Rektor yordamchisi
Rektor yordamchisi:
Bahromov Javohir Rustam o’g’li
Telefon: +998 90 182 66 19
Elektron manzil: bahromov_javohir@mail.ru
Rektor yordamchisining lavozim vazifalari:
- Kelib tushgan, jo’natiladigan va ichki hujjatlar rektorga ma’lum qilinishi uchun ularning o’z vaqtida ko’rib chiqilishini ta’minlash;
- Rektorning topshirig’i bo’yicha hujjatlarning o’z vaqtida ijro etilishini nazorat qilish;
- Rektorat yig’ilishlarining ishini tashkil etishni ta’minlash, majlislarda bevosita qatnashish hamda qabul qilingan qarorlar va rektorning ko’rsatmalari bajarilishini nazorat etish;
- Rektorning respublika, yuqori tashkilotlarida qiladigan ma’ruzalari va axborotlari uchun rektor ko’rsatmasiga binoan dekanatlar, bo’limlar va xizmatlarning axborotini yig’ish va umumlashtirish;
- Yuqori tashkilotlarning talablariga binoan ma’lumotnomalar tayyorlash va imzolash uchun rektorga taqdim etish;
- Rektor tomonidan fuqarolarni qabul qilishda ishtirok etishi va qabul qilingan qarorlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
- O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi hamda Vazirlik buyruqlari bilan belgilangan lavozim vazifalarini talab darajasida bajarilishi va ijro-intizomiga rioya qilinishi;
- OTMsi tarkibiy bo’linmalarini aylanib chiqish hamda ularning ishlarini tekshirish chog’ida rektorga hamrohlik qilish, u bergan farmoyishlarning ijro etilishini nazorat qilish
Bilishi kerak:
O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi hamda Vazirlik buyruqlarini, OTMga oid me’yoriy hamda boshqa hujjatlarni.Malaka talablari:
- Yuqori tashkilotlarning qarorlari, farmoyishlari, buyruqlarini, fuqarolarning xatlar, shikoyatlar va arizalarini ko’rib chiqish tartibini bilish;
- Oliy ma’lumotga ega bo’lishi;
- Hujjatlarni qabul qilish tartibi to’g’risidagi yo’riqnomani, jo’natiladigan hamda ichki hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini bilishi zarur.