Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi

 
Kafedra mudiri:

G’o’dalov Mirkomil Ravshanovich

geografiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Telefon raqami:
+998 93 303 79 01
Elektron pochta:
mirkomilgudalov78@gmail.com
Qabul kunlari:
dushanba-shanba, 14:00-18:00

Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi professor-o’qituvchilar tarkibi:

Jami o’qituvchilar – 21 ta

Katta o’qituvchilar – 6 ta

Falsafa doktori – 7 ta

O’qituvchilar – 7 ta

Fan doktori – 0 ta

Stajyor o’qituvchilar – 4 ta

Xakimov Koshkar

geografiya fanlari nomzodi, professor

Kamolov Meliboy

geografiya fanlari nomzodi, katta o’qituvchi

Adilova Ozoda

geografiya fanlari bo’yicha PhD, dotsent

Karimov Ilhom

geografiya fanlari bo’yicha PhD

Haydarova Surayyo

geografiya fanlari PhD, katta o’qituvchi

Zikirov Baxtiyor

o’qituvchi

Toshboyev Zafarjon

katta o’qituvchi

G’apparov Azimbek

katta o’qituvchi

Xoldorova Gulbahor

o’qituvchi

Usmonov Mashrab

o’qituvchi

Xolmurzayev Jumanazar

o’qituvchi

Xakimov Bekzod

o’qituvchi

Qosimov Nurmuxamad

o’qituvchi

Janizaqova Gulshoda

o’qituvchi

Sangirova Mahfuza

o’qituvchi

Xolbo’tayev G’iyos

o’qituvchi

Mirzayeva Aziza

o’qituvchi

Ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari: Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari, Geografiya o’qitish metodikasi, Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (geografiya),11.00.01-Tabiiy geografiya
Kafedra mutaxassislik fanlari: Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari va Geografiya o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishlari bo’yicha:Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari va Geografiya o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishlari bo’yicha:Shaharlar geografiyasi va geourbanistika, Topografiya, kartografiya va GAT, Umumiy yer bilimi, Geomorfologiya va geologiya asoslari, Tuproqlar geografiyasi va tuproqshunoslik asoslari, Biogeografiya, Aholi geografiyasi va demografiya asoslari, Jahon tabiiy geografiyasi, Ijtimoiy va iqtisodiy geografiya, Geografiya va iqtisodiy bilim asoslarini o’qitish metodikasi, O’rta Osiyo tabiiy geografiyasi, O’zbekiston tabiiy geografiyasi, Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi, Tadbirkorlik asoslari, Toponimika. Geografiyadan masala va mashqlar, Aholi va iqtisodiy geografiya asoslari, Moliya, soliq va soliqqa tortish, kredit munosabatlari, Makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot, Geografiya o’qitish metodikasi, O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi, Toponimika, O’lkashunoslik, Amaliy geografiya. Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (geografiya) mutaxassisligi bo’yicha: Mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi, Geomorfologiya asoslari, Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya, Geosistemalar nazariyasi, Geoekologiya, Amaliy landshaftshunoslik, Geografiyaning dolzarb muammolari. Izox: fanlar ro’yxati 2022-2023 o’quv yilining miqdoridagi asosiy fanlardan kelib chiqib yozilgan, tanlov fanlar kiritilmagan.
Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi tarixi: “Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari” kafedrasi Jizzax Davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakultetidagi yirik ilmiy-pedagogik salohiyatga ega bo’lgan jamoalardan biri hisoblanadi. Jizzax davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti tarkibidagi 5110500 – Geografiya o’qitish metodikasi ta’limi, 60111000 – Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari va 70111001 – Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (Geografiya)11.00.01Tabiiy geografiya yo’nalishlari umumta’lim maktablar, kollej va akademik liseylar uchun, bakalavr,magistr va PhD akademik darajasiga ega bo’lgan geografiya o’qitish metodikasi mutaxassisligi bo’yicha oliy ma’lumotli pedagog kadrlar tayyorlaydi. Mazkur yo’nalish bo’yicha mutaxassis kadrlarni tayyorlaydigan hozirgi Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi, dastlab 1991-yili pedagogika fakulteti tarkibida Tabiatshunoslik asoslari kafedrasi nomi bilan tashkil etilgan. Unga geografiya fanlari nomzodi, dotsent N.Ismatov mudir etib tayinlangan. 1992-1993 o’quv yili pedagogika fakulteti tarkibida biologiya-geografiya mutaxassisligi ochilgan va Tabiatshunoslik asoslari kafedrasi negizida Geografiya-ekologiya kafedrasi tashkil etilgan. O’sha davrda kafedrada g.f.n., dots. N.Ismatov – mudir, g.f.n. K.Qurbonov – dotsent, Y.Usmonov va S.Usmonova – katta o’qituvchi, Q.Hakimov – esa o’qituvchi sifatida faoliyat ko’rsatishgan. Keyinchalik 1996 yildan boshlab biologiya-geografiya yo’nalishi o’rniga geografiya va iqtisodiy bilim asoslari mutaxassisligi bo’yicha talabalar qabul qilindi. 2004 yili geografiya ta’lim yo’nalishi alohida bo’lim sifatida ajralib chiqdi va unga g.f.n., dots. N.Ismatov, keyinchalik i.f.n., dots. Sh.Xidirov rahbarlik qilishgan. O’sha davrda bo’lim tarkibida ikkita kafedra Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari (kafedra mudiri g.f.n., dots. N.Ismatov) va Mintaqaviy geografiya va uni o’qitish uslubiyati (kafedra mudiri g.f.n., dots. K.Qurbonov) kafedra faoliyat ko’rsatgan. O’tgan yillar davomida mutaxassislik yo’nalishlari ham bir necha bor o’zgardi. Kafedraga 2012-2016 yillari g.f.n.Q.M.Hakimov, 2016-2021yillar davomida O.L.Muhamedovlar kafedra mudiri lavozimida ishlagan.2021 yil sentyabr oyidan boshlab hozirgi kunga qadar dos.M.R.G’o’dalov kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.1993-1996 yillar biologiya-geografiya, 1996-1999 yillar Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari, 2000-2003 yillar geografiya, 2004-2010 yillar Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari, 2011 yildan boshlab Geografiya o’qitish metodikasi, 2021 yildan boshlab ya’na Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari mutaxassisligi bo’yicha talabalar qabul qilinmoqda. Shu davr ichida kafedra professor-o’qituvchilarining safi ham kengayib bordi. Hozirgi kunda kafedrada jami 22 nafar professor-o’qituvchi asosiy o’rindosh sifatida faoliyat yuritadi. Shundan 9 nafar professor-o’qituvchilar ilmiy darajaga ega. Ilmiy salohiyat ko’rsatkichi 50 % ni tashkil etadi. Jumladan, 2 nafari dotsent (M. G’o’dalov, O. Adilova), 6 nafari fan nomzodi va falsafa doktorlari (PhD) (Q. Xakimov, M.Kamolov, S. Xaydarova G Holdorova, M.Usmonov.), 2 nafar katta o’qituvchi (A. G’apparov, Z.Toshboev) va 6 nafar o’qituvchilar ( J. Xolmirzaev, B. Xakimov, M.Sangirova A.Mirzayeva,E. Kamalov) 2 nafar doktarantlar (N. Qosimov, G Jonzoqovalar) faoliyat yuritishmoqda.
Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi hamkorligi: Kafedrada ilmiy va o’quv jarayonlarni rivojlantirish hamda hamkorlik qilish maqsadida Ozorbayjon milliy fanlar akademiyasi, Geografiya institute, Boku davlat universiteti, Rossiyaning Bosqiriston davlat unversiteti va Niderlandiya davlatining Amsterdam unversitetlari bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’ygan. Jumladan, Boshqiriston davlat unversitetida 2018-2020 yillar oralig’ida 1 ta talabamiz (Azimova Sayyora), 2020-2022 yillar 3 ta talabamiz (O’ralov Sardor, Xolbo’taev G’iyos va Suyunov Dilshod)2022 y 4- nafar talaba gidrologiya va geografiya yo’nalishlarida magistaturada tahsil oldi. Hozirgi vaqtda Azimova Sayyora Boshqiriston davlat unversitetida doktaranturada 3-kursda tahsil olmoqda.Bu ikki nafar doktarant ilmiy rahbari geografiya fanlar doktori, professor Gareev Aufar Minnigazimovich hisoblanadi. Bosqiriston davlat unversiteti professor Gareev Aufar Minnigazimovich so’ngi 5 yilda talabalarimizga onlien va oflayin tarzida ma’ruzalar o’qib kelmoqda. Niderlandiya davlatining Amsterdam unversitetlari professori Jan Rath 2021 yilda 10 noyabrda kafedramiz professor-o’qituvchilari va talabalariga «Academic research: between knomvledge-driven and applied research» mavzusida vibenar seminar tashkil qilib berdi.Kafedra Ozarboyjon Milliy Fanlar Akademiyasi Geografiya institute bilan hamkorlikda2022 yil 28-29 noyabr kunlari “ Fan va ta’limda geografik integratsiyasining zamonaviy muammolari” mavzusida xalqaro konfrensiya tashkil qilindi.Ushbu konfrensiyada kafedra professor o’qituvchilarining 8 ta maqolalari chop etildi va kafedra mudiri dotsent M.R.G’o’dalov konfrensiyada ishtirok etib ma’ruza qildi.