Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

AUTIZM TASHXISLI BOLALAR BILAN MULOQOT O‘RNATISH

Axrorova Sevinch Abrorovna Jizzax davlat pedagogika universiteti Maxsus pedagogika kafedrasi o’qituvchisi sevinchaxrorova0@gmail.com Axrorov Azamat Abrorovich Jizzax davlat pedagogika universiteti talabasi Annotatsiya Ushbu maqolada autizm tashxisli bolalar bilan muloqot qilishni o‘rganish strategiyalari, 5 asosiy ko’rinishlari yoritilib berilgan. Ular quyidagilarni o’z ichiga oladi: 1)ko’rish; 2)eshitish; 3)his etish; 4)hid bilish; 5)ta’m bilish. Autizm tashxisli bolalar bilan muloqot o‘rnatish usullari keltirilgan.   Kalit so’zlar: autizm, muloqot, strategiya, texnologiya, ko’rish, eshitish, his etish, hid bilish, ta’m bilish. Autizm tashxisi qo’yilgan har bir bolaning ota onasida vaqti kelib «Bolam men bilan qanday muloqot qiladi?» degan savol paydo bo‘ladi. Shunisi qiziqarliki, muloqot qilishni autist bola emas, balki uning ota onasi o‘rganishi kerak bo‘ladi. Bola nima demoqchi bo‘lganini bilishning 5 ta asosiy yo‘li mavjud bo‘lib, ular barchasi inson sezgi organlariga tegishli. Ko’pgina ota-onalar bola paydo bo‘lgandan so’ng unga dunyo haqida kerakli bo‘lgan barcha bilimlarni beramiz deb o‘ylaydilar, vaholanki ota ona emas, balki autizmga chalingan bola ota-onasiga barcha narsalarni o’rgatadi, agarda ota-ona bolani eshitishga va uning muloqot tiliga moslashishga tayyor bo’lsalar bu jarayon amalga oshadi. Autizmga chalingan bolalar faqatgina so’z bilan emas, balki ko’pgina boshqa yo‘llar bilan muloqot qilishadi. Bunday bolalar hissiyotlar va xatti xarakatlar tilida muloqot qilishadi va bu faktni inkor etish nafaqat bolada, balki ota-onada umidsizlik paydo qiladi. Autizm sindromli bola bilan muloqot qilishni o‘rganish strategiyalari quyidagi 5 asosiy ko’rinishni o’z ichiga oladi:
  1. Ko’rish
  2. Eshitish
  3. His etish
  4. Hid bilish
  5. Ta’m bilish
Shunisi qiziqarliki, bu 5 asosiy usul nafaqat autist bola bilan, balki barcha insonlar bilan muloqot qilishda ishlatiladi. Farqi shundaki autizmga chalingan bolalar ushbu 5 ta hissiyot usullarini idrok eta olsada, ular o‘zini ifoda etishda qiyinchiliklarga duch keladilar. Shuni yodingizda tutingki, autizmda muloqot qilishning asosiy muammosi – « Til to‘sig’i» borligidir. Autizm tashxisi qo’yilgan insonning yorug’likka sezgirlikning oshishi va ma’lum ranglar yoki naqshlarga alohida qiziqishi mumkin. Aksariyat odamlar nima uchun autizm tashxisi qo’yilgan bolaga o’yinchoqning umuman va butunligicha emas, balki ma’lum bir qismi yoqishi mumkinligini hyech qachon tushuna olmaydi va buning sababi shundaki, bolani  ularning rangi, naqshlari yoki boshqa vizual xususiyatlari ko’proq jalb qiladi. Juda yorqin sun’iy yorug’lik  autizm tashxisi qo‘yilgan bolani ayniqsa bezovta qilishi mumkin, chunki yorqin sun’iy yorug’lik porlashni keltirib chiqaradi, bu esa ko’zlarga qo’shimcha zo’riqishni keltirib chiqaradi va ularni  tezroq ishlashga majbur qiladi. Ko’pgina autizm tashxisi qo‘yilgan bolalar fotosuratlar va tasvirlarda yoritgichlarining aksini ko’rishadi. Shuning uchun ular ba’zan ko‘z burchagidan narsalarga qarashadi. Televizor ekranidan, kompyuterdan va hokazolardan miltillovchi chiroqlar vizual qattiq hayajonni ham keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari, ba’zi autizm tashxisi qo‘yilgan bolalar epilepsiya bilan og’riydilar va yorug’lik, porlash yoki naqshlarning ba’zi chaqnashlari ularni epileptik tutilishga olib kelishi mumkin. Bolaning imo-ishorasi yorug’lik yoki tasvir unga qandaydir ta’sir ko’rsatishini ko’rsatsa, bu narsalarni tushunish autizm tashxisi qo‘yilgan bola bilan samaraliroq muloqot qilishga yordam beradi. Turli xil tovushlar autizm tashxisi qo’yilgan bolaga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Shu qadar kuchliki, aslida jo‘mrakdan oqayotgan suvning oddiy ovozi ham bolaning g’azablanishiga juda oson olib kelishi mumkin. Autizm tashxisi qo‘yilgan bolalar televizorning fon shovqinini, akvarium filtrining ovozini, pechning ishlayotganini, soat va siz uchun eshitilmaydigan boshqa barcha shovqinlarni eshitadilar. Ular bu shovqinlarni bizlar kabi shunchaki «o’chira olmaydilar». Ular hamma narsani eshitadilar va atrofdagi atmosfera ular uchun tartibsizlikka aylanadi, ayniqsa ular har qanday ma’lumotni xotirasida saqlashga harakat qilishadi. Bularni tushunish bolangiz bilan muloqot qilishga yordam beradi. Ularning xatti harakatini kuzatib boring, agar ular quloqlarini qo’llari bilan yopsa, o’zi bezovta bo’lsa yoki g’azablansa, atrofdagi shovqinni tinglang. Ehtimol, muammo bolangizning eshitishiga yetib boradigan tovushlarda bo’lishi mumkin. Agar siz haqiqatan ham autizm tashxisi qo’yilgan bolangiz bilan muloqot qilishni istasangiz, bu holat sodir bo’lishini kutmasligingiz kerak. Autizm tashxisi qo’yilgan ko’plab bolalarda signallar o’zgargan holda nervlar orqali o’tadi. Agar quchoqlash yoki kiyinish jarayoni sizga zavq bag’ishlasa, autizm tashxisi qo‘yilgan odam uchun ular aslida og‘riqli hislar bo‘lishi mumkin. Va bolani tushunmokchi bulsangiz, siz grippga chalingan vaqtingizda, avvalida butun tanangizda og’riq  paydo bo’ladi, bu tuyg’uni eslang. Autizm tashxisi qo’yilgan odam ko’pincha aynan shuni boshdan kechiradi. Shuning uchun autizm tashxisi qo’yilgan ba’zi bolalar o’zlarini yechintiradilar: ular kiyim tanaga olib keladigan his-tuyg’ularga chiday olmaydilar. Shuning uchun, siz bola harakatlanayotganda shovqin qilmaydigan va kiyish uchun imkon qadar qulay bo’lgan nozik matodan tikilgan yengil kiyimlarni olishingiz kerak bo’ladi. Shuni unutmangki, rang autizm tashxisi qo‘yilgan bola uchun ham katta ahamiyatga ega. Autizm tashxisi qo‘yilgan bolaning his-tuyg’ulari haqida gapirganda, ochlik hissi alohida e’tiborga loyiqdir. Bu oddiy odamnikidan 10 baravar kuchliroq bo’lishi mumkin va lablarini, tilini tishlashda, autoagressiya va autostimulyasiyasida namoyon bo’ladi. Bunga bola sizga bu haqida aytib bera olmaydigan umidsizlik tuyg’usini qo‘shing va siz bu muammoning jiddiyligini tushunasiz. Iste’mol qilinadigan oziq-ovqatning tuzilishi va xususiyatlari autizm tashxisi qo‘yilgan bolada ham muammo bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, autizm tashxisi qo‘yilgan bolalar orasida bir vaqtning o’zida ikki yoki undan ortiq hissiy organlarga ta’sir qilish kuchli hayajon va zo’riqish paydo qilib, jiddiy xulq atvor muammolarga duch kelish moyilligi mavjud. Bola yemaydigan oziq-ovqat hidi bilan bir vaqtda ochlik hissi paydo bo’ladi. Yuqori darajadagi shovqin, yorqin yorug’lik, turli xil ranglar va boshqalar mavjud bo’lgan savdo markazlari sizning e’tiboringizni hislar orqali jalb qiladigan tarzda maxsus ishlab chiqilgan. Biroq, bunday harakatlar hissiy sezuvchanlingi baland odam uchun zararli bo’lishi mumkin. Autizm tashxisi qo‘yilgan bola oddiy odamlarga qaraganda turli xil hidlarga ko‘proq ta’sirchan bo‘ladi va qoida tariqasida, ular hidni sezishda juda yaxshi qobiliyatga ega bo‘lishadi. Autizm tashxisi qo‘yilgan bolada noqulaylik tug‘dirishi mumkin bo‘lgan hidlar ro‘yxatini uzoq vaqt davomida sanashimiz mumkin, ammo ushbu ro‘yxatimiz boshida parfyumeriya, shampunlar, oziq-ovqat, iflos hayvonlar va boshqa hidlar bolada og’ir va istalmagan vaziyatlarga olib kelishi mumkin. Siz sezgan hidni autizm tashxisi qo‘yilgan bolangiz 10 barobar ko‘proq his qilishini tushunish u bilan muloqot qilishda sizga yordam beradi. Ochlik va hid hissi bilan bir qatorda, ta’m sezish autizm tashxisi qo‘yilgan bolalarda juda kuchli tuyg‘u hisoblanadi. Siz uchun yoqimli va yoqimsiz ta’m sezgilari, albatta, autizm tashxisi qo‘yilgan odamda bir necha bor kuchayadi. Bundan tashqari, ularning o’ziga xos ta’mi bor, shuning uchun agar bola siz tayyorlagan taomni yoqtirmasa, g’azablanmang, chunki ular «ta’msiz» ovqatni bir necha barobar kuchliroq his qilishadi. Autizm tashxisi qo‘yilgan odamning boshqalar bilan muloqot qilishida xatti harakat, imo ishora  katta rol o’ynaydi. Endi bolangizning ovqatlanish joylarida yig’lashiga ovqat hidi yoki u eshitadigan qo’shimcha shovqin sabab bo’lishi mumkinligini tushunishingiz mumkin, yoki har safar bolalar akvariumiga ekskursiyaga borganingizda quloqlarini qo’llari bilan yopishini tushunasiz, chunki ishlaydigan suv filtrlari uning uchun muammo bo’lishi mumkinligini tushunish uchun sizga maxsus moslamalar kerak emas. Autizm tashxisi qo’yilgan bolalar sizni har doim ham tushunmasligi mumkin, lekin siz ularni tushunasizmi? Ularning tana tili(hatti harakat, imo ishora) va hissiy organlariga e’tibor bering, shundagina siz ular bilan bir tilda gaplasha olasiz. Foydalanilgan adabiyotlar:
  1. Axrorova, S. (2019). Медико-педагогические и психологические основы подготовки детей с синдромом аутизма к социальной жизни. Scienceweb academic papers collection.
  2. Axrorova, S. (2021). Pанний детский аутизм и работа по развитию речи. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, (2). извлечено от https://matinfo.jspi.uz/index.php/ppmedu/article/view/1788
  3. Axrorova, S. (2021). Игра как средство коррекции аутистического поведения у детей теория и практика терапии игрой. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании1(1). извлечено от https://matinfo.jspi.uz/index.php/ppmedu/article/view/710
  4. Axrorova, S. (2021). Аutizm sindromiga chalingan bolalar rivojlanishidagi nuqsonlarni oldini olish va korreksiyalash. Zamonaviy ta’limda Pedagogika Va Psixologiya Fanlari1(3). Retrieved from https://ppmedu.jspi.uz/index.php/ppmedu/article/view/4061
  5. Axrorova, S. (2021). F 84 bu qanday tashxis? Мuammolar va yechimlar. Zamonaviy ta’limda Pedagogika Va Psixologiya Fanlari, (2). Retrieved from https://ppmedu.jspi.uz/index.php/ppmedu/article/view/2907
  6. Akhrorova S. (2022) Pedagogical and psychological correctional work in children with autism. Web of Scientist: International Scientific Research Journal3(1), 655-660.