Maxamatova Feruza Safaraliyevna
Jizzax davlat pedagogika universiteti Pedagogika ta’limi nazariyasi kafedrasi o`qituvchisi
Annotatsiya: Maqolada bo`lajak o`qituvchilarni intelektual faoliyatga tayyorlashning hozirgi ahvoli va uni bo`lajak o`qituvchilarni intelektual faoliyatga tayyorlash tizimini takomillashtirish yo`llari haqida fikr yuritilgan.
Аннотация: В статье предусмотрено текущее состояние подготовки учителей к интеллектуальной деятельности и будущей подготовки будущих учителей к интеллектуальной деятельности.
Abstract: The article envisages the current state of preparing teachers for intellectual activities and the future preparation of future teachers for intellectual activities.
Kalit so’z: intelektual faoliyat, aqliy salohiyat, intelektual faoliyatga tayyorlash masalalari, intelektual faoliyatga tayyorlash yo`llari.
Ключевые слова: интеллектуальная деятельность, интеллектуальный потенциал, вопросы подготовки к интеллектуальной деятельности, способы подготовки к интеллектуальной деятельности.
Key words: intellectual activity, intellectual potential, questions of preparation for intellectual activity, ways of preparation for intellectual activity.
Maʼlumki, “XXI asr – axborotlashtirilgan jamiyat sari asri”, deb atalmoqda. Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida taʼlim tizimini intelektuallashtirish davr talabi hisoblangan. Zamonaviy taʼlim –tarbiya jarayoni o‘qituvchilardan intelektual bilim, salohiyat va uni o‘quvchilarga yetkazib tushuntirish yo‘llarini ham mukammal bilishni talab qilmoqda. Аmmo eski uslub va vositalar yordamida buni amalga oshirishning imkoni yo‘q.
Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoev taʼkidlaganlaridek, «Bugungi kunda mamlakati[1]mizni yangilash va modernizatsiya qilish, uni innovatsion asosda rivojlantirish, oʼz oldimizga qoʼygan koʼp qirrali va murakkab vazifalarni
amalga oshirish maqsadida biz zamonaviy va kreativ fikrlaydigan, har qanday vaziyatda ham masʼuliyatni oʼz zimmasiga olishga qodir boʼlgan,gʼayrat-shijoatli, intellektual salohiyati yuksak,vatanparvar yosh kadrlarga davlat va jamiyat boshqaruvida muhim vazifalarni ishonib top[1]shirmoqdamiz». Globallashuv va iqtisodiy rivojlanishning bir maromda kechmayotganligi sharoitida nafaqat alohida inson, balki butun jamiyatning intel[1]lektual salohiyati ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu holat fantalab mahsulotlar haj[1]mining oshib borishida, tovarlar va xizmatlar qiymati tarkibida bilimlar kapitallashuvining oʼsishida namoyon boʼladi.
Bugungi zamon talabi bo‘lajak o‘qituvchilardan zamon bilan hamnafas qadam bosishni va har doim ilmiy salohiyatini, ijodkorlikni, o‘z ustida tinmay mehnat qilishni talab qilmoqda. Shu sababli ham hozirda taʼlim-tarbiya jarayonini intelektuallashtirish zamonaviy pedagogikada dolzarb muammolardan biridir.
Taʼlim sohasida yurtimizda keng islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘gʼrisida»gi O‘RQ-576-sonli Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘gʼrisida”gi PF-6108-son Farmoni,”Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘gʼrisida”gi PQ-2909 qarori,”Oliy maʼlumotli mutaxasssilar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘gʼrisida”gi PQ-3151 qarori,”2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” kabilar yurtimizda taʼlim sohasiga berilayotgan yuksak eʼtibordan dalolatdir.
Oliy taʼlim muassasalarida bo‘lajak o‘qituvchilarni taʼlim-tarbiya faoliyatiga tayyorlash murakkab jarayon bo‘lib, uni oqilona amalga oshirish bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy yetukligini taʼminlashga xizmat qiladi. Bilamizki, maʼlum mutaxassislik bo‘yicha kadrlar tayyorlash taʼlim standartlari, meʼyoriy hujjatlar, o‘quv-metodik adabiyotlar tizimi asosida amalga oshiriladi.
Intellektual salohiyat tushunchasi inson faoliyatiga tegishli boʼlib, uning tashuvchisi boʼlib subʼekt hisoblanadi. Salohiyat subʼekt holatini maʼlum turdagi va sifatdagi faoliyatni amalga oshirish imkoniyati nuqtai nazardan tavsiflaydi. Bunday imkoniyatlar jamiyat tomonidan uning tarixiy rivojlanish davomida yaratilib, turli omillar birligi va oʼzaro aloqadorligining majmui bilan belgilanadi.Inson faoliyati salohiyatni ishga solish jarayonidir. Inson qachonki zaruriy bilim va malakaga, yaʼni unga oʼz ishini sifatli bajarish imkonini beruvchi salohiyatga ega boʼlsa, shundagina u mutaxassis va oʼz kasbining ustasi boʼlib hisoblanadi. Bu oʼta muhum holat. Chunki intellektual salohiyat doim sodir boʼlishi mumkin boʼlgan jarayonlarni kutishi bilan bogʼliq. Eng oddiy holatda, agar odam unga boʼlgan ishonchni oqlamasa, bu shuni anglatadiki, yoki unga halaqit berishgan, yoki uning salohiyati notoʼgʼri baholangan.
Taʼkidlash lozimki, intellektual salohiyat oʼta mazmunli va yetarlicha murakkab tushunchadir.Oldinlari undan ijtimoiy bilim kategoriyasi sifatida emas, balki koʼp hollarda boshqa maʼnoda, yaʼni metafora sifatida foydalanishgan. Hozirda vaziyat oʼzgardi. Postindustrial dunyoda aynan integrativ butunlik sifatida tan olina[1]yotgan yuqori intellektual salohiyatga ega boʼlgan mamlakatlar yetakchilik qilmoqda. Hozirgi zamondagi jamiyat hayotida intellektual salohiyatga aloqador boʼlgan fan, taʼlim, yangi axborot texnologiyalarining roli oshib bormoqda. Iqtisodiyotlari bilimga asoslangan (intellektual iqtisodiyot) rivojlangan mamlakatlarning industrialdan yangi industrial, axborotlashgan jamiyatga oʼtishlari, birinchi qatorga inson faoliyatining intellektual jihatlarini olib chiqmoqda.
Bunda bo‘lajak o‘qituvchilarni intelektual faoliyatga tayyorlash masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Intelektual salohiyatga ega bo‘lgan bo‘lajak o‘qituvchilar “Intelektuallashtirilgan asr”ning faol ishtirokchisi bo‘la oladi, maʼnaviy jihatdan yetuk bo‘ladi, inovatsion jihatdan rivojlangan bo‘ladi va bunday o‘qituvchilar taʼlim-tarbiya jarayonini rivojlantira oladi. Shuning uchun bo‘lajak o‘qituvchilarni intelektuallashtirilgan taʼlim asosida intelektual faoliyatga tayyorlash hozirgi taʼlim sohasidagi va bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash sohasidagi eng asosiy muammolardan biri hisoblanadi.
Intellektuallashtirilgan o‘qitish tizimlari va vositalari negizida bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash borasida bir qator olimlar tadqiqot ishlari olib borgan. Jumladan, B.S.Аxmadaliev, U.Sh.Begimqulov O.J.Bobomurodov, I.Boynazarov, M.M.Vaxobov,А.V.Volosova,Z.Jamoliddinov, V.I.Zagvyazinskiy, А.N.Mexaylov, N.А.Muslimov, А.T.Nurmanov, Q.T.Olimov, Z.T.Raximov, N.I.Tayloqov, Sh.R.Turdiyev, X.А.To‘raqulov, O.X.To‘raqulov, U.X.To‘raqulov, D.Yunusova, J.А.Xamidov va boshqalarning tadqiqot ishlari bo‘lajak mutaxassislarni intellektuallashtirilgan kasbiy faoliyatga tayyorlash masalalari qaralgan va ulardan zamonaviy intellektual salohiyatli, innovatsion rivojlangan kadrlar tayyorlashda didaktik asos sifatida foydalanish mumkin.
Xususan, bo‘lajak boshlangʼich sinf o‘qituvchilarini intellektuallashtirilgan kasbiy faoliyatga tayyorlash muammosi bo‘yicha ham tadqiqot ishlari bilan shugʼullangan mutaxassis – olimlarimiz bor. Quyida ulardan baʼzilarining nomlarini keltiramiz: B.S.Аbdullaeva, А.R.Meliboev, O‘.R. Nurjanova, N.X. Аripova, B.X.Raximov, N.U. Usmonov ,S. Usmonov, X.А. To‘raqulov, O‘.N. Farmonov va boshqalar ishlarida boshlangʼich taʼlimga oid muammolar echimini topishga innovatsion yondashuvlar qilish masalalari qaralgan. O‘rganib chiqilgan ishlarda bo‘lajak boshlangʼich sinf o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashning u yoki bu qismini, yaʼni ayrim yo‘nalishlarini intellektuallashtirishga erishilgan.
Endi “intellektual faoliyat” tushunchasini ochishga harakat qilaylik. Ko‘pgina mualliflar odatda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va intellektual deb ataladigan uchta faoliyat turini ajratib ko‘rsatishadi. Ularning orasidagi farqlarni tahlil qilib, ular intellektual faoliyat o‘ziga xos xususiyatlarga ega (maʼlumot bilan ishlashga eʼtibor berish, insonning intellektual qobiliyatlaridan foydalanish, malakalar) va quyidagi taʼriflarga javob berishini taʼkidlaydilar: intellektual faoliyat – bu iqtisodiy faoliyatning har qanday sohasida, shaxsning intellektual qobiliyatlari yordamida amalga oshiriladigan va axborot bilan ishlashga qaratilgan mehnat faoliyati turi.
Hayot davomida ruhiy holat va intellektual qobiliyat bevosita ikkita omilga bogʼliq: taʼlim va kasbiy malaka darajasi. Yoshlikda inson olgan bilim darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, qarilikda shunchalik yaxshi aql saqlanib qoladi. Yosh yillarda olingan yuqori kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan odamlar o‘zlarining bilimlarini doimiy ravishda balogʼat yoshiga yetmoqdalar, yaʼni butun umri davomida intellektual mashgʼulotlar bilan shugʼullanadi. Bundan kelib chiqadiki, agar inson intellektual ish bilan shugʼullanadigan bo‘lsa, u butun umri davomida o‘qiydi, o‘zini takomillashtirishga intiladi. Intellektual faoliyat natijalari insoniyatning eng qimmatli mahsulotlaridir, ular mamlakatlar va ularda yashaydigan xalqlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosi hisoblanadi.
O‘quvchi dunyoqarashini shakllantirishning bir necha maqbul shakl, metod va vositalari bo‘lib, ular sirasida maʼnaviy-ahloqiy, ijtimoiy-gʼoyaviy, iqtisodiy, huquqiy, estetik va ekologik mavzularda tashkil etiluvchi suhbatlar, bahs-munozaralar, maʼruzalar, muammoli vaziyatlarni yaratish asosida o‘quvchilarni fikrlashga undovchi amaliy treninglar, debatlar, mustaqil ishlar, shuningdek, ishchanlik o‘yinlari yanada samarali sanaladi.
Intellektual salohiyat quyidagi ikki tarkibiy qismga ega: amalga oshirilgan va amalga oshiril[1]magan. Аmalga oshirilgan intellektual salohiyat toʼgʼrisida gapirilganida biz hozirgi vaqtda xodimning mehnat faoliyati jarayonida foydalaniladigan imkoniyatlarining bir qismini nazarda tutamiz, masalan, uning maʼlumoti,bilimi, kasbiy malakasi va h.k. Аmalga oshirilmagan salohiyat (rivojlanish salohiyati) optimal sharoitlarni hisobga olgan holda, qator omillar taʼsirida yuzaga chiqadi. Misol uchun, intellektual salohiyatni rivojlantirish xodimni ish beruvchining bevosita manfaatdorligi yoki barqaror rivojlanayotgan iqtisodiyot tomonidan uning kasbiy-malakaviy darajasiga yangi talablarning qoʼyilishi munosabati bilan oʼqitish orqali amalga oshiriladi.
Intellektual salohiyatning mazmunini toʼldirish boʼyicha turli yondashuvlarni oʼrgangan holda bu salohiyatni tavsiflovchi qo`shimcha tushunchalar sifatida quyidagilarni taklif etamiz: mehnat, taʼlim va ilmiy-tadqiqot salohiyati. Intellektual mehnat tavsifi intellektual salohiyatdan bevosita mehnat faoliyatida foydalanish darajasini aks ettiradi. Miqdor jihatidan mazkur tavsif intellektual salohiyatni amalga oshirish qobiliyatiga ega boʼlgan aholining ulushida ifodalanadi.Intellektual salohiyatning keyingi tavsifi taʼlim bilan bogʼliq. Xodim maʼlumotining darajasi va sifati mehnat faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlarini belgilaydi. Masalan,oddiy texnik savodxonlik koʼpgina mexanizmlar bilan toʼldirilgan sotsiomadaniy sohada ishlovchi xodimlar uchun ham zarur.
Intellektual salohiyatning ilmiy-tadqiqot tavsifi bevosita mehnat unumdorligining oshi[1]shiga taʼsir koʼrsatadigan kashfiyotlar, patentlar,ratsionalizatorlik takliflarda namoyon boʼladi.Ilmiy salohiyatni ilmiy-tadqiqot salohiyati sifatida talqin qilishni taklif etamiz, chunki mazkur indikatorni kiritishdan maqsad tadqiqotchilik layoqatining mehnat faoliyati pirovard natijalariga taʼsirini koʼrsatib berishdan iborat.
Bo‘lajak o‘qituvchilarni intelektuallashtirilgan taʼlim negizida pedagogik faoliyatga tayyorlash quyidagi natijalarni beradi.
Birinchidan, intellektuallashtirilgan taʼlim negizida o‘qitish vositalari va tizimlari bo‘lajak o‘qiluvchilarni intellektual kasbiy faoliyatga talablariga javob beradigan, zamon bilan hamnafas yo‘ra oladigan kadrlarni tayyorlashga xizmat qilishga asos bo‘ladi.
Ikkinchidan, bo‘lajak o‘qituvchilarni intellektual faoliyatga tayyorlash uchun ishlab chiqilgan pedagogik taʼlim bosqichlaridan amaliy faoliyatda foydalanish negizida taʼlimda yangicha sifat ko‘rsatkichiga erishib, yuqori samaradorlikni qo‘lga kiritish mumkin va taʼlim oluvchilarni zamonaviy innovatsion yondashuvlar qilishga ham tayyorlash mumkin bo‘ladi.
Uchinchidan, bo‘lajak o‘qituvchilarni intellektual salohiyatini, ijodkorligini, bilimdonligini, turdosh fanlar yuzasidan salohiyatlilikni va inovatsion jarayonning faol aʼzosi bo‘lish sifatlarini shakllanishiga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati:
1.O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy majlisga Murojaatnomasi // Xalq so`zi, 2018 yil 29 dekabr
2.To`raqulov X.A. O`razboyev S.E.Bo`lajak o`qituvchilarni intelektual faoliyatga tayyorlashning ilmiy-metodik ta’minoti va ta’lim mazmuniga qo`yilgan zamonaviy talablar, inovatsion yondashuvlar-ilm-fan taraqqiyoti kaliti sifatida: yechimlar va istiqbollar: Respublika miqyosidagi ilmiy-texnik anjumani materiallar to`plami.Jizzax, 2020. –328-333.
3.Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar – Qarshi.: Nasaf, 2000 y.
4.Tolipov O‘., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari. – T.: 2005
- Shayxova X.Intelektual salohiyat-taraqqiyot mezoni. – T.: “O`zbekiston”, 2011 – 12 b.