Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

“Alpomish” dostonining til xususiyatlari

Uskanov Kaxramon Xalikulovich o‘qituvchi Jizzax davlat pedagogika universiteti  uskanovkahramon14@gmail.com           Annotatsiya. Ushbu maqolada o’zbek xalq eposi ”Alpomish” dostoni, uning til xususiyatlari, dostonning ilmiy-badiiy qiymati, dostondagi o‘zbek xalqining qadimgi urf-odati, to‘y-marosimlari teran aks ettirilganligi, “Alpomish” dostoni qahramonlik, mardlik, vatanparvarlik, turli elatlar va xalqlarning birodarligi, sevgi va sadoqat, oila mustahkamligi va urug‘ birligini kuylovchi ulkan doston ekanligi, bu dostonda xalqimizning orzu-umidlari, o‘y-hayollari, armonlari o‘z ifodasini topganligi, shuning uchun ham har bir o‘zbek uni o‘rganishi zarurligi ta’kidlangan. Dostonda qo‘llanilgan badiiy tasvir vositalari: metafora, metanimiya, o‘xshatish, mubolag‘a, so‘z, matn, dialekt va shevaga xos bo‘lgan so‘zlar, assimilyatsiya, dissimilyatsiya, metateza, reduksiya, elliziya hodisalari, dostonning morfologik xususiyatlari: tushum, qaratqich, jo‘nalish, chiqish kelishiklari, so‘roq yuklamasi, bilan ko‘makchisi, -lik affiksining bashqa formalari misollar yordamida yoritib berilgan. Mazkur maqolada bugungi o‘zbek adabiy tili bilan ”Alpomish” dostoni tili o‘rtasidagi  farqli  tomonlar   haqida so‘z boradi.    Kalit so‘zlar: doston tili,so‘z, matn, metafora, metanimiya, o‘xshatish, mubolag‘a, dialekt, sheva, assimilyatsiya, dissimilyatsiya, metateza, reduksiya, elliziya,morfologik.    Аннотация. В данной статье глубоко отражены эпос узбекского народа «Алпомыш», его языковые особенности, научная и художественная ценность эпоса, древние традиции и свадебные обряды узбекского народа, эпос «Алпомыш». героизм, храбрость, патриотизм., что это огромный эпос, воспевающий о братстве разных народов и народов, любви и верности, крепости семьи и родового единства, что в этом эпосе выражены надежды, мечты, мечты нашего народа , поэтому каждому узбеку подчеркнуто, что изучать его необходимо. Средства художественного изображения, используемые в эпосе: метафора, метонимия, сравнение, преувеличение, характерные для слова слова, текст, диалект и диалект, ассимиляция, диссимиляция, метатезис, редукция, явления эллипсиса, морфологические явления эпических признаков: винительный падеж, примерами проиллюстрированы указательные, словообразовательные, словообразовательные придаточные, вопросительный падеж, вспомогательный с и другие формы аффикса -like. В данной статье говорится об отличиях современного узбекского литературного языка от языка эпоса «Алпомиш».   Ключевые слова: эпический язык, слово, текст, метафора, метонимия, сравнение, преувеличение, диалект, диалект, ассимиляция, диссимиляция, метатезис, редукция, эллипсис, морфологический. Abstract. This article deeply reflects the epic of the Uzbek people «Alpomysh», its linguistic features, the scientific and artistic value of the epic, ancient traditions and wedding ceremonies of the Uzbek people, the epic «Alpomysh». heroism, courage, patriotism., that this is a huge epic, singing about the brotherhood of different peoples and peoples, love and fidelity, family strength and tribal unity, that this epic expresses the hopes, dreams, dreams of our people, therefore, it is emphasized to each Uzbek what to study it is necessary. The means of artistic representation used in the epic: metaphor, metonymy, comparison, exaggeration, words characteristic of the word, text, dialect and dialect, assimilation, dissimilation, metathesis, reduction, ellipsis phenomena, morphological phenomena of epic features: accusative case, demonstratives are illustrated with examples, derivational, derivational clauses, interrogative case, auxiliary with and other forms of the -like affix. This article talks about the differences between the modern Uzbek literary language and the language of the epic «Alpomish».               Key words: epic language, word, text, metaphor, metonymy, comparison, exaggeration, dialect, dialect, assimilation, dissimilation, metathesis, reduction, ellipsis, morphological. Kirish. “Alpomish” dostonida o‘zbek xalqining qadimgi urf-odati, to‘y-marosimlari yorqin aks ettirilgan.“Alpomish” dostoni qahramonlik, mardlik, vatanparvarlik, turli elatlar va xalqlarning birodarligi, sevgi va sadoqat, oila mustahkamligi va urug‘ birligini kuylovchi ulkan dostondir. Bu dostonda xalqimizning orzu-umidlari, o‘y-hayollari, armonlari o‘z ifodasini topgan. Shuning uchun ham har bir o‘zbek uni o‘rganishi zarur. “Alpomish” dostonini o‘rganish barobarida uning til xususiyatiga e’tibor qaratmaslikning iloji yo‘q. Chunki biror bir asarni o‘rganayotganda uning til xususiyati hisobga olinadi. Asar tili qanchalik sodda, ravon, xalq tiliga yaqin bo‘lsa, u shuncha o‘qimishli, sevimli asar hisoblanadi. “Alpomish” dostoni xuddi shunday xalq tilida yaratilgan dostondir. Tadqiqot ob’yekti va qo‘llanilgan metodlar Tadqiqotning ob’yekti sifatida  “Alpomish” dostoni  olindi.Tadqiqot mavzusini yoritishda tasniflash,  tavsiflash, tarixiy-qiyosiy  tahlil  usullaridan foydalanildi. Olingan natijalar va ularning tahlili “Alpomish” dostoni badiiy tasvir vositalarga boy asardir. Unda metafora, metonimya, o‘xshatish, mubolag‘a kabi tasvir vositalari bor. Bunday   badiiy tasvir vositalalari doston tilining jozibali bo‘lishini ta’minlaydi Masalan, Kayqubod do‘sti Alpomishni maqtaganda juda ko‘p metafora-istioralarni qo‘llagan: Boshingda pir-pirlar sholdan jelaging, Qarchig‘ay changalli yo‘lbars bilaging. Bundan tashqari dostonda o‘xshatish san’ati ham qo‘llangan: Jamoling o‘xshaydi osmonda oyga Qoshingni o‘xshatdim egilgan yoyga. Mubolag‘a san’ati ham qo‘llangan: Shomurti yoqalab har tomon ketgan Ichida sichqonlar bolalab ketgan Izdan tushgan pishak olti oyda yetgan. Yuqorida dostondan badiiy san’atlardan misollar keltirdik. Bu tasvir vositalarning dostonda qo‘llanilish maqsadi va vazifalari haqida ayrim mulohazalarini  aytib o‘tmoqchimiz:
  1. Dostondagi badiiy tasviriy vositalar ma’lum g‘oyaviy maqsad va fikrning ifodasidir. Ular dostonda ilgari surilgan g‘oyaviy mazmunni aniq va ravshan ifodalashga xizmat etuvchi vosita bo‘lib kelgan.
  2. Asarning ta’sir kuchini oshirishga xizmat qilgan.
  3. Mavzu va g‘oyani obrazli, lo‘nda va ixcham shaklda yetkazishda muhim vazifa o‘tagan.
  4. Asarni sodda, ravon, o‘qimishli bo‘lishini ta’min etuvchi vositadir.
  5. Personajlarning tashqi ko‘rinishi va ruhiy olamini yoritishda muhim ro‘l o‘ynagan.
  6. Ishlatilish usuli, xarakteri va mohiyatiga qarab xalqlarimizning o‘tmishdagi dunyoqarashi, e’tiqodini ham mujassam etgan. Maqol, masallarni keltirish orqali yasaladigan irsolu masal san’ati qo‘llangan.
  7. Xalqimizning o‘tmishdagi tarixiy voqea va tarixiy shaxslarga nisbatan xayrixohligini yoki aksincha uni xushlamasligini ifodalashga xizmat qilgan.
  8. Sinfiy tuzum davridagi ikki qarama-qarshi qutbning ziddiyatini ham aks ettirgan. (Masalan, tazod san’ati.)
  9. Xalqning shartli mifologik va majoziy fikrlash tarzi, uning fantaziyasi, xayolot dunyosini ham aniqlashga yordam beradi. (Masalan, mubolag‘a, tashxis san’atlari)
  10. Badiiy-tasviriy vositalar xalqning kasb-kori, qiziqishi, uning urf-odati zaminida shakllanganligini bildiradi va shularni ifoda etadi. (Masalan, hikmatli so‘z, ibora va kesatiqlar.)
“Alpomish” dostonining ilmiy va badiiy qiymati uning lug‘at boyligi bilan belgilanadi. Bu boy leksika adabiy tilni boyitishdagi asosiy manbalardan bo‘lib, o‘zbek tili tarixi shevalarning lug‘at boyligi to‘la saqlanishi kerak. Folklor asarlari leksikasi umuman hozirgi shevalarda iste’molda bo‘lgan lug‘atlar bo‘lishi bilan birga ular orasida arxiak bo‘lganlari ma’nosini sheva vakillarining o‘zlari bilmaganlari ham uchrab turadi. O‘zbek tili dealiktlari va shevalarining ko‘pligi folklor asarlar u yoki bu shevada yaratilganligi uni yana biror sheva  vakilidan yozib olinganligi tufayli matnda umum o‘zbek xalq tilining xususiyatlari bilan bir qatorda shevalar uchun xarakterli bo‘lgan liksik, fonetik va girammatik hususiyatlar o‘z aksini topgan bu hol folklor matni tilini adabiy talaffuziga yaqinlashtirishni talab etadi. Biroq folklor matni tilini adabiy talaffuzga yaqinlashtirish, orginalning bir tomondan leksik va girammatik, ikkinchi tomondan poetik xususiyatlariga ta’sir etmasligi kerak . Hech vaqt  bir jumla yoki so‘z o‘rniga  ikkinchisi almashtirilmasligi lozim. Adabiy talaffuzda berish mumkin bo‘lmagan so‘z va forma orginalidek beriladi va ilmiy apparatda tushuntiriladi. Dealiktlar va shevalarga asos bo‘lgan badiiy asar tili uchun muhim ahamiyatli bo‘lmagan  fonetik hodisalargina adabiy til talffuziga yaqinlashtirilib beriladi. Dostonlarni nashrga tayyorlashda  komponentlarga izohli lug‘atlar berish muhim o‘rin tutadi. Chunki folklor asarlarida  izohsiz tushunish qiyin  bo‘lgan yoki ma’nosi anglashilib tursa ham aniqlik  kiritish kerak bo‘lgan so‘zlar iboralar, obrazlar, jumlalar uchrab turadi. Nashrga tayyorlovchi mana shunday o‘rinlarni kitobxonga tushuntirish kerak. Masalan: Dostonda Go‘ro‘g‘li tilidan aytilgan “Chor hokim emasman chambilgadir xon” satri uchraydi. Bundagi hamma so‘zlar tushunilib turibdi.Lekin obrazni tushunib olish uchun qo‘shimcha izoh berish kerak. Chunki “chor hokim”so‘zining ma’nosini oddiy kitobxon u yoqda tursin tadqiqotchilar ham bilmasligi mumkin. Bunda u “chor hokim” so‘zi ma’nosi Buxorodagi to‘rt oily mansab-qozi, rais, amaldor, mirshab ko‘zda tutiladi. Bundan tashqari “Hakimbek yetti yoshida bobosidan qolgan o‘n to‘rt botmon birichdan bo‘gan parli yoydan oq tortdi, uning o‘qi Asqar tog‘ini tepasin yulib o‘tdi” Bu so‘zdan o‘n to‘rt botmon birichdan bo‘lgan kamonni izohsiz tasavvur qilish qiyin. Xalq dostonlari tilini qipchoq dialekti bilan qiyoslasak, ularning adabiy tilga munosabatini va adabiy tilni boyitishdagi o‘rnini belgilashga harakat qilinadi. Bunda leksik-stilistik va frazeologik jihatdan ulardagi yaqinlik muhim o‘rinni egallaydi. Dostonlardagi so‘zlarning deyarli barchasi talaffuzi, ma’nosi, hatto qo‘llanish chastotasi jihatidan qipchoq dialektlariga mos kelishini tilshunos olimlarimiz ta’kidlab o‘tadi[1]. Buning asosiy sababini tarixiy birlikda ko‘radi. Shuningdek, qipchoq dialektlari va xalq og‘zaki ijodi namunalari tili g‘oyat o‘ziga xos boylikka, nutqiy jozibani ta’minlovchi manbaga ega bo‘lib,  undan adabiy tilimiz yetarli darajada foydalanmayotganligi, ushbu kemtiklarni to‘ldirish  tilshunoslik oldida turgan muhim vazifalardan ekanligi esga solinadi. Darhaqiqat, xalq dostonlari tili va qipchoq dialektlaridan keltirilgan “umulduruq”, “jirkindi”, “buyr”, “o‘dag‘a”, “dirkillap”, “qo‘niq”, “kunlashmayman”, “orqa-o‘rish”, “chirpindi”, “ozoinma”(oz dema),  “sovuqoyok”,  “taraqqas aylab”, “qo‘noq ustiga cho‘noq”  kabi   so‘z, birikma, iboralarning ma’no nozikliklarini, ularning uslubiy  xususiyatlarini  hozirgi  o‘zbek  adabiy  tilida ifodalash mushkul bir hol. Yuqorida aytib o‘tilganidek, “Alpomish” dostonining tili xalq tiliga yaqindir. Dostonning tili qipchoq lahjasiga mansubdir. Chunki buni kuylagan baxshilar qipchoq vakillaridir. Buni dostonni o‘rganayotganda adabiy tilidan farq qiladigan fonetik, leksik, grammatik jihatlarini ko‘rishimiz mumkin. Bunga avvalo lab garmoniyasining mavjudligi, so‘z boshida y va j tovushlarining almashinib qo‘llanishi, h tovushining tushurib qo‘llanishi, y tovushining orttirilishi kabi holatlarda  yaqqol namoyon bo‘ladi. Masalan: sh>y hodisasi: tayla (ad. orf. tashla) y>j hodisasi : jur, jiyaman, jilayman (ad. Orf. Yur, yig‘aman, yig‘layman). Erkak libosini o‘zim kiyarman, Bor kuchimni bilagima jiyarman. (53-bet) g‘>v hodisasi: ovib, tov, bov, (ad orf. Og‘ib, tog‘,  bog‘) Nechov otdan ovib qoldi, Jazosini tovib qoldi, Nechovlar otdan yiqilib, Toza yerni qovib qoldi[2]. (174-bet)          b>m hodisasi: munday, muni (ad. orf. bunday, buni). Xudo bergan munday davlatdi, Shunday bo’lib topdi murod-maqsaddi. s>ch hodisasi: chochmoq, choch,  chichqon, chachoq ,  chechib (ad .orf. sochmoq, soch, sichqon, sochiq, yechib) f>p hodisasi : poyim, nap, lop, parishta (ad. orf. foyim, naf, lof, farishta) Omin desa parishtayu maloyik? Sayl etib dunyoni bizlar ko‘rayik, Nima bo‘lsa, bizlar borib-kelayik. (275-bet) p>b hodisasi: duburi (ad. orf. dupuri.) h>y hodisasi : voyim, joyil, iloyim, qiblagoyim (ad. orf. Vahm, johil, ilohim, qiblagohim) Erisin tog‘larning qori erisin, Yer ostida dushman tani chirisin, Iloyim musofir yurti qurisin. (51-bet) t>d hodisasi: dovush, dengi, dush (ad. orf. tovush, tengi, tush) Siyosatga dovush qilib, Ostida o‘ynaydi oti, (176-bet) Tovush tushishi: So‘z oxirida t harfini tushishi: dash(t),  go‘sh(t), pas(t) Qozonda qaynagan shirboz go‘shmidi, Shul qizingning agar boshi bo‘shmidi? (41-bet) So‘z oxirida q harfini tushishi: sari(q), to‘ri(q) Tovush orttilishi:Y tovushining orttilishi: xudoy, sarpoy D tovushining orttilishi: aqlimdolar, so‘zdaytib. Arzim eshit o‘zbak qizi, Aqlimdolar jodu ko‘zi. (52-bet) Assimilatsiya hodisasi: hilla-hiyla, urri-o‘g‘ri. Metateza hodisasi:  turpoq, aynalmoq (ad.orf. tuproq, aylanmoq) Bilsang, men ham, qalmoq, senga barobar Lochinday aynalma bunda, ahmoqlar. (61-bet) Dessimilatsiya hodisasi: lodon, zaril (ad.orf. nodon, zaril) Lodon ko‘nglim har hayolga bo‘libman, Gunohkor bo‘lganim endi bilibman. (35-bet) Reduksiya hodisasi: Arza, kalma (ad. orf. ariza, kalima) Termiltmagin, jallod, mening ko‘zimdi, Arza bilan shohga bildir so‘zimdi. (35-bet)           Elliziya ikki so‘z qo‘shilib talaffuz qilinganda birinchi so‘zning oxiridagi, ikkinchi so‘zning dastlabki unlisi tushishi hodisasi: oltoy, o‘n ikkmom, aytolmayman, bog‘dochilar (ad. orf. olti oy, o‘n ikki imom, ayta olmayman, bog‘dа ochilar). Bu kun qadr kechalari, Bog‘dochilar g‘unchalar. Asar tilini o‘rganishda uning morfologik xususiyatlari ham katta ahamiyat kasb etadi. Dostonning morfologik xususiyatlari: Tushum kelishigi affiksi  -ni, –di, -ti formasida: Jallodlar eshitgin aytgan so‘zimdi, Qolim chechib ozod qilgin o‘zimdi, Mol yetmasa beray Barchin qizimdi, Hali ham bir ozod qilgin o‘zimdi.  (29-bet) Eshitmagin qarindoshlar so‘zini, Qarindoshlar bera qolsin qizini! …Xafa qilma, ota, menday qizingdi, Qo‘ya ber alplarga mening o‘zimdi…(35-bet) Xudo bergan munday davlatdi, Shunday bo‘lib topdi murod- maqsaddi,  (156-bet) Qaratqich kelishigi affiksi –im, – ing  ning formasida: Bizim qalmoqlarning ishi bekordi(r) Shum falak boshima savdo solibdi, Bizning elga qattiq talon qilibdi. (24-bet) Maydonda minardim bul to‘bichoqti, Xafa qilma, oyim, mendek g‘o‘chhoqti, Chayib bergin saba bilan ko‘nakti, Qimiz so‘rab keldim mendayin nomdor (50-bet)   Jo‘nalish kelishigi affiksi –a, -na formasida: Ustima kiyganim yashil ko‘k edi , Bunday so‘zlar ilgaridan yo‘q edi, Boy otmman biy boboma ne bo‘ldi (12-bet) Xanjar urmay bag‘rim qona to‘ldirma, Borib tutat otim turgan yerina (280-bet) Chopa bersang oltoy chilik yo‘llara, Ingransa o‘zadi ozbekning oti (278-bet) Chiqish kelishigi: -dan, -nan, -din shaklida uchraydi: Eshitgin qalmoqlar aytgan tilimnan, Meni olar kelmas sening qo‘linnan, Badbaxt qalmoq, qolma kelgan yo‘linnan, Meni olmoqqa hadding bormi qalmoqlar. Senga beray desam qimiz bo‘lmasa, Ketgin, qalmoq, qaydin topib berayin. (56-bet)        So‘roq yuklamasi -mi, -ma shakllari ishlatiladi: Elingning rasimi shunday bo‘lama, Musofirni ko‘rsa boylab  urama(28-bet) Bilan ko‘makchisi bilan, man,  shaklida uchraydi: Japsar yorib Chilbir cho‘liga qaradi, Boychiborman Qorajonni ko‘radi, (110-bet) Armon bilan bobong o‘g‘li o‘libdi, Mingan oti o‘lja bo‘lib qolibdi, (110-bet) –lik affisining – ik, -iq formasi : Qayga ko‘chsang biz ham birga borayik, Eldan-elni xo‘pbir yurib ko‘rayik, Har yurtlarda musofir bop yurayik Bizlar senga xizmatkor bo‘p turayik (16-bet) Xulosa “Alpomish” dostoni bugungi kun o‘zbek tilshunosligining rivojlanib, taraqqiy etishiga asos bo‘lgan, desak xato qilmaymiz. Chunki dostonda o‘zbek dialekt va shevalariga xos bo‘lgan so‘zlarning berilishi o‘zbek adabiy tilining shakllanishida munosib o‘rin egallaydi. Shuningdek, dostonni mutolaa qilayotgan har bir kitobxon o‘zbek xalqining urf-odatlari, to‘y-marosimlari, turli elat va xalqlarning do‘stligini tarannum etuvchi doston ekanligiga amin bo‘ladi.Bu holat yoshlarimizda vatanga muhabbat, buyuk ajdodlarimizga bo‘lgan faxr tuyg‘usini uyg‘otadi va yurt mustaqilligini mustahkamlashga da’vat etadi.   Foydalanilgan adabiyotlar: [1].Alpomish –Toshkent., O‘zbekiston.1992. [2].U.Tursunov,A.Muxtorov, Sh.Rahmatullayev. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.-T., O‘zbekiston.1992. [3].Sultonov I.Adabiyot nazariyasi.-T.,2005. [4].Boltaboyev H.Adabiyot ensiklopediyasi.-T.,Mumtoz so‘z.2015. [5].Quronov D. va boshq. Adabiyotshunoslik lug‘ati.-T., Akademnashr.2010. [6].Xalizev V.E.Teoriya literature.-M., “Visshaya shkola”.1999.    Muallif: Uskanov Kaxramon Xalikulovich – Jizzax davlat pedagogika universiteti, o‘qituvchi. [1] To‘ychiboyev B., Muhammadjonov Sh.. “Xudoyberdi Doniyorov va o‘zbek tilshunosligi”. Guliston, 2008. 95-bet. [2] Ushbu misollar Alpomish dostonidan olindi. “Alpomish”. O‘zbek xalq qahramonlik dostoni. Aytuvchi F.Yo‘ldosh o‘g‘li, yozib oluvchi M.Zarifov. – T.: «Sharq», 2010.