Ilmiy rahbar:
Ravshanova Adolat Ravshan qizi
JDPU Zoologiya va anatomiya kafedrasi o‘qituvchisi
Alieva Sabrina Xojiakbar qizi
JDPU Biologiya yo‘nalishi talabasi
Xushvaqtova Madina Ulug‘bek qizi
JDPU Biologiya yo‘nalishi talabasi
Annotatsiya. Ushbu maqola 2004-2022 yillar mobaynida ko‘llar tizimining G‘arbiy Arnasoy gidrologiya stansiyasida suvning minerallashuv darajasi kuzatilib tahlil qilinganda, minerallashuv darajasining ortib borayotganligi aniqlangaligi va bu muammoni bartaraf etish yo‘llari va yechimlari keltirilgan.
Kalit so‘zlar: gidro-biologik tahlil, gidrokimyoviy tahlil, minerallashuv darajasi, tuz deflyatsiyasi, vizual kuzatuv, rekonstruksiya, botiometrik o‘lchov, suv-tuz balansi modeli.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.02.2022 yildagi PQ-141-sonli “AYDAR-ARNASOY KO‘LLAR TIZIMI BOShQARUVINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” gi qarorining 2-bandida suv havzalari holatining gidrobiologik va gidrokimyoviy tahlilini tashkil etish, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida suvdan foydalanishga oid qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash hamda suv resurslaridan samarali foydalanilishini tashkil qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida keltirilgan.
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining suv sathini saqlab qolish uchun O‘zbekiston Respublikasi suv ho‘jaligi vazirligining (oldingi qishloq va suv ho‘jaligi vazirligi) 2016 yil 29 fevraldagi Vazirlar Mahkamasiga yo‘llagan 04/32-190-sonli xatiga ko‘ra 1994–2000 yilgacha “Aydar–Arnasoy” ko‘llar tizimining suv hajmi 44,1 mlrd metr kub (km.kub) ga yetgan.
“Chordara” suv omboridan 2013, 2014, 2015, 2016, 2020 yillar va 2021 yil o‘tgan davr moboynida, ko‘llar tizimiga umuman suv tashlanmagan.
Arnasoy suv ombori orqali ko‘llar tizimiga 2015 yilda 100 mln. metr kub, 2017 yilda 35 mln. metr kub, 2018 yilda 17,9 mln. metr kub va 2019 yilda 532 mln. metr kub suv tashlangan xolos.
Xozirgi kunga kelib taxminan 37,7 mlrd metr kub (km.kub) ga tushib qolgan.
Ko‘llar tizimiga suv sathining 245 otmetkada ushlab turish uchun xar yili yana 1,9 mlrd metr kub hajmda suv zarur.
Suv xo‘jaligi vazirligining Jizzax va Sirdaryo viloyatlari meliorativ ekspeditsiyalari, shuningdek, Jizzax suv omborlari boshqarmasi tomonidan ko‘llar tizimiga tashlanadigan suv miqdori va ularning minerallashuvi bo‘yicha monitoring olib borilmoqda.
O‘zgidromet tomonidan ko‘llar tizimining G‘arbiy Arnasoy gidrologiya stansiyasida suvning minerallashuv darajasi kuzatilib tahlil qilinganda, minerallashuv darajasining ortib borayotganligi aniqlangan.
Ishchi guruh tomonidan
2022 yil 20 fevral holatiga suvning minerallashuvini ko‘llar tizimi bo‘ylab o‘rganish tashkil qilindi.
Tahlillarga ko‘ra, davlat ekologiya qo‘mitasi huzuridagi Atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ko‘llar tizimidagi suvning minerallashuv darajasi tahilil qilindi.
|
|
5,65 |
|
|
|
|
|
|
|
|
2005 |
|
6,14 |
|
|
|
|
|
|
|
|
2006 |
|
8,25 |
|
|
|
|
|
|
|
|
2007 |
|
7,61 |
|
|
|
|
|
|
|
|
2008 |
|
7,34 |
|
|
|
|
|
|
|
|
2009 |
|
8,08 |
|
|
|
|
|
|
|
|
2010 |
|
7,45 |
|
|
|
|
|
|
|
|
2011 |
|
7,86 |
|
|
|
|
|
|
|
|
2012 |
|
8,03 |
|
|
|
|
|
|
|
|
2013 |
|
8,96 |
|
|
|
|
|
|
|
|
2014 |
|
9,59 |
|
|
|
|
|
|
|
|
2015 |
|
9,49 |
|
|
|
|
|
|
|
|
2016 |
|
10,24 |
|
|
|
|
|
|
|
|
2017 |
|
10,34 |
|
|
|
|
|
|
|
|
2018 |
|
10,44 |
|
|
|
|
|
|
|
|
2019 |
|
10,71 |
|
|
|
|
|
|
|
|
Agar suvning minerallashuvi 2004 yilda
5,65 g/l bo‘lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2006 yilda
8,25 g/l, 2020 yilda
10,53 g/l, 2021 yilda esa
11,75 g/l
Ko‘llar tizimining suvdan bo‘shagan maydonlarida tuproq kuchli sho‘rlangan bo‘lganligi sababli tuz deflyatsiyasi vaqtida magniy sulfat va natriy xlorid tuzlari sug‘oriladigan yerlarga tushib, ularning unumdorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Tuzlar shamol yo‘nalishiga mos ravishda Jizzax viloyatining g‘arbiy hududlarini ifloslantirishi mumkin.
Ko‘llar tizimida suv sathinining yanada pasayib ketishi esa ushbu salbiy holatning yanada kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Ishchi guruh tomonidan mahalliy mutaxassislar bilan birgalikda
2022 yilning 20 fevralida ko‘llar tizimida o‘tkazilgan vizual kuzatuvlar ko‘llar tizimi qurigan hududlarining yuqori qismlari, ya’ni nisbatan kam sho‘rlangan joylar asosan
yulg‘un butalari bilan, suv sathi atroflari esa
qamish bilan
qoplangan, o‘ta kuchli sho‘rlangan (solonchak) maydonlar esa
ochiq holatda ekanligini ko‘rsatdi.
Qirg‘oq bo‘ylarida tuz qatlami hosil bo‘lishining oldini olish, ekologik xavfni bartaraf etish ko‘llar tizimida tuproq iqlim sharoitiga mos daraxt va butalardan ihotalar barpo etish masalalari.
Respublikamizning Orolbo‘yi hudduida ekologik muhitni yaxshilash maqsadida Orol dengizning qurigan qismida tuzning ko‘chishiga qarshi tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
2022 yil bahorgi ekish mavsumida Jizzax viloyatining Forish tumanidagi Aydar-Arnasoy ko‘llari atrofidagi o‘rmon fondi yerlarining qum-barxanli xududilarida
saksovul ko‘chatlaridan
200 gektar maydonda himoya o‘rmonzorlari barpo etildi.
Ushbu amaliy tajribalar asosida ko‘llar tizimida ekologik xavfni bartaraf etish maqsadida quyidagi vazifalar belgilanmoqda:
- ko‘llar tizimiga tutash hududlarda joylashgan davlat zaxirasidagi yer maydonlarini o‘rmon xo‘jaliklariga belgilangan tartibda ajratib berish;
- Orolbo‘yi hududlarini o‘rmonlashtirish bo‘yicha tajribalardan kelib chiqqan holda, cho‘l o‘simliklaridan himoya o‘rmonzonlarini barpo etishni 2022 yil oxirigacha 500 gektarga yetkazish, keyingi yillarda esa keskin oshirish choralarini ko‘rish;
- 10 gektar maydonda ko‘chatxona tashkil etish choralarini ko‘rish, ko‘chat zaxirasini yaratish uchun 15 tonna cho‘l o‘simliklari urug‘larini jamg‘arish;
- sohil bo‘yi mintaqalarida o‘rmonzor barpo etish uchun muqobil daraxt va butalar turlari to‘g‘risida ilmiy asoslangan taklif tayyorlash;
-“O‘rmonloyiha” loyihalash instituti tomonidan himoya o‘rmonzonlarini barpo etish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish;
Ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga asosan mahalliy byudjetlarda nazarda tutish va belgilangan muddatlarda ajratib borish.
Adabiyotlar:
- O‘zbekison Respublikasi Prezidentining Qarori, 22.02.2022 yildagi PQ-141-sonli “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori.
- Ravshanova A.R., Nurmamatova F.M., Usmonova E.M., Xushvaqova S./ Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining asosiy suv manbalari ularning monitoringi/ Educational Research in Universal Sciences / ISSN: 2181-3515 / VOLUME 1/ ISSUE 6 /2022, 367-372 b.
- Ravshanova A.R., Mamasharipova X.T., Abdumajidova Z.O. / Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida yuz beradigan mavsumiy yog‘ingarchilikning bioxilma-xillikka ta’siri/ “Journal of Natural Science” №5/3 2022 y. 266-268 b.
- Sanaeva L.Sh., Ravshanova A.R./ Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida ekologik turizmni tashkil etishning hududdagi biologik xilma-xillikni saqlab qolishdagi ahamiyati/ “Journal of Natural Science” №1/3 2022 y. 141-148 b.
- Sanaeva L.Sh., Mavlonova S.X., Ravshanova A.R./ Biologik xilma-xillikni saqlab qolishda Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida ekoturizmni rivojlantirishning o‘rni/ “Oziq-ovqat xavfsizligi: Milliy va global omillar” mavzusida III Halqaro miqyosdagi ilmiyg‘amaliy konferensiya. 2021 y 15-16oktyabr.