O‘quv-uslubiy ta’minot bo‘limi
Bo’lim boshlig’i:
Abduraxmonov Akbar Abduxamidovich
Telefon: +(99894) 340 88 00
Elektron manzil:
O’quv-uslubiy ta’minot bo’limi akademik faoliyatni tashkil etish, o’quv reja, fan dasturlarini yaratish va rivojlantirish, o’quv jarayonini takomillashtirish bo’yicha me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, milliy ta’lim tizimining chet el ta’lim tizimiga integrasiyasini ta’minlash hamda ta’lim jarayoninining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash bo’yicha me’yorlarni ishlab chiqish jarayonlarini amalga oshiruvchi universitetning tarkibiy tuzilmasi.
Bo’lim boshlig’ining vazifalari:
- Bo’lim faoliyatini tashkil qilish, bo’lim vazifalarini taqsimlash, yuklatilgan vazifalarni samarali va o’z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
- universitet o’quv jarayonining ahvoli, davlat ta’lim standartlariga rioya etilishini ta’minlash;
- universitet o’quv jarayonini tashkil qilish bilan bog’liq barcha me’yoriy jarayonlarning ishlab chiqilishi hamda o’quv jarayoniga tadbiq etilishini ta’minlash;
- universitet o’quv reja va o’quv dasturlarini xalqaro e’tirof etilgan reytinglarning TOP-1000 kirgan nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari o’quv dasturlari va kadr buyurtmachilari talabi asosida takomillashtirib borish;
- universitet kafedralari, dekanatlari va boshqa bo’linmalar akademik faoliyatini nazorat qilish maqsadida tuzilgan komissiyalar tarkibida ishtirok etish;
- universitetda akademik faoliyatni nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari akademik faoliyati tajribalari asosida yanada takomillashtirish, samaradorligini oshirish maqsadida respublika va xorijiy mamlakatlar oliy ta’lim muassasalari, ilmiy muassasalari bilan aloqalar o’rnatish, ulardagi ilg’or tajribalardan foydalanishni tashkil etish;
- o’quv jarayoni rivojlangan xorijiy mamlakatlar universitetlari tajribasini o’rgangan holda, universitet ta’lim jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish;
- nufuzli xorijiy OTMlar o’quv reja, fan dasturlari (sillabus) asosida yangi o’quv reja, fan dasturlarni (sillabus) ishlab chiqish va tasdiqlatish;
- kredit-modul tizimida tashkil qilingan o’quv mashg’ulotlari monitoringini olib borish;
- universitet rektor va o’quv ishlari bo’yicha prorektor topshirig’iga binoan bo’lim faoliyatigi tegishli hujjatlarni tayyorlash va boshqalar.
O’quv-uslubiy ta’minot bo’limi uslubchisi:
Karimova Baxtiniso
Telefon:
Elektron manzil:
Bo’lim uslubchisining xizmat vazifalariga quyidagilar kiradi:
- bo’limlar ishini tashkil qilish hamda yuklatilgan vazifalarni samarali va o’z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
- universitet ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etilishlarini nazorat qilish;
- kafedralarning ish rejalarini ko’rib chiqish, ma’qullash, ushbu rejalar ijrosi bo’yicha hisobotlarni qabul qilish;
- universtitet ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarining o’quv reja va o’quv dasturlari ishlab chiqilganligini nazorat qilish hamda o’quv reja va o’quv dasturlarining elektron katologini yuritish;
- professor-o’qituvchilar o’quv yuklamalarining vaqt me’yorlariga mos ravishda adolatli taqsimoti va shaxsiy ish rejalari rasmiylashtirilishini nazorat qilish, ma’qullash, ular ijrosi bo’yicha hisobotlarni qabul qilish;
- universitet Kengashlarida akademik faoliyatni takomillashtirishga oid takliflarning muhokama etilishini ta’minlash;
- akademik faoliyatga taalluqli bo’lgan universitet rektori buyruqlari va Kengash qarorlarining ijro etilishini nazorat qilish.