- Temur davridan to XX asrning 30-yillarigacha;
- XX asrning 30-yillari oxiridan – 80 yillar 2 yarmigacha;
- Mustaqillik davri.
AMIR TEMUR DAVRI TARIXSHUNOSLIGI
Burxonov Lazizjon Salimjon o‘g‘li
Jizzax davlat pedagogika universiteti Umumiy tarix kafedrasi o‘qituvchisi.
Vatanimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so‘ng xalqimiznin ming yillik tarixi qayta tiklandi, tariximizni o‘rganishga ko‘plab imkoniyatlar yaratib berildi. SHu jumladan, Prezidentimiz qayd etganlaridek: “Ollohga shukurki, istiqlolga erishganimizdan keyin bu masalada ham tarihiy adolat qaror topdi. Muqaddas yurtimiz zaminida yashab o‘tgan ko‘plab ulug‘ siymolar qatori Amir Temur bobomizning nomi, sha’nu shavkati va merosi ham qayti tiklanib, bu buyuk zot haqidagi asl haqiqat xolis va haqqoniy yoritilmoqda, tadqiqotlar olib borilmoqda, kitoblar yozilmoqda. Zero, Amir Temur shaxsini idrok etish – tarixni idrok etish demakdir. Amir Temurni anglash – o‘zligimizni anglash demakdir. Amir Temurni ulug‘lash – tarix qariga chuqur ildiz otgan tomirlarimizga, madaniyatimizga, qudratimizga asoslanib, buyuk kelajagimizni, ishonchimizni mustahkamlash demakdir”.[1] Ayniqsa, markazlashgan Amir Temur saltanati, uning o‘zbek davlatchiligi va madaniyatini rivojlantirishdagi o‘rni masalalariga oydinlik kiritilib, tarixchi, sharqshunos olimlarimiz ko‘plab birinchi manba ahamiyatidagi asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qilib nashr ettirdilar.
O‘tgan qisqa davr mobaynida bobokalonimiz buyuk Sohibqiron Amir Temur hazratlaring tabarruk nomi, hayoti va misilsiz jasoratlarga to‘la faoliyati xalqimiz ma’naviy dunyosining ajralmas qismiga aylanib ulgurgani yaqqol na’munasi ekanligidan dalolat beradi. Amir Temur bugungi davrda nafaqat tariximizni gavdalantirdi, balki davlat boshqaruvida, uni shakllantirishda asosiy tajriba sifatida asqotdi. Amir Temur va temuriylar davri davlatchiligi va ma’naviyati o‘zining salohiyati, mazmuni, tarbiyaviy kuchi va ta’siri bilan xalqimiz tarixida alohida o‘rin egalladi. YUrtboshimiz I.A.Karimov ham takidlaganlaridek, “… bizning tariximizda Amir Temurdek ulug‘ siymo bor ekan, uning qoldirgan merosi, pandu-o‘gitlari bugungi hayotimizga hamohang ekan, oldimizda turgan bugungi muammolarni echishda bizga qo‘l kelayotgan ekan, bizning bu merosni o‘rganmasdan, ta’riflamasdan, targ‘ibot qilmasdan haqqimiz yo‘q”[2].
Mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so‘ng, tariximizni chuquroq o‘rganishga buyuk ajdodlarimiz tarixini, ularning amalga oshirgan ishlarini tadqiqot qilish borasida yurtboshimiz tomonidan keng imkoniyatlar yaratib berildi. Bu borada tarixchi olimlarimizdan, ayniqsa akademik B.A.Ahmedov[3], SH.M.O‘ljaeva[4] va N.A.Ahmedov[5], huquqshoslardan H.B.Bobaev[6], A.X.Saidov[7], J.T.Toshqulov va boshqa bir qancha olimlarimizning xizmatlarini alohida sanab o‘tishimiz darkor.
Amir Temur va temuriylar davri tarixini o‘rganishga butun dunyo olimlar katta qiziqish bilan qaramoqda.
Amir Temur shaxsi va davlati tarixi ko’p va xo’p o’rganilgan mavzulardan biridir. Lekin Temur shaxsi va faoliyatiga hamisha bir xil baho berilmagan. Temur tarixi tarixshunosligi u hokimiyat tepasida turgan vaqtdanoq boshlangan. Ana shu katta hajmdagi tarixshunoslikni uch davrga bo’lib o’rganmoq maqsadga muvofiqdir: