- 1. Shavkat Miromonovich Mirziyoev Tankidiy talxlil, katiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Toshkent: «Uzbekiston», 2017. – 104 b.
- A. Navoiy .Hayrat ul – Abror ( dostonning ixcham nasriy bayoni) Toshkent “ Yangi asr avlodi” 2009 yil.
ALISHER NAVOIYNING HAYRAT UL ABROR ASARIDAGI “HOTAMI TOYI HAQIDA” HIKOYaSIDA JAHOLAT VA MA’RIFAT TALQINI
A.Qodiriy nomidagi JDPI katta o‘qituvchisi M. Isoqulov.
Annotatsiya: V dannoy state opisыvayutsya nauchnыe i metodologicheskie osnovы nevejestva i prosveщeniya na traktovke nevejestva i prosveщeniya v rasskaze «Igrushka Xotami» Alishera Navoi Xayrat-ul Abror.
Annotation: This article describes the scientific and methodological bases of ignorance and enlightenment on the interpretation of ignorance and enlightenment in the story of “Hotami toy” by Alisher Navoi Hayrat-ul Abror.
Yurtimizda olib borilayotgan ta’lim – tarbiya jarayonini jaxon talablariga javob bera oladigan darajaga olib chiqish uchun bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad shundan iboratki, o‘sib – ulg‘ayib kelayotgan yosh avlod o‘zining saloxiyati bilan dunyoga chiqishi va butun olamga o‘zbek xalqining saloxiyati va ma’naviyatini ko‘rsata olishi kerak.
Shuning uchun ham yurtimizda yosh avlodlarga sharq mutufakkirlarining ta’lim tarbiya jarayoniga qo‘shgan ulkan hissasini tushuntirib berish aynan bugungi kunning asosiy masalalaridan biridir. Shavkat Miromonovich Mirziyoev doimiy ravishda “Eng asosiy ustuvor vazifa – «Inson manfaatlari hamma narsadan ustun» degan olijanob g‘oyani izchillik bilan hayotga tatbiq etishdan iborat. Shuning uchun ham biz tomondan amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlar aynan ta’limiy – tarbiyaviy muloqatlar jarayonida jaholatga qarshi ma’rifat g‘oyalarini yoshlar ongiga singdirishga qaratilgan.
Alisher Navoiyning Hayrat ul Abror asaridagi “Hotami Toyi haqida”gi hikoyasida «Inson manfaatlari xamma narsadan ustun» degan g‘oya ostida jaholat va ma’rifat talqinini quyidagicha yoshlarning ongiga singdirish mumkin.
“Bir pok tabiatli odam Hotami Toydan so‘radi: «Kaftlaring ishi saxovat bo‘lganidan beri o‘zingga o‘xshagan biron kishini ko‘rdingmi?” – gapdagi “pok tabiatli odam”, “Kaftlaring ishi saxovat bo‘lganidan beri” tushunchalariga to‘xtalib o‘tish orqali o‘quvchilarning bilimlari nazorat qilanadi. Bu tushunchalarga bog‘liq hayotiy misolar keltiriladi. Shundan so‘ng quyidagi hikoya o‘qib beriladi. «U javob berib aytdiki:» Bir kuni katta bir bazm qurib, shu cho‘lda yashayotgan barcha odamlarni mehmon qildim. Ziyofat uchun yuzta tuya, son-sanoqsiz qo‘y-u qo‘zi so‘yilgan edi. Bir vaqt mehmonlar oldidan biroz dam olish chun ochiqqa, sahroga chiqdim. Shu payt ko‘z oldimda mashaqqat chekib, orqasiga tikanli shox-shabbalarni ortib, yuk ostida jismi uyi egilib, unga hassadan sutun tirkab olgan, har qadam yurganida to‘xtab, har nafas olguncha damini rostlab borayotgan bir keksa namoyon bo‘ldi. Uning chekayotgan iztiroblari mening ko‘nglimga o‘t solgandek bo‘ldi-yu, unga boqib, lutfu rahm dillik bilan shunday xitob qildim: «Ey, qaddini mashaqqat yuki past aylagan, jismida g‘am tikani azob berayotgan inson! Bugun Hotam uyida chaqiriq bo‘layotganligidan xabar topmadingmi, uning dargohidagi ziyofatga bormadingmi? Hotam hammani mehmonga chorlab, barcha yaxshi-yomonning ko‘nglini olyapti-ku! Tikaningni tashlagin-da, izzat gulshaniga yet, ko‘p mashaqqat chekmay, o‘rningdan turib, chaqirilgan manzil tomon yo‘l olgin», dedim. Bu hikoyaning mazmun – moxiyatini to‘liq anglab olishlari uchun o‘qituvchi yana matndagi ba’zi bir jumlalarga e’tiborini qaratishni so‘raydi. “Ziyofat uchun yuzta tuya, son-sanoqsiz qo‘y-u qo‘zi so‘yilgan edi”, “ko‘z oldimda mashaqqat chekib, orqasiga tikanli shox-shabbalarni ortib, yuk ostida jismi uyi egilib, unga hassadan sutun tirkab olgan, har qadam yurganida to‘xtab, har nafas olguncha damini rostlab borayotgan bir keksa namoyon bo‘ldi” Bu gaplar tarkibidagi “yuzta tuya, son-sanoqsiz qo‘y-u qo‘zi”larni so‘yish bu jaxolat belgisi emasmi? Kambag‘al qatlamga osh tarqatgandan ko‘ra shuncha molu , qo‘y, qo‘zilarni tiriklayin tarqatsa extimol kambag‘alchilikning oldini olish, ularning safini qisqartish mumkin bo‘lmasmidi kabi fikrlar orqali o‘quvchilarni baxs – munozaraga chorlaydi.
Alisher Navoiy o‘zining ushbu Hayrat ul Abror asaridagi “Hotami Toyi haqida”gi hikoyasi orqali xalqni saxovat qilishga chorlashi bilan bir qatorda ularga ma’naviy, ma’rifiy saboqlar beradi. Bir keksa odam jismonan shu darajada charchaganki, uni ta’rif etish orqali keksalarga e’tibor qaratish kerakligi, uning farzandlari bo‘lgan bo‘lsa nima uchun keksa ota shu darajada mashaqqat chekishi kerak degan yashirin fikrlar mavjudligini o‘quvchilarga tushuntirish kerak. Nima uchun bu keksa otaxon “yuk ostida jismi uyi egilib” kelmoqda. Nima uchun u “hassadan sutun tirkab olgan” deb savol beriladi. Savolga berilayotgan har bir javob o‘sha davrning tabiati, siyosati, ma’naviyati, ma’rifati, dunyoqarashi bilan bog‘lanishi kerak bo‘ladi. Bunday bog‘lanishlar fanlar integratsiyasini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi. Shunday tartibda amalga oshiriladigan ta’lim – tarbiya jarayonida o‘quvchilarning dunyoqarashi o‘qituvchiga ma’lum bo‘ladi va uni boyitishga qaratilgan ishlar amalga oshiriladi. Hikoyaning davomi o‘qiladi. “Mening u haqida tashvish chekayotganimni anglagan kishi boshini ko‘tarib kuldi-yu, shunday javob qildi: «Ey, oyog‘ini hirs-ochko‘zlik zanjirband etgan, bo‘ynini esa ta’may-u tilanchilik arqoni mahkam bog‘lagan, g‘ayrat vodiysiga qadini urmagan va himmat panjarasini kezib chiqmagan inson! Sen ham bu tikan azobini totib ko‘r, shunda Hotami Toy minnatini eshitmaysan!»
Uning bu so‘zlari asosli bo‘lib, mendan uning himmati yuksak edi. “Ey Navoiy, sening ham himmating bo‘lsa, Hotami Toy senga banda bo‘lar edi.
Demak, asosiy xulosani hazrat Alisher Navoiyning o‘zi bergan. O‘qituvchi o‘quvchilardan xulosa qilishini so‘raydi. Barcha xulosalar tinglanib bo‘lgach o‘qituvchi Alisher Navoiy o‘zining ushbu Hayrat ul Abror asaridagi “Hotami Toyi haqida”gi hikoyasi bugungi kunda ham dolzarb masalalarni ko‘targanligi bilan axamiyatini yo‘qotmaganini o‘quvchilarga tushuntiradi.
O‘qituvchi ushba asardagi hikoyaning ma’rifiy tomoni yoshlarni ma’rifatli bo‘lishga chorlash orqali jaxolatning oldini olishga qaratilganligini ko‘rsatib berishi juda muxim hisoblanadi. Demakki, saxovatli inson bo‘lish bu insoniy fazilatlarning cho‘qqisi bo‘lishi mumkin. Biroq faqatgina saxovat orqali, ya’ni exson qilish, moddiy yordam berish orqali insonlarning yuki yengillashmaydi ularga o‘zini tutib olish, ma’nan yuksalish, iqtisodini to‘g‘rilab olish uchun ham bilim kerakligi hayotiy misollar orqali tushuntirilsagini ko‘zlanagn maqsadga erishish mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR.