Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

BO‘LAJAK  O‘QITUVCHILARNING MUSTAQIL IJODIY FAOLIYATINI TASHKIL ETISHDA INNOVATSION YONDASHUV

A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti o’qituvchisi PhD. Sadriddinova F. M., magistr Muxammadiyev D Annotatsiya: Ushbu maqolada bo’lajak o’qituvchilarning mustaqil ijodiy faoliyatini tashkil etishda innovatsion yondashuvga oid ma’lumotlar batafsil yoritib o’tilgan. Аннотация: В данной статье подробно изложены сведения об инновационном подходе к организации самостоятельной творческой деятельности будущих учителей. Annotation: this article details the information about the innovative approach to the organization of independent creative activity of future teachers. Kalit so’zlar: kurs ishi, bitiruv malakaviy ishi, kichik insho, referat, bayon, uslubiy ishlanmalar, izchillik, ilmiy hisobotlar. Ключевые слова: курсовая работа, выпускная квалификационная работа, реферат, реферат, изложение, методические разработки, системность, научные отчеты. Key words: coursework, vypusknaya qualificatsionnaya work, report, report, explanation, methodical development, system, scientific reports. Respublikamiz oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar pirovard natijada jahon standartlariga mos yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatining xalqaro e’tirof etilishiga erishishdan iborat. O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasida oliy ta’lim tizimi oldida bugungi kunda o’z yechimini kutayotgan bir qator muammo va kamchiliklar saqlanib qolayotganligi ta’kidlab o’tilgan. Shu nuqtai-nazardan kelib chiqqan holda, bo’lajak o’qituvchilarni, hususan boshlang’ich ta’limda zamon talablariga mos ravishda o’qitish, ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishda innonatsion yondashuvni amalga oshirish bugungi kunda dolzarb masaladir. Mustaqil ijodiy faollik, ijodkorlik talaba-yoshlarning ijtimoiy bilimdonlik va ong asosida ijtimoiy hayotga tayyorgarlik darajasini ta’minlovchi mezon vazifasini o‘taydi. Oliy pedagogik ta’lim tizimi bu borada muhim bosqich bo‘lib, ayniqsa, pedagogika fakultetlarida talabalarning kasbiy mahorati, axloqi, odobi va zaruriy xislat, fazilatlarini shakllantirish va rivojlantirish ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi davrda oliy ta’lim muassasalarida talabalarning bajarayotgan mustaqil-ijodiy ishlarining asosiy ko‘rinishlari, shakllari quyidagilardan iborat:
  1. Kurs ishlari va loyihalarini bajarish.
  2. Diplom (bitiruv malakaviy) ishlari va loyihalarini ishlab chiqishda va amalga joriy etishda qatnashish. Masalan, ta’lim tizimining turli bosqichlarida ta’lim oluvchilar yozma mustaqil ishlarni bajarish uzluksizligini ta’minlash quyidagicha amalga oshiriladi:
– umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, xususan, boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar kichik insho, bayon, diktant yozsalar, o‘rta va yuqori sinflarda ular turli referatlar yozib, hisobotlar tuzishadi; – o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim tizimida ular mustaqil ravishda kurs ishlari, bitiruv malakaviy (diplom) ishlarini bajarishadi; – magistrlik va doktorlik ilmiy tadqiqotlar esa ushbu ishlarning bevosita davomi va asosiy maqsadi hisoblanadi.
  1. Turli xil muammoli topshiriqlarni o‘quv fanlari yo‘nalishlari bo‘yicha bajarish, masalan, hisobot, sinov darslari uchun nazorat savollari tuzish va boshqalar. Talaba yoshlarning turli xil muammoli topshiriqlarni mustaqil holda fan yo‘nalishlari bo‘yicha bajarishlari ta’lim tizimining bir necha bosqichlarida davom etishi mumkin. Masalan, oliy ta’lim muassalari DTS larida amaliy mashg‘ulotlarga vaqt ajratilgan. Talabalar ana shu amaliy mashg‘ulotlarga qatnashganlarida mustaqil holda ishlab chiqarishda qatnashishning dastlabki ko‘nikmalari paydo bo‘ladi. Muammoli vaziyatlarga duch kelganlarida esa mustaqil holda yechimlarni yengib o‘tish uchun tinimsiz izlanadilar.
Quyida oliy ta’lim muassalarida o‘qituvchilarni tayyorlash jarayonida samarali foydalanishi mumkin bo‘lgan mustaqil ijodiy ishlarning nomlari keltirib o‘tiladi. Ularni turli xil hududiy, mintaqaviy, mahalliy xususiyatlarni hisobga olgan holda amaliyotga muvaffaqiyatli joriy etish mumkin. – ta’lim tizimida, o‘quv jarayonida va tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga doir (amaliyotlar davrida) uslubiy ishlanmalar tayyorlashda ishtirok etish; – o‘quv mashg‘ulotlarining elektron ishlanmalarini tayyorlash va amalga joriy etish; – ilmiy hisobotlar tayyorlashda ishtirok etish (xo‘jalik hisobidagi shartnomalar asosida tadqiqot ishlarini bajarish bo‘yicha); – ta’lim muassasasi (maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’limi, oliy  ta’lim) o‘quv reja va dasturining alohida qismlari, bo‘limlarini takomillashtirish uchun uslubiy tavsiyalar, ishlanmalar tayyorlashda qatnashish; – ta’limning didaktik vositalarini loyihalash, tuzish, qurish ishlarini bajarish. Texnologik va perfo xaritalar tayyorlash, slaydlar yaratish; – Talabalarning turli faoliyatlari (o‘yin, o‘yin-dars, mehnat, sport-sog‘lomlashtirish, ijodkorlik, ishlab chiqarish, jamoatchilik va boshqalar)ni tashkil etishni takomillashtirish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishda va ularni amaliyotga joriy etishda qatnashish; – turli pedagogik, psixologik, didaktik, metodik va ilmiy tadqiqot izlanish va kuzatishlarda, tajriba-sinov ishlarida ishtirok etish, – testlar, test-anketa, suhbatlar savolnomalari, kuzatishlar kartochkalarini tuzish, intervyular o‘tkazish, ularni muhokama hamda tahrir qilishda qatnashish; – fanlar olimpiadalari, ko‘rik-tanlovlar, turli musobaqalarda, ilmiy-metodik anjumanlar va seminarlarda ishtirok etish; – ta’lim muassasasi jamoatchilik tashkilotlari, mahalla, hokimiyatlar vakillari bilan turli xil madaniy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda, hasharlarda faol ishtirok etish va boshqalar. Talabalarning ushbu mustaqil-ijodiy ishlarining ko‘pchiligi bevosita to‘g‘ridan-to‘g‘ri davom ettiriladi va ba’zilari esa ko‘rinishi, shakli o‘zgarsa-da, ammo, mazmuni, maqsad va vazifalari saqlab qolingan holda davom ettiriladi. Masalan, diplom va kurs ishlari, loyihalar oliygohdan keyin bevosita shu nomda davom ettirilmasada, tadqiqot ishlarni mavzusi aniqlangach, yo‘nalishi belgilanadi, kengaytirilib, chuqurlashtirib, bo‘lajak mutaxassisning ilmiy-pedagogik faoliyatining asl mohiyati yo‘nalishini belgilashi ham mumkin. Talabalarning mustaqil ijodiy faoliyatida bo‘lajak  kasbiy mahoratining dastlabki qirralari ham shakllantirilib, takomillashib boradi. Masalan, yuqorida keltirilgan yo‘nalishlarning dastlabki qismlarini bajarishda ular mustaqil ijodiy ishlarni belgilangan talablar asosida amalga oshiradilar. Bu hol esa, mustaqil pedagogik faoliyatda ularning turli xil shu yo‘sindagi ishlarni bajarishlariga poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Umuman olganda, bo’lajak o‘qituvchilarning mustaqil ijodiy ishlarini muvaffaqiyatli tashkil etishni zamon talablari darajasida yo‘lga qo‘yish uchun quyidagi taklif va tavsiyalarni keltirish mumkin: – Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlashda mustaqil ijodiy ishlarning turli-tumanligi muhim o‘rin tutadi, chunki talabalar tahsil davomida qanchalik turli ijodiy topshiriqlarni bajarsalar, mustaqil pedagogik faoliyatining xilma-xil qirralari tobora oydinlashib boradi. –  Talabalarning mustaqil ijodiy faoliyatini tashkil  etishda  uzluksizlik,  uzviylik  va izchilliklar davomiyligiga alohida e’tibor berish zarur. Chunki bunday holatlarda muammoli topshiriqlarni bajarishda “oddiydan murakkabga” va “osondan qiyinga” tamoyillariga rioya qilinsa, maqsadga muvofiqdir. – Talabalarga o‘quv va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda va amaliyotlar davrida bajargan mustaqil ijodiy ishlari namunalari nusxalarini saqlab borishlari tavsiya etiladi, chunki ulardan mustaqil pedagogik faoliyatda bevosita namunalar, andozalar sifatida foydalanish ham mumkin. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, talabalarni kasbiy ko‘nikma hamda malakalarga ega bo‘lishlarini ta’minlash masalasini samarali hal etilishida mustaqil amaliy ijodiy faoliyatini tashkil etishning shakllariga alohida e’tibor qaratish lozim. Bu esa izlanuvchan ijodiy jihatdan rivojlangan pedagoglarni tayyorlash muammosini hal etishga yordam beradi. Foydalanilgan adabiyotlar:
  1. O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgachari vojlantirish kontseptsiyasi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son Farmoniga1-ilova. // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz), 2019 yil 9 oktyabrь «O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami»,2019 yil 14 oktyabrь, 41-son, 765-modda
  2. Jurayev Z.H., Tolipov O ‘., Sharipov Sh. Uzluksiz ta’lim tizimida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishning ilmiy-pedagogik asoslari. – T.: Fan, 2004, 120-b.
  3. Melievna, O. F., Saparbayevich, J. F. Scientific and theoretical issues of formation of intellectual and creative qualities of the person.
  4. Melievna, O. F., Norpulatovna, S. M., & Abdulkhakimovna, S. Z. (2020). Use of interactive methods in the formation of creative qualities of students. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(6), 498-502.
  5. Zokirova U.I. Using the views of eastern thinkers in the spiritual and moral education of future teachers. SAARJ Journal on Banking & Insurance Research. Vol 9, May 2020, 78-80