Ushbu maqolada bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy barqarorligini shakllantirishda integrativ yondoshuvning ahamiyatliligi yoritilgan.
Kalit so’zlar: Ta’lim, sifat, tarbiya, integratsiya, ilmiy qarashlar va ilmiy isbot, integratif funksiya.
Bugungi kunga kelib, ilmiy qarashlar va ilmiy isbotlar, dalillar shundan dalolat bermoqdaki, bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy barqarorligini ta’minlashda nazariy tahlil va ularga tayangan holda fikrlarni umumlashtirish hamda bir yaxlit tizimga keltirish bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy barqarorligini ta’minlashda quyidagilarga e’tibor berish muhim ahamiyat kasb etadi. Bular:
– bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy barqarorlashuvini ta’minlash uchun shaxs, jamiyat va ta’lim muassasalarining talab va ehtiyojlariga bog’liqligi;
– bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy barqarorligini ta’minlash ta’lim hamda ijtimoiy muhitga bog’liqligi;
- bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy barqarorligini ta’minlash shaxs psixologiyasidagi boshqaruv tizimiga ham bog’liq. Shuni e’tiborga olgan holda bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy barqarorligini ta’minlash quyidagi ishlarni amalga oshirishni ham taqazo etadi. Bular:
- bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy barqarorligini ta’minlashni amalga oshirishda ta’lim jarayonining samaradorligi muhimligi bilan ajralib turadi;
- bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy barqarorligini ta’minlash uchun ta’lim jarayonini takomillashtirib borish maqsadga muoffiq deb hisoblanadi;
- bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy barqarorligini ta’minlashda refleksiv boshqaruvning shartligi;
- bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy barqarorligini ta’minlashda pedagogik hamda xususiy-metodik bilim, ko’nikma va malakasini shakllantirish yetakchi o’rinlardan birida turishi shartligi;
- bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy barqarorligini shakllantirishga xizmat qiladigan pedagogik shart- sharoitlarni to’g’ri aniqlab olish;
- bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy barqarorligini ta’minlashda ta’lim – tarbiya jarayoniga integrativ yondoshuvning muhimligi kafolat garovidir.
Demak, bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy barqarorligini ta’minlash jarayoniga integrativ yondoshuvni hech ikkilanmasdan olib kirish talabalarni kasbga yanada qiziqishlarini ortiradi.
“Integratsiya – o’qitishning maqsad va omillarini bir butun qilib birlashtirish.
Integratif funksiya – bu funksiya umumta’lim va kasbiy ta’limni bog’lovchi zvenodir. Bunda ta’lim mazmunidagi barcha tashkil etuvchi elementlar majmuasini – bilim, ko’nikma, malaka, me’yor, pedagogik tizimlarni o’zida mujassamlashadi.
Integratsiyalash – lotincha «integer» – umumiylik, «integerara» – umumiylikni to’ldirish, yaratish, tiklash demakdir. Ta’lim mazmunidagi uyg’unliklarni ta’minlash muammolari integratsiyalashning shug’ullanadigan sohasi hisoblanadi.
U tushunchalarni umumlashtirishni o’rgatish. Ta’lim va tarbiyada bilimlar, tushunchalar, ko’nikmalar va malakalarni shakllantirishlarni umumlashtirib, qonun yoki qoida ko’rinishiga keltirishni amalga oshiradi.
Integratsiyalash tushunchasi muhim ilmiy termin bo’lib, u umumlashtirish, xulosalashlarda metodologik vosita bo’lib hisoblanadi, chunki uning yordamida jaryon va hodisalar mazmunlari orasidagi umumiy uyg’unlik algoritmlari yaratiladi.
Pedagogik tadqiqotlarda tadqiqot ob’ekti va metodologiyasiga tegishli ma’lumotlar o’rtasidagi aloqadorliklarni o’rnatish (funksional bog’lanishlarni) masalalarini hal etishda integratsiyalashdan foydalaniladi.
Tadqiqot ishlarni bajarishda va turli fanlardagi ta’lim mazmunlarini umumlashtirish va to’ldirishda integratsiyalash jarayoni doimo qo’l keladi va ko’zlangan maqsadga erishishni kafolatlashga yordam beradi[1].
Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda fanlararo aloqadorlik jarayonida fundamental, xususan, pedagogik va xususiy-metodik bilimlarni o’zlashtirishda fanlararo uyg’unlikni ta’minlash masalasini tahlil etish uchun ularning metodologik asoslari borasida yetarli ma’lumotlarga ega bo’lish zarur. Pedagogika yo’nalishidagi oliygohlar talabalarni kasbiy barqarorlikka o’rgatishda bizning fikrimizcha quyidagilarga amal qilsa maqsadga muoffiq bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, Vazirlar Maxkamasining farmoishlari, Ta’lim vazirliklarining buyruqlari jamiyatda o’qituvchilarning obro’sini tiklash va mavqeini oshirishga qaratilgan sa’yi – harakatlar talabalarga integrativ yondoshuv asosida tushuntirib berilsa ularda kuzatiladigan masalaning mohiyatini tezda anglab oladi.
Pedagogika oliygohlarida taxsil olayotgan bo’lajak o’qituvchilar ertangi kundagi faoliyatlarini va imkoniyatlarini yaqqol tasavvur qilish imkoniyatiga ega bo’ldi.
Bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy mahoratini, bilimini, barqarorligini shakllantirish borasida yuqoridagi fikrlar doimo talabalarning diqqat markazida turishi kerak.
Bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy barqarorligini ta’minlashda:
– bo’lajak o’qituvchilarning pedagogik dunyoqarashini tarkib toptirish, hamda ta’lim tizimiga maqsadli yondashuv, hissini uygotish;
– bo’lajak o’qituvchilarda intelektual salohiyatni shakllantirish;
– bo’lajak o’qituvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish;
– bo’lajak o’qituvchilarda pedagogik faoliyatga nisbatan javobgarlik hissini oshirish;
– bo’lajak o’qituvchilarda kasbiy bilimlarni egallashga mas’ullik hissini oshirish;
– bo’lajak o’qituvchilarda o’z kasbida borqaror faoliyat yurita olish malakasini shakllantirish zaruriyati bor.
Bo’lajak o’qituvchilarda kasbiy barqarorlikni ta’milash – pedagogik faoliyatning uzluksiz jarayoni bo’lib, unda har bir professor – o’qituvchi talabalarni o’zlari tanlagan kasbga nisbatan yanada mexrini uyg’otish bilan bir qatorda pedagogikaning sir – asrorlari bilan yaqindan tanishtirib borishi muhim omil hisoblanadi.
Norqo’ziyeva M.A.
JDPU, maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi
katta o’qituvchisi p.f.f.d. PhD
[1] Ж.Ҳасанбоев, Х.Тўрақулов, Н.Усманов. Педагогика фанидан изоҳли луғат .Тошкент – 2009 182 – 184 бб
