- Арипов А.Н. ва бошқалар. Ахборот-коммуникatsiя технологиялари изоҳли луғати. – Тошкент, 2004. – 26 б
- Falsafa qomusiy lug‘at. – Toshkent: «Sharq», 2004. – 40 b
- Franҫoise Delamare Le Deist., Winterton Jonathan. What is Сompetence? – Human resource development international, – Taylor & Francis Ltd. Vol. 8, No.1, March 2005. – 27–46.
- Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bagʻishlangan Oliy Majlis palatalarining qoʻshma majlisidagi nutqi -2016 y
- Ismatullaevna, M. D., & Yusupovich, E. G. (2019). THE EFFECTIVENESS OF THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGY IN THE EDUCATIONAL PROCESS. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).
- Eshmirzayev, G. (2021). Talabalar kompetentligini rivojlantirishda innavatsion texnalogiyalardan foydalanish. Jizzax-2021
- shmirzayev, G. (2021). Boshlang’ich sinflarni o’qitishda elektron darsliklarni o’rni. Innovations in primary education, 2(Архив№ 4).
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashda axborot-texnologik kompetentligining o‘rni va roli.
Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi
G’ulomjon Yusupovich Eshmirzayev
Annotatsiya. Ushbu maqolada bo’lajak boshlang’tch sinf oqituvchilarini ta’lim sifatni oshirishda ta’limi jarayonini samarali tashkil etish va boshqarishga yordam beradigan axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, talabalarning mediasavodxonligini rivojlantirish haqida fikr yuritilgan.onlik, mediata’lim.
Место и роль информационно-технологической компетенции в подготовке будущих учителей начальных классов.
G’ulomjon Yusupovich Eshmirzayev
преподаватель Джизакского государственного педагогического университета
Annotatsiya. В данной статье рассматривается широкое использование информatsiонных технологий, которые помогают эффективно организовывать и управлять образовательным процессом будущих учителей начальных классов, повышать качество образования, развивать медиаграмотность учащихся.
Ключевые слова: информatsiонно-коммуникatsiонные технологии, информатизatsiя, Интернет, медиаграмотность, медиаобразование.
The place and role of information technology competence in the training of future primary school teachers.
G’ulomjon Yusupovich Eshmirzaye
teacher of the Jizzakh State Pedagogical University
Abstract.This article discusses the wide use of information technology, which helps to effectively organize and manage the educational process of future elementary school teachers, and the development of media literacy of students.
Key words: information and communication technologies, informatization, Internet, media literacy, media education
Kirish
Axborot tushunchasiga ilmiy adabiyotlar, lug‘atlarda turli ta’riflar keltirilgan. Masalan, predmet, dalil, voqea, hodisa va jarayonlar haqidagi ma’lumotlar, shu kabi ob’ektlar haqidagi bilim hamda tushunchalar, qiziqish uyg‘otishi mumkin bo‘lgan va saqlanishi va qayta ishlanishi lozim bo‘lgan jami dalil va ma’lumotlar[1], shuningdek, «axborot» (lot. information – tanishtirish, tushuntirish) – falsafada qadim zamonlardan buyon qo‘llanib kelinayotgan, kibernetikaning taraqqiyoti tufayli keyingi vaqtda yangi, kengroq ma’no kasb etgan markaziy kategoriyalar sifatida maydonga chiqqan tushuncha[2] sifatida ta’riflar keltirilgan
Kontsepsiyani ishlab chiqish uchun asos sifatida kompetensiyaga asoslangan yondashuv XX asrning 60-80-yillarida AQShda o‘qituvchilar malakasini oshirishdan keng foydalanilgan. Keyinchalik, bu yondashuvga bo‘lgan ilmiy qiziqish bir oz yo‘qolgan edi. Yondashuvni amalga oshirish axloqiy ongning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olmadi. Oliy ta’limi amaliyotida o‘qituvchining fikrlashi uzoq vaqt davomida professiografik yondashuv hukmronlik qildi (professiogramma – bu tizim mazmuni tufayli miqdoriy o‘lchanadigan ko‘rsatkichlar kasbiy faoliyat).
Ilmiy adabiyotlarda «kompetensiya» va «kompetentlik» tushunchalarini ta’riflashda turli qarashlar mavjud. F.Delamare va J.Winterton kompetensiyani ma’lum bir faoliyat talab qiladigan standart xulq-atvor, o‘zini tutish, kompetentlikni ushbu talabga moslik darajasi, ya’ni kompetensiyani namoyish qilishning pirovard natijasi sifatida tavsiflaydi[3].
Bu haqda prezidentimiz Sh.Mirziyoyev quyidagicha fikr bildiradi: “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatiga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”[4]. Shularni e’tiborga olgan holda respublikamiz rahbariyati tomonidan etuk mutaxassislar tayyorlash tizimi ishlab chiqilgan va u jadal suratlar bilan hayotga tadbiq etilmoqda.
Ushbu tizim O‘zbekiston Respubikasining “Ta’lim to‘g‘risidagi qonunda va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da o‘z ifodasini topgan. Bugungi kunda, ta’lim maqsadlari va qadriyatlari o‘zgarayotganida (konkret bilimlar emas, balki ularni o‘quvlari muhimdir) va amaliy orientirlangan o‘quvlar dolzarblanib borayotgan bir vaqtda talabalarning, shu jumladan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining barcha o‘quv fanlari, xususan Axborot texnologiyalari soxasidagi kasbiy tayyorligiga ham ma’lum talablar qo‘yilishi lozim.
ASOSIY QISM
Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari soxasida bunday talablarga misol qilib Oksford Kembrij imtihon hay’atining “Asosiy kompetensiyalar dasturi”dan quyidagini keltirishimiz mumkin:
Turli axborot manbalarining afzalliklari va kamchiliklarini taqqoslash…;
Axborotni izlashning tegishli texnologiyasini tanlash…;
Axborotni o‘rganish va ishlov berishning kerakli modellarini va protsedurasini yaratish va foydalanish hamda yangi axborotni yaratish; Axborot shunday taqdim etilsinki, u foydalanuvchilarning maqsadlari va auditoriya ehtiyojlariga javob bersin”. Keltirilgan misoldan ko‘rinib turibdiki,
-birinchidan, bunday faoliyat ma’lum bilimlariga tayanadi va ularsiz amalga oshirilishi mumkin emas;
– ikkinchidan, u aslida predmet usti xarakteriga ega bo‘ishiga qaramasdan, uning shakllanishi baribir konkret o‘quv fanlarini o‘rganish jarayonida amalga oshadi.
Chunki axborotni taqqoslash, tasvirlash va h.k. o‘quvlari barcha o‘rganiladigan o‘quv predmetlari, shu jumladan Axborot Texnalogiyalarini o‘rganishda ham shakllanadi. Shunday qilib, talabalarda faoliyatni tahlil qilish, o‘lchash, tasniflash yoki rejalashtirish kabi universal o‘quvlar har bir o‘quv fanini o‘rganishda sodir bo‘ishi lozim. Boshqacha aytilganda, universal, umumintellektual o‘quvlarining (yoki boshqacha, kompetensiyalarning) ustuvorligi ta’lim mazmunining predmetli strukturasidan voz kechishligini anglatmaydi, biroq uning ayrim komponentlarining to‘dirilishini anglatadi. Hozirgi vaqtda amalda bo‘gan oliy pedagogik ta’lim standartlari bo‘lajak boshlang’ich sinf o‘qituvchilarining axborot va kommunikatsiya texnologiyalar sohasidagi kasbiy tayyorgarligi ehtiyojini yetarlicha aks ettirmaydi.
Jumladan, bo‘ajak boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilarining davlat ta’lim standartida talabalarning axborot texnologiyalari sohasidagi tayyorgarlik darajasida shu yoki qo‘yilgan talablar yo‘q, mazkur o‘quv fani mustaqil tarzda yoki biror bir boshqa predmet doirasida ajratilmagan ham. Axborot komputer texnologiyalari kiritilishi mumkin bo‘lgan o‘quv fanlari: “Ta’limda axborot texnologiyalar”, “Boshlang’ich sinflarda axborot texnologiyalar”ni o‘rganish nazarda tutilgan bo‘ib, ularning mazmuni juda boy va ATning o‘zini to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘rganilishini ko‘zda tutmaydi. Shuning uchun bo‘ajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini AT sohasida tayyorlash asosan, milliy-huquqiy komponent doirasida ayrim pedagogika universitetlari va oliy o‘quv yurtlarining imkoniyatlari darajasida olib borishda va ular jiddiy farq qilish mumkin.
Jumladan, Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi fakultetida Axborot Texnologiyalarni o‘rganish ushbu o‘quv fanlari doirasida amalga oshiriladi:
– Ta’limda axborot texnalogiyalar;
– Boshlang’ich sinflarda axborot texnologiyalar;
Ta’limda axborot texnalogiyalar o‘quv fani talabalarni komputer bilan Axborot Texnologiyalar asosidagi pedagogik faoliyatning pedagogik vositasi shakllari va metodlari sifatida tanishtiradi. “Word, Excel, Power Paint” o‘quv fani doirasida talabalar asbobiy vositalar bilan amaliy ishlash malakalari, elektron didaktik vositalarni yaratish va qo‘lanish o‘quvlari bilan tanishadilar.
Amaliyotning asosiy maqsadi amali masalalarni matematik vositalar bilan EHM yordamida, xususan Axborot Texnologiyalardan foydalanib echish tajribasini egallashdan iborat. Amaliyotning o‘quv vazifalari jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
– hozirgi zamon Axborot Texnologiyalardan matematikaning tatbiqlari sferasida foydalanilishi to‘g‘risida tasavvurlarni chuqurlashtirish;
– real ob’ektlar, hodisalar, jarayonlarning matematik modellarini qurish protsedurasi natijalarni mazmundor talqin etish to‘g‘risidagi, ularni EHMda amalga oshirish to‘g‘risidagi yaxlit tasavvurni shakllantirish;
– matematik va amaliy masalalarni yechish uchun tayyor dasturiy vositalardan foydalanish malakasini mustahkamlash.
O‘quv amaliyotining asosiy maqsadi talabalarning pedagogik faoliyatda Axborot Texnologiyalardan foydalanish o’quvlarini shakllantirishdan iborat. Amaliyotning ta’limiy vazifalari quyidagilardan iborat:
– pedagogik faoliyat sferasida Axborot Texnologiyalardan foydalanish to‘g‘risidagi tasavvurlarni chuqurlashtirish;
– darslarning turli tiplarini tayyor va ishlab chiqish dasturiy-pedagogik vositalardan foydalanib loyihalash uquvlarini shakllantirish;
– tegishli asbobiy muhitlarni yaratish uchun dasturiy-pedagogik vositalarning turli tiplarini ishlab chiqish malakasini mustahkamlash.
Boshlang‘ich sinflar fakulteti talabalarini Axborot Texnologiyalardan ta’lim berish mazmuni axborotlashgan jamiyat sharoitlarida jamiyatning o‘qituvchini, xususan, boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisini tayyorlashga oid ijtimoiy buyurtmasi bilan belgilanadi. Hozirgi vaqtda hozirgi zamon o‘qituvchisi uchun muqobil axborot manbalari bilan ishlash, axborotni keyinchalik foydalanish maqsadida uni tegishlicha ishlab chiqish va tasvirlash, ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish uchun bu jarayonda Axborot Texnologiyalar vositalaridan maqsadga muvofiq foydalanish uquvlari muhimdir. Fan o‘qituvchilarini Axborot Texnologiyalar sohasida tayyorlash muammolariga bag‘ishlangan ilmiy maqolalarda hozirgi vaqtda Axborot Texnologiyalarni o‘zlashtirish o‘qituvchi kasbiy faoliyatining ajralmas qismi ekanligiga urg‘u beriladi. Fan o‘qituvchilari uchun yangi o‘quvlar orasida quyidagilar ajratiladi:
– o‘quv predmeti bo‘yicha Internet-resurslarni qidirishni tashkil etish uquvlari;
– elektron pochta bilan va telekonferensiyalar ishlash uquvi;
– multimedia o‘quv prezentatsiyalari va nashrlarni yaratish;
– multimedia-didaktik materiallarni tayyorlash.
Ko‘pchilik tadqiqotchilarning ishlarida bo‘lajak o‘qituvchilarning quyidagi uquvlari shakllanishiga yordam berishini qayd etishadi:
– o‘z fikrlarini ochiq bayon qilish, konkret didaktik qo‘lanmalarni tayyorlashda materialni vizuallashtirish;
– grafik muharrirlar bilan ishlash malakasi, didaktik rasmlarni tayyorlashda talabalarning ijodiyotini faollashtiradi;
– jadval protsessori Excel muhitida amaliy masalalarni natijalarni grafik taqdim etish bilan echish hisoblash madaniyatini, eksperimental ma’lumotlarni ishlab chiqish malakalarini shakllantiradi;
– PowerPointni o‘rganish talabalarning yangi sifat darajasida chiqishlarni tayyorlash uquvlarining shakllanishiga yordam beradi (predmetlar bo‘yicha referatlarni himoya qilish, dissertatsion materialni tayyorlash).
Xulosa
Boshlang‘ich sinflar fakultetlari talabalarini universal uquvlarni shakllantirish uchun Axborot Texnologiyalar sohasida o‘qitish mazmunininng asosiy komponentlarini aniqlash zaruratiga olib keladi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari axborot texnologiyalaridan foydalanishining asosiy komponentlaridan foydalanish ularning kelajakdagi faoliyatlarida kutilayotgan va talab etilayotgan natijani beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar: