantik jihatdan bir butun, umumlashgan maʼno anglatadigan, nutq jarayonida yaratilmay, nutqqa tayyor holda kiritiladigan lugʼaviy birlik boʼlib,  voqelikni obrazli tasvirlash, uni kitobxon koʼz oʼngida aniq va toʼla gavdalantirishda oʼrni beqiyos. Oʼzbek tilshunosligida frazeologizmlarni ilmiy-amaliy tadqiq qilish boʼyicha izlanish olib borgan olimlardan biri А.Mamatovning fikricha,[1;34]  “iboralar tilning alohida birligi boʼlib, tuzilishiga koʼra erkin bogʼlanma yoki gapga teng, toʼliq yoki qisman semantik qayta shakllangan obrazli, turgʼun soʼz birikmalarni oʼz ichiga oladi”. Muayyan jamiyatda shakllangan til taraqqiy etishda davom etadi. Bu jarayonda oʼz yaratuvchisi boʼlgan xalqning oʼziga xos barcha milliy xususiyatlarini aks ettirib boradi. Natijada, tillar bir-biridan nafaqat tuzilishiga koʼra, balki milliy-ijtimoiy jihatdan ham farqlanadi. Bu farqlar esa til birliklarida yaqqol namoyon boʼladi. Muayyan til vakili ayni damda muayyan madaniyat vakili hamdir. Har qanday madaniyat tilda oʼz ifodasiga ega boʼladi va ular frazeologizmlarda ham oʼz ifodasini topmay iloji yoʼq. Bugungi kunda dialektal shevalarni chuqur oʼrganuvchi, milliy tilda va til jarayonlarida namoyon boʼladigan moddiy va maʼnaviy madaniyatni oʼrganuvchi ijtimoiy soha hisoblanadi. Shuning uchun, u madaniyatning yaratilishi, rivojlanishi, saqlanishi va namoyon boʼlishi kabi tushunchalarini oʼzida qamrab oladi. Dialektal frazeologizmlar maʼlum bir millatning madaniyati, urf-odatlari, oʼziga xos udumlari kabi xislatlarni yorituvchi va xalqlar hayotini, dunyoqarash va turmush tarzini, etik va estetik normalarini ifodalovchi xalq frazeologizmlari orasidagi milliy qatlamdir. А.Nasirov bu qatlamga mansub materialning milliy oʼziga xosligini quyidagi jihatlarda yorqinroq namoyon boʼlishini eslatadi: a) bevosita shu xalqlarning ijtimoiy-siyosiy va maishiy hayotini aks ettirishda; b) oʼrganilayotgan xalqlarga xos xarakter-xislatlarning ishonarli ifodalanishida; v) millatga oid toponimika, flora va faunaning ishtirok etishida; g) millatga xos urf-odat hamda marosimlarning mavjudligida; d) shu xalqlarning adabiy-badiiy tilida . Latish olimi G.Zimanas[2;275] “Millat hayotidagi oʼziga xos holatlarni milliy holatlardan farqlash lozim”, deydi. “Milliy holat tushunchasi – kengroq, u millatning butun hayotini, uning barcha tomonlarini, oʼziga xos holatlar esa ushbu millatga mos boʼlgan (yoki asosan mos boʼlgan) xususiyatlarni aks ettiradi. Masalan, milliy madaniyat tushunchasi u yoki bu millat madaniyatidagi barcha holatlarni, oʼziga xoslik esa – boshqa millatlar madaniyatida boʼlmagan yoki deyarli boʼlmagan jihatlarni qamrab oladi” .[3;90] Bu mulohazaga qoʼshilgan yana bir tadqiqotchi olim V.Z.Panfilovning tillarning dialektal tasnifi va har bir tilning oʼziga xos belgilarini aniqlash toʼgʼrisidagi mulohazasi aynan toʼliq tegishli: “…u yoki bu tilning oʼziga xos jihatlari yoki barcha tillar uchun umumiy boʼlgan va faqat ayrim tillar guruhlariga oid boʼlgan belgilar keng tipologik taqqoslashlar oʼtkazilishi negizidagina maʼlum boʼladi. Bundan tashqari, u yoki bu muayyan tilning oʼziga xos jihatlarini aniqlash tipologik tadqiqotlarning boshlangʼich emas, yakuniy bosqichi boʼlishi kerakligi va u yoki bu tilning maʼlum turga tegishli ekanligini faqat bu muayyan til uchun oʼziga xos boʼlgan belgilarga koʼra aniqlanishi mumkin emasligi tushunarlidir ”[4;567], degan fikri haqiqatga yaqindir. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1.Усманова Ш. Лингвокультурология. –Тошкент, 2019. –Б.162 2.Абдурахимов М. Қисқача ўзбекча-русча фразеологик луғат. –Тошкент: Ўқитувчи, 1980. –Б. 99 3.Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг изоҳли фразеологик луғати. –Тошкент: Ўқитувчи, 1978. –Б. 197-198. 4.Маслова В.А. Лингвокультурология.Учебное пособие для студентов высших  учебных заведений. –5.Москва: Изд.Центр “Академия”, 2001. –С. 105. 6.Базыма Б.А. Психология цвета. Теория и практика. –Москва:. Из-во Речь, 2007. –С. 208. 7.www.ziyo.com 8.diss.natlib.uz