Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

Maktabgacha ta’lim fakulteti

Maktabgacha ta’lim fakulteti

Fakultetda 2 ta kafedra mavjud:

– Maktabgacha ta’lim metodikasi
– Maktagacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy til kafedrasi
Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani, pedagogika fanlari doktori, dotsent

Jumanazarov Umid

Faoliyati: 2023-yil 7-vanvardan
Telefon: +99891 189 66 69
Email: phdjumanazorov@gmail.com
Qabul vaqti: Chorshanba, payshanba 09:00–16:00
Fakultet 2020-yili tashkil etilgan. Fakultetda jami 46 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqda. Ularning 2 nafari fan doktori, 1 nafari fan nomzodi va dotsent faoliyat yuritmoqda. Fakultetda hozirgi kunda 999 nafar bakalavr, 52 nafar magistrant tahsil oladi.
Maktabgacha ta’lim fakultetida quyidagi to’garaklar faoliyat olib bormoqda: “Voleybol”, “Kurash” “Maktabgacha ta’limda bolalar va qo’g’irchoq teatri” “Yosh tarbiyachilar”, “Qizlarjon” kabi to’garaklar faoliyat olib bormoqda. Maktabgacha ta’lim fakultetida “Ijod” talaba-teatr studiyasi, “Cheksiz bilim” zakovot intelektual o’yini jamoasi, “Shaddod qizlar” quvnoqlar va zukkolar jamoasi tashkil qilingan. “Shaddod qizlar” quvnoqlar va zukkolar jamoasi quvnoqlar va zukkolar ko’rik-tanlovining institut saralash bosqichida ishtirok etib, final bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritgan. Maktabgacha ta’lim fakultetida har bitta to’garak va klublarda ochiqlik taminlangan. A’zolar boshqa fakultetlardan ham kelib ishtirok etishadi. Talabalarning ijodiy ishlari respublika va xalqaro miqyosda o’tkazilgan konferensiya to’plamlarida, jurnallarda, qolaversa, bir qancha gazetalarda chop etilgan.
2022 yil 27-sentabr kuni 1-oktabr “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” munosabati bilan Kasaba uyushmasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va ishchi hodimlar o‘rtasida o‘tkazilgan voleybol (ayollar) sport musobaqasida fakultet jamoasi faxrli 2-o‘rinni, shaxmat (ayollar) sport musobaqasida faxrli 2-o‘rinni egallashdi.
2022 yil 24-oktabrdan 1 noyabrgacha universitetda tashkil etilgan sportning voleybol (o‘g‘il va qizlar), mini futbol turlari bo‘yicha “Vazir kubogi” sport musobaqalarida Maktabgacha ta’lim fakulteti voleybol (o‘g‘il va qizlar) jamoasi 3-o‘rinni, mini futbol jamoasi 2-o‘rinni egallashdi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 23-sentabrdagi 315-sonli “Oliy ta’lim muasasalari talabalari o‘rtasida an’anaviy ravishda “Yil talabasi” respublika tanlovini yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘i asosida universitet rektorining 2022 yil 28 sentabrdagi 368-U-sonli “Universitet talabalari o‘rtasida an’anaviy ravishda “Yil talabasi” Respublika tanlovini yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash yuzasidan tanlovning universitet bosqichida quyidagi talabalar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi:
  • “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” – Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy tillar (ingliz tillar) 4-kurs talabasi Maxkamboeva Shaxrizoda Xusan qizi 1-o‘rinni;
  • “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” – Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya 3-kurs talabasi Ochilov Navro‘z O‘roqboy o‘g‘li 1-o‘rinni;
  • “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” – Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya 3-kurs talabasi Ochilov Navro‘z O‘roqboy o‘g‘li 1-o‘rinni;
“Yilning eng faol ijodkor talabasi” – Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy tillar (ingliz tillar) 3-kurs talabasi Maxkamboeva Ozoda Xusan qizi 3-o‘rinni egallashdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 12 sentabrdagi 310-sonli “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Eng yaxshi talaba” tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori asosida nogironligi bo‘lgan talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan“Eng yaxshi talaba” tanlovida Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy tillar (ingliz tili) yo‘nalishi 3 kurs talabasi Islomova Mashxura Ma’ruf qizi 3-o‘rinni egalladi.
2022 yil 11-noyabr kuni “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik tanlovining universitet bosqichida fakultetimiz “Shaddod qizlar” jamoasi ishtirok etishib, faxrli 2-o‘rinni egalladi hamda universitet tomonidan 2 million so‘m pul mukofati bilan taqdirlandi.
2022 yil 12-noyabr kuni Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy tillar (ingliz tili) 1 kurs talabasi Urakboeva Marjona sportning PENChAK SILAT turi bo‘yicha Jizzax viloyat kubogi musobaqalarida faxrli 3- o‘rinni, Respublika bosqichida 2-o‘rinni egallab, Osiyo chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi;
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishi 1 kurs talabasi Abdulxakimova Gulira’no sportning TAEKWO-DO WT yo‘nalishi bo‘yicha Jizzax viloyatida 1-o‘rinni egalladi;
Qo‘l jangi bo‘yicha «Favqulotda vaziyatlar vaziri kubogi» musobaqasida maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishi 550-20 guruh talabasi Ergashev Anvarbek 57 kg vazn toifasida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi;
2022 yil 4-dekabr kuni Sportning Qo‘l jangi turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan viloyat kubogi musobaqalarida, Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda sport yo‘nalishi 550-21 guruh talabasi Keldiyorov Nurislom 67 kilogram vazn toifasida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan “Eng yaxshi vidiorolik” tanlovida Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 1 kurs (kechgi) talabasi To‘xtaboeva Maqsadoy universitet bo‘yicha faxrli 2-o‘rinni egalladi. Unga diplom va qimmatbaho sovg‘a topshirildi.
2022 yil 14 dekabr kuni O‘zbekiston Respublilkasi Vazirlar Mahkamasining 2O22-uiy 7-iyundagi 310-son qarori ilovasi bilan tasdiqlangan 2022-2023-yillarda O‘zbekiston Respublilkasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish dasturining 31-bandi ijrosi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2O22 yil 25-noyabrdagi «Talaba teatr studiyalari» tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi 387-soli buyrug‘i asosida universitet rektorining 2022 yil 2 dekabrdagi 469-U-sonli ijroga kiritilgan buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Maktabgacha ta’lim fakultetida tashkil etilgan “Ilxom” talaba-teatr studiyasi tomonidan saxnalashtirilgan Chingiz Aytmatovning “Oq kema” spektakli namoyish etilib, universitet bosqichida 2-o‘rinni egallashdi. “Eng yaxshi teatr raxbari” nominatsiyasini qo‘lga kiritdi.
2022 yil 17-18 dekabr kunlari Qozog‘iston Respublikasi Chimkent shahri o‘tkazilgan O‘zbek jang san’ati bo‘yicha Osiyo chempionatida Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda sport yo‘nalishi 551-20 guruh talabasi Duvlanov Shahobiddin 85+ vazn toifasida g‘olib bo‘lib, Osiyo chempioni bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim fazirligining 2022 yil 19 dekabrdagi 413-sonli buyrug‘i asosida Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy tillar (ingliz tillar) 3-kurs talabasi Maxkamboeva Ozoda Xusan qizi Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi soxibi bo‘ldi.
Maktabgacha ta’lim fakultetida 2022-2023 o‘quv yilida 4-kurs bitiruvchilari 49 nafar bo‘lib, Yoshlar masalasi va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Qo‘shnazarov Farxod Norbo‘taevich raxbarlik qilib kelmoqda. Bitiruvchi kurs talabalarining hozirgi kunda 48 nafari (98 %) bandligi ta’minlangan (barcha hujjatlar bo‘limga topo‘irilgan).
2022 yil 17-18 dekabr kunlari Qozog‘iston Respublikasi Chimkent shahri o‘tkazilgan O‘zbek jang san’ati bo‘yicha Osiyo chempionatida Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda sport yo‘nalishi 551-20 guruh talabasi Duvlanov Shahobiddin 85+ vazn toifasida g‘olib bo‘lib, Osiyo chempioni bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziring 2022 yil 19 dekabrdagi 413-sonli buyrug‘iga asosan Maktabgacha ta’lim fakulteti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy tillar (ingliz tili) yo‘nalishi Maxkamboeva Ozoda Xusan qizi Navoiy nomli davlat stipendiyasi 2022-2023 o‘quv yili tanlovi soxibi bo‘lgan.
2023 yil 6 fevral kuni universitetda tashkil qilingan «Hafta kitobi» tanlovining 4- mavsumida Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy tillar yo‘nalishi 1 kurs talabasi Dadajonova Iroda faxrli 3-o‘rinni egalladi.