Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Biz siz bilan birgamiz, hamdardmiz…

Sardoba suv omborida yuz bergan toshqin natijasida bir necha o‘n ming nafar yurtdoshlarimiz Jizzax viloyatiga evakuatsiya qilindi. Jizzaxdagi turli o‘quv muassasalari yotoqxonalari va aholi xonadonlariga joylashtirilgan sirdaryoliklar shu kunning o‘zidayoq eng zarur narsalar bilan ta’minlandi. Jizzax davlat pedagogika instituti jamoasi ham ushbu kunda tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan sirdaryolik yurtdoshlarimiz holidan xabar olib, ularga kundalik ehtiyoj uchun ishlatiladigan ro‘zg‘or buyumlari, oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishmoqda. Moddiy ta’minot bilan bog‘liq masalalarda xotirjamlik bo‘lsada, ulardagi ruhiy zo‘riqish, qo‘rquv va xadik, yangi joyga begonasirash holatlari hali-hanuz qiynamoqda. Kutilmagan talofatdan jabr ko‘rgan hamyurtlarimiz ko‘ngillarini ko‘tarish, yaxshi va yorug‘ kunlarga ishonch uyg‘otish maqsadida, institutdagi  psixolog, sotsiolog va pedagoglardan iborat ishchi guruhi tuzildi. Ayni paytda ushbu tajribali ustozlardan tuzilgan guruh a’zolari sirdaryolik hamyurtlarimiz joylashtirilgan har bir maskanga borib, suhbatlar o‘tkazishmoqda. Suhbat davomida tushkunlikka tushib qolganlarga  psixologik ko‘mak berish bilan bir qatorda, ularni ruhan qo‘llab — quvvatlashmoqda. Ulardagi mavjud ruhiy holatni o‘rganish davomida shu narsa aniq bo‘ldiki, odamlarda davlatimizga, Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevga bo‘lgan ishonchi ularni xotirjam qilmoqda. To‘g‘ri og‘ir sinovli vaziyatda inson mol qayg‘usi, uy-joyini yo‘qotganligining natijasida og‘ir psixik holatni boshdan kechiradi. Biroq shirin jonining omon qolganligi, farzandlarining sog‘lom o‘z bag‘rida ekanligiga shukrona aytadi. Suhbatdoshlarning birini fikrini keltirishni joiz deb uyladim “Men yurtim iqtisodiy ravnaqiga hissa qo‘shish maqsadida kattagina joyga dehqonchilik qilgandim, biroq tabiiy ofat endigina gulga kiradigan ko‘chatlarimini payxon qildi. Biroq men bu bilan cheklanib qolmayman, oyoqqa turib yana qayta ekin ekib mo‘l hosil yetishtiraman. Ollohning sinovlari bizlarni yanada jipslashishga undadi”. Kimdadir mol qayg‘usi, yana kimdadir jon qayg‘usi. 50 yoshlarni qoralagan onaxon nabirasini bag‘riga bosib uychan o‘tirardi. Suhbatdoshimiz bo‘lgan onaxonning “kichik qizimni turmushga chiqarishim, o‘g‘il nabiramga tuy qilishim kerak edi” degan o‘kinch bilan gapirdi. Albatta, og‘ir sinovli pallalarda xalqimiz yonida bo‘lish, uning muammolarini o‘zining muammolari deb his qilgan har bir fuqaro bugun qarab turgan yo‘q. Jizzax davlat pedagogika institutida tashkil etilgan 6 ta ishchi guruh o‘z ishlarini davom ettirib fuqarolarimiz dardiga darmon bo‘lishni davom ettiradi.   Jizzax davlat pedagogika instituti axbort xizmati