Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Muassasasi kengashi

 

Kengash kotibi:

Suvonkulov Alisher Zayirovich

Telefon: +(99890) 592 80 56

Elektron pochta manzili: jspi_info@umail.uz

Qabul vaqti: Har kuni (09:00-12:00)

Jizzax davlat pedagogika universiteti Kengashi (bundan keyin – Kengash) universitetning doimiy faoliyat yurituvchi oliy kollegial organi hisoblanadi. Kengash O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaror, Farmon va Farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari va buyruqlari, Oliy ta’lim to’g’risidagi Nizom, Jizzax davlat pedagogika universiteti Ustavi va Kengash Nizomi asosida faoliyat yuritadi.

Kengashning vazifalari va vakolatlari:

Kengash Jizzax davlat pedagogika universiteti faoliyatiga oid asosiy yo’nalishlar bo’yicha ish olib boradi. Jumladan:

  • ta’lim tizimining barcha sohalari uchun malakali pedagog kadrlarni tayyorlash bo’yicha o’quv, metodik, ilmiy va boshqa faoliyatni samarali tashkil etish;
  • shaxsning intellektual, madaniy va ma’naviy-axlokiy ehtiyojlarini pedagogik ta’lim olish orqali qondirish, davlat va jamiyatning oliy pedagogik ma’lumotli, malakali mutaxassislar va oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlarga bo’lgan ehtiyojini qondirish;
  • ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, fundamental va ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish;
  • universitetda normativ-huquqiy hujjatlar, davlat dasturlari, yillik rejalar va OO’MTV hay’ati qarorlari va buyruqlarining bajarilishi;
  • ijro intizomini mustahkamlash, lavozim (xizmat) vazifalarining o’z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlashda universitet rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish;
  • pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
  • ma’naviy-ma’rifiy, o’quv-uslubiy, tarbiya va ilmiy tadqiqot ishlariga oid tegishli normativ-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshirilishi zarur bo’lgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • rektor, prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo’lim boshliqlarining universitet zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan hisobotlarini eshitish;
  • prorektorlar, universitet bo’limlari, fakultetlari va kafedralari faoliyati tartibi vakolatlarini ko’rib chiqish;
  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi 20-sonli Qarori va «Oliy talim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to’g’risida»gi Nizomga muvofiq vakant lavozimlarga tanlovlarda nomzodlarni ko’rib chiqish;
  • O’zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasiga professor, dotsent ilmiy unvoniga tavsiya qilish kabi masalalarni hal qiladi.
  • Kengash universitet vakolatiga taalluqli, uning hayoti bilan bog’liq bo’lgan kollegial muhokama talab qilinadigan boshqa masalalar.

Kengash tarkibi:

Rektor, prorektorlar lavozimiga ko’ra Kengash tarkibiga kiradi. Kengashga saylanadigan a’zolar soni rektor buyrug’i bilan belgilanadi va ular fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, tarkibiy bo’linma rahbarlari, professor-o’qituvchilar orasidan saylanadi. Kengash tarkibiga boshqa manfaatdor idoralar vakillari, uzluksiz ta’lim tizimi muammolari bilan shug’ullanadigan taniqli olim va mutaxassislar kiritilishi mumkin. Hozirgi kunda universitet Kengashi tarkibi 31 nafar a’zodan iborat.