Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Arduino platasi yordamida svitadiodni dastur yordamida boshqarishni  taabalarga  o’rgatish.

M.Q.Yo’ldoshev,  Jizzax Davlat pedagogika instituti Texnologik talim va tasviriy san’at fanlari kafedrasi o‘qituvchisi G.Q.Sadikova Jizzax shahar XTB ga qarashli 29-maktab  texnologiya fani o’qituvchisi Jizzax, O’zbekiston e-mail: mirjalolyoldoshev1992@gmail.com Annotatsiya Ushbu maqolada oliy ta`lim muassasalarining texnologik ta`lim yo’nalishi ixtisoslik fanlar blokidagi Mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish va robototexnika asoslari fanida Arduino platasi yordamida svitadiodlarni dastur yordamida  boshqarish haqidagi bilimlar talabalarda shakllantiriladi. Kalit so’zlar: texnika, texnologiya, arduino, arduino uno, sitadiod,  marketing plata, pap-papa sim, USB kabel. Аннотации В этой статье студенты будут развивать знания о программном управлении светодиодами с помощью платы Arduino по основам механизации, автоматизации и робототехники в блоке специальностей технологического образования высших учебных заведений.Ключевые слова: техника, технологии, arduino, arduino uno, citadiode, маркетинговая доска, pap-papa sim, USB-кабель.AnnotationIn this article, students will develop knowledge about the software control of LEDs using the Arduino board in the basics of mechanization, automation and robotics in the block of specialties of technological education of higher education institutions.Keywords: technics, technology, arduino, arduino uno, citadiode, marketing board, pap-papa sim, USB cable. Dastlab svitadiodni dastur yordamida boshqarish uchun kerak bo’ladigan jixozlar haqida qisqacha to’xtalib o’tsak. Bunda bizga arduino plata, svitadiodlar, papa-papa similar, USB kabel va marketing plata kerak bo’ladi. Endi quydagi jixozlar ayrimlari haqida qisqacha tanishtirib o’tamiz. Svetodiod (yorug‘lik diodi) arsenit – fosfid – galiy asosida yasaladi. Svetodiod orqali tok o‘tganda u o‘zidan yorug‘lik chiqaradi. Svetodiodni shartli belgilanishi va ulanishi robototexnikaga oid birinchi maqolamizda keltirgan edik. Bir necha milliamper tokda svetodiod aniq yiltiraydi. Yiltirash to‘g‘ri tokka proporsional bo‘ladi. Shuning uchun ulardan yarimo‘tkazgichli asboblarda indikatsiya elementi sifatida foydalniladi. Mabodo bitta gilofga svetodiod (yorug‘lik tarqatuvchi) va fotorezistor elementi (yorug‘lik qabul qiladigan), xolda masalan, fotorezistor joylashtirilsa, zanjirlarni to‘la golvanik ajratgan xolda kirish tokini chiqish tokiga aylantirish mumkin bo‘ladi. Bunday optoelektrik elementlar optronlar deb ataladi. Optronlarda tokni uzatish koeffitsenti 0,1 dan bir-necha minggacha birlikni tashkil qiladi. Arduino – bu mikrokontroller. USB – arduino platasi bilan kompyuterni bog’lovchi qurilma (1-rasm). 1-rasm. USB kabel Quyida biz dasturiy qismini ko’rib o’tamiz: Dastlab svitadiodni arduinoga bog’lash sxemasi bilan tanishamiz (2-rasm). 2-rasm. Ulanish sxemasi Bu yerda svitadiodning bir oyoqchasi arduinoning signal chiqaruvchi raqamlardan iborat bo’lgan qismiga, ikkinchi oyoqchasi esa GND ga bog’lash yo’li bilan boshqariladi. Endi dasturiy qismini ko’rib o’tamiz (3-rasm). 3-rasm. Dasturiy qism Yuqordagi rasmda 1 ta svetadiodni arduinoning 7 oyoqchasiga ulab, svitadiod yoniq holdagi dasturi keltirilgan. Bu yerda void setup bandi bog’lovchi qism hisoblanib, void loop bandi esa buyruq beruchi qismi hisoblanadi. Endi murakkabroq topshiriqlarga o’tamiz.  2 ta svetadiodni arduinoning 5 va 6- oyoqchasiga ulagan holatda 1 sekund vaqt bilan yoqib o’chirish dasturi keltirilgan (4-rasm). 4-rasm. Dasturiy qism Xulosa o’rnida shuni takidlash mumkinki, o’quvchilarga oddiy bitta svitadiodni boshqarishni o’rgatib, o’z ustida ishlab bir vaqtning o’zida yana ko’plab svitadiodlarni oshqarishni o’rgansa, bu o’quvchilar kelajakda turli xil svitadodli yoritgichlar, svitaforlar va boshqa svitadiodga bog’liq qurilmalar yaratishga erishishi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar royxati
  1. Yo’ldoshev, M. (2021). Talabalar texnik ijodkorligida tadqiqot ob’ektlariga qo’yiladigan talablar. Физикотехнологического образование, (2).
  2. Тагаев, Х., Алкаров, К. Х., Каримов, О. О., & Юлдашев, М. (2019). Педагогические основы обеспечения стабильности роста и развития системы научно-технического творчества студентов (Модель» РуководительУчастник-Творческая деятельность»). Поволжский педагогический поиск, (2), 112-119.
  3. Yo’ldoshev M. Talabalarida robototexnikaga oid bilimlarni shakllantirish //Физико-технологического образование. – 2021. – Т. 4. – №. 4.
  4. http://www.arduino.cc — официальная документация проекта Arduino.
  5. http://cxem.net — авторские материалы с сайта «Паяльник».
  6. http://www.istedod.uz