Zokirov M. Z.
Jizzax davlat pedagogika universiteti
Annotatsiya. Maqolada bo’lajak texnologiya ta’limi o’qituvchilarining kasbiy kompetentligini takomillashtirishning modeli va uning asosiy tarkibiy qismlari ustida fikr yuritiladi.
Kalit so’zlar: Kasbiy kompetentlik,model,mutaxassis modeli,texnologiya
ta’limi,tizim, jarayonlar, takomillashtirish.
Аннотация: В статье рассматривается модель повышения профессио нальной компетентности будущих учителей технологического образования и ее основные составляющие.
Ключевые слова: Профессиональная компетентность, модель, экс пертная модель, технологическое образование, система, процессы, совершен ствование.
Bozor munosabatlari sharoitida mehnat bozorida ustuvor o‘rin egallagan kuchli raqobatga bardoshli bo‘lish har bir mutaxassisdan kasbiy kompetentlikka ega bo‘lish, uni izchil ravishda oshirib borishni taqozo etmoqda. Kasbiy competent lik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo‘nalish bo‘yicha integrative bilimlar va harakatlarning o‘zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetensiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o‘rganishni, muhim ijtimoiy talablarniang layolishni, yangi ma’lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o‘z faoliyatida qo‘llay bilishni taqozo etadi.
Ushbu maqolada bo’lajak texnologiya ta’limi o’qituvchilarini kasbiy kompetentligini takomillashtirishning modeli va uning asosiy tarkibiy qismlari ustida fikr yuritiladi. Ta’kidlash zarurki, «mutaxassis modeli» tushunchasi turli olimlartomonidan turlicha talqin qilinadi. Ko’pchilik olimlar mutaxassis modeli deganda, muayyan ixtisoslik bo’yicha mutaxassisning umumlashtirilgan obrazi hisoblangan, o’rganiladigan ob’ektning asosiy tavsifini aks ettiruvchi va bayon etuvchi o’xshashlikni tushunishadi.
Bu tushunchaga N.M.Boritko tomonidan birmuncha boshqa mazmun kiritiladi.Mutaxassis modeli–bu oliy ta’lim muassasasida mutaxassislar tayyorlash jarayonini tartibga soluvchi o’quv rejalari, dasturlar va boshqa hujjatlarning aks ettirilishidir. Ya’ni, mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi modeli eng umumiy ko’rinishi o’zida ijtimoiy-siyosiy, tashkiliy-boshqaruv, axloqiy bilimlarning, mehnat faoliyati uchun zarur bo’lgan xususiyatlar, ko’nikmalarning hajmi va tuzilmasining sxematik ifodalanishini aks ettiradi.
Agar ushbu qoida qabul qilinsa, istalgan mutaxassis modeli allaqachon yaratilgan, hozir gap faqat uni to’ldirish haqida bormoqda, deb aytish mumkin bo’lar edi. Lekin, bu o’rinda nima to’ldirilishga muhtoj hamda doimiy ravishda o’zgarishi va yangilanish jarayonida paydo bo’ladigan talabalarning mavjud mutaxassis modelidagi o’rni qanday bo’ladi, degan savol tug’iladi. N.F.Talizinaning keyingi mulohazalari ushbu muammoga oydinlik kiritadi. Unga ko’ra modelni tuzishda quyidagilar nazarda tutiladi:
– mutaxassisning funktsional shakllanganligi;
– uning kasb-hunar ixtisosligi kengligi;
– professiografik tavsiflar;
– yaqin va yiroq istiqbolga ushbu faoliyatga berilgan ekspert baholarni va
bashoratlar;
– o’quv fanlarning hajmi va nisbatini e’tiborga olgan holda ularning sxemalari.
Ko’rinib turibdiki, ushbu ikki xil yondashish aralash qo’llanadi.Mavjud o’quvtarbiya majmui bo’lgan modelga amaliyot ehtiyojlari va bugungi kun talablaridan kelib chiqib tuzatish kiritiladi va u takomillashtiriladi. Modelga ta’rif bergan va ayni vaqtda uning texnologiyasini bayon qilgan bunday talqin ko’p uchraydi. Masalan, N.A.Muslimov, eng maqbul o’quv rejasi buyurtmachi
sifatida korxonalarning mutaxassisga qo’yiladigan talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi kerak bo’lgan talaba modeli asosidagina tuzilishi mumkin, deb hisoblaydi. Boshqacha nuqtai nazar tarafdorlari ham mavjud. Ular mutaxassisning modeli tushunchasiga mutaxassisning bilimi, malaka va boshqalarni ham kiritishadi. Bizningcha, mutaxassis tayyorlash modeli – bu faqat o’quv rejasi, dasturi va boshqa hujjatlarni ko’zda tutuvchi izchil kontseptsiya emas, chunki u bo’lajak o’qituvchi faoliyatini o’rganishni nazarda tutmaydi, balki bo’lajak o’qituvchi kasbiy faoliyatining asosini tashkil etuvchi sifatlarni ochib berishga xizmat qilishi kerak. Shuning uchun mutaxassis tayyorlash modeli asosiga uning faoliyati modeli qo’yilsa, fikrimizcha, eng maqbul model loyihalashtiriladi. Unga qo’yiladigan bugungi va kelajakdagi talablar, bo’lg’usi texnologiya fani o’qituvchilari tayyor lashdagi muhim nuqsonlarning oldini olish muammosi ana shu modelda o’z ifodasini topadi. Mutaxassis modeli vaziyatni yaxlit tushunish, oliy ta’lim muassasasi doirasidan tashqariga chiqish, o’rganilayotgan mutaxassislar bizning misolimizda texnologiya fani o’qituvchilari faoliyati sohasidagi o’zgarishlarni oldindan aytish va bu o’zgarishlarni mutaxassislar tayyorlash jarayonida hisobga olish zarurligini o’z ichiga olishi lozim. Biz model tuzilmasini qabul qilib olar ekanmiz, tahlil va tajriba-sinovga asoslangan tuzilmani model uchun ongli ravishda ishlab chiqamiz. Bu alohida ahamiyat kasb etadi va biz unga o’qituvchi kasbiy kompetentligini takomillashtirish modelini ishlab chiqish jarayonida batafsil to’xtalamiz.
Mutaxassis pedagog faoliyati modelini yaratish murakkab va ko’p qirrali vazifa bo’lib, uni hal etish bosqichlarini R.C.Nemov quyidagicha ajratib ko’rsatadi:
– mutaxassis modelining asosiy parametrlarini dastlab farazlar tarzida, so’ngra
tadqiqot darajasida ajratib ko’rsatish;
– modelni loyihalash uchun uning ko’rsatkichlarini tanlash, konstruk tsiyalash, standartlashtirish;
– mutaxassis modelini yaratish uchun metodik asoslarni ishlab chiqish.
Keyingi yillarda respublikamizning qator olimlari tomonidan ham u yoki bu
pedagogik jarayonni modellashtirishga qaratilgan tadqiqotlar amalga
oshirildi.Jumladan, N.Shodiev talabalarni kasbga yo’naltirish ishlariga tayyorlash modelini, N.Sayidahmedov esa bo’lajako’qituvchilarni yoshlarning ijtimoiy foydali, unumli mehnatiga rahbarlikqilishga tayyorlash modelini yaratdilar.Shuni alohida ta’kidlash joizki, N.Sayidahmedovning tadqiqotida o’qituvchi faoliyati modeli tuzilmasi nafaqat matn tarzida, balki umumiy ko’rinishdagi sxema tarzida ham keltiriladiki, bu ixtiyoriy pedagogik faoliyatni modellashtirish imkonini beradi. M.Ochilov va T.To’laganov bo’lajak o’qituvchi, mutaxassisning kasb tayyorgarligi modeliga quyidagilarni kiritadi:
-o’rganilayotgan ob’ekt – uning individualligi;
-ob’ektning tadrijiy tavsifi–kasb-hunar yo’nalishi va tayyorgarligi qaror topishi
jarayoni munosabati bilan birinchi kursdan boshlab talaba shaxsining o’zgarishi;
-o’rganiladigan yaxlit tizim – mutaxassislar tayyorlash tizimi;
-modelning aniq mazmuni–birinchi kursdan boshlab kasb tayyorgarligi
jarayonida shaxsning shakllanishi;
-rivojlanish sharoitlariga va o’qituvchining tajribasiga (malakasiga) bog’liq bo’lgan shaxs shakllanishi jarayonlarining aniq taklifi;
-aniqlash usuli–oliy ta’lim muassasasi o’qituvchisining tajribasiga asoslangan sifat, fenomen darajasi;
asosiy vosita – o’quv-tarbiya jarayonining kasbiy yo’nalishi.
Mutaxassis modelini tuzish bilan bog’liq turlicha qarashlar tahlilidan kelib chiqib, biz texnologiya fani o’qituvchisining kasbiy kompetentligini takomillashtirish modeliga quyidagi mulohazalar asosqilib oldik:
- Real jarayonlar va hodisalarni ideal tizimli-tarkibiy namoyon etishga da’vo qiluvchi har qanday kontseptual modelda muayyan darajadagi shartlilikka yo’l qo’yish hamda ma’lum «umumlashtirish» va, ayniqsa, voqelikni abstract lashtirish mavjud bo’ladi. Ob’ektning murakkabligini va ko’p qirraligini hisobga olgan holda faoliyat jarayonlarini modellashtirish, so’zsiz, tizimning eng asosiy, fundamental darajalarini tanlash printsipiga ko’ra yuz beradi.Shu sababli biz umumiy va kasbiy-pedagogik faoliyatga moslashish modellari tuzilishini tanlashda uning o’zagi sifatida shaxsni tanladik.Shuningdek, u ijtimoiy jarayon va faoliyat harakatining ham sub’ektihisoblanadi.
- Hodisa va shaxs tushunchalarning o’ziga xosligi va ichki immunitetligini
hisobga olingan holda ong va voqelik birligi printsipi asosiy prinsip hisoblanadi. Shaxs faoliyati inson fazilatlarining umumlashtirilgan ifodasidir, chunki shaxsning ijtimoiymadaniy olamda harakat qilishining o’zaro bog’liq jihatlarini ifodalovchi ong va faoliyat fazilatlari qarab chiqiladi.
- Qayta aks ettiriladigan ob’ektning mohiyatini birmuncha to’liq qoni qtiruvchi sifatida biz talaba kasbiy-pedagogik faoliyatga moslashishining integrativ modelini tanladik.Tasvirlanayotgan ob’ektning yaxlitlik shartiga rioya qilingan taqdirda model doirasidagi tushunchalarni va bu qoidalarni belgilovchi umumiy faoliyat sohasidan kasbiy-pedagogik faoliyatga moslashish sohasiga o’tkazish amalga oshiriladi. Shu sababli talaba ongi va faoliyatining aniq sifatlari bir-birini to’ldiruvchi, bir-birini davom ettiruvchi sifatida namoyon bo’ladi.
- Ushbu modelni tuzishdan maqsad, bo’lajak texnologiya fani o’qituvchisi
faoliyat sohalarining umulashtirilgan tuzilmasini qismlarga ajratish hisoblanadi, mana shu tuzilma vositasida tadqiqotning faoliyatga yo’naltirilganligi ochib beriladi.
- Shu munosabat bilan modelni tuzish mantiqi ta’limni insonparvar lashtirish, madaniy va ma’naviy yaratuvchilik faoliyatining shart-sharoitlarini shakllantirish tamoyillariga amal qilish mantiqigamuvofiq keladi. Ushbu tamoyillar ta’lim mazmunini loyihalashning asosisifatida taqdim etilgan hamda ong va faoliyat birligi kontseptual modeliga kiritilgan.
- Agar taklif etilayotgan model mohiyatning ideallashtirilgan abstrakt ifodasi
bo’lishdan xalos bo’lib, «ishlay» boshlasa, pedagogik kasbiy faoliyat jarayonida texnologiya fani o’qituvchisining kasbiy kompetentligi ham uning butun yaxlitligida aks ettirishning doimiy jarayoni, ushbu «ish»ning real mexanizmi bo’ladi. Shunday qilib, kontseptual nazariy model ko’rinishida talabaning kasbiy kompetentligining turli darajalarda mantiqiy o’zaro bog’liqligini ko’rib chiqiladi. Unga ko’ra, oliy pedagogik ta’lim tizimi muayyan o’qituvchi ixtisosligidan qat’iy nazar, talabalarni bo’lajak kasbiy kompetentligini takomillashtirishini ko’zda tutuvchi omillarni e’tiborga olgan holda tashkillashtirilishi kerakligini ta’kidlash mumkin. Bu jarayon ularning ongi va faoliyatining o’ziga xosligini belgilab beradi. Ta’lim jarayonining samaradorlik mezoni, fikrimizcha, talabalarning kasbiy kompetentligining takomillashganlik darajasiga bog’liq bo’lishi kerak. Kasbiy kompetentlik bilimlarining talqini pedagogik ijod sifatida texnolo giya fani o’qituvchisining faoliyatga yaxlit munosabatidan, pedagogik muomala va faoliyat uslubini belgilovchi munosabatidan kelib chiqadi. Shu o’rinda munosabat ko’p ma’noda tushuniladi u faqat faoliyat mazmunida munosabat qilish emas, balki o’quvchilar bilan umumiy munosabat nuqtai nazarni, qiziqishlarni topish orqali
bo’ladigan munosabatdir.
Modelda kasbiy kompetentlikni takomillashtirish jamiyatning ma’rifiy ama liy sohasi sifatida aks ettirish shaxsiy yondashish bilan belgilanganligini eslatib o’tish joiz.Shuningdek, uning ko’rsatkichlari o’rtasida mantiqiy aloqalari ning umumiy mazmuni ham aniqlandi. Biroq ko’rsatib o’tilgan aloqalarning mantiqiy bog’lanishi aslida ong va faoliyat birligi asosida yotuvchi dialektik qarama-qarshilik orqali yanada kuchaytiriladi. Yuoqoridagilardan shunday xulosaga kelish mumkinkibiz nazariy model ko’rinishida talabaning kasbiy kompetentligining takomillashishini turli darajalar da mantiqiy o’zaro bog’liqligini ko’rib chiqdik.Oliy pedagogik ta’lim tizimi muayyan
o’qituvchi ixtisosligidan qat’iy nazar, model talabalarda takomillashish jarayonining yaxlit dialektik manzarasini aks ettirishga qaratilgan bo’lishi kerak. Bu jarayon ularning ongi va faoliyatining o’ziga xosligini belgilab beradi.
ADABIYOTLAR
- Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari / Muslimov N.A., Usmonboeva
M.H., SayfurovD.M., To‘raev A.B. – Toshkent, 2015. –120 bet
- Muslimov N.A., va boshqalar. Kasbta’limi o‘qituvchilarining kasbiy kompeten
tligini shakllantirish texnologiyasi/ Monografiya.–T.:“Fan va texnologiya”
nashriyoti, 2013.
- BespalkoV.P. “Pedagogikaiprogressivnыetexnologii.” – M.: Pedagogika, 1989. –
168 s.
- Tolipov O’. “Oliy pedagogik ta’lim tizimida umummehnat va kasbiy ko’nikma
hamda malakalarni rivojlantirishning pedagogik texnologiyalari”. – Toshkent:
“Fan”, 2004. – 361 b