Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Bo’lajak maktabgacha ta’lim mutaxassislarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda  kreativ kompetentligini rivojlantirishning o’ziga xosligi.

   SAYDULLAYEVA NARGIS ILHOM QIZI  JDPI “Maktabgacha ta’lim “ kafedrasi o’qituvchisi nargisfarzona404@gmail.com  Maqolada bo’lajak pedagoglarning kreativ potensiali bilish jarayoniga yo’naltirilgan ijodkorlik bilan chambarchas bog’liqligi bo’lib, kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida an’anaviy tafakkur yuritishdan farqli ravishda fikrlashning tezkorligi va egiluvchanligida, yangi g’oyalarni yaratish, qobiliyati, shuningdek, shaxs xarakteriga xos jihatlar – bir qolipda fikrlamaslikda, o’ziga xoslik, tashabbuskorlik, noaniqlikka toqat qilishda, zakovatli bo’lishda aks etishi asoslangan. Kalit so’zlar: maktabgacha ta’lim, kreativlik, kreativ kompetentlik, kreativ potensial, kreativ tafakkur. Ta’lim tizimini modernizasiyalash va uni shaxs imkoniyatlariga to’liq moslashtirishga ko’maklashuvchi zamonaviy ta’lim tizimining asosiy vazifalaridan biri maktabgacha ta’lim tizmini har tomonlama takomillashtirishdir. Shu bilan birga maktabgacha ta’lim tashkilotlariga mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda ya’ni  ta’lim oluvchilarda tashabbuskorlik, mustaqillik, kreativlik sifatlarini qaror toptirish va rivojlantirishdan iborat etib belgilangan. Shu nuqtai nazardan yondoshadigan bo’lsak, mutaxassislar tayyorlash tizimini modernizasiyalash, pedagogik faoliyat samaradorligini ta’minlashning asosiy shartlaridan biri – ularda kasbiy faoliyatga nisbatan kreativ yondashuvini rivojlantirishdan iborat. Kreativlik – shaxsning akmeologik darajadagi faoliyat bosqichi bo’lib, bu qo’yilgan masala yoki muammo yuzasidan o’z fikrini bayon qilish, o’zgalarning fikrlarini ijodiy qayta idrok etish, refleksiya, o’z nuqtai nazarini asoslab berish va himoya qilish imkoniyatiga ega bo’lishga tayanadi. Pedagogning kreativligi  faoliyati ko’rib chiqilayotgan muammoga o’ta kirib borish, mavzuni puxta bilish, butun muammoni   qamrab olish qobiliyati, an’anaviylikdan uzoqlashish bilan tavsiflanadi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Shuningdek, kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o’tkirlikni belgilab beradi. Pedagoglarning  kreativligi uning ijodiy faoliyatida paydo bo’ladi va rivojlanib boradi. Bo’lajak maktabgacha ta’lim mutaxassislarining kreativ faoliyatining asosiy tarkibiy qismlarini bilish mayllari, ehtiyojlari, faolligi, mustaqillik, tashabbuskorlik, nostandart tafakkur, improvizasiya kabilar tashkil etib, ular bevosita shaxsning yo’nalganligi va kreativ qobiliyatlari bilan uyg’unlashadi. Oliy ta’lim muassalaridagi ta’lim jarayonida bo’lajak maktabgacha ta’lim tashkilotlari mutaxassislarini tayyorlashning asosiy vazifasi esa, bo’lajak tarbiyachilarning mana shu ehtiyojlarini ta’minlash uchun zarur pedagogik shart-sharoitni yaratish va samarali metodik ta’minotni vujudga keltirishdan iborat. Pedagogning kreativligi, bu uning qatiy, chegaralangan yoki sust chegaralangan sharoitlarda har xil original g’oyalarni izlab topish layoqatidir. Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish quyidagi o’zaro bir-biriga bog’liq kreativlik  tarkibiy komponentlarini ajratish imkoni beradi: Kreativlik  tarkibiy komponentlari:
  1. Intellektual (aqliy);
  2. Ahloqiy (o’z-o’zini boshqarish);
  3. Motevatsion (maqsadiy);
  4. Emotsianal (his hayajonli).
Maktabgacha ta’lim sohasida bir qator tadqiqotlarni tahlil qilganimizda,  maktabgacha ta’limni tashkil yetishning jahon standartiga javob beradigan mutaxassis  uchun kreativlikni aniqlash va rivojlantirish mezonlarini joriy yetish ularning ijodkorlik jarayonisiz, ish funksiyalarisiz amalga oshirilmaydi degan xulosaga kelinadi: – Bo’lajak maktabgacha ta’lim tashkilotlari  mutaxassislari bolalar bilan ijodiy o’zaro munosabatlarga tayyor bo’lishi kerak, lekin uning ijodiy salohiyati, qobiliyatlari, to’plangan bilim, ko’nikma, tajriba va ijodiy pozitsiyalarda o’zini o’zi anglashga asoslangan bo’lishi kerak. – Pedagogning ijodiy salohiyatini shakllantirish jarayoni kompetentlik, samaradorlik, o’z-o’zini takomillashtirish tamoyillari bilan shartlanadi va murabbiy lavozimida rivojlanadi. –    Bo’lajak maktabgacha ta’lim tashkilotlari  mutaxassislarining murabbiy sifatida kreativ kompetentligi o’zini takomillashtirishga bo’lgan intilishda, bolani shakllantirishda qo’llab-quvvatlashga va unga namuna bo’lishga tayyorlikda, bolalarda ijodiy kobilyatlarni yuzaga chikarishda, ta’lim va tarbiya jarayonida noana’naviy metod va texnologiyalardan foydalangan holda samaradorlikka erishishida, hamkorlikni rivojlantirishda namoyon bo’ladi. -O’yin texnikasi sifatida tarbiyachining kreativligi  o’yin qobiliyatini rivojlantirishda, o’yin zaxirasini oshirishga intilishda, o’yin faoliyatida, bolalar uchun o’yin maydonini yaratish qobiliyatida amalga oshiriladi. – Tarbiyachining rejissyor sifatidagi kreativ kobilyati yertak-dramatizatsiya yoki bayram yaratish uchun yertak terapiyasi usullaridan foydalana bilishida amalga oshiriladi. Har kanday tarbiyachi o’zida kreativlik sifatlarini namoyon etishi kerak. Bo’lajak maktabgacha ta’lim mutaxassislarining   kreativ        fikrlash  ko’nikmalari          ulardagi      kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishda harakatga keltiruvchi kuch sanaladi. Aynan mazkur ko’nikmalar ijodiy faollik, nazariy bilimlarni amaliy faoliyat uchun yo’naltira olish, nostandart tafakkur tarzini shakllantira olish, muammolarga nisbatan sezgirlik, intelektual qobiliyatlar, hissiy jihatdan erkin va ijobiy fikrlar, konstruktivlik, innovasiyalar transformasiyasi bilan bog’liq         divergent    tafakkur          tarzining shakllanishiga xizmat qiladi. Bo’lajak pedagoglar mashg’ulotlarda pedagoglar  “kreativlik yo’l xaritasi”ga ko’ra quyidagi to’rtta yo’nalish bo’yicha harakatlanadi va ulardagi harakatlar pedagoglarning kreativligini ifodalovchi belgilar (Patti Drepreau) sanaladi: 1) ijodiy fikrlash ko’nikmalarini namoyon etish; 2) talabalarni o’quv fanlarini qiziqish bilan o’zlashtirishga rag’batlantiruvchi strategiya (metod va vositalar)dan foydalana olish; 3) innovatsion yondashuv va pedagogik masala (muammo)larning yechimini topishga kreativ yondashish; 4) kutiladigan natija. Bugungi kunda psixologiyada shaxs kreativligi uning faoliyatiga xos ikki jihatga ko’ra aniqlanmoqda. Bunda faoliyatning ikki jihatini yorituvchi testlardan foydalaniladi. Ular quyidagilardir: – Shaxsning haѐtiy tajribasi va shaxsiy sifatlarini – Ijodiy tafakkur va uning natijalari (tezkorlik) Bo’lajak pedagogning kreativlik potensialini rivojlantirishda quyidagi metodlardan foydalanish samarali sanaladi: – Ijodiy topshiriqlar – Muammoli vaziyatlar – Individual – Ijodiy loyihalar – “Zakovat” musobaqasi va b. “Kreativlik otasi” nomi bilan mashhur Pol Torrans to’rtta kreativlik ko’nikmasini aniqlagan (1987a). Uning olib borgan tadqiqotlari shundan dalolat beradiki, mazkur kreativ ko’nikmalarni shakllantirish va ularni baholash mumkin : 1. Ravonlik. Ko’plab g’oyalarni o’ylab topish ko’nikmasi ko’p degan so’zga asoslanadi. 2. Moslashuvchanlik. Turli g’oyalarni o’ylab topish ko’nikmasi o’zgartirish degan so’zga asoslanadi. 3. O’ziga xoslik. Boshqalarga o’xshamagan, ajralib turuvchi g’oyani o’ylab topish ko’nikmasi noyob degan so’zga asoslanadi. 4. Yaratuvchanlik. G’oyalarni kengaytirish ko’nikmasi qo’shish degan so’zga asoslanadi.        Bo’lajak  pedagoglar kreativlik rag’batlantirilsa va samimiy muhit yaratilsagina, kreativ fikrlashni odatga aylantira oladilar. Kreativ muhitda o’qituvchi va bo’lajak  pedagoglar boshqalarga nisbatan samimiy munosabatda bo’lishni va ularning fikr mulohazalarini hurmat qilishni o’rganadilar. Xato qilishdan yoki muvaffaqiyatsizlikka uchrashdan qo’rqish, haddan tashqari baxolarga e’tibor qaratish, boshqalardan ajralib turish, mensimaslik va tanqidga uchrashdan, kamsitilishdan qo’rqish xissi mavjud bo’lajak  pedagoglarda kreativlik odatga aylanmaydi. Kreativlikni odatga aylantirish, bo’lajak  pedagoglarning o’qishdagi muvafaqqiyat va o’z-o’ziga bo’lgan hurmatni oshirish faqatgina kreativ fikrlashni muvofiq ravishda   qo’llash orqali va sog’lom muhitdagina erishish mumkin.»   FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR
  1. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TA’LIM TO’G’RISIDAGI QONUN, 23.09.2020 yildagi O’RQ-637-son
  2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida»gi PF-4947-son Farmoni.
  3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentabrdagi «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to’g’risida»gi. PF-5198-sonli Farmoni.
  4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-3261-sonli qarori. 2017 yil.
  5. M.MAXMUDOVA, p.f.f.d. (PhD), dosenti v.b. TVChDPI. UZLUKSIZ TA’LIMDA KREATIVLIK IQTIDORNING    MUHIM OMILI SIFATIDA. Uzluksiz ta’lim, ilmiy –uslubiy jurnal, 2021. N-5
  6. Muslimov N.A. Bo’lajak kasb ta’limi o’qituvchilarini kasbiy shakllantirish / Monografiya. – T.: Fan, 2004.
  7. Muslimov N.A., Usmonboyeva M.H., Sayfurov D.M., To’rayev A.B. Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari – Toshkent, 2015