Skip to main content

Yangi o'quv yili boshlandi!

Jizzax davlat pedagogika universitetida 2022/2023-o'quv yili boshlandi

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni

Mashaqqatli kasbingizda ulkan muvaffaqiyat tilaymiz, aziz ustoz va murabbiylar!

O’zbek tili va adabiyoti fakulteti

O’zbek tili va adabiyoti fakulteti

Fakultetda 3 ta kafedra mavjud:

– O’zbek tilini o’qitish metodikasi;
– O’zbek adabiyotini o’qitish metodikasi;
– O’zbek tili va adabiyoti;
O’zbek tili va adabiyoti fakulteti dekani

Soyipov Sunatulla Normatovich

Faoliyati: 2019-yil 12-fevraldan

Telefon: +99891-941-05-64

Email: soyipov67@gmail.com

Qabul vaqti: Chorshanba, payshanba 09:00–16:00

O’zbek tili va adabiyoti fakulteti 1974-yildan, ya’ni Jizzax davlat pedagogika instituti tashkil topgan kundan boshlab faoliyat yuritib kelmoqda. Fakultet 1977-yildan ilk mutaxassislarni tayyorlab chiqara boshlagan. O’tgan davr mobaynida fakultetda 6000 ga yaqin malakali mutaxassislar tayyorlandi. Fakultetda jami 45 nafar professor-o’qituvchi faoliyat ko’rsatmoqda. Ularning 1 nafari fan doktori, 17 nafari fan nomzodi va dotsentlar. Fakultetda hozirgi kunda 779 nafar bakalavr, 105 nafar magistrant tahsil olmoqda.

O’zbek tili va adabiyoti fakultetida “Yosh tadqiqotchilar”, “Marvarid”, “Tilshunoslar”, “O’zbek tili” va “Yosh filologlar” nomli to’garak va klublar faoliyat olib boradi. Har bitta to’garak va klublarda ochiqlik taminlangan. A’zolar boshqa fakultetlardan ham kelib ishtirok etadi. Talabalarning ijodiy ishlari respublika va xalqaro miqyosda o’tkazilgan konferensiya to’plamlarida, jurnallarda, qolaversa, bir qancha gazetalarda chop etilgan.

Shu kungacha fakultet talabalari ko’plab yutuqlarga erishib kelmoqda. 11 nafar talaba-yoshlar “Navoiy” nomidagi davlat stipendiyati bo’lgan. “Yosh kitobxon” tanlovining joriy qilinganligiga ko’p bo’lmaganiga qaramasdan, 2018-yilda Ilhomova Dilnoza respublika bosqichida 3-o’rinni qo’lga kiritgan va 200 dona baddiiy kitob bilan taqdirlangan. Mamatqulova Gulhayo “Badiiy gimnastika” bo’yicha bir necha bor O’zbekiston chempioni bo’lgan. Shu kungacha 300 ga yaqin talabalar respublika miqyosida o’tkazilgan tanlovlarda faxrli o’rinlarni qo’lga kiritgan. Oripova Nilufar 2020-yilda oliy ta’lim muassasalari o’rtasida o’tkazilgan “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida o’tkazilgan insholar tanlovining respublika bosqichida faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritib 1-darajali diplom va noutbuk bilan taqdirlangan. Bugungi kunda fakultetda 4 nafar O’zbekiston chempioni tahsil olmoqda. Shundan Esirgapova Zuhra voleybol bo’yicha O’rta Osiyo chempioni ham bo’lgan.

Fakultetda “Parvoz” nomli talabalar teatr-studiyasi faoliyat yuritib, har yili ikkitadan spektakl tayyorlash yo’lga qo’yilgan. “Yosh kuch” nomli “Zakovat” intellektual jamoasi tashkil qilingan. “O’zbek tili va adabiyoti yulduzlari” nomli quvnoqlar va zukkolar jamoasi ham tashkil qilingan bo’lib, bugun ko’plab yutuqlarga erishib kelmoqda.